4.22K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalomu alaykum azizlar!

Kun.uz taxririyati online ta'lim olish bo`yicha so`rovnoma tashkil qilibdi.

Kun.uz Telegram kanalida (link)

Sizni ham so`rovnomada faol ishtirok eting, Rahmat !!!
——————————

👨‍💻👩‍💻 Davr taqozosi bilan, onlayn taʼlim tobora hayotimizga kengroq kirib kelmoqda. Hech kimga sir emas, bu jarayonda baʼzi to‘siqlar ham ko‘zga tashlanyapti.

O‘zbekistonda onlayn taʼlim rivojidagi eng katta muammo, sizningcha, nima? Siz hech onlayn taʼlim olganmisiz?

Biz aholining bu boradagi fikrini o‘rganish uchun kichik so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildik. So‘rovnomada qatnashib, onlayn taʼlimni rivojlantirishga oid o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

👉 So‘rovnomada qatnashish 👈

#Tavsiya #KunUz #sorovnoma

👉 @UstozShogird kanalida batafsil
​​🛠 #foydali_instrument

HTML va CSSdagi bir necha element va xususiyatlar uchun kod generatori
https://webcode.tools/

Odatda veb dasturlashni o'rganishni boshlaganlar biron kodning yozilishini darrov yodlab qololmasligi mumkin. Shunga o'xshash generatorlar ishni yengillatishi mumkin. Lekin, albatta, kod generatorlariga o'rganib qolmagan yaxshi.

Sizga foydali bo'lgan biron yaxshi kod generatori yoki boshqa foydali instrumentni tavsiya qila olasizmi? Izohlarda yozib qoldiring 😊

@mayoquz
Sardor aka va Progress academydan navbatdagi jonli efir
Forwarded from Islomjon Tursunov
🔴 6-may kuni 20:30da MyTaxi, Workly korxonasi Team Leaderi, Progress Academyda Backend veb dasturlash o'qituvchisi, dasturchi Sardor Dushamov bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Veb dasturchi bo'lish bosqichlari.
Bundan tashqa
Professional dasturchi bo'lish ko'nikmalari, katta loyihalarda dasturchi bo'lish va bir qancha hayotiy amaliyotlar aytib o'tiladi.

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: https://www.youtube.com/progressacademyuz

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.me/joinchat/AAAAAEAw14qucn51LfTKGA
​​🛠 #foydali_instrument

Matn - saytlarning mag'zi bo'lgan qism. U chiroyli ko'rinishi uchun turli shriftlardan foydalanamiz. Sayt tezroq ishlashini xohlasak, shriftni optimal formatda saytga ulashimiz kerak. Masalan, woff2 va woff. Agar sizdagi shriftning shu formatlari bo'lmasa, http://transfonter.org sayti yordamida oson ko'rinishda bu ishni qilish mumkin: shriftingizni yuklang, formatni tanlang, woff2/woff formatdagi shriftni yuklab oling. Zo'r tomoni - bu xizmat CSSdagi @font-face uchun ham kodlarni deyarli tayyor qilib beradi. Ko'chirib olib o'zingizga moslashtirsangiz bo'ldi.

Instrument: http://transfonter.org

Siz bu ishni bajarish uchun nimalardan foydalanasiz?


Shu sohaga qiziquvchi yaqinlaringizga ham ulashing.
👉 @mayoquz
​​🛠 #foydali_instrument

Kechagi shriftlar bilan ishlashga oid post davomi sifatida yana bir zo'r instrument - Google Webfonts Helper. Agar saytga Google Fonts saytida berilgan shriftlardan birining woff2/woff formatini @font-face yordamida ulamoqchi bo'lsangiz, bu instrument sizga juda qo'l keladi.

Instrument imkoniyatlari:
- Google Fonts kutubxonasidagi hamma shriftlar bilan ishlay olish
- tanlangan shriftning faqat sizga kerakli stillarini ajratib berish
- tanlangan shriftning woff2/woff formatidagisini tayyorlab berish
- CSS uchun @font-face kodini generatsiya qilib berish

Instrument: https://google-webfonts-helper.herokuapp.com/


Shu sohaga qiziquvchi yaqinlaringizga ham ulashing.
👉 @mayoquz
​​#foydali_manba

JavaScriptda DOMga oid amallarni kutubxonalarsiz ham bajarish mumkin. Bu ishga yangi bo'lganlar yoki shu kutubxonalarning asl JSdagi muqobilini topmoqchi bo'lganlar uchun instrument. O'ziga xos tomoni - dokumentatsiyada umumiy ma'lumotlar beriladigan bo'lsa, bu saytda xos muammolarga mos yechimlar berilgan.

Instrument: https://htmldom.dev

👉 @mayoquz
Alisher aka Mahmudovning YouTube kanallarida obunachilar soni 1000 dan oshibdi 🎉🎉

Alisher akaning kanallarida bir nechta loyihaning noldan o'rgatilgan videodarslari bor. Qiziquvchilarga tavsiya qilaman 👍
Kremniy vodiysi (Silicon Valley) haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Shu joy haqida Yuriy Dud film olgan edi. Alimoff Group o'zbek tiliga tarjima qilishibdi. Ko'rib chiqishni tavsiya qilaman.
Forwarded from Alimoff
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Дўстлар! Бугун премьералар куни бўлди, шундай экан, кутиб олинг!

Юрий Дудьнинг бир неча кунлар олдин катта шов-шувларга сабаб бўлган ва ҳозирда 16 млн марта томоша қилинган “Кремний водийси — дунёнинг IT пойтахти“ деб номланган фильми энди ўзбек тилида!

Юрий Дудь билан ўзаро келишувимизга мувофиқ, фильмнинг Ютубдаги премьерасини бироз кечроқ муддатга суриб турадиган бўлдик.

Фильмни дубляжида ёрдам берган инсонлар, дўстим Фурқат Усманов ва Alimoff Team жамоасига миннатдорчилик билдираман!

Бу ишлар ҳеч қандай тижорий мақсадларни кўзламаган ҳолда холис қилинди.

Alimoff Team — Ёшлар ёшлар учун!

Каналга уланиш 👉@nurbekalimov
👍2
​​#foydali_instrument

Bootstrapni endi o'rganayotganlar undagi komponentlar kodini topishda qiynalishadi. Shu ishni osonlashtirish uchun Bootstrap shpargalkasi berilgan saytdan foydalanish mumkin.

Instrument: https://bootstrap-4.ru/articles/cheatsheet/

👉 @mayoquz
​​#foydali_instrument

O'z saytingiz uchun biron chiroyli gradient rang yaratmoqchi bo'lsangiz, CSSGradient.io sizga qo'l keladi. Uning imkoniyatlari:
- ixtiyoriy to'g'ri chiziqli va radial gradient yaratish
- gradientning CSS kodini tayyorlab berish
- oldindan tayyorlangan chiroyli gradientlarning kodini ko'rish
- rasmdagi gradientni topib yaratib berish

Instrument: https://cssgradient.io

👉 @mayoquz
​​YouTubeda 3000 obunachiga yetishga ozgina qolibdi 🤩
​​#foydali_instrument

🛠 Instrument: https://newsapi.org

Odatda JavaScript darslarimda o'quvchilar zerikib qolmasliklari uchun ba'zi hayotga yaqin amaliy mashqlarni ko'rib chiqamiz. To'plam (array), obyekt (object) va DOM bilan bog'liq darslar davomida amaliyot uchun NewsAPI saytidan foydalanamiz. Uning imkoniyatlari:

- minglab internet nashrlaridan maqolalarni olib kelish
- maqolalarni mavzu, soha, til, davlat va boshqa faktorlarga ko'ra filtrlash
- ishlatish uchun qulay API
- maqolalarni sanasiga ko'ra filtrlash

Savol
Siz qaysi APIlarni tavsiya qila olasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

👉 @mayoquz
Карантин бошлангандан бери Математикадан 188 та видео дарслик тайёрладик 😅. Дарсларимиз ҳазм қилиш учун осон қилиб қисқа-қисқа ёзилган.

Дарсларни физика-математика фанлари доктори, Малайзия Путра Университети профессори Ғофуржон ака Ибрагимов ўтадилар.

Марҳамат, каналимизга ташриф буюринг: https://t.me/videodarslarmatematika

Абитуриент танишларингизга албатта улашинг.
Дарсларимиз мутлақо бепул. Бошқа каналларда ҳам бемалол, беруҳсат улашишингиз мумкин.

Дарвоқе, Геометрия дарслари учун алоҳида канал очдик: https://t.me/videodarslargeometriya

© Anvar Narzullayev
​​#foydali_manba

Beau Carnesning JavaScript bo'yicha bepul videokursi

Havola:
https://www.freecodecamp.org/news/my-giant-javascript-basics-course-is-now-live-on-youtube-and-its-100-free-9020a21bbc27/

O'rgatilgan mavzular:
- JavaScript asoslari
- ECMAScript 6
- DOM bilan ishlash
- jQuery
- toza kod yozish (Clean code)
- ma'lumot tuzilmalari va algoritmlar
- dizayn qoliplari (design patterns)
- React asoslari

Yaqinlaringizga ham ulashing.

👉 @mayoquz