4.21K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Tuzishim kerak bo'lgan maket ko'rinishlari.
Aytib o'tishim kerakki, bu maketlar HTMLAcademy kursidagi eng murakkab maketlar sanaladi.
Device maketi bosh sahifasi
Device maketi katalog sahifasi
Gllacy maketi bosh sahifasi
Gllacy maketi katalog sahifasi
Mabodo saytingizda ishlatmoqchi bo'lgan shriftingizning woff yoki woff2 talqinlari bo'lmasa, mana bu sayt yordamida siz shu talqindagi ko'rinishlariga keltirib, ko'chirib olishingiz mumkin.
https://transfonter.org/

Shriftlarni to'g'ri ulash bo'yicha videoqo'llanma: https://htmlacademy.ru/blog/video/shorts/short-14
Tashqi shrift fayllarni ulash bo'yicha batafsil ma'lumot berilgan maqolalar:
- https://fontstorage.com/blog/about-font-face-part-one/
- https://fontstorage.com/blog/about-font-face-part-two/
Kuni kecha ertalab bir kompaniya vakili bilan gaplashayotganimda kutilmaganda ishga kirish uchun texnik intervyu boshlanib ketib qoldi (faqat ish taklif qilib, "vaqting qanday?" deb soʻrash va "nimalar bilasan?" darajasidagi savollarni soʻrashsa kerak, deb oʻylagandim). Hech qanday tayyorgarlik koʻrmagan edim. Menimcha, yomon oʻtmadi. Oʻzbek, ingliz va rus tillarida gaplashdik. HTML, CSS, SEO, WordPress va JavaScript bo'yicha savollar berishdi. Tahminan 45 daqiqa gaplashdik.

Shu suhbatda uchragan ba'zi savollarni kanalda berib koʻrmoqchiman.

Birinchi savol:
HTMLda DOCTYPE nima vazifa bajaradi?

Ikkinchi savol:
Sayt tuzishdagi mobile-first yondashuviga ta'rif bering.

Uchinchi savol:
Flexbox haqida fikringiz qanday? Qachon uni ishlatish mumkin va qachon ishlatmagan maʼqul?.

Agar qiziqish boʻlsa, shu kabi savollarni berib borishim mumkin. Koʻraylikchi necha kishi javob bera olar ekan? 😊🤔
Kechagi post davomi sifatida. Suhbat 22-iyun bo'lgan ekan. Bugun javobini bilay deb xabar olsam, rasmdagini aytishdi. Ha, "ko'p vaqt ajrata ololmayman", deb aytgandim. Boriga baraka (televizordagi anavi qimor o'yinni yoqlamayman lekin).

Savollarga javob berib ko'rmoqchi bo'lganlar javoblarini qoldirishsa, men ham undan so'ng o'z fikrlarimni qoldirar edim.
🔥1
​​HTMLAcademyning 1-bosqich HTML va CSS kursini muvaffaqiyatli tugatdim 🎊🎉 Device nomli loyihani toʻliq tuzib bitirdim. Endi 8-iyullargacha 2-sini tugatsam, uni ham tekshirtirib olishim mumkin boʻladi. Mana bu birinchi kurs tugatilgani haqida sertifikat. Nasib qilsa, pochtadan ham yuborishadi.
#savol_javob

Savol: HTMLda DOCTYPE nima vazifa bajaradi?
Javob: HTML tili tuzilgan vaqtidan boshlab unga bir necha yangiliklar kiritilgan. Bu boshqa dasturlash tillarida ham shunday: avvaliga biron narsa/instrument/kutubxonaning dastlabki talqini chiqariladi va talabga ko'ra bosqichma-bosqich boyitilib boriladi. HTML yaratilgan vaqtda u asosan matnli ma'lumotlarnigina chiqarishga moslashgan bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan unda rasm va boshqa media mahsulotlarini joylash, CSS yordamida turli bezaklar berish imkoniyati paydo bo'ldi. Shu tartibda HTML rivojlanib keldi. Biron HTML faylda u qaysi bosqich/talqindagi asosga ko'ra yozilgani ko'rsatilishi kerak edi. HTML4da DOCTYPE quyidagicha ko'rinishda yozilishi kerak edi:
<!DOCTYPE HTML PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01//EN" "http://www.w3.org/TR/html4/strict.dtd">

HTML5ga kelib DOCTYPE mana bunday yozila boshladi, juda qulay: <!DOCTYPE html> . Bu yozuv berilgan HTML faylning brauzer tomonidan HTML5 standarti asosida o'qilishi kerakligini anglatadi. Hozirda HTML5.2 asosiy standart bo'lgani uchun bu tegni har bir faylda yozish shart. Eski DOCTYPEni berish saytda zamonaviy imkoniyatlardan foydalanishni cheklashi mumkin.

@mayoquz
Bir marta CSS gradientlar tuzuvchi bir saytni tavsiya qilgan edik. Shunga o'xshash tayyor gradientlar berilgan yana bir saytni do'stimiz Murodxo'ja ham tavsiya qilibdilar. Unda gradientning CSS kodini olish, uni JPG formatida ko'chirib olish, turli graduslarga aylantirish imkoniyatlari bor ekan. Qo'l kelib qolishi mumkin 👍
Forwarded from Muratov Blogi
https://uigradients.com
Super-buper gradientlar sayti!

⚠️ Kabelchi
Bugun soat 21:15 da dasturlash haqidagi videolarning navbatdagi soni chiqadi. Dasturchilar, dasturlashni o'rganuvchilar qiladigan xatolar haqida. Qiziqarli bo'ladi, degan umiddaman.
06. Dasturchilarda kuzatiladigan xatolar | Dasturlash haqida (10:38 daqiqa)

Dasturchilarda uchrab turadigan ba'zi xatolar haqida gaplashamiz. Ingliz tilining ahamiyati, yozma muloqotdagi qoidalar va boshqalar haqida.

YouTubeda: https://youtu.be/BxqPpG63mr0

Dasturlash haqidagi hamma videolarimiz mana bu yerga joylab borilyapti:
https://www.youtube.com/playlist?list=PLAKCCNBxrHkTaB7zJBcxAEjzp6BLA6sXj

Kanallarimizga obuna bo’ling
YouTube: https://youtube.com/muhammadjavohirsuratov
Telegram: @mayoquz
Oldingi videoda ingliz tilini o'rganishning ahamiyati haqida aytgan edim. Videoda Telegramdagi @lison_uz_abdulazim kanalini tavsiya qilgandim. Bu kanaldagi ma'lumotlarning hammasi bepul. Shu kanal yoniga yana bir boshqasini tavsiya qilmoqchiman. Kanal asoschisi Behzod Botirov videolarni o'ziga xos quvnoq, esda qolarli qilib tayyorlayaptilar. Oxirgi videoni ko'rayotib odam maza qildi. Kanal nomi: @LeapEnglish . Ingliz tilini o'rganmoqchi bo'lganlar bo'lsa, juda zo'r manba, zeriktirmaydi, "атвичаю".
Mabodo kanal obunachilari ichida PHPga qiziquvchilar bo'lsa, @codeleader_official va @tutorialsuz da bepul darsliklar bor. Mabododa 😊
Har doim ham veb dasturchi sayt dizaynini o'zi tuzmasligi mumkin. Lekin qaysi shriftlar boshqa qanday shrift bilan birgalikda chiroyli ko'rinishi mumkin ekanligini bilib qo'yish zarar qilmaydi. Mana bu yerda bir nechta tekin va birgalikda ishlatilganda zo'r ko'rinishga ega bo'ladigan shriftlar berilgan ekan.
https://academy.promoslide.ru/moneybox/freefonts
Ish joyim "Najot Ta'lim" markazida frontend dasturlash bo'yicha yangi guruhlarga qabul boshlandi. Qiziquvchilarni kutib qolamiz. Savollar bo'lsa, bemalol 😊
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Veb saytlar tayyorlashga qiziqasizmi? Unda sizni tajribali oʻqituvchi, Mayoq loyihasining muallifi Muhammadjavohir Surʼatov tomonidan oʻtiladigan “Frontend dasturlash” oʻquv kursiga taklif etamiz!

Siz ushbu kursda veb sayt tuzish, unga turli bezaklar berish, animatsiyalar qoʻshish, sayt koʻrinishini turli uskunalarga moslashlashtirish, JavaScript tili asosida dasturlash asoslarini oʻrganishingiz mumkin boʻladi.

Oʻqituvchi haqida: https://telegra.ph/teacher-mj-07-25

Kurs haqida: https://telegra.ph/frontend-05-14

Hoziroq ushbu kursga yoziling va zamonaviy kasb egasiga aylaning!

👤 Administratorga bogʻlanish

📞 Tel: +998998280011

Manzilimiz: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 72A uy

Moʻljal: Talabalar shaharchasi, Chimboy bekati, Xalq banki roʻparasida


Telegram | Facebook | Instagram
O'zbek dasturchilaridan foydali Telegram bot: siz lotinda yozasiz, u matnni avtomatik tarzda kirill alifbosiga o'tkazib beradi. Zo'r-a? 😃😃😃