4.21K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Google, Facebook, Apple yoki Uber kabi kompaniyalarda ishlash niyatingiz bormi? Agar shunday bo'lsa, quyidagi imkoniyatdan foydalanib qolishingiz mumkin. Markaziy Osiyolik mutaxassis 10 kishini kuchaytirilgan tayyorlash kursiga yig'ayotgan ekanlar. Mutaxassisning Googleda ishlash bo'yicha 11 yillik tajribalari bor ekan.

Mutaxassis haqida: https://www.linkedin.com/in/tilek/

Loyiha haqida batafsil: http://s19.asterisk.school

Qabul 9-iyungacha davom etar ekan, ulgurib qoling.
MJ pinned «Assalomu alaykum. Kanalimizda berilgan videodarslarning qulay ko'rinishdagi ro'yxatini mana bu yerdan ko'rishingiz mumkin. Hozirda 74 ta videolarga havolalar berilgan. Yangi videolar chiqarilishi bilan to'ldirib boriladi. https://bit.ly/Mayoqdagi_videolar…»
Asosiy ish joyim - Najot Taʼlimda veb dasturlash kurslari bilan birga grafik dizayn kurslari ham bor edi. Mana endi, Xudo xohlasa, "Marketing asoslari" oʻquv kursi ham yoʻlga qoʻyilyapti. Qiziquvchilarni barcha kurslarimizga taklif qilaman 😊😉

P.S. Dasturlash mavzusidagi keyingi videomiz dasturchilarda koʻp kuzatiladigan xatolar haqida boʻladi.
Forwarded from Marketing bo'limi
Marketing asoslarini o'zbek tilida o'rganing

Marketing sohasida hodimlar yetishmovchiligi katta. Asosiy sabablardan biri, marketing borasida yetarli ma'lumot va ixtisoslashgan darsliklar yo'qligi. O'zbekistondagi o'zi sanoqli markazlar ham rus tilida dars o'tadi. Darslar sifatli. Ammo rus tilida gaplashishga qiynalganlar u kurslarda qatnasha olmaydilar. Buning sababi ham o'zbek tilida gapiruvchi mutaxassislar va ma'lumotning kamligi.

"Najot Ta'lim" o'quv markazi "Marketing asoslari" kursini tashkil qilmoqda. Darslar o'zbek tilida o'tiladi. O'qituvchilar: kamina, Otabek Sharapov va mehmon spiker Aziz Gapparov, Compass Consulting agentligi asoschisi.

Juma kuni soat 19:00 ochiq dars bo'ladi. Ochiq darsga kirish bepul. Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd2x3NY9dUqp7C_8LghUqANK5iuLVr5TqSW5BaFWa36m1QVPQ/viewform

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 72A uy
Tel.: +998998280011

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Ertaga HTMLAcademy xabarnomasining yangi soni yuborilar ekan. Odatda har bir xabarnomada HTML va CSSni sinab koʻrish mumkin boʻlgan 3 ta sayt maketini Photoshop fayl koʻrinishida yuborishadi. Bundan tashqari, foydali manbalarga ham havolalar beriladi.
Forwarded from HTML Academy
Завтра вечером полезная рассылка от Кекса 🐾

В каждом письме мы немного рассказываем о новостях, которые произошли в Академии, добавляем интересные ссылки на статьи и сервисы, прикрепляем три макета для тренировки навыков вёрстки.

Подписаться на рассылку — https://clc.to/J3kDRA

Предыдущие выпуски:

— март https://clc.to/QDmD5w
— апрель https://clc.to/Fo9Oag
— май https://clc.to/z3jUKA
Bir qancha vaqtdan beri video chiqarmayotganimning sababini aytmoqchiman. Oldingi postlarda HTMLAcademy.ru ning onlayn kursida malaka oshirayotganimni aytgan edim. Hozir shu kursning "HTML va CSS, 1-bosqich" qismida loyihalarni tuzib tugatib, topshirish vaqti kelyapti. Iyul boshlarigacha 2 ta loyihani to'liq topshirishga ulgurishim kerak. Ulardan biri deyarli tayyor bo'lib qoldi. Natijani mana bu havolalar bo'yicha o'tib ko'rishingiz mumkin:
Bosh sahifa
Katalog sahifasi

Sayt kichik ekranlarga moslashmaydi. Sababi - hozirgi bosqichda faqatgina veb dasturlash asoslariga oid mavzular o'tiladi va saytni turli ekranlarga moslashtirish keyingi bosqich mavzusiga kiradi.
Tuzishim kerak bo'lgan maket ko'rinishlari.
Aytib o'tishim kerakki, bu maketlar HTMLAcademy kursidagi eng murakkab maketlar sanaladi.
Device maketi bosh sahifasi
Device maketi katalog sahifasi
Gllacy maketi bosh sahifasi
Gllacy maketi katalog sahifasi
Mabodo saytingizda ishlatmoqchi bo'lgan shriftingizning woff yoki woff2 talqinlari bo'lmasa, mana bu sayt yordamida siz shu talqindagi ko'rinishlariga keltirib, ko'chirib olishingiz mumkin.
https://transfonter.org/

Shriftlarni to'g'ri ulash bo'yicha videoqo'llanma: https://htmlacademy.ru/blog/video/shorts/short-14
Tashqi shrift fayllarni ulash bo'yicha batafsil ma'lumot berilgan maqolalar:
- https://fontstorage.com/blog/about-font-face-part-one/
- https://fontstorage.com/blog/about-font-face-part-two/
Kuni kecha ertalab bir kompaniya vakili bilan gaplashayotganimda kutilmaganda ishga kirish uchun texnik intervyu boshlanib ketib qoldi (faqat ish taklif qilib, "vaqting qanday?" deb soʻrash va "nimalar bilasan?" darajasidagi savollarni soʻrashsa kerak, deb oʻylagandim). Hech qanday tayyorgarlik koʻrmagan edim. Menimcha, yomon oʻtmadi. Oʻzbek, ingliz va rus tillarida gaplashdik. HTML, CSS, SEO, WordPress va JavaScript bo'yicha savollar berishdi. Tahminan 45 daqiqa gaplashdik.

Shu suhbatda uchragan ba'zi savollarni kanalda berib koʻrmoqchiman.

Birinchi savol:
HTMLda DOCTYPE nima vazifa bajaradi?

Ikkinchi savol:
Sayt tuzishdagi mobile-first yondashuviga ta'rif bering.

Uchinchi savol:
Flexbox haqida fikringiz qanday? Qachon uni ishlatish mumkin va qachon ishlatmagan maʼqul?.

Agar qiziqish boʻlsa, shu kabi savollarni berib borishim mumkin. Koʻraylikchi necha kishi javob bera olar ekan? 😊🤔
Kechagi post davomi sifatida. Suhbat 22-iyun bo'lgan ekan. Bugun javobini bilay deb xabar olsam, rasmdagini aytishdi. Ha, "ko'p vaqt ajrata ololmayman", deb aytgandim. Boriga baraka (televizordagi anavi qimor o'yinni yoqlamayman lekin).

Savollarga javob berib ko'rmoqchi bo'lganlar javoblarini qoldirishsa, men ham undan so'ng o'z fikrlarimni qoldirar edim.
🔥1
​​HTMLAcademyning 1-bosqich HTML va CSS kursini muvaffaqiyatli tugatdim 🎊🎉 Device nomli loyihani toʻliq tuzib bitirdim. Endi 8-iyullargacha 2-sini tugatsam, uni ham tekshirtirib olishim mumkin boʻladi. Mana bu birinchi kurs tugatilgani haqida sertifikat. Nasib qilsa, pochtadan ham yuborishadi.
#savol_javob

Savol: HTMLda DOCTYPE nima vazifa bajaradi?
Javob: HTML tili tuzilgan vaqtidan boshlab unga bir necha yangiliklar kiritilgan. Bu boshqa dasturlash tillarida ham shunday: avvaliga biron narsa/instrument/kutubxonaning dastlabki talqini chiqariladi va talabga ko'ra bosqichma-bosqich boyitilib boriladi. HTML yaratilgan vaqtda u asosan matnli ma'lumotlarnigina chiqarishga moslashgan bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan unda rasm va boshqa media mahsulotlarini joylash, CSS yordamida turli bezaklar berish imkoniyati paydo bo'ldi. Shu tartibda HTML rivojlanib keldi. Biron HTML faylda u qaysi bosqich/talqindagi asosga ko'ra yozilgani ko'rsatilishi kerak edi. HTML4da DOCTYPE quyidagicha ko'rinishda yozilishi kerak edi:
<!DOCTYPE HTML PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01//EN" "http://www.w3.org/TR/html4/strict.dtd">

HTML5ga kelib DOCTYPE mana bunday yozila boshladi, juda qulay: <!DOCTYPE html> . Bu yozuv berilgan HTML faylning brauzer tomonidan HTML5 standarti asosida o'qilishi kerakligini anglatadi. Hozirda HTML5.2 asosiy standart bo'lgani uchun bu tegni har bir faylda yozish shart. Eski DOCTYPEni berish saytda zamonaviy imkoniyatlardan foydalanishni cheklashi mumkin.

@mayoquz
Bir marta CSS gradientlar tuzuvchi bir saytni tavsiya qilgan edik. Shunga o'xshash tayyor gradientlar berilgan yana bir saytni do'stimiz Murodxo'ja ham tavsiya qilibdilar. Unda gradientning CSS kodini olish, uni JPG formatida ko'chirib olish, turli graduslarga aylantirish imkoniyatlari bor ekan. Qo'l kelib qolishi mumkin 👍