4.18K subscribers
1.18K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Assalomu alaykum. Kanalimizdagi navbatdagi video bugun chiqarilishini reja qilgan edik. Afsuski, bugun ulgura olmadik. Video tayyor (10-mashq, 1-qism), ertaga ertalab uzogΚ»i 11 gacha Mover va YouTubega yuklab e'lon qilishga harakat qilamiz. Ertangi video tahminan 30 daqiqalik.

Holatimizni tushunasiz, degan umiddamiz 😊 Keyingi postda koʻrishguncha. Sogʻ boʻlinglar.
🎬 FrontLoops #10-1 - Apple Watch sayti. Menyu 🍏.

Bu videoda Apple Watch lending sahifasining menyu qismini tuzishni ko'rib chiqamiz. Videoda HTML va CSS yordamida sayt tuzishning mobile-first yondashuvi bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari videoda media so’rovlar yordamida saytni turli xil ekranlarga moslashuvchan ko’rinishga keltiramiz.

Mover: https://mover.uz/watch/x8hQIitm/
YouTube: https://youtu.be/kv9MSjgtlQI

Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin.

10-mashq kodi: https://codepen.io/Muhammadjavohir/pen/rroJZJ
Hamma mashqlar kodlari: https://codepen.io/collection/AEWJkO/

Oldingi video - "#9 - Elektron karmon":
Mover: https://mover.uz/watch/LrAZUwem/
YouTube: https://youtu.be/yJhkjGzbuog

Kanallarimizga obuna bo'ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#frontLoops
Video kecha 21:30 da joylanishi kerak edi. Kechikkanligi tufayli ertalab yuboraverdik. Keyingilarini vaqtida chiqarishga harakat qilamiz :)
MJ
🎬 FrontLoops #10-1 - Apple Watch sayti. Menyu 🍏. Bu videoda Apple Watch lending sahifasining menyu qismini tuzishni ko'rib chiqamiz. Videoda HTML va CSS yordamida sayt tuzishning mobile-first yondashuvi bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari videoda…
☺️ Ogoh bo'ling, oramizda qitmir obunachilar bor! 😁😁
Meni o'ylantirgan tomoni - qanday qilib yarim soatlik videoni 6 daqiqada ko'rib chiqib, unga "πŸ‘Ž Yomon" deb ovoz berish mumkin πŸ€” Yoki vaqt mashinasi allaqachon tuzib chiqildimi? 😳

Videolarimizda, kodda kamchiliklar bo'lsa, buni videoning izohlar qismida qoldirishingiz mumkin. Xafa bo'lish yo'q, xatomiz bo'lsa, uni to'g'rilashimiz shart, albatta. Mana pastda bir misoli.
Moverdagi video izohlarida kamchiliklarni aytishdi. Bu biz uchun xatolarimizni ko'rib, to'g'rilashimizga imkon beradi :) https://mover.uz/watch/nXCoMVem
Mini tavsiya

Odatda CSS bo'yicha o'zimga yangi bo'lgan biron mavzuga yo'liqsam yoki biron CSS xususiyati haqida chuqurroq ma'lumot olmoqchi bo'lsam, Google topib bergan natijalardan CSS-Tricks va SmashingMagazine saytlaridagi ma'lumotni birinchi o'rinda o'qib chiqaman. Mana hozir ham CSSni preload yordamida tezroq yuklab olish haqidagi ma'lumotlarni o'qib o'tiribman. πŸ€“πŸ“š

#mayoq #mini_tavsiya
MJ pinned «🎬 FrontLoops #10-1 - Apple Watch sayti. Menyu 🍏. Bu videoda Apple Watch lending sahifasining menyu qismini tuzishni ko'rib chiqamiz. Videoda HTML va CSS yordamida sayt tuzishning mobile-first yondashuvi bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari videoda…»
MJ via @vote
Assalomu alaykum, yaxshilar! Videodarslar davomiyligi haqida sizlarning fikringizni bilmoqchi edik. Sizlar uchun qanday davomiylikdagi videolarni koΚ»rish ma'qul boΚ»ladi: qisqa (15-20 daqiqa) yoki uzun (30 daqiqa+)?
anonymous poll

Qisqasi yaxshi (15-20 daqiqa) – 40
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 66%

30 daqiqadan koΚ»proq – 12
πŸ‘πŸ‘ 20%

Farqi yoΚ»q – 9
πŸ‘πŸ‘ 15%

πŸ‘₯ 61 people voted so far. Poll closed.
MJ pinned Β«Assalomu alaykum, yaxshilar! Videodarslar davomiyligi haqida sizlarning fikringizni bilmoqchi edik. Sizlar uchun qanday davomiylikdagi videolarni koΚ»rish ma'qul boΚ»ladi: qisqa (15-20 daqiqa) yoki uzun (30 daqiqa+)? anonymous poll Qisqasi yaxshi (15-20 daqiqa)…»
​​πŸ”₯🎬 freeCodeCamp 002 - HTMLda sarlavha, xatboshi va izohlar

Assalomu alaykum. Bugungi videoda freeCodeCamp.org saytidagi mashqlar sahifasi interfeysi bilan tanishamiz. Video davomida HTMLdagi sodda matn elementlari sarlavha (heading - h1, h2) va xatboshilarni (paragraph - p) o'rganib chiqamiz. Undan so'ng HTMLda izohlardan (comment) foydalanish yo'lini o'rganamiz.

YouTube: https://youtu.be/Wht99KqvaLs
Mover: https://mover.uz/watch/fJ6qUztm/

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling.

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#freeCodeCamp
MJ pinned «​​πŸ”₯🎬 freeCodeCamp 002 - HTMLda sarlavha, xatboshi va izohlar Assalomu alaykum. Bugungi videoda freeCodeCamp.org saytidagi mashqlar sahifasi interfeysi bilan tanishamiz. Video davomida HTMLdagi sodda matn elementlari sarlavha (heading - h1, h2) va xatboshilarni…»
Assalomu alaykum, yaxshilar. Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin βœ¨πŸŽ‰

Videolarimizni sog'inib qolgan bo'lsangiz kerak-a? Hozirning o'zida bitta videomiz tandirda (video muharririda) pishay deb turibdi. Tayyor bo'lishi bilan kanalda e'lon qilamiz πŸ˜ƒ
πŸ”₯🎬 freeCodeCamp 003 - HTMLda havola, rasm va ro'yxatlar bilan ishlash

Assalomu alaykum. Bugungi videoda freeCodeCampning navbatdagi 9 ta mashqini birga bajaramiz. Videoda sahifaga havola β›“, rasm πŸ–Ό va ro'yxat πŸ“‹ joylashni o'rganib olishingiz mumkin. Keyingi videoda FCCdagi "Sodda HTML" bo'limini yakunlaymiz. Undan keyingi mashqlar CSS bo'yicha bo'ladi.

‼️ ESLATMA ‼️
Faqat videonigina ko'rib, umuman mashq qilmaslik veb dasturlashni o'rganishdagi samaradorlikni ancha-muncha pasaytirib yuboradi. Shuning uchun biron mashqning ta'rifi va o'tiladigan yangi mavzu haqida ma'lumot berilganda videoni to'xtatib, mashqni mustaqil bajarishga harakat qilib ko'ring.

YouTube: https://youtu.be/LB_dvbawdE0
Mover: https://mover.uz/watch/n8FfkJtm/

Oldingi videoda aytganimizdek mashqlar matnlarini o'zbek tiliga tarjima qilishni boshladik. Imkon boricha tarjima qilishda davom etamiz. Mashqlarning o'zbek tilidagi matnlari mana bu yerda:
http://bit.ly/FCCuz_matnlar_Mayoq
Havotir olmang, bu havola hech qanaqangi spam yoki boshqa noma'qul joylarga olib bormaydi. Havolani ulashish oson bo'lishi uchungina qisqartirildi.

Matnlarni tarjima qilishda ko'maklashib yubormoqchi bo'lganlar quyidagi formada mashq havolasi va tarjima qilingan matnni qoldirishlari mumkin.
Matnlar tarjimasini qoldirish uchun forma: https://goo.gl/forms/f8gZXB3QppQB5ssb2

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling. Yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashish ham esdan chiqmasin-a πŸ˜‰

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#freeCodeCamp #html
MJ via @vote
Assalomu alaykum. Kanalimizdagi navbatdagi so'rovnoma. Videodarslarimizni YouTube va Moverdan tashqari shu yerda, ya'ni kanalimizda ham ko'chirib olsa bo'ladigan ko'rinishda joylaylikmi?
anonymous poll

πŸ‘ Ha, qulay bo'lar edi. – 73
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 68%

πŸ‘Ž Yo'q, shart emas. – 23
πŸ‘πŸ‘ 21%

😐 Menga farqi yo'q. – 11
πŸ‘ 10%

πŸ‘₯ 107 people voted so far. Poll closed.
MJ pinned Β«Assalomu alaykum. Kanalimizdagi navbatdagi so'rovnoma. Videodarslarimizni YouTube va Moverdan tashqari shu yerda, ya'ni kanalimizda ham ko'chirib olsa bo'ladigan ko'rinishda joylaylikmi? anonymous poll πŸ‘ Ha, qulay bo'lar edi. – 73 πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 68% πŸ‘Ž Yo'q, shart…»