4.21K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Xudo xohlasa, 1-yanvardan boshlab Mayoq kanalida yangi postlar va videolar joylanadi. Avvaliga Texnomart maketi tuzilishi ko'rsatilgan videolarning hammasi chiqariladi. 4 tasi bor edi, qolgan 29 tasi tayyor bo'lyapti. 16 ta video montaj qilinsa, bo'ldi. Yanvar oyida har kuni Texnomart bo'yicha bittadan video chiqadi. Bundan tashqari, "Frontend dasturchi uchun Adobe Photoshop", "Git va GitHub bo'yicha eng muhim ko'nikmalar" va "Sass asoslari" videolar turkumlarini ham tuzish rejada bor.
Fevral oyi oxirlaridan boshlab frontend dasturlash bo'yicha to'liq videokurs videolarni joylashni boshlaymiz, Xudo xohlasa. Keyingi postlarda ba'zi masalalar bo'yicha fikrlaringizni bilishga harakat qilamiz. Shu so'rovnomalarda qatnashasizlar degan umidda 1-yanvargacha xayrlashamiz. Charchamanglar. Assalomu alaykum.
Bugun, Xudo xohlasa, Texnomart maketi boʻyicha 5-video chiqadi. Biroz kechroq.

Ingliz tilining dasturlashdagi ahamiyati haqida videolarimda aytgan edim. Oʻrtogʻim Behzod Telegramda ingliz tilini oʻrganish boʻyicha kurs ochibdilar. Masofadan ingliz tilini oʻrganish niyatidagilar boʻlsa, yaxshi imkoniyat. Bu bolaga shaxsan ishonganim uchun sizlarga ham ulashyapman.
Ёпик телеграм каналимда, инглиз тилини 0 дан бошлаб, 3 ой давомида ургатаман.
Ойига атиги 200.000 сумдан.
Маълумот учун @leapeng
Texnomart bo'yicha navbatdagi 2 ta video. Ularda maketdagi menyu tugmalarini tuzish, SVG ikonkalar bilan ishlash va ularning stillariga oid haqidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

HTML va Sassda sayt tuzish #05 - menyudagi tugmalar
https://youtu.be/iH8Co5r_QUs

HTML va Sassda sayt tuzish #06 - menyudagi tugmalarni oxiriga yetkazish
https://youtu.be/At9uuuWoPnQ

Izohlarda videolar bo'yicha fikrlaringizni kutib qolamiz.
Assalomu alaykum. Ertaga 5-yanvar yakshanba kuni soat 20:00 da men hurmat qilgan ko'p yillik mutaxassis Saidbek aka dasturlash haqida jonli efir qilyaptilar. Oʻzingizni qiziqtirgan hamma savollarga javob olishingiz mumkin. Saidbek aka bir necha yil AQShda shu sohada ishlaganlar.

https://youtu.be/RgpRts5eK6c
Bugun oldingi kunlar chiqmagani hisobidan 4 ta video chiqaryapmiz.

HTML va Sassda sayt tuzish - 8-qism
https://youtu.be/qcCYhbgiO3A

HTML va Sassda sayt tuzish - 9-qism
https://youtu.be/aA9gva71MNA

HTML va Sassda sayt tuzish - 10-qism
https://youtu.be/Hjg9ARDG5n0

HTML va Sassda sayt tuzish - 11-qism
https://youtu.be/jPadWI6t9VQ
Savodxonlik testi: o‘zbek tilida eng ko‘p xato yoziladigan so‘zlar (1-qism)

Test orqali o‘zbek tilining imlo qoidalari bo‘yicha savodxonligingizni tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Bunda ko‘pchilik bexato yozishda ikkilanadigan 25 ta so‘z turli variantlar bilan taqdim etiladi. Testga "x" va "h" harflari bilan bog‘liq so‘zlar atayin kiritilmagan. Chunki buning o‘zi alohida mavzu. Maqsad amaliyotda imlo xatolarini kamaytirish. Testda omad tilaymiz! Lotin yozuvida: https://goo.gl/gFVqwz

https://kun.uz/uz/67055545?q=%2F67055545
Аннотации в макетах сделают разработчиков счастливыми: что и зачем дизайнерам стоит пояснять в своих макетах → https://uxdesign.cc/d376d4453d9d
Forwarded from Bexato
🔆🔆🔆Ajoyib yangilik!

Tekst
yozishga vaqtingiz yo'qmi?
Ovozli xabar keldi biroq majlisdamisiz?
Ovozingiz matnga aylanishini xohlaysizmi?

Buning hammasi endi juda oson. Siz shunchaki @bexatobot'ga 🎤ovozli xabar yuborsangiz kifoya. @bexatobot xabarni 📖matnga o'girib beradi. Sinab ko'rishga shoshiling!

Bu yangilikni do'stlaringiz bilan ulashishni esingizdan chiqarmang.
https://t.me/bexato
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!

📆 29-fevral shanba kuni C-Space kovorking markazida "UzGeeks February2020 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚Meetup quyidagi mavzulardan tashkil topgan:

1. “Bad Practice(Java)” - Ulug'bek Ro'zimboyev (Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi, dasturchi);

2. “WebAssembly, balki JavaScript kerak bo'lmas...” - Xurshid Rustamov (JET SYSTEMS, CTO);

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/28
🗺 Manzil: Toshkent, Chust ko'chasi 1-uy(mo'ljal Buyuk Ipak Yo'li metro bekati)
Assalomu alaykum.
Bir yangilik bilan tanishtirmoqchimiz. O'zbekistonda dasturlashni rivojlantirishga ozroq bo'lsa ham xissa qo'shish maqsadida, Havola.uz (https://havola.uz/) loyihasini ishga tushirdik. Loyiha dasturlashga qiziquvchilarga tanlov qilishda yordam berish, axborot texnologiyalarga oid dunyoning yetakchi manbalari hamda, o'zimizning dasturchilar tomonidan yaratilgan materiallarni bir joyga jamlash, loyihalarni ulashish uchun maydon yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Bu uchun sizlar ham o'z xissangizni qo'shishingizni kutib qolamiz.

Loyiha muallifi - Boburmirzo aka Hamraqulov