4.21K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
MJ
JavaScript tili rivojlanib, jQueryga bo'lgan ehtiyoj birmuncha pasayganiga ancha bo'ldi. Mana bu saytda jQueryda yoziladigan kodlarni qay yo'l bilan oddiy JS kodga o'tkazish bo'yicha tavsiya va tayyor kodlar berilgan. @webstandards_ru kanalida e'lon qilishgan…
Vaqt ketkazib postga poster tayyorlab o'tiribmana. Baraka topgur Telegram linkning previewsini ko'rsatib, posterni ko'rsatmay qo'ya qoldi. Tuzilgan poster dunyo yuzini ko'rmay qolib ketmasin 😁😁
Bir qiziq so'rovnomani ko'rib qoldim. Menimcha, qisqa muddatli kurslar kadrlar masalasini ijobiy hal qilishda yordam bera oladi. Siz nima deb o'ylaysiz?

P.S. Bugun kechqurun HTML va CSSning o'zida slayder tuzish bo'yicha video chiqariladi, Xudo xohlasa :)
Forwarded from Bepul onlayn ta'lim
Nima deb o'ylaysiz mamlakatimizda Qisqa muddatli kurslar tizimi yaratilib, unga Oliy ta'lim tizimiga yaratib berilgan imkoniyatlar darajasida e'tibor qaratish O'zbekistonda kadrlar taqchilligi muammosini hal qila oladimi?
Anonymous Poll
57%
Ha, hali qiladi
26%
Yoq, bu qiyin masala
17%
Bilmadim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HTMLAcademydan kelgan javob
HTML va CSSda slayder tuzish

https://youtu.be/45ZiD2ZTlsI

Videoda CSSning murakkab tanlovchilari yordamida sodda rasmlar slayderini tuzishni o'rganamiz. Shu yondashuvdan foydalanib siz turli murakkablikdagi slayderlarni tuza olishingiz mumkin.

Videoda yozilgan kod: https://codepen.io/Muhammadjewel/full/VoywBJ

Kanalni qo'llab-quvvatlash uchun Payme yoki Clickdan pul o'tkazib yordam qilishingiz mumkin:

8600 5004 7472 0964
Muhammadjavohirbek Sur'atov
Bootstrapni ishlatish kerakmi yoki yo'q?

Shu savolga YouTubedagi DesignCourse kanali muallifi javob beradi:
https://youtu.be/bXeeMuKI2YM

P.S. Bugun soat 21:30 da Texnomart maketi bo'yicha birinchi video chiqadi. Har bir yangi seriyasini kunora joylab boramiz.
Xudo xohlasa, bugun soat 21:30 da navbatdagi video chiqadi. 15-sentabrda esa HTML va CSS bo'yicha boshlang'ich kurs chiqadi.
Texnomart maketini tuzish #01 - sayt shapkasi yuqori qismi

https://youtu.be/Iynn35LRe_o

1-videoda sahifa shapkasidagi birinchi bo'lakning HTML qismini yozamiz.

============

Kanalni qo'llab-quvvatlash uchun Payme yoki Clickdan pul o'tkazib yordam qilishingiz mumkin:
8600 5004 7472 0964
Muhammadjavohirbek Sur'atov

@mayoquz
Assalomu alaykum. Najot Ta'limda Qurbon hayiti munosabati bilan o'quv kurslar uchun 50 foizlik chegirma e'lon qilindi. Veb dasturlash bo'yicha kurslarimiz ham bor. Qiziquvchilar bo'lsa, darslarda kutib qolamiz.
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Qurbon hayiti munosabati bilan maxsus chegirma

“Najot Taʼlim” markazi Oʻzbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklagan holda maxsus aksiya eʼlon qiladi.

Unga koʻra, har bir kishi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha birinchi oy uchun 50 foizlik chegirma bilan taʼlim olishi mumkin.

▫️ Veb dasturlash

▫️ Veb dizayn

▫️ Moushn grafika va video montaj

▫️ Ingliz tili

▫️ Arab tili

▫️ Rus tili

Shu bilan birgalikda, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining farzand va nabiralari “Najot Taʼlim” markazidagi istalgan kursda mutlaq bepul taʼlim olishlari mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Eslatma: aksiya uchun qabul 09.08 (juma) dan 15.08 (payshanba) gacha boʻladi.

Hoziroq kurslarga yoziling va 50 foizlik chegirmaga ega boʻling!

👤
Administratorga bogʻlanish

📞 Tel: +998998280011
📞 Tel: +998995150011


Manzilimiz: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 72A uy

Moʻljal: Talabalar shaharchasi, Chimboy bekati, Xalq banki roʻparasida


Telegram | Facebook | Instagram
Bugun soat 21:30 da Texnomart maketini tuzish bo'yicha navbatdagi video chiqadi. Kelayotgan hayit muborak bo'lsin!
Texnomart maketini tuzish #02 - dastlabki stillarni qo'shish

https://youtu.be/x2ZDTAFDSdg

HTML va Sass yordamida tuzayotgan maketimizning 2-videosida qilinadigan ishlar:
- VSCode uchun Live Sass Compiler kengaytmasini sozlash
- "Cuprum" va "PT Sans" shriftlarini ulash
- Normalize.cssni ulash
- site-header qismining dastlabki stillarini yozish
- logotipning dastlabki stillarini yozish

============

Kanalni qo'llab-quvvatlash uchun Payme yoki Clickdan pul o'tkazib yordam qilishingiz mumkin:
8600 5004 7472 0964
Muhammadjavohirbek Sur'atov

@mayoquz
Endi Telegram kanalimizda chiqarilgan har bir e'lon avtomatik tarzda Facebookdagi Mayoq sahifamizda ham joylanadi. Test.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kurs haqida maʼlumot