4.22K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
​​ Foydali manba: FunFunFunction kanalining JavaScriptdagi funksional dasturlash bo'yicha darslari
🔗 Havola
: https://www.youtube.com/playlist?list=PL0zVEGEvSaeEd9hlmCXrk5yUyqUag-n84

JavaScriptda forEach, map, filter, every, some, reduce kabi yuqori daraja funksiyalari bor. Ular sizga for loop da yozilgan, lekin o'qilishi qiyinroq bo'lgan kodni tushunish oson bo'lgan ko'rinishga keltirishga yordam beradi. O'zim aynan shu videolarni ko'rgandan so'ng bu tushunchalarni aniq tushuna boshlaganman. Mattias Peter Johansson (MPJ - videolar muallifi) ham odamni zeriktirmaydigan, qiziq usulda o'rgatgan. Uning boshqa videolar ham maza qilib ko'rishli.

Savol
JavaScriptda siz uchun eng qiyin tushuncha/mavzu qaysi?

👉 @mayoquz 👈

#js #dom #frontend #foydali_manba #functional_programming
​​ Foydali manba: FrontendMentor.io - frontend bo'yicha mashq va vazifalar
🔗 Havola
: https://frontendmentor.io

HTML, CSS va JavaScriptni qaysidir darajagacha o'rgangandan so'ng odam bir maza qilib mashq qilgisi keladi. O'zi uchun mashq shartini tuzib, keyin bajarmoqchi bo'lsa, biroz zerikarliroq bo'ladi: maket juda sodda, o'ziga moslashtirilgan, tajriba o'sishiga katta yordam bera olmaydi. Shunday holatlarda turli tayyor maketlar bo'yicha mashq qilib malakani oshirish mumkin. FrontendMentorda turli murakkablikdagi maketlardan birini tanlab, uning yechimi kodini yuborishingiz ham mumkin. Vazifani eng yaxshi bajarganlarni ham davomiy e'lon qilib turishadi. Agar maketning manbasi (isxodnik) kerak bo'lsa, premium darajadagi maketlarni olishingiz mumkin.

Savol
Siz odatda mashq uchun maketlarni qaysi saytdan yoki manbadan topasiz?

👉 @mayoquz 👈

#html #css #js #mashq #frontend #foydali_manba
​​🎧 Angular, React Yoki Vue? Qay birini tanlash kerak? - Mayoq Podkast 003

JavaScript dasturlash tilining dunyosi juda katta va xilma-xil. Kundan-kunga yangi instrumentlar, freymvorklar, freymvorkda ishlashni osonlashtiruvchi instrumentlar chiqib boryapti. Shunday ko'p tanlash imkoniyati borki, odam qay birini tanlaykin, deb boshi qotadi: forumlar va guruhlarda ko'pchilikdan so'rab chiqadi, turli maqolalarni o'qiydi, YouTubedagi dasturlash haqidagi kanallar videolarini yotvolib ko'radi. Lekin oxirida baribir tugal bir to'xtamga kela olmaydi. JavaScriptning frontend va bir sahifali dasturlar (single page application - SPA)lar uchun eng mashhur freymvork va kutubxonalari - Angular, React yoki Vuedan birini tanlashda ikkilanib turganlar uchun shaxsiy tajribaga tayanib tavsiyalar berib ko'ramiz.

❗️ BUGUN SOAT 21:00 da ❗️

#frontend #angular #react #vue #freymvork #kutubxona #podkast

👉 @mayoquz 👈
Angular, React yoki Vue?
Muhammadjavohir Sur'atov
🎧 Angular, React yoki Vue? Qay birini tanlash kerak? - Mayoq Podkast 003
MJ
Saytda biron kim scroll qilsa, scroll yo'nalishi tepaga yoki pastga ekanligini aniqlashga yordam beradigan kichik JS kod: https://stackoverflow.com/questions/7154967/how-to-detect-scroll-direction#answer-7309786
Muhim nuqta: agar sizda sahifa ichida boshqa overflow scroll li bo'limlar bo'lsa, window ga ilingan event listener ni o'sha ichki element ichida o'chirib qo'yish esdan chiqmasin
MJ
Saytda biron kim scroll qilsa, scroll yo'nalishi tepaga yoki pastga ekanligini aniqlashga yordam beradigan kichik JS kod: https://stackoverflow.com/questions/7154967/how-to-detect-scroll-direction#answer-7309786
"[ Photo ]
Assalomu aleykum kanalizda scroll bo'yicha stackoverflowga ssilka tashagan ekansiz. Eng tepadagi resheniya noto'g'ri dib xisobliyman. Birinchisi DOMMouseScroll bu standart emas va deprecated https://developer.mozilla.org/en-US/docs/Web/API/Element/DOMMouseScroll_event mousewheel bo'sa faqat sichqonchani g'ildiraki bilan ishliydi klaviatura bilan yoki telefonda scroll qisez ishlamiydi. Globalniy peremenniy bilan ishlasayam shu resheniya to'g'riroq dib xisobliyman lekin faqat var lastScrollTop = 0; mas var lastScrollTop = window.screenTop; qisa to'g'riroq bo'lardi chunki saxifani yarimigacha scroll qilib saxifani obnovit qisa noto'g'ri ishlashi mumkin. Yana bo'tta addEventListener ishlatib 3chi parametrida { passive: true } qisa performanse yaxshiroq bo'lardi https://www.afasterweb.com/2017/08/23/passive-event-listeners-scroll-performance/"

©️ Muhammadamin Ibragimov

Yaxshilikni ulashganlar sog'-omon bo'lishsin 😊
Bir necha daqiqalardan keyin TexnoGap loyihamizning #4 soni suhbatini boshlaymiz.

Suhbat mavzusi: Xayr monolit, Salom microservislar!

O'tkazib yubormang, juda manfaatli va qiziqarli suhbat bo'lishi kutilmoqda

Youtube orqali tomosha qilishingiz mumkin:
http://s.yordam.uz/texnoman
MJ
Watch "freeCodeCamp Uzb Community - Kirish" on YouTube https://youtu.be/uc18xCA-z3A
Moʻminjon freeCodeCamp haqida videolar olishni boshlabdilar
​​📢 E'LON 📢

14-iyun yakshanba kuni YouTube orqali jonli efir o'tkazmoqchiman. Tahminan 14:00-17:00 orasida. Hozircha reja qilgan mavzularim quyidagilar:
- bu sohaga qanday va qachon kirdim?
- frontend dasturlash sohalari
- nega hozir o'rganishni boshlaganlar oldinroq o'rganishni boshlaganlardan yaxshiroq imkoniyatga ega?
- veb dasturchi bo'lish uchun o'rganish xaritasi (shaxsiy fikrlar)
- o'rganish uchun qaysi manbalarni tavsiya qilaman?
- jonli efir paytidagi savollarga javoblar
- BONUS: yangi loyiha e'loni

Yana qaysi masalalardagi ma'lumot siz uchun foydali va qiziqarli bo'ladi? Ularni izohlarda yozib qoldiring (shu postning tagida comments tugmasini bosib kirib, yozib qoldiraverasiz 😊)
Tezkor internet tomon yoʻlga chiqdim. Xudo xohlasa, CSpace kovorking markazidan turib jonli efir qilaman.
Yetib kelib oldim. Kompyuterni tayyorlab olsam, boshlaymiz
https://youtu.be/LAF6KAEdD2Q
Jonli efirni boshlaymiz
Jonli efirni kuzatganlar uchun katta rahmat. Videoga yozib oldik, bugun-erta kanalga joylaymiz