4.21K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Video yuklanishi kutilgandan biroz ko'proq vaqt olyapti. Video chiqishi 15 daqiqalarga kechikishi mumkin. Yuqori upload tezligi uchun Uzonlinega katta rahmat :)
Texnomart maketini tuzish #03 (HTML va Sass) - logotip va qidiruv formasi stillari

https://youtu.be/vWUzLMxr8oo

HTML va Sass yordamida tuzilayotgan Texnomart maketini tuzish bo'yicha 3-videoda quyidagi mavzular ko'rib chiqiladi:
- logotipning turli holatlaridagi stillari (hover, focus, active)
- sahifa elementini DOMdan chiqarib yubormagan holda berkitish
- inputning ko'rinishiga oid stillarni o'zgartirish
- input ichidagi matnning rangini o'zgartirish
- matnli elementlarning atrofidagi paddingni berishning to'g'ri yo'lini o'rganish

==========

Kanalni qo'llab-quvvatlash uchun Payme yoki Clickdan pul o'tkazib yordam qilishingiz mumkin:

8600 5004 7472 0964
Muhammadjavohirbek Sur'atov
Kanalimiz obunachilari soni 1100 dan oshdi!

Biz bilan bo'lganingiz uchun katta rahmat.

Bugun, Xudo xohlasa, 21:30 da Texnomart maketiga oid navbatdagi video chiqariladi. Video chiqishi bilanoq ko'rishni xohlasangiz, YouTube kanalimizga obuna bo'ling.
Texnomart maketini tuzish #04 (HTML va Sass) - qidiruv ikonkasi stillari

https://youtu.be/zbg7vo0TKEw

4-videomizda qidiruv formasining ichidagi lupa ikonkasini HTML faylga SVG ko'rinishida joylab, uning turli holatlardagi ko'rinishi stillarini yozamiz. Bu videoni ko'rganingizdan so'ng SVG ikonkalarning rangini o'zgartirish yo'llarini va bir elementning holatiga qarab undan keyingi kelgan element stilini o'zgartirishni o'rganib olishingiz mumkin. Stillarimiz har doimgidek Sass yordamida yoziladi.

==========

Kanalni qo'llab-quvvatlash uchun Payme yoki Clickdan pul o'tkazib yordam qilishingiz mumkin:

8600 5004 7472 0964
Muhammadjavohirbek Sur'atov

@mayoquz
HTML Academy oʻzining PHP boʻyicha oʻquv qoʻllanmasini ommaga chiqaribdi. Qiziquvchilar boʻlsa, foydalanib qolinglar
Forwarded from HTML Academy
​​У нас для вас ещё одна классная новость: мы выложили в открытый доступ наш учебник по PHP 📖

Он состоит из шести глав:

— Знакомство с языком;
— Шаблонизация и подключение файлов;
— Протокол HTTP и формы;
— Идентификация пользователя на сайте;
— Базы данных;
— Объекты и использование библиотек.

Он полностью актуален, рассчитан для новчиков и подходит для желающих освоить основы языка.

P. S. Кажется, мы взяли и сделали неделю PHP. Получилось случайно, но нам понравилось. Учитесь и будьте!
O'qib chiqishga arzirli maqola va bloglar ro'yxatim yana bittaga boyidi! Adam Silver ismli mutaxassis 20 yildan beri dizayn sohasida ishlar ekan. Uning veb sahifalardagi formalarni tuzish bo'yicha to'liq tavsiyalar berilgan batafsil maqolasi chiqarilibdi: https://adamsilver.io/articles/form-design-from-zero-to-hero-all-in-one-blog-post/
Mana bunday holatlar ham boʻlib turar ekan 😁😊
Forwarded from Пикабу
Вижу цель — не вижу препятствий...

pikabu.ru/link/a6886081
Assalomu alaykum. "Raqamli avlod" loyihasi yordamida siz o'zingiz uchun saytlar va Android dasturlar tuzish, media sohasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Loyiha jamoasi havas qilgulik. Loyihada qatnashish uchun siz ko'rsatilgan manzilga motivatsion xat yuborishingiz va keyingi bosqichga o'tsangiz, suhbatda o'zingizni ko'rsata olishingiz kerak bo'ladi. Omad! 💪💪💪
📣 O'zbekiston yoshlari diqqatiga!

"Digital Generation" loyihasining "Digital Camp" yozgi lagerining ikkinchi mavsumi boshlandi.

Digital Generation Uzbekistan - bu O'zbekiston yoshlar ittifoqi va Toshkent shahridagi Inha universitetining noyob loyiha-strategiyasi.

Loyihaning maqsadi - global texnologiya tendentsiyalariga qiziquvchi, yangi ko'nikmalarni o'rganishga hamda o'z tengdoshlarini ruhlantirishga tayyor yoshlarning IT-hamjamiyatini yaratishdan iborat.

Lagerda 4 yo'nalish mavjud:
- Dasturlash (Web-developing, Mobile app developing, Game-developing);
- Robototexnika;
- Media va raqamli marketing;
- Dizayn(2D va 3D dizayn);

Oromgohga saralash ikki bosqichda o'tkaziladi:
*motivatsion xatlar bilan (ushbu bosqichni o'tganlar keyingi bosqichga o'tkaziladi)
*intervyu(ikkinchi bosqich)

Siz quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin👇🏻
https://dguzbekistan.uz/

📆 Sana: 28 avgust - 1 sentyabr
👥 Yosh: 16-30 yosh
📍 Manzil: 🏕Yoshlar Ittifoqi oromgohi

Facebook | Instagram | Telegram

Bizni safimizga qo'shilish👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAE0kTXh-XqclSpTbCg
Digital Generation Uzbekistan
📣 O'zbekiston yoshlari diqqatiga! "Digital Generation" loyihasining "Digital Camp" yozgi lagerining ikkinchi mavsumi boshlandi. Digital Generation Uzbekistan - bu O'zbekiston yoshlar ittifoqi va Toshkent shahridagi Inha universitetining noyob loyiha-strategiyasi.…
Qo'shimcha ma'lumot
Motivatsion xatda quyidagi savollarga javoblarni berishingiz mumkin:
- men o'zi kimman? (Falonchibek, falon yoshdaman, falon-falon narsalarga qiziqaman...)
- shu kungacha nimalarga erishdim? (o'qishni a'lo darajada bitirdim, mustaqil ishlar qildim, ko'ngilli sifatida biron ishga yordamlashib yubordim...)
- maqsadlarim qanday va bu maqsadimga yetishsam, jamiyatga nima foydam tegadi? (zo'r mutaxassis bo'lib, dunyoga shov-shuv bo'lib ketmasada, atrofimdagilarga foydali bo'ladigan narsa tuzish, lagerda o'rganilgan soha bo'yicha mutaxassis bo'lib zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni atrofimdagilarga tanitish...)
- nega meni tanlashingiz kerak? (Buyog'iga endi improvizatsiya qilasizlarda :) o'zingizning ijobiy ishlaringiz...)
Biron sohada zo'r-zo'r manbalarni ko'rib qolsangiz, bir joyga yig'ib qo'ygingiz keladi: Telegramda o'zingizga xabar sifatida yuborasiz, brauzer xatcho'plariga qo'shasiz, maqolani PDF qilib saqlab olasiz, videolarni ko'chirib olasiz...

STOP!!!

Veb dasturlash bo'yicha mana bu saytga kirsangiz, eng zarur manbalarni (to'g'ri, hammasini ham emas) bir joyga jamlagan. Sayt dizayni ham o'ziga xos.

https://webfieldmanual.com/code.html
E'lon

JavaScript bo'yicha 2 yarim oy davom etadigan darslarga qabul boshlandi. Jami darslar soni 30 ta, haftada 3 kun tahminan 2 soatdan (1 soat 50 daqiqa) bo'ladi. Kursda JS asoslari, DOM bilan ishlash, serverga murojaat qilish, jQuery, JS asosidagi kutubxonalar, Gulp o'rgatiladi. 8 ta bo'sh o'rin bor. Qatnashmoqchi bo'lganlar HTML va CSSni yaxshi bilishlari shart. 12 ta dars 500 ming so'm. Darslar "Najot Taʼlim" markazida oʻtiladi.

Savollar va ro'yxatdan o'tish uchun -> @Muhammadjavohirbek
3D grafika mutaxassisi bo'lishni xohlovchilar uchun zo'r imkoniyat. Ishonchli odamlar. Omadingizni sinab ko'ring!
Forwarded from IT-MAVZU
Tekinga ish o'rgatib, o'zimizga oylikka ishga olib qolamiz! Faqat 2 kishi!

Shartlarimiz:
1. Kompyuter dasturlarida ishlab ko'rgan bo'lishi
2. O'zining shaxsiy kuchli kompyuteri bo'lishi
3. Halol, odobli, tarbiyali, izlanuvchan bo'lishi
4. Kamida 1 yil biz bilan ishlash

3Dmax, Growfx, Marvelous dasturlarini ikki kishiga tekinga o'rgatamiz va o'rganishi uchun sharoit qilib beramiz!

Offis: Toshkent shaxri, Mirzo Ulug'bek tumani, DARXON

O'zingiz haqizda @CGorg ga yozib qoldirin

👉 https://t.me/ITbusiness_school
Bugun zo'r manbalar, e'lonlar kuni bo'lyapti :)

HTML va CSSni noldan o'rganmoqchi bo'lganlar bormi? Sizlarga zo'r yangilik - o'zbek tilida boshlang'icha videodarslar chiqarildi. Muallif - Saidbek Arislonov. Saidbek aka Amerikada bir necha yil dasturlash sohasida ishlaganlar, dars ham berganlar. Hozir YouTube kanallarida HTML, CSS, bir necha sahifali sayt tuzish va Bootstrap bo'yicha darsliklar bor ekan.

1. 1 soatda HTMLni o'rganish

2. CSSni o'rganamiz. 1-qism

3. CSSni o'rganamiz. 2-qism

4. CSSni o'rganamiz. 3-qism

5. 3 sahifali vebsayt tuzish

6. Bootstrapda vebsayt yasash

MUHIM!

Hozirgi kungacha Mayoq kanalimda hech qanday pullik reklama qo'ymaganman va yaqin orada joylash niyatim ham yo'q. Kanalda berilayotgan e'lonlar, tavsiyalar o'zimga yoqqani va boshqalarga ham foydasi tegishi mumkin bo'lgani uchun joylanyapti. Bular pullik reklama emas.

P.S. JS bo'yicha kursga qabul davom etyapti.
MJ pinned «Bugun zo'r manbalar, e'lonlar kuni bo'lyapti :) HTML va CSSni noldan o'rganmoqchi bo'lganlar bormi? Sizlarga zo'r yangilik - o'zbek tilida boshlang'icha videodarslar chiqarildi. Muallif - Saidbek Arislonov. Saidbek aka Amerikada bir necha yil dasturlash sohasida…»