Mazmun | Farruh Abdullayev
1.33K subscribers
201 photos
33 videos
10 files
287 links
📚 Ta’limda mazmunga e’tibor
🎯 Direktor, o‘qituvchi, ota-onalar uchun maslahatlar
🎥 Konsalting | Kurslar
💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mazmun

📩 Savol va takliflar uchun: @mazmun_edu_bot, @mazmunadmin
Batafsil:
https://bento.me/mazmunedu
Download Telegram
Mustaqilligimizning 34 yilligi muborak bo‘lsin!

Aziz ustozlar, hurmatli direktorlar va mehribon ota-onalar!

Sizlarni yurtimiz tarixidagi eng ulug‘ kun - Mustaqillik bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz.
Xonadonlaringizda doim osoyishtalik, baxt va baraka hukm sursin. Ezgu niyat va orzularingiz ro‘yobga chiqsin.

Vatanimiz ravnaqi yo‘lida mas’uliyatli ustozlik faoliyatingizda, maktab rahbarligi ishlaringizda va farzand tarbiyasidagi sharafli yo‘lingizda yanada ulkan yutuqlar yor bo‘lsin.

Bayramingiz muborak, aziz hamkasblar va ota-onalar!

Hurmat bilan Mazmun jamoasi!


📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73
BOSHLANG'ICH SINFLAR UCHUN 5 TA QIZIQARLI O'YINLAR

Hurmatli ustozlar bu 5 ta o‘yin darsni yanada qiziqarli, jonli va amaliy qilishga yordam beradi:

🔗 1. “So‘zlar zanjiri”

Maqsad: Lug‘at boyligini oshirish, diqqatni kuchaytirish.

Qanday o‘ynaladi: Birinchi o‘quvchi “kitob” deydi. Keyingi bola so‘zning oxirgi harfiga so‘z topadi (“bolta”). Zanjir davom etadi. Kitob-Bolta-Anor-Randa-....

O‘qituvchi chalkashib ketmasligi uchun ma’lum mavzu berishi ham mumkini: “faqat mevalar”, “faqat hayvonlar” kabi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🏃‍♂️ 2. “Raqamli yugur-yugur”

Maqsad: Qo‘shish va ayirishni tez va qiziqarli o‘rgatish.

Qanday o‘ynaladi: Polga yoki doskaga 0–10 gacha raqam yozilgan kartochkalar qo‘yiladi. O‘qituvchi “3 + 2?” deydi. Bolalar yugurib borib to‘g‘ri javobni bosishi kerak. Bir raqamni bir nechta qilish ham mumkin, o'quvchilar sonidan kelib chiqib.

⚡️ Harakat orqali hisoblashni o‘rgatadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🪴 3. “Rangli buyumni top”


Maqsad: Diqqatni jamlash va atrofni kuzatish ko‘nikmasini oshirish.

Qanday o‘ynaladi: O‘qituvchi: “Qizil rangdagi narsani ko‘rsating!” — deydi. O‘quvchilar sinfda qizil narsani topib ko‘rsatadi. Masalan: Yashil - Tokchadagi gul. Keyin shakl bo‘yicha ham (doira, kvadrat) topshiriqlar beriladi.

O'qituvchi o'zi bilan bir qancha buyumlar ham olib kelishi mumkin. Ayniqsa
, chet tili darslarida foydali.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

✍️ 4. “Rolli hikoya”

Maqsad: Nutq, tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish.

Qanday o‘ynaladi:
O‘qituvchi gapni boshlaydi: “Bir kuni quyon…” Keyingi bola davom ettiradi. Har bir bola bir jumla qo‘shadi va oxirida qiziqarli hikoya yaratiladi.

Judayam kuchli qiziqishni paydo qiladi, yozib ham borish mumkin.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🔤 5. “Harf-buyum ovchisi”

Maqsad: Harfni tovush va real buyum bilan bog‘lash.

Qanday o‘ynaladi: O‘qituvchi bir harfni aytadi (masalan “A”). Bolalar shu harfga mos buyum topib olib keladi yoki ko‘rsatadi (Apelsin, Albom, Anor). Keyingi harflar bilan ham davom etadi. Harflarni aralashtirib berish lozim.

🪄 Bu o‘yin bolalarda “harf—tovush—buyum” bog‘lanishini mustahkamlaydi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

💬 Siz darslaringizda qanday o'yinlardan foydalanasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥1
#vakansiya #elon

🚀 Mazmun Vakansiya - endi ish va xodim topish yanada oson!

Ish qidiryapsizmi?
Yaxshi xodim kerakmi?
Qaysi sohaga oid bo‘lishidan qat’i nazar, endi sizda qulay imkoniyat bor!

📌 Mazmun Vakansiya kanali orqali:

O‘zingizga mos ish o‘rni topishingiz mumkin;
Maktab, o‘quv markazi yoki tashkilotingiz uchun malakali xodim izlashingiz mumkin;
Ishchi va ish beruvchi bevosita bog‘lanadi - ortiqcha vaqt va vositachilarsiz!

💡 Eng muhimi: barcha e’lonlar tekshirilgan va ishonchli.

🔍 Ta’lim sohasidagi eng so‘nggi vakansiyalar va mutaxassislar e’loni uchun: https://t.me/mazmunvakant
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2
USTOZLIK SHARAF

Ustozlik – bu oddiy kasb emas. Bu – inson kelajagini shakllantiradigan buyuk mas’uliyat. Ha, sizning mehnatingiz koʻpincha ko‘zga ko‘rinmaydi, oylik maoshi ham doimo siz orzu qilganingizdek emasdir balki. Lekin siz yaratgan “hosil” - eng qimmatli va qiymatlidir: bilim, tarbiya, shaxs va kelajak.

Har bir darsingiz – kelajak urugʻi. Siz ekkan urugʻ koʻrinmasligi mumkin, lekin yillar o‘tib unib chiqadi, daraxtga aylanadi, jamiyatga meva beradi. Mevalari: ilmli, axloqli, oriyatli farzandlar.

Ustozlik sharafdir, Sizning ishingiz o‘lchanmaydigan darajada muqaddasdir.

Hurmatli ustoz, bu yil ham yuragingizdan chiqqan har bir so‘z, sabr bilan berilgan har bir bilim, mehr bilan aytilgan har bir nasihat - kelajak avlodni ulg‘aytiradi.

Yangi oʻquv yili barchamizga muborak boʻlsin!

Ustozlarga ehtirom ila MAZMUN jamoasi 🫶

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🥰3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum.

Gulistondagi Alpha maktabiga konsalting xizmatlarini koʻrsatayotgan edik. Bugun ochdik.

Biroz kichikroq binoda 110 nafarga yaqin oʻquvchi bilan boshlandi, bu yaxshi va haliyam oʻquvchilar oqimi davom etmoqda.

Bino kichikroq boʻlsada maqsadlar katta, shijoat yuqori, xodimlar mehnatkash.

Maktab faoliyatiga omad tilaymiz.

Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥641👏1
#ustozlarga

BIRINCHI HAFTADAGI DARSLAR QANDAY BO'LISHI KERAK?


Maktablarimizda darslar boshlandi.
Yangi o‘quv yili boshlanishi - nafaqat bilim berish, balki sinfda muhit va kayfiyat yaratish haftasi. Shu sababli birinchi haftadagi darslar odatdagidan boshqacharoq bo‘lishi kerak.

Quyida birichi hafta uchun ssosiy tavsiyalar:

1. Moslashuv va quvonch
Darsni darrov qattiq nazorat yoki murakkab topshiriq bilan boshlamang. O‘quvchilarni maktab hayotiga moslashtiring, iliq kayfiyat yarating.

2. Sinf qoidalari va tartib

Birgalikda sinf qoidalarini ishlab chiqing. O‘quvchi o‘z qo‘shgan fikri uchun mas’uliyat his qiladi va qoida unga majburlov emas, kelishuv sifatida tuyuladi.

3. Tanishtiruv va jamoaviy o‘yinlar

O‘quvchilar bir-biriga bilan yaqinlashsin. Qiziqarli tanishuv mashqlari yoki kichik guruhli vazifalar sinfni yanada birlashtiradi.

4. Yengil, ammo qiziqarli darslar
Yangi mavzularni asta-sekin, qiziqarli mashqlar bilan kiriting. Eski bilimlarni jonlantirish uchun o‘yinli metodlardan foydalaning.

5. Motivatsiya va orzular
Bolalarga “Bu yil nimalarga erishmoqchisiz?” degan savolni bering. Sinfda “Maqsadlar devori” yarating. Bu yil davomida ularga yo‘l ko‘rsatuvchi eslatma bo‘ladi.

Birinchi haftada darslikdagi fundamental bilimlarni o‘qishdan ham muhimroq ishlar borligini unutmang.

💬 Sizda birinchi hafta qanday o'tmoqda? Izohlarda yozib qoldiring!

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥211🥰1👏1
#ustozlarga #metodika

👥 “Men haqimda 3 ta fakt”


Darsni iliq va qiziqarli boshlash uchun eng oddiy, lekin samarali mashq — bu tanishuv o‘yini.

🎯 Maqsad

O‘quvchilarni bir-biriga yaqinlashtirish
Erkin gapirish va o‘zini ifoda etishni rag‘batlantirish
Darsni ijobiy kayfiyatda boshlash


📌 Qanday o‘tkaziladi?

1️⃣ Tayyorlov – O‘quvchilardan o‘zlari haqida 3 ta fakt yozish so‘raladi (2 tasi rost, 1 tasi yolg‘on bo‘lishi ham mumkin).
2️⃣ Taqdimot – Har bir o‘quvchi faktlarini aytadi, boshqalar qaysi biri yolg‘on yoki qiziqroq ekanini taxmin qilishadi.
3️⃣ Muhokama – O‘qituvchi umumlashtiradi va sinfdagilar bir-biri haqida yangi narsalarni bilib oladi.

💡 Fan bo‘yicha moslashtirish

Ingliz tili: Faktlarni ingliz tilida aytish (“I like… / I can… / I have…”).
Tarix: Mashhur shaxs sifatida o‘zini tasavvur qilib 3 fakt aytish.
Biologiya: O‘zini hayvon yoki o‘simlik sifatida taqdim etish.

⚡️ Afzalliklari

Sinfda iliq muhit yaratadi
Har bir o‘quvchi so‘zlash imkoniga ega bo‘ladi
O‘quvchilarni faol va qiziqarli darsga tayyorlaydi


Birinchi darsni shunday qiziqarli mashq bilan boshlasangiz, sinfda samimiylik va do‘stona kayfiyat paydo bo‘ladi.

Mazmun haqida 3 fakt

1️⃣ Mazmun 2025-yilda rasmiy MCHJ sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va maktablarga konsalting xizmatlari ko‘rsatadi.
2️⃣ Mazmun asoschilarining barchasi pedagogika universitetini bitirgan.
3️⃣ Mazmunning yagona maqsadi — faqat o‘qituvchilar uchun bepul videodarslar chiqarish.

Yuqoridagilarning qaysilari to'gri va qaysilari noto'g'ri? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring


✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏3🥰1🕊1
#ustozlarga

O‘QITUVCHILARDA KO‘P UCHRAYDIGAN XATOLAR

Har birimiz darsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Lekin ba’zan shunday xatolar bo‘ladiki, ular dars samaradorligini sezilarli darajada kamaytiradi.

1-xato: Faqat o‘qituvchi gapiradi
👉 Agar o‘quvchi faqat tinglovchi bo‘lib qolsa, u bilimni mustahkam egallay olmaydi.

Tavsiya: “Savol-javob” usullarini qo‘llang.
Masalan, Blits savollar, 2 daqiqalik “Think–Pair–Share” (avval o‘ylash, keyin sherik bilan muhokama, oxirida sinfga ulashish) usulini sinab ko‘ring.

2-xato: Rejadan chiqib ketadi
👉 Oldindan tuzilgan aniq rejaga amal qilinmasa, vaqt bekor ketadi.

Tavsiya: Darsdan oldin 3 bandlik qisqa bo'lsada “Lesson plan” yozib oling: Kirish – Asosiy qism – Yakun.
Har bosqich uchun daqiqa belgilab qo‘ying (masalan, 5–30–10).

3-xato: Faqat nazariyani o'rgatadi
👉 Amaliy topshiriqlarsiz dars - bir tomonlama bo‘ladi.
Tavsiya: Har darsda kamida 1 ta kichik mashq bering.
Masalan: tarix darsida “2 daqiqalik rolli o‘yin”, matematika darsida “1 ta qo‘shimcha mantiqiy masala”, adabiyot darsida “mini-insho” kabi.

Samarali dars - bu faqat bilim berish emas, o‘quvchini faol, mustaqil va amaliy o‘rganishga yo‘naltirish faoliyatidir.

💬 Sizningcha, o‘qituvchilar yana qanday darsdagi xatolardan qochishi kerak? Izohlarda o‘zingiz duch kelgan eng katta xatoni yozib qoldiring!

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1🥰1👏1💯1
#kitob_tavsiyasi

📖 Jeyms Klir - “Atom odatlar”

🔎 Nima haqida?
Kitob shaxsiy rivojlanish va samaradorlik bo‘yicha dunyodagi eng mashhur asarlardan biri. Muallif kitobda kichik odatlar - katta o‘zgarishlarning asosi ekanini isbotlaydi.

💡 Kitobdan nimalarni o‘rganasiz?
✔️ Mayda qadamlar orqali katta natijaga erishish yo‘llari.
✔️ Yomon odatlarni qanday sekin-asta tark etish mumkin.
✔️ O‘zingizni majburlamasdan samarali odatlarni shakllantirish usullari.
✔️ Muhit va kichik o‘zgarishlar qanday qilib odatlarni mustahkamlaydi.

❗️ O‘qimagan odam nimalarni yo‘qotadi?
- Samarali odatlarni shakllantirishning ilmiy asoslarini bilmaydi.
- Yomon odatlardan qutulish o‘rniga ularga taslim bo‘ladi.
- Hayotida izchil rivojlanish o‘rniga pasayish dinamikasiga tushib qoladi.


Nega o‘qish kerak?
- O‘qituvchi uchun: dars jarayonini samarali odatlarga asoslab tashkil qilish imkoniyati.
- Direktor uchun: jamoa madaniyatini kichik, ammo barqaror qadamlar bilan o‘zgartirish usullari.
- Har bir inson uchun: hayotini asta-sekin, ammo barqaror tarzda yaxshilash imkoniyati.


💬 Sizning qaysi eng kichik odatingiz katta o‘zgarishlarga olib kelgan? Izohlarda yozib qoldiring!

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👨‍💻1
#ustozlarga #metodika

SINFNING OLTIN QOIDALARINI TUZISH


Yil boshidan sinfda "Oltin qoidalar"ni o'rnatib olish juda muhim. Aksariyat o‘qituvchilar qoidalarni o'zi tayyorlab olib keladi va sinfga e’lon qiladi. Lekin eng samarali yo‘l - qoidalarni o‘quvchilar bilan birga ishlab chiqishdir.

🎯 Bundan maqsad:

- O‘quvchilarda mas’uliyat va egalik hissini uyg‘otish.
- Qoidaga amal qilishni majburiyat emas, kelishuv sifatida qabul qildirish.
- Sinfda hamkorlik va demokratiya muhitini yaratish.


⚡️ Qanday amalga oshiriladi?

🔸 O‘qituvchi savol beradi: “Bizning sinfimizda qanday qoida bo‘lishi kerak?”
🔸 O‘quvchilar takliflarni aytadi (og‘zaki yoki stikerlarda yozadi).
🔸 Takliflar guruhlanadi va eng muhimlari tanlanadi (odatda 5–7 ta qoida yetarli).
🔸 Qoidalar sinfda muhokama qilinadi va yakuniy ro‘yxat kelishib olinadi.
🔸 Qoidalar plakatga yozilib, sinf devoriga osiladi.
🔸 Har bir o‘quvchi ramziy tarzda imzo qo‘yadi yoki barmoq izi (boshlang'ich) qo‘yadi.

💡 Amaliy maslahatlar

- Boshlang‘ich sinflarda qoidalarni rasmlar, belgilar orqali ifodalash mumkin.
- Noo‘rin yoki kulgili takliflar chiqsa, uni muhokama qilib, “nega bu qoida bizga to‘g‘ri kelmaydi?” deb mulohazaga yo‘naltiring.
- Qoidalar doimiy emas - har chorakda yangilab chiqish mumkin.

Afzalliklari

- O‘quvchi o‘z qo‘li bilan kiritgan qoidaga ko‘proq amal qiladi.
- Sinfda birdamlik va hamkorlik kuchayadi.
- Qoidalar ustidan muhokama bolalar uchun ham esda qolarli tajribaga aylanadi.


📌 Xulosa:
Birgalikda tuzilgan qoidalar - bu sinfning umumiy kelishuvi. Shunday qoidalarga amal qilish o‘quvchi uchun ham oson, ham yoqimli bo‘ladi.

💬 Siz sinfda qoidalarni qanday usulda belgilaysiz? Izohlarda eng samarali tajribangizni ulashing!

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🆒4🔥2
10–11-SINF O'QUVCHILARIDA BULARNI SHAKLLANTIRISH ZARUR

1. Mustaqil fikrlash va tanqidiy tahlil
- Faqat yod olish emas, balki “nega?”, “qanday?”, “agar boshqacha bo‘lsa-chi?” kabi savollar berishga o‘rgatish.

2. Ma’lumotlarni izlash va qayta ishlash
- Internetdagi cheksiz axborot ichida to‘g‘ri manbani topish, faktni fikrdan ajratish.

3. Vaqt va o‘zini boshqarish
- Reja tuzish, muddatlarga rioya qilish, imtihon va hayotiy vazifalarda stressni boshqarish.

4. Jamoada ishlash va muloqot
- Fikrni aniq ifodalash, boshqalarni tinglash va hamkorlikda loyiha qilish.

5. Mas’uliyat va halollik
- Har bir vazifa uchun javob berish, “Kim ko'rib o'tiribdi?” emas, balki “Bu ish meni qay tomonlama rivojlantiradi?” savoli bilan ish tutish.

💡 Xulosa:
10–11-sinflar - bu faqatgina bilimlarni chuqurlashtirish davri emas, balki hayotga tayyorgarlik bosqichi ham.

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21🥰1
Forwarded from Shukurulloh Shukurov
“Fishbone”: Sabab–oqibat tahlili

O‘quvchilar ko‘pincha muammoning natijasini ko‘rishadi, lekin uning asl sabablarini tahlil qilishga kamroq e’tibor berishadi. “Fishbone” metodikasi (Ishikava diagrammasi deb ham ataladi) ularga tizimli fikrlash va sabab–oqibat bog‘lanishini ko‘rish ko‘nikmasini beradi.

🐟 Qanday ishlaydi?

Muammo (natija) “bosh qism”ga yoziladi.
“Suyaklar” bo‘ylab asosiy sabablar guruhi yoziladi (masalan: inson omili, vositalar, vaqt, jarayon).
Har bir sababning kichik omillari aniqlanadi.
Yakunda muammoning ildiz sabablari muhokama qilinadi.


📌 Darsda qo‘llash misollari:

Geografiya: “Orol dengizi qurishining sabablari”
Biologiya: “O‘quvchilar salomatligiga zarar yetkazuvchi omillar”
Tarix: “Imperiyalar qulashi sabablari”
Adabiyot: “Qahramonning xatti-harakatlariga ta’sir qilgan omillar”

💡 Afzalligi:

O‘quvchilarni faqat hodisani bilishga emas, balki chuqur tahlil va tanqidiy fikrlashga undaydi.
Guruhda ishlashni kuchaytiradi, har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi.
“Nega?, Nima uchun?” savoliga bosqichma-bosqich javob topishga o‘rgatadi.


📝 O‘qituvchilar uchun maslahat:
“Fishbone” ni sinfda katta varaqqa yoki doskaga chizing, raqamli vositalardan (Jamboard, Miro, Padlet) foydalaning. Muhokamani esa o‘quvchilar olib borishi muhim - Siz faqat yo‘naltiruvchi bo‘ling.

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍431🔥1🕊1🐳1💯1👨‍💻1🤝1🆒1
🚨 Bulling: erta aniqlash va oldini olish

Maktabda bulling (o‘quvchilarni doimiy kamsitish, mazax qilish, jismoniy yoki ruhiy tazyiq) - o‘quvchi salomatligi va ta’lim sifatiga jiddiy zarar yetkazadigan muammo. Uni vaqtida sezish va to‘g‘ri choralar ko‘rish - har bir ustozning vazifasi.

👀 Erta aniqlash belgilari:

O‘quvchi tez-tez darsdan qochishga harakat qiladi, maktabga borishni xohlamaydi.
Tana a’zolarida tushuntirib bo‘lmaydigan jarohatlar, kiyim va jihozlarning shikastlanishi.
Ruhiy belgilar: kayfiyat tez o‘zgarishi, o‘ziga ishonchsizlik, bezovtalik.
Ijtimoiy belgilar: sinfdoshlar bilan kam gaplashish, yolg‘iz qolishga intilish.
O‘quvchining baholari pasayishi, darsga qiziqishi kamayishi.


🛡 Oldini olish usullari:
1️⃣ Maktab muhitini nazorat qilish - sinfda ochiq muloqot, do‘stona muhit yaratish.
2️⃣ Ustoz–o‘quvchi muloqoti - o‘quvchilar o‘z dardi bilan ulashishga ishonadigan o‘qituvchi bo‘lish.
3️⃣ Qoidalarni belgilash - bullingning har qanday ko‘rinishi qat’iyan taqiqlanishini sinf kodeksida aniq ko‘rsatish.
4️⃣ Ota-onalar bilan hamkorlik - bolaning kayfiyatidagi o‘zgarishlarni ota-onalar bilan muntazam muhokama qilish.
5️⃣ Psixologik yordam - maktab psixologi orqali individual suhbatlar, treninglar tashkil qilish.
6️⃣ Pozitiv o‘rnak - ustoz sifatida o‘z xulq-atvoringizda hurmat, mehr va adolatni namoyish qilish.

💡 Xulosa:
Bulling - o‘z-o‘zidan to‘xtamaydi. Uni erta aniqlash va tizimli oldini olish orqali o‘quvchilarning xavfsiz va sog‘lom ta’lim olishini ta’minlash mumkin.

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏1
5-sinf sindromi: o‘quvchilar moslashuvi va yechimlar

Maktab psixologiyasi amaliyotida tez-tez uchraydigan holat - “5-sinf sindromi”. Bu atama 4-sinfni tugatib, o‘rta bo‘g‘inga o‘tayotgan o‘quvchilarda uchraydigan moslashuv inqirozini anglatadi.

🔎 Nima uchun yuz beradi?

1️⃣Ta’lim tizimidagi keskin o‘zgarish
- Boshlang‘ich sinfda asosan 1 ustoz bilan ishlagan bola endi bir nechta fan o‘qituvchilariga duch keladi. Har biri turlicha talablar qo‘yadi.

2️⃣ O‘quv yuklamasining oshishi
- Yangi fanlar qo‘shiladi, uy vazifalari ko‘payadi, baholash tizimi jiddiylashadi.

3️⃣ Psixologik va yosh davri xususiyatlari
- 10–11 yoshdagi bola o‘smirlik davriga qadam qo‘ymoqda: o‘ziga ishonchsizlik, hissiy beqarorlik, tez ranjish kuzatiladi.

4️⃣ Ijtimoiy muhit o‘zgarishi
- Sinf jamoasiga yangi o‘quvchilar qo‘shilishi, eski do‘stlarning ajralishi moslashuvni qiyinlashtiradi.

👀 Qanday belgilar bilan seziladi?

- Darslarga qiziqishning pasayishi, baholarning tushib ketishi.
- E’tiborsizlik, tez charchash, diqqatni jamlay olmaslik.
- Ota-onaga “maktabga bormayman” degan gaplarning ko‘payishi.
- Jamoada o‘zini topa olmaslik: ba’zida chetlashish, ba’zida tajovuzkorlik.
- Stress tufayli somatik belgilar: bosh og‘rig‘i, tez-tez shamollash, uyqusizlik.


🛠 Uni yengish yo‘llari

Ustozlar uchun:

- Ko‘prik darslari:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va 5-sinf ustozlari birgalikda dars o‘tkazishi, bolaga o‘tish davrini yengillashtiradi.
- Moslashuv haftaligi: yangi fanlarni o‘yin, loyiha va guruh ishlari orqali yengilroq kirib kelish.
- Individual kuzatuv: har bir o‘quvchining psixologik holatini nazorat qilish, psixolog bilan hamkorlik.
- Soft assessment: dastlabki oy baholashda ko‘proq rag‘bat va izoh, kamroq “jazolovchi” baho.
- Mentorlik: yuqori sinflardan “aka-uka”, “opa-singil” tarzidagi yordamchilar tayinlash.

Ota-onalar uchun:

- Farzand bilan muntazam suhbat: “Bugun o'zingni qanday his qilding?”, “Qaysi fan qiyin bo‘lyapti?” savollarini berish.
- Uy rejimiga e’tibor: uyqu, ovqatlanish, o‘yin va dam olish balansini saqlash.
- Uy vazifasida yordam, lekin “o‘rniga bajarib berish” emas - yo‘l ko‘rsatish.
- Ustozlar bilan aloqa: bolaning muammosini faqat uyda emas, maktab bilan hamkorlikda hal qilish.
- Ijobiy qo‘llab-quvvatlash: kichik yutuqlarini ham e’tirof etish (“Sen buni uddalading!”).

💡 Xulosa

“5-sinf sindromi” - bu kasallik emas, balki moslashuv davri. To‘g‘ri yondashilsa, u bolani sinib qolishga emas, balki rivojlanishga va mustaqil bo‘lishga tayyorlaydi. Ustoz va ota-onaning birgalikdagi qo‘llab-quvvatlashi orqali bu davr bolaning ta’lim yo‘lidagi katta sakrash nuqtasiga aylanishi mumkin.

🛫 Ushbu postni 5-sinf rahbarlariga, ustozlariga va farzandi 5-sinfda o'qishni boshlagan ota-onalarga yuborib qo'ying

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#ustozlarga

DARSLARNI INTERAKTIV QILISH UCHUN 4 TA QULAY PLATFORMA

O‘quvchilar diqqatini faollashtirish va darsni qiziqarli qilish uchun faqat qog‘oz test emas, onlayn quiz va o‘yin platformalari ham yordam beradi. Mana siz uchun eng qulaylari:

🎮 1. KAHOOT

Afzalliklari:
- Tezkor test va viktorina yaratish imkoniyati.
- Reyting jadvali orqali raqobatni kuchaytiradi.
- Tayyor savollar kutubxonasi mavjud.

Qulayligi
- Telefon va kompyuterda ishlaydi, interfeysi juda sodda.

Qaysi vaqtda ishlatish mumkin
- Dars yakunida mini-test, umumlashtirish, musobaqa darslarida.

Link: https://kahoot.com

🧩 2. QUIZIZZ

Afzalliklari
- Self-paced (o‘quvchi o‘z tezligida ishlaydi).
- Savollarni uyga vazifa sifatida berish mumkin.
- O‘yinli interfeys va avatarlar bolalarni qiziqtiradi.

Qulayligi
- Ro‘yxatdan o‘tish juda oson, barcha qurilmalarda ishlaydi.

Qaysi vaqtda ishlatish mumkin
- Mustahkamlash, uy vazifasi, yakuniy takrorlashda.

Link: https://quizizz.com

🎲 3. BLOOKET

Afzalliklari
- Turli o‘yin formatlari: Tower Defense, Gold Quest va boshqalar.
- Har bir savol o‘yin shaklida taqdim etiladi.

Qulayligi
- Boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun ayniqsa qiziqarli.

Qaysi vaqtda ishlatish mumkin
- Darsni qiziqarli boshlash yoki yakunlashda, musobaqali mashg‘ulotlarda.

Link: https://blooket.com

🎮 4. MENTIMETER

Afzalliklari
- So‘rovlar, testlar, word cloud va real vaqt fikr yig‘ish imkoniyati.
- Vizual grafiklar orqali natijani ko‘rsatadi.

Qulayligi
- Professional ko‘rinishda, foydalanish juda oddiy.

Qaysi vaqtda ishlatish mumkin
- Muhokama darslari, yangi mavzuni boshlash, fikr almashish sessiyalarida.

Link: https://mentimeter.com

Xulosa:

🎮 Qiziqarli musobaqa uchun - Kahoot va Blooket.
🧑‍🏫 Mustahkamlash va uy vazifasi uchun - Quizizz.
💬 Fikr yig‘ish va muhokama uchun - Mentimeter.

💬 Siz bu platformalardan qaysi birini sinab ko‘rgansiz? Izohlarda yozib qoldiring!

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1🕊1💯1
📣 Hurmatli obunachilar!

“Mazmun” ushbu haftada navbatdagi bepul vebinarni o‘tkazadi. Bu safar mavzuni sizning tanlovingiz belgilaydi! Amaliy usullar, muammolarga yechimlar va real misollar taqdim etiladi. 👇 Sizni qiziqtirgan mavzuni tanlang!
Anonymous Poll
55%
1️⃣ Darsni jonlantiruvchi 5 ta amaliy metod
16%
2️⃣ Baholash: adolatli va samarali usullar
29%
3️⃣ Sinf boshqaruvi va intizom: tartibni tizim orqali o‘rnatish
#metodlar #ustozlarga

“THINK-PAIR-SHARE”
METODI

Think–Pair–Share” texnikasi (O‘yla – Juftlikda ishla – Ulash) o‘quvchini dars jarayonida faol ishtirokchi qilishga xizmat qiladi.

📈 Bosqichlari

1. Think (O‘yla): O‘quvchi berilgan savol yoki muammoni 1–2 daqiqa mustaqil o‘ylab ko‘radi, fikrini yozib oladi.

2. Pair (Juftlikda muhokama qil): Keyin u o‘z yonidagi sherigi bilan fikr almashadi, muammoga ikki xil yondashuvni ko‘radi.

3. Share (Ulash, Umumlashtir): Juftliklar o‘z xulosalarini butun sinf bilan baham ko‘radi, o‘qituvchi esa umumlashtiradi.

Qo'llash

Tarix: “Amir Temurning muvaffaqiyati sirlari nimada?”
Biologiya: “Nima uchun suv resurslarini tejash muhim?”
Adabiyot: “Asardagi qahramonning qarorini qo‘llab-quvvatlaysizmi yoki yo‘qmi?”
Ingliz tili: “Berilgan vaziyatda siz qanday javob berasiz
?”

💡 Afzalligi

Har bir o‘quvchi fikrini bildirish imkoniga ega bo‘ladi.
Mustaqil fikrlash + hamkorlik + omma oldida gapirish ko‘nikmalari rivojlanadi.
O‘quvchilar faqat tinglovchi emas, balki faol ishtirokchiga aylanadi.


📝 O‘qituvchiga maslahat


Savolni aniq va qisqa qilib bering.
Muhokama uchun vaqtni belgilang (2–3 daqiqa).
Yakunda barcha juftlikdan kamida bittasining fikrini eshiting.


🛫 Ushbu postni ustozlarga jo'natib qo'ying

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
#direktorlarga #boshqaruv #shahsiy_namuna

Direktorlikda shaxsiy namuna: Eng kuchli boshqaruv vositasi


Maktabda qoidalar va buyruqlardan ham kuchliroq ta’sir qiladigan narsa bor - bu rahbarning shaxsiy namunasi.

👀 Nega bu muhim?

- O‘qituvchilar sizning gaplaringizdan ko‘ra, amalingizni ko‘proq kuzatadi.
- O‘quvchilar sizning odobingiz va munosabatingizdan saboq olishadi.
- Ota-onalar esa sizning halolligingiz va samimiyligingiz orqali maktabga ishonch bildiradi.

🎯 Shaxsiy namunaning 3 asosiy ko‘rinishi:

Tartib va intizomda — direktor o‘zi vaqtida ishga kelsa, butun jamoa ham intizomli bo‘ladi.

Munosabatda — rahbar hurmat bilan gapirsa, jamoa ham bir-biriga hurmat ko‘rsatadi.

Mas’uliyatda — direktor o‘z va’dasida tursa, jamoa ham o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi.

💡 Xulosa:
Direktor uchun eng kuchli “tartib va boshqaruv vositasi” - buyruq emas, balki o‘zining shaxsiy odati va madaniyatidir.
Rahbar qanday bo‘lsa,
maktab muhitida ham shunday kayfiyat hukm suradi.

🛫 Ushbu postni hamkasblaringizga jo'natib qo'ying

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
#metodika #ustozlarga

Kichik guruhda fikrlash” texnikasi

Bugungi darslar faqat “o‘qituvchi gapiradi – o‘quvchi eshitadi” shaklida kechmasligi kerak. Kichik guruhda fikrlash texnikasi o‘quvchilarning faol ishtirokini oshiradi, ularda muloqot, hamkorlik va tanqidiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Qanday ishlaydi?
1️⃣ Sinfni 3–5 kishilik kichik guruhlarga ajrating.
2️⃣ Har bir guruhga bir xil yoki turlicha savol-topshiriq bering.
3️⃣ Guruh ichida muhokama qilish uchun 5–7 daqiqa vaqt bering.
4️⃣ Guruh vakili umumiy xulosani butun sinfga taqdim etadi.
5️⃣ O‘qituvchi yakunida barcha javoblarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.

Darsda qo‘llash misollari:

Tarix: “Jadidchilik harakatining 3 asosiy xususiyatini aniqlang.”
Biologiya: “Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qanday 5 ta amaliy chorani aytish mumkin?”
Adabiyot: “Qahramonning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qiling.”
Matematika: “Bir masalaning turli yechim usullarini toping.”

💡 Afzalligi:


Har bir o‘quvchi faol bo‘ladi (passiv qolmaydi).
Mustaqil fikrlash va o‘z nuqtai nazarini himoya qilish ko‘nikmasini beradi.
Jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantiradi.
O‘qituvchi darsni “monolog”dan “dialog”ga aylantiradi.


📝 O‘qituvchiga maslahat:
Savollarni haddan tashqari murakkab qilmaslik, vaqtni aniq belgilash va barcha guruhni fikrini taqdim etishga imkon yaratish juda muhim.

Ushbu postni ustozlarga jo'natib qo'ying

✍️ Maslahat va yordam uchun: Aloqa

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1💯1
Mazmun | Farruh Abdullayev
📣 Hurmatli obunachilar!

“Mazmun” ushbu haftada navbatdagi bepul vebinarni o‘tkazadi. Bu safar mavzuni sizning tanlovingiz belgilaydi! Amaliy usullar, muammolarga yechimlar va real misollar taqdim etiladi. 👇 Sizni qiziqtirgan mavzuni tanlang!
#webinar #bugun #mazmun_edu_da

📢 O‘QITUVCHILAR UCHUN BEPUL VEBINAR


"Darsni jonlantiruvchi 5 ta amaliy metod"

Hurmatli ustozlar,
Ba’zan dars jarayonida o‘quvchilarning e’tiborini jamlash, ularni faol qatnashishga jalb qilish qiyin kechadi. Shunday paytda oddiy, lekin samarali metodlar sizning eng katta yordamchingiz bo‘ladi.

💡 Shu sababli siz uchun bepul vebinar tayyorladik, unda darsni jonlantiruvchi, o‘quvchilarni faollashtiruvchi 5 ta amaliy metodni taqdim etamiz.

📅 Sana: 19.09.2025 (juma kuni, bugun)
🕔 Boshlanish vaqti: 17:00
📍 Format: Onlayn (Telegram videochat)
💰 Narx: BEPUL

Siz nimalarni bilib olasiz?
Darsni interaktiv qilish uchun eng oddiy usullar
Guruh va juftlik ishlari orqali o‘quvchilarni faollashtirish
Savol-javobni samarali tashkil qilish texnikalari
Vaqtni tejash va o‘quvchini jalb qilish usullari
Har qanday fan uchun moslashadigan 5 ta universal metod

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
✍️ Shu post kommentiga yoki @mazmun_edu_bot ga "Vebinar" deb yozing

🛫 E’lonni ustoz tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

😉 Mazmun - bu sifat, ilhom va o‘zgarish sari birgalikdagi harakat.

📱 Telegram |📱 Instagram |😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍21💯1
Vebinar boshlanishiga 1 soat qoldi!
👍2