4.21K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Assalomu alaykum. Xudo xohlasa, ertaga dasturlash haqidagi umumiy videolarni yozamiz. Videolarni Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) kutubxonasida yozish niyati bor. Videolar yozilgandan so'ng tez orada Telegram va YouTube kanallarimizga joylaymiz. TXVU kutubxonasini ko'rmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havola bo'yicha o'tishingiz mumkin:

https://www.google.com/maps/@41.3070819,69.2823108,3a,75y,17.43h,95.65t/data=!3m6!1e1!3m4!1sAF1QipNFYpFFBG8fFWECejG2yt2N_qfZ7nWwkXc4lym5!2e10!7i10724!8i5362
Hozirgina bir manbada zo'r yangiliklarni ko'rib qoldim.
- Firefox brauzerida Flexbox uchun yangi tekshiruvchi (inspector) imkoniyatlari qo'shilibdi. Firefox ba'zi imkoniyatlari bilan Chromeni ortda qoldirishga harakat qilyapti.
- CSSdagi 2D va 3D formatidagi o'zgarish (transform) xususiyatlarining o'zgarishini jonli va qulay tarzda ko'rsatib beruvchi sayt - https://css-transform.moro.es/ . Effektlarni juda zo'r ko'rsatar ekan 👍.

Shularga o'xshash kichik yangilik, turli qo'shimcha va instrumentlar bo'yicha tavsiyalar beriladigan postlar joylanishini xohlaysizmi?

P.S. Ertaga dasturlashga oid videolarni olamiz, oz qoldi :)
​​Bugun umumiy dasturlash mavzusida 6 ta video oldik. Montajdan soʻng chiqaramiz. Katta yordam bergan Shoxruh Halilov doʻstimizga katta rahmat. Quyida videolar introsi koʻrsatilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intro videosi kichikroq hajmda
Texnomanda keyingi haftada navbatdagi vebinar boʻlib oʻtar ekan.
Assalom alaykum.
29-may chorshanba kuni soat 17:30 da Texnoman.uz'ning YouTube kanalida D:CODE kompaniyasi asoschisi, BILLZ asoschisi va rahbari Rustam Khamdamov bilan "Jamoa mahsuldorligini qanday oshirish mumkin? - Texnoman Vebinar #7" mavzusida onlayn vebinar o'tkaziladi. Vebinarda AT kompaniyani boshqarish, jamoani shakllantirish, jamoa mahsuldorligini oshirish, jamoadagi muommolarni yechish yo'llari haqida so'z boradi.
Vebinarda Siz o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz, ularga javob olishingiz mumkin.
Esingizda bo'lsa, yaqinda turli chiroyli dizaynlar jamlangan sayt CollectUIni tavsiya qilgan edik. Kecha shunga o'xshash yana bir yaxshi manba chiqib qoldi. Manzili - https://pages.xyz. Bu saytda ham turli bejirim dizaynga ega bo'lgan saytlar yig'ilgan ekan. Bundan tashqari, https://refactoringui.com/ saytida ham sayt dizaynini yaxshilash bo'yicha maqola va videodarslar berilgan. Foydali bo'ladi, degan umiddamiz.
Foydali manbalar va yangilik

MetaTags - HTML sahifadagi ba'zi `meta` teglarining Google, Facebook va Twitterda qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rish uchun. Bundan tashqari, turli `meta` teglari haqida ingliz tilida qo'shimcha ma'lumotlar ham berilgan.
Trianglify - uchburchaksimon shakllardan iborat bo'lgan chiroyli fon rasmini tayyorlab beruvchi sayt.
Particles.js - turli chiziq va nuqtalar asosidagi fon tayyorlab beruvchi kutubxona.
CSSGradient.io - CSS uchun gradient fonlarni tuzishda yordam beruvchi sayt.
CoolBackgrounds - yuqorida aytilgan fon rasmiga oid 3 ta xizmatni birlashtirgan sayt.
FlatUIColors - yassi ko'rinishdagi dizaynga mos ranglar jamlanmalari. Ishlatish juda oson.
MaterialPalette va MaterialUIColors - material dizayn uslubiga oid rang va ikonkalar berilgan saytlar.

Siz ham o'zingiz bilgan rang va rasmlarga oid turli manbalarni izohlarda o'rtoqlashsangiz, xursand bo'lamiz. Ham ko'pchilikka (deyarli 1000 kishiga) foyda bo'ladi.

Yangilik: Kecha video yozish va montaji uchun kerakli uskunalarni (kompyuter, yaxshi kamerali telefon va mikrofon) oldik. Yaqin kunlarda dasturlash sohasi haqidagi videolarimizni tahrirlab, kanalga joylaymiz. Undan keyingi videolarimiz ham yanada sifatli va qiziqarli bo'ladi, Xudo xohlasa.

Yaqinlaringizga ham kanalimizni tavsiya qiling.
@mayoquz
Ingliz tilidagi "programmer" so'zini o'zbek tiliga qanday ko'rinishda tarjima qilgan ma'qul deb o'ylaysizlar?
Final Results
29%
Dasturlovchi
71%
Dasturchi
MJ pinned «Assalomu alaykum. Kanalimizda berilgan videodarslarning qulay ko'rinishdagi ro'yxatini mana bu yerdan ko'rishingiz mumkin. Hozirda 74 ta videolarga havolalar berilgan. Yangi videolar chiqarilishi bilan to'ldirib boriladi. https://bit.ly/Mayoqdagi_videolar…»
MJ pinned «01. Dastur o'zi nima? | Dasturlash haqida (5:26 daqiqa) Bu videoda dastur va dasturlash haqida umumiy ma’lumot va bir nechta misollar beriladi. YouTubeda: https://youtu.be/cBxax8t6mS8 Moverda: https://mover.uz/watch/wrNGRqDm/ Kanallarimizga obuna bo’ling…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
02. Dasturlash sohalari. 480p sifatda
Assalomu alaykum. Navbatdagi dasturlash haqidagi videomiz bugun soat 19:00da chiqadi. Unda dasturlovchi kim va kimlar dasturlovchi emasligi haqida qisqacha ma'lumot beriladi.
03. Dasturlovchi kim va kimlar dasturlovchi emas? | Dasturlash haqida (2:40 daqiqa)

Bu videoda asosan kimlarni dasturlovchi deb bo'lmasligini va kichik misolda kimlar dasturlovchi ekani haqida gaplashamiz.

YouTubeda: https://youtu.be/cSTtSQ6CNcc
Moverda: https://mover.uz/watch/KCsT7uDm

Dasturlash haqidagi hamma videolarimiz mana bu yerga joylab borilyapti:
https://www.youtube.com/playlist?list=PLAKCCNBxrHkTaB7zJBcxAEjzp6BLA6sXj

Kanallarimizga obuna bo’ling
YouTube: https://youtube.com/muhammadjavohirsuratov
Telegram: https://t.me/mayoquz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
03. Dasturlovchi kim va kimlar dasturlovchi emas. 480p sifatda
MJ pinned «03. Dasturlovchi kim va kimlar dasturlovchi emas? | Dasturlash haqida (2:40 daqiqa) Bu videoda asosan kimlarni dasturlovchi deb bo'lmasligini va kichik misolda kimlar dasturlovchi ekani haqida gaplashamiz. YouTubeda: https://youtu.be/cSTtSQ6CNcc Moverda:…»