4.19K subscribers
1.18K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
MJ
FrontLoops #4 - Yangi messenjer. Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin. Mover: https://mover.uz/watch/DIuGnVem/ YouTube: https://youtu.be/lJ4MLapu3vc…
Assalomu alaykum. Hormanglar. Kechagi "Yangi messenjer" mashqini koʻrib chiqdingizmi? Foydali boʻlgan boʻlsa, juda xursandmiz.

Video izohlarida Alisher aka Mahmudov (koʻp yillik tajribaga ega mutaxassis, http://www.alishermakhmudov.com shu saytda ularning tajriba va portfoliolari bilan tanishib chiqishingiz mumkin) yozilgan kodni yanada takomillashtirish uchun oʻz tavsiyalarini berdilar. Takomillashtirilgan kodni quyidagi havolaga kirib koʻrishingiz mumkin:
https://codepen.io/alishermakhmudov/pen/oMXYEB?editors=1100

Alisher aka ham oʻz YouTube kanallarida HTML va CSS boʻyicha oʻzbek tilidagi videodarslarini joylaganlar. Kanalga link: https://www.youtube.com/channel/UC8st6HmY7EpgR7BaQnMvutQ

Sizlarda ham kodni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar boʻlsa, videolar izohlarida yozib qoldirishingiz mumkin.
MJ pinned «FrontLoops #4 - Yangi messenjer. Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin. Mover: https://mover.uz/watch/DIuGnVem/ YouTube: https://youtu.be/lJ4MLapu3vc…»
E'LON
Assalomu alaykum. Hormanglar! Bugundan boshlab videolarimiz har dushanba va payshanba kunlari soat 19:00da qo'yib boriladi. Bugun soat 19:00da FrontLoopsdagi navbatdagi mashq - "Aviachipta" sahifasini kodga o'tkazish videosi taqdim qilinadi. HTML va CSSni o'rganmoqchi bo'lgan do'stlaringizga ham kanalimizni tavsiya qiling :)

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
MJ pinned «E'LON Assalomu alaykum. Hormanglar! Bugundan boshlab videolarimiz har dushanba va payshanba kunlari soat 19:00da qo'yib boriladi. Bugun soat 19:00da FrontLoopsdagi navbatdagi mashq - "Aviachipta" sahifasini kodga o'tkazish videosi taqdim qilinadi. HTML va…»
FrontLoops #5 - Aviachipta.

Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin.

Mover: https://mover.uz/watch/4GCMPQi/
YouTube: https://youtu.be/6aRLa3XxZyc

5-mashq kodi: https://codepen.io/Muhammadjavohir/pen/vaYNzE
Hamma mashqlar kodlari: https://codepen.io/collection/AEWJkO/

Oldingi video - "FrontLoops #4 - Yangi messenjer":
Mover: https://mover.uz/watch/DIuGnVem/
YouTube: https://youtu.be/lJ4MLapu3vc

Kanallarimizga obuna bo'ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq

#frontLoops
FrontLoops #6 - Ijtimoiy tarmoqlar yordamida ro'yxatdan o'tish.

Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin.

Mover: https://mover.uz/watch/jl1bbQem/
YouTube: https://youtu.be/fpD-u6LgksM

6-mashq kodi: https://codepen.io/Muhammadjavohir/pen/ejzLEJ
Hamma mashqlar kodlari: https://codepen.io/collection/AEWJkO/

Oldingi video - "FrontLoops #5 - Aviachipta":
Mover: https://mover.uz/watch/4GCMPQi/
YouTube: https://youtu.be/6aRLa3XxZyc

Kanallarimizga obuna bo'ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#frontLoops

P.S. Kanalni boshqarishda qo'l keladigan botni tavsiya qilgan do'stimiz Jamshid Ahmadaliyev @mock_ielts_tashkent dan minnatdormiz. Jamshid ingliz tili va IELTS imtihonlari haqidagi kanalni yuritadilar. Kanalga link: https://t.me/mockTashkent
MJ pinned «​FrontLoops #6 - Ijtimoiy tarmoqlar yordamida ro'yxatdan o'tish. Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin. Mover: https://mover.uz/watch/jl1bbQem/…»
Assalomu alaykum. Bugun FrontLoops turkumidagi 7-video chiqadi. Video yuklanib, moderator ruxsati kutilgani uchun Mover.uz dagi video chiqishi biroz kechikishi mumkin.
👍1
FrontLoops #7 - Matnli post.

Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin.

Mover: https://mover.uz/watch/IuHEZlem/
YouTube: https://youtu.be/Enx0O5Cfdpw

7-mashq kodi: https://codepen.io/Muhammadjavohir/pen/VBpqwJ
Hamma mashqlar kodlari: https://codepen.io/collection/AEWJkO/

Oldingi video - "FrontLoops #6 - Ijtimoiy tarmoqlar yordamida ro'yxatdan o'tish":
Mover: https://mover.uz/watch/jl1bbQem/
YouTube: https://youtu.be/fpD-u6LgksM

Kanallarimizga obuna bo'ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#frontLoops
MJ pinned «​FrontLoops #7 - Matnli post. Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin. Mover: https://mover.uz/watch/IuHEZlem/ YouTube: https://youtu.be/Enx0O5Cfdpw…»
Assalomu alaykum. FrontLoops bo'yicha videolarimiz yoqyaptimi? (o_O) Videolarga qo'shimcha ravishda internetdagi ba'zi foydali ma'lumotlarni ham o'zbek tiliga tarjima qilib, kanalda ulashib borishga harakat qilmoqchimiz. Rejamizdagi birinchi manba HTML Academy muallifligidagi "HTML шорты" nomli videolar turkumi. Bu videolarda HTML Academy kanali tomoshabinlari tomonidan berilgan HTML haqidagi qiziqarli savollarga qisqa va lo'nda ko'rinishda javob beriladi. HTML va CSS asoslarini biluvchilarga anchagina qo'l keladi, deb o'ylaymiz.

Demak, birinchi tarjima maqola - "Block elementlarni o’rab turuvchi havolalar".
Maqolaga link: https://medium.com/@Muhammadjavohir/html-%D1%88%D0%BE%D1%80%D1%82%D1%8B-1-block-elementlarni-orab-turuvchi-havolalar-72f65e8e3223

Kanalimizni yaqinlaringizga ham ulashish esdan chiqmasina? 😊
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

#mayoq #html_shorts #tarjima
1
Assalomu alaykum. Hormanglar, azizlar. FrontLoops turkumidagi 8-9-videolar tayyor! 🎉
Bu ikki videolarning Telegramdagi postlarini tayyorlab qo'ydik. Ular 26 va 30-iyul kunlari soat 19:00da chiqariladi. Ungacha zerikib qolmaslik uchun bir kichik so'rovnoma o'tkazib ko'ramizmi?

Pastdagi rasmlardan Sublime Textning qaysi ko'rinishi sizga yoqdi?
Assalomu alaykum. Bugungi videoga tayyormisizlar? Bugun "Turizm sahifasi" dizaynini kodga o'tkazamiz, o'tkazib yubormang-a :)

Meni xursand qilgan bir ma'lumot bilan o'rtoqlashmoqchiman. Hali 4 soatcha oldin Twitterga kirib, yangiliklarni ochsam, "FrontLoops #5 chiqarildi" deyilgan tvitga FrontLoops.io saytining muallifi Dmitriy Belyayev javob qaytaripti "Haqiqiy ilhom! Bo'shashtirma/To'xtatib qo'yma" 😎 Juda xursand bo'lib ketdim, mashqlar muallifining o'zi "davom ettiraver" deb tursaya 😊 (Rasmi pastda)

Tvitga havola: https://twitter.com/muhammadjvhr/status/1018857803744673792

Sizlar ham Mayoqni kuzatishni to'xtatib qo'ymang 😊

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw
MJ pinned «​Assalomu alaykum. FrontLoops bo'yicha videolarimiz yoqyaptimi? (o_O) Videolarga qo'shimcha ravishda internetdagi ba'zi foydali ma'lumotlarni ham o'zbek tiliga tarjima qilib, kanalda ulashib borishga harakat qilmoqchimiz. Rejamizdagi birinchi manba HTML Academy…»
FrontLoops #8 - Turizm sahifasi.

Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin.

Keyingi videoda shu kungacha FrontLoops dizaynlaridagi o'zimga eng yoqqan dizayn "Elektron karmon" dizaynini kodga o'tkazamiz. Bexabar qolmaslik uchun kanallarimizga obuna bo'ling 😊

Mover: https://mover.uz/watch/DxIvblem/
YouTube: https://youtu.be/BK7OXSRNYU4

8-mashq kodi: https://codepen.io/Muhammadjavohir/pen/RBpOPw
Hamma mashqlar kodlari: https://codepen.io/collection/AEWJkO/

Oldingi video - "#7 - Matnli post":
Mover: https://mover.uz/watch/IuHEZlem/
YouTube: https://youtu.be/Enx0O5Cfdpw

Kanallarimizga obuna bo'ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#frontLoops
👍1
📖 "Qisqa HTML" 2: CSSdagi qisqartma xususiyatlar.

Bu maqolada "Nega element foniga rasm qoʻyishda qisqa background oʻrniga background-image ishlatish kerak?" savoliga javob olishingiz mumkin. Maqolada CSSdagi background, font va boshqa shu kabi qisqartirilgan CSS xususiyatlaridan foydalanishdagi qoidalar haqida to'xtalib o'tilgan. Bundan tashqari maqola oxirida HTML Academyning bepul "CSSda meros olish va kaskadlanish" mavzusidagi darslariga havola berilgan. Vaqt ajratib o'rganishga arzirli mavzu, ayniqsa, frontendga yangi bo'lganlar uchun.

Maqolaga havola: https://medium.com/@Muhammadjavohir/qisqa-html-2-cssdagi-qisqartma-xususiyatlar-f2abc400a302

Mayoqda nafaqat maqolalar, balki videodarslar ham qo'yib borilmoqda. HTML/CSSga qiziquvchilar bo'lsa, amaliy yondashuvdagi videolarimizni quyidagi havolalar orqali o'tib tomosha qilishlari mumkin.

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

#mayoq #html_shorts #tarjima
MJ pinned «​FrontLoops #8 - Turizm sahifasi. Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin. Keyingi videoda shu kungacha FrontLoops dizaynlaridagi o'zimga eng…»
Assalomu alaykum. Hormanglar, dam olish kunlari yaxshi o’tyaptimi? Payshanba va dushanba kunlarining postlari orasida ozgina tanaffus bo’lib qolayotgandek-a? Vaqtdan foydalanib har hafta imkoni boricha shanba yo yakshanba kunlari erkin mavzudagi har xil ma’lumotlar bilan o’rtoqlashib turmoqchimiz. Shu turdagi birinchi postni yaqinroq tanishib olish uchun ajratsak, nima deysiz? Bu postda veb dasturlash sohasiga qanday qilib qiziqib qolganim, bu mutaxassislikni qaysi manbalardan o’rganganim, o’rganish davomidagi eng katta xatoim, yaqin kelajakdagi @mayoquz kanaliga oid rejalar va yana ba’zi boshqa narsalar haqida gapirib o’tamiz. Qani boshladik! 😃


Qisqacha oʻzim haqimda 👤

Ismim Muhammadjavohirbek Sur’atov, Xudo xohlasa, oktabrda 24 yoshga to’laman. Shu yili Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetining (TXVU) Biznes Axborot Tizimlari (Business Information Systems) fakultetini tamomladim. Hozirda o’quv markazlarida frontend dasturlash bo’yicha dars beryapman, shu kanalni yuritib turibman. Keyingi haftadan o’quv markazida yangi guruh darslari boshlanishi kutilyapti, siz ham qo’shilishingiz mumkin 😊


Veb dasturlashni o'rganishim qanday boshlangan? 🏳

2014-yil 1-kurslik paytimda universitetimizda internet va sayt tuzishga oid fan o’tilar edi. O’sha darslardan keyin veb dasturlashga qiziqib qolganman. Bu darslarning ma’ruzalar qismida Internet tarixi, foydali mavzular haqida o’rgangan bo’lsak, seminarlarda sayt tuzish asoslari o’rgatilar edi. Birinchi kurs ishimiz sayt tuzish bo’lgan. Darslar soni nisbatan kamroq (jami 12 ta, 2 soatdan) bo’lganigami yoki u paytda kompyuter va internetni ishlatishga ancha no’noq bo’lganimgami kurs ishini qilish uchun ancha qiynalganman. Hozir o’sha tuzgan saytimga qarasam, ancha-muncha xatolar qilgan ekanman (pastroqda saytni GIF formatida yubordim, ko’ringchi qalay?). Sayt tuzishga qiynalgan paytim ustozimizdan savol so’rasam, “Internetda bor, Googledan qidirib ko’r” degan javob olardim. O’shanda ustozimizdan xafa bo’lgan, “ustoz bo’lsa, nega unda o’rgatmaydi?” degan fikrda edim, lekin bu ish keyinroq o’z mevasini berdi: savollarimga mustaqil ravishda internetdagi manbalardan javob topishni o’rgana oldim. Kurs ishini bajarishda qiynalganim uchun yozgi ta’tilda turli onlayn videokurslar va maqolalardan sayt tuzish sirlarini o’rgana boshladim. O’shandan beri turli dasturlash tillari, grafik muharrirlarda ishlashni o’rganib ko’rdim. Hozir ham o’zim tanlagan mutaxassislik bo’yicha har xil manbalar yordamida bilimlarimni oshirib kelmoqdaman. O'rganishdan tashqari universitetimizda 3 yil veb dasturchilar to'garagini yurgazdim, Shu to'garakdagi tajriba keyinchalik professional tarzda dars berishimda ancha qo'l keldi. O'sha darslardan birining videosini Moverga joylagandim, mana bu yerda: https://mover.uz/watch/krMrp9Jm/

Davomi pastda
#erkin_mavzu
Veb dasturlashni qaysi manbalardan o'rgandim? 📚

Veb dasturlashni asosan ingliz tilidagi manbalardan o’rganganman. Ba’zi-ba’zida rus tilidagi video va maqolalarga ham murojaat qilib turaman. Dasturlash yoki boshqa axborot texnologiyasi sohasiga kirishmoqchi bo’lganlarga birinchi o’rinda berishim mumkin bo’lgan tavsiya - ingliz tilini o’rganish. Imkoni bo’lmasa, rus tilini. Ingliz tilini o’rganish kelajakda ko’p foydalar beradi: ingliz tilida juda ko’p tekin o’quv qo’llanmalar bor; o’z sohangizda biron savol chiqib qolsa, bemalol ingliz tilidagi rasmiy qo’llanma (dokumentatsiya)dan qarab javob topib keta olasiz. Veb dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlarga o’zim sinab ko’rgan quyida keltirilgan ustozlar tuzgan videodarslarni tavsiya qila olaman.
- Jeffrey Way - “30 days to learn HTML and CSS” videokursi, Laracasts.com
- Wes Bos - Flexbox, JavaScript, NodeJS, ReactJS bo’yicha kurslar
- Maximillian Schwarzmuller - PHP va JavaScript, YouTubeda “AcadeMind” kanali
- Alex J. Garrett - YouTubeda “CodeCourse”
- Brad Hussey - CodeCollege.ca
- Brad Traversy - YouTubeda “Traversy Media”
- WebDesign Master YouTube kanali (rus tilida)
- va boshqalar. JavaScriptni o'rganish bo'yicha UzGeeks yig'ilishida ba'zi tavsiyalar ham bergan edim. Mana bu videoda ko'rishingiz mumkin: https://mover.uz/watch/FhxleDnm/


Veb dasturlashni o’rganishdagi yo’l qo’ygan eng katta xatoim 🤦‍♂️
Aniq bir mutaxassislikni tanlamay, hamma narsani o’rganishga kirishish.

Dasturlashga yangi bo’lganim uchun har narsa qiziqarli tuyulardi, “hammasida kuchli mutaxassis bo’la olaman” deb o’ylardim. O’zimcha qatorasiga videokurslarga ro’yxatdan o’tib chiqdim, bir nechtasini sotib oldim. Hozir qarasam, Udemy.com ning o’zidagina 467 ta videokursga qo’shilgan ekanman 😲. Buning katta xato ekanligini esa juda kech bildim. Bir sohani tanlamaganim uchun hayolimni jamlay olmay goh veb dasturlash, goh telefonlarga dastur tuzishni o’rganmoqchi bo’lar edim. Shu bilan ko’p vaqtim bekorga ketib qoldi. Dasturlash sohasiga yangi bo’lganlarga maslahat: turli dasturlash tillari, ularning nima maqsadda ishlatilishi haqida internetdan izlaning, tajribali dasturchi akalardan maslahat so’rang. Bor variantlar haqida o’ylab, bittasini tanlang-da, shu sohaning eng zo’ri bo’lishga harakat qiling. Bo’lmasa, 5 xil soha haqida oz-moz biladigan, lekin tayinli bir amaliy ish qilolmaydigan bo’lib qolasiz. Tajribadan o’tgan 😞 Bitta sohada mutaxassis bo’lsangiz, boshqa sohaga o’tish ham ancha oson bo’ladi 👍


@mayoquz uchun yaqin 4-5 oylik reja:
🎯 FrontLoops turkumidagi mashqlarni tugatish (21 ta mashq qoldi);
🎯 FrontLoops mashqlariga JavaScript va/yoki jQuery yordamida dinamik imkoniyatlar qo’shish jarayoni videolarini chiqarish;
🎯 "Qisqa HTML” turkumidagi videolar tarjimasini tugatish;
🎯 Ohans Emmanuelning “Understanding Flexbox” (“Fleksboksni tushunish”) qo’llanmasini tarjima qilish;
🎯 freeCodeCamp.org saytidagi mashqlarni bajarish davomida JavaScript haqidagi videolar tuzish;
🎯 “Sublime Textda samaradorlik” nomli premium videokurs tayyorlash.
Hozircha shular 😊 Nasib qilsa, ancha vaqtgacha kanalimizdan zerikib qolmasligingizga harakat qilamiz.

Bunday uzuuun matn bilan charchatib qo’ymadik, deb umid qilaman. Oxirigacha o’qiganlar 😎 tugmasini bosinglar, necha kishi to’liq o’qiganini bilib olamiz 😊. Ha, aytgancha yuqorida aytganimdek kelayotgan haftada PDP o’quv markazida yangi guruhda frontend dasturlash darslari boshlanadi, Xudo xohlasa. Qatnashmoqchi bo’lganlar @PdpUzAdmin ga yozib, ro’yxatdan o’tishsa, o’quvchilar yig’ilishi bilan darslarni boshlaymiz.

Ertaga 19:00da esa FrontLoops turkumidagi navbatdagi video "Elektron karmon" chiqariladi. Saytni turli ekranlarga moslashuvchan qilish ham o'rgatilgan. Davomiyligi 89:38 daqiqa 😳 O'tkazib yubormang 😊

#erkin_mavzu
👍1
1-saytGif1.gif
14.1 MB
Kurs ishi uchun tuzgan saytim