4.22K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
​​Mayoq Podkast 001 - Kodlarni yodlab qololmayapman. Nima qilay?

Dasturlashni o'rganayotganda hamma kodlarni qatorma-qator yodlab o'rganish kerakmi? Kodni bir marta o'rganganda yozib keta olmaslik faqat yangi o'rganayotganlarda bo'ladimi yoki tajribali dasturchilarda ham? Men nima yo'llarni tavsiya qila olaman?

👉 @mayoquz

#podkast
Dasturchi necha bet ma'lumotni yodlashi kerak?
Muhammadjavohir Sur'atov
Mayoq Podkast 001 - Kodlarni yodlab qololmayapman. Nima qilay?

@mayoquz
Telegramning o'zida sayt tuzishga ham oid bo'lgan buyurtmalar beriladigan kanal ochilibdi @masofadan_ishlash_pul_topish
E'lonlarni ko'rib chiqqan edim, frontend, backendga oid buyurtmalar ham bor ekan. Amaliyot uchun o'zingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi
Это ооочень крутая работа в плане дизайна и вёрстки.
У меня просто нет слов...

https://www.aquarium.ru/ru
Forwarded from Progress Academy
⚡️Online suhbatimizda qisman o'zgarish!
Mehmonlarimiz bu galdagi suhbatda ikki kishi bo'ladi. Bu esa yana ham qiziq bo'lishiga ishora 🔥

Online suhbatga quyidagi link orqali qo'shilishingiz mumkin: 👇🏻👇🏻👇🏻
https://www.youtube.com/progressacademyuz?sub_confirmation=1
​​Bugundan boshlab foydali instrument va manbalarni tavsiya qiluvchi postlar turkumi yana davom etadi. O'zim bilgan turli saytlarni ko'rib chiqib, o'zimga yoqqanlarini saralab, post holiga keltirishga tayyorlab chiqyapman. Hozircha 11 tasining posteri tayyor. Nasib qilsa, ko'prog'ini oldindan tayyorlab, e'lon qilish vaqtini sozlab qo'ysam, boshqa payt boshqa formatdagi kontent uchun ham vaqt qoladigan bo'ladi.
​​📖 Foydali manba: 30 kunda CSS3ga oid 30 xil loyihalar tuzish
🔗 Havola: https://www.youtube.com/playlist?list=PLWKjhJtqVAbl1AfjiGyYxwpdAPi5v-1OU

CSSni o'rganayotganda biron xususiyat, masalan, display, background yoki boshqalarning nazariy tomondan nima qila olishining o'zini bilish odamni zeriktiradi. Amaliyot asosida va loyihalarda qo'llasa bo'ladigan usullarni o'rganish esa ham qiziq, ham foydali bo'ladi. Kanadalik mutaxassis - Brad Hussey bu videolar turkumida har xil CSS3 imkoniyatlarini 30 xil loyiha asosida ko'rsatib o'rgatib beradi. Xohlasangiz, har bir videoni ko'rishdan oldin natijani tuzishga o'zingiz mustaqil harakat qilib ko'rishingiz ham mumkin. Ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz, Xudo xohlasa.

👉 @mayoquz 👈

#html #css #frontend #foydali_manba
MJ
​​📖 Foydali manba: 30 kunda CSS3ga oid 30 xil loyihalar tuzish 🔗 Havola: https://www.youtube.com/playlist?list=PLWKjhJtqVAbl1AfjiGyYxwpdAPi5v-1OU CSSni o'rganayotganda biron xususiyat, masalan, display, background yoki boshqalarning nazariy tomondan nima…
Bu videolardan o'rganib biron loyiha/demo tuzib ko'rsangiz, shu postning izohlarida qoldiring. Imkoni boricha, demoni chiroyli va ishlatishga qulay qilishga harakat qiling. Bu sohada nafaqat biron narsani yaxshi tuza olish, balki boshqalarga chiroyli ko'rsatib bera olish ham muhim
​​📖 Foydali manba: JavaScript30 - JS haqida 30 ta qiziqarli va amaliy videodars
🔗 Havola: https://javascript30.com/
🔗 Havola (YouTube): https://www.youtube.com/playlist?list=PLu8EoSxDXHP6CGK4YVJhL_VWetA865GOH

Kecha CSS haqida 30 ta videolik turkumni tavsiya qilgan edim. Bugungi navbat JSga. Bu videolarni qunt bilan o'rganib chiqilsa, JavaScriptdagi tajribani ancha oshirib olsa bo'ladi. Misol uchun, videolarda array bilan ishlash, DevTools imkoniyatlari haqidagi soddaroq mavzulardan tortib, turli murakkablikdagi kichik loyihalarni va hatto mini o'yinni ham tuzishni o'rganish mumkin. Ba'zi videolarda ko'pchilikni o'ylantirib qo'yadigan JS mavzularini batafsil tushuntirib ham berilgan.

Savol
Siz uchun eng foydali yoki eng qiziqarli bo'lgan video qaysi biri bo'ldi? Izohlarda yozib qoldiring.

👉 @mayoquz 👈

#js #html #css #loyihalar #frontend #foydali_manba
​​ Foydali instrument: JavaScript/CSS Code Beautifier
🔗 Havola: https://chrome.google.com/webstore/detail/iiglodndmmefofehaibmaignglbpdald

Minifikatsiya qilingan CSS yoki JavaScript faylni qiynalmasdan o'qiy olasizmi? 😁 Probel-u xatboshlar, indentatsiya olib tashlangan kodni o'qiyman deb qiynalib o'tirasizmi? Tinchgina brauzerga kengaytma o'rnatib olgan afzal, menimcha. Bugungi tavsiya qilinayotgan instrument zichlangan CSS va JS kodni o'qishga oson qilib beradi. Foydasi tegib qolar, Xudo xohlasa 😊

Savol
Minifikatsiya qilingan kodning loyiha uchun foydasi aynan nimada?

👉 @mayoquz 👈

#js #css #brauzer_kengaytmasi #frontend #foydali_instrument
Assalomu alaykum. Oldingi hafta dushanbadagi kabi bugun ham Mayoq Podkastni chiqaramiz. Bugungi podkast mavzusi - "Qobiliyatingizning siri nimada, sensey?". Xudo xohlasa, soat 21:00 da premyera. Faqat @mayoquz da 😁 (televizorda shunday reklama qilar edimi?)
​​🎧 "Qobiliyatingizning siri nimada, sensey?" - Mayoq Podkast 002

Yangi sohani o'rganyapsiz. Oldinroq o'rganishni boshlagan do'stlaringiz yoki ustozingiz siz soatlab bosh qotiradigan vazifani qisqa vaqt ichida tugatib qo'yishyapti. Bundan yurak siqilib, "bu soha menga emasmikin, nega men ham shunday yaxshi ishlay olmayapman" degan fikrga borishingiz mumkin. Bu holatda muhim narsa - qiziqish va shashtni pasaytirmaslik. Boshqalarning tez va yaxshi ishlashiga sabab - ularning yillar davomida yig'gan tajribalari. Siz ham bundan birmuncha vaqt o'tib "shu oddiy narsaga 1 hafta vaqt ketkazgan ekanmana, o'zi yarim soatlik ish ekanku" deydigan bo'lasiz, Xudo xohlasa.

#dasturlash #html #css #js #frontend #mayoq #podkast #podcast

@mayoquz
Qobiliyatingizning siri nimada, sensey?
Muhammadjavohir Sur'atov
"Qobiliyatingizning siri nimada, sensey?" - Mayoq Podkast 002

👉 @mayoquz
MJ pinned an audio file
​​ Foydali manba: OMDbAPI - kinolar haqida ochiq ma'lumotlar ombori
🔗 Havola: http://www.omdbapi.com/

JavaScriptni o'rganayotganda odamning nisbatan amaliyroq, o'rtoqlarga, ish beruvchiga faxr bilan ko'rsatsa bo'ladigan loyiha qilgisi keladi. Masalan, hozir karantin paytida kino va seriallar ko'rish imkonini beruvchi platformalar ommalashdi, KinoPoisk HDning o'zi birinchi uch oy obuna uchun oyiga deyarli 600 so'mgina olyapti. Shunga o'xshash saytni tuzmoqchi bo'lsangiz, kinolar haqidagi har bir ma'lumotni internetdan qidirib, "copy-paste" qilishingiz shart emas. OMDbAPI.com saytidan IMDb.com kinolar saytidagi deyarli hamma ma'lumotni olishingiz mumkin: kino nomi, reyting, chiqarilgan yili, qaysi aktyorlar o'ynagan, janri qanday va boshqalar. Bu sayt APIsida izlash va filtrlash imkoniyatlari ham bor. Ha, aytgancha, kinolarning posterlarini 🖼 ham topib bera oladi.

Savol
Dasturchilar uchun ko'rib foydali bo'lgan qaysi kino yoki seriallarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

👉 @mayoquz 👈

#html #js #css #dom #frontend #foydali_instrument #kinolar
Hozir TexnoGapning 3-soni ketyapti. Qiziquvchilarni taklif qilib qolaman
​​ Foydali manba: FunFunFunction kanalining JavaScriptdagi funksional dasturlash bo'yicha darslari
🔗 Havola
: https://www.youtube.com/playlist?list=PL0zVEGEvSaeEd9hlmCXrk5yUyqUag-n84

JavaScriptda forEach, map, filter, every, some, reduce kabi yuqori daraja funksiyalari bor. Ular sizga for loop da yozilgan, lekin o'qilishi qiyinroq bo'lgan kodni tushunish oson bo'lgan ko'rinishga keltirishga yordam beradi. O'zim aynan shu videolarni ko'rgandan so'ng bu tushunchalarni aniq tushuna boshlaganman. Mattias Peter Johansson (MPJ - videolar muallifi) ham odamni zeriktirmaydigan, qiziq usulda o'rgatgan. Uning boshqa videolar ham maza qilib ko'rishli.

Savol
JavaScriptda siz uchun eng qiyin tushuncha/mavzu qaysi?

👉 @mayoquz 👈

#js #dom #frontend #foydali_manba #functional_programming
​​ Foydali manba: FrontendMentor.io - frontend bo'yicha mashq va vazifalar
🔗 Havola
: https://frontendmentor.io

HTML, CSS va JavaScriptni qaysidir darajagacha o'rgangandan so'ng odam bir maza qilib mashq qilgisi keladi. O'zi uchun mashq shartini tuzib, keyin bajarmoqchi bo'lsa, biroz zerikarliroq bo'ladi: maket juda sodda, o'ziga moslashtirilgan, tajriba o'sishiga katta yordam bera olmaydi. Shunday holatlarda turli tayyor maketlar bo'yicha mashq qilib malakani oshirish mumkin. FrontendMentorda turli murakkablikdagi maketlardan birini tanlab, uning yechimi kodini yuborishingiz ham mumkin. Vazifani eng yaxshi bajarganlarni ham davomiy e'lon qilib turishadi. Agar maketning manbasi (isxodnik) kerak bo'lsa, premium darajadagi maketlarni olishingiz mumkin.

Savol
Siz odatda mashq uchun maketlarni qaysi saytdan yoki manbadan topasiz?

👉 @mayoquz 👈

#html #css #js #mashq #frontend #foydali_manba