4.2K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Channel name was changed to «Mayoq - o'zbek tilida videodarslar»
​​​​Assalomu alaykum. Salomatmisizlar? Kanaldagi oldingi ma'lumotlardan biroz chetga chiqib, noldan boshlab o'zbek tilida hammasi birda frontend veb dasturlash videokursini tayyorlashga qaror qildim. Urreee 😃😄🎉🎉🎉

Unda HTML, CSS, Sass, Bootstrap 4 (3-talqin bilan farqlari), JavaScript, jQuery, Git, Gulp va frontendga oid boshqa texnologiya va dasturlar o'rgatiladi. Videokursning qoralama rejasi tayyor. Bu post bilan sizlarning fikrlaringizni bilmoqchi edim. Mana bu savollarga izohlarda javob qoldirsangiz, juda xursand bo'laman:
1. Videokursni Telegramda o'tish siz uchun qulaymi?
2. 1 oyda necha soat davomiyligidagi videodarslar chiqarilishi mo'tadil bo'ladi, deb o'ylaysiz?
3. Sizning fikringizga ko'ra o'quv kursining narxi qancha bo'lishi "six ham, kabob ham kuymasin" o'xshatmasiga mos bo'ladi? (iltimos, barcha o'rganiladigan texnologiyalarning ko'lami katta ekanini hisobga olib fikrlaringizni bildiring)
4. Videokurs doimiy davom etadigan ko'rinishda bo'lsinmi yoki guruhlarga bo'lingan holda har yarim yilda? (umuman shu haqdagi fikrlaringiz)
5. Videoqaroqchilikning (pirat) oldini olish uchun nimalarni tavsiya qilasiz?
6. O'quv kursda yana nimalar o'rgatilishini xohlaysiz?
Savollar ko'payib ketdi. Hozircha shu yetarli bo'lsa kerak. Izohlarda fikrlaringizni intiqlik bilan kutib qolaman. Ramazon oyingiz xayrli o'tsin.

Hurmat bilan, Muhammadjavohir 😊

@mayoquz
MJ pinned «​​​​Assalomu alaykum. Salomatmisizlar? Kanaldagi oldingi ma'lumotlardan biroz chetga chiqib, noldan boshlab o'zbek tilida hammasi birda frontend veb dasturlash videokursini tayyorlashga qaror qildim. Urreee 😃😄🎉🎉🎉 Unda HTML, CSS, Sass, Bootstrap 4 (3-talqin…»
Channel photo updated
Assalomu alaykum. Oldingi postda e'lon qilingan o'zbek tilidagi frontend dasturlash bo'yicha videokurs masalasida yozyapman. O'zbek tilidagi o'quv kurs bo'yicha takliflar ichida kursning boshlang'ich qismini hammaga bepul ko'rinishda chiqarish taklifi ham bo'ldi va bu taklif meni qiziqtirib qoldi (katta rahmat, Akrom aka :) ). "Bu boshlang'ich kursda nimalarni o'rgatsam bo'ladi, qanday ko'rinishda kursni rejalashim kerak?" degan savollar o'ylantirib qo'ydi. Xullas, boshlang'ich kurs uchun blog ko'rinishidagi sodda saytni tuzishga kerakli bo'ladigan mavzularni ajratishga qaror qildim.

Bu boshlang'ich qismda ham tayinli amaliy mashqlar bo'lishi va uning oxirida tugal bir sayt tuza olish kerak bo'ladi, albatta. Shu maqsadda boshlang'ich kursdagi asosiy loyiha - sodda, lekin bejirim blog bo'ladi. Uning tahminiy ko'rinishi huddi Dan Abramovning shaxsiy blogidek bo'ladi (Redux kutubxonasi muallifi, React JS jamiyatida salmoqli ish qilgan mutaxassis). Blogga havola: https://overreacted.io/

Saytni ko'rib chiqdingizmi? O'ziga xos chiroyli-a?

Nasib qilsa, yaqin kunlarda videolarni yozib chiqarishga harakat qilaman. Ora-orada biron yangiliklar bo'lsa, sizlar bilan ulashib turaman.

Iltimos, fikr, taklif va tavsiyalar bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring. Bular asosida o'quv kursni yanada rivojlantirishim mumkin bo'ladi. Oldindan katta rahmat.

@mayoquz
MJ pinned «⁠Assalomu alaykum. Oldingi postda e'lon qilingan o'zbek tilidagi frontend dasturlash bo'yicha videokurs masalasida yozyapman. O'zbek tilidagi o'quv kurs bo'yicha takliflar ichida kursning boshlang'ich qismini hammaga bepul ko'rinishda chiqarish taklifi ham…»
Ajoyib yangilik!

Endi YouTube kanalimizni topishingiz yanada osonlashdi. Kanalga kirish uchun uni YouTubedan izlab, aji-buji belgili manzilni kiritish shart emas. Mana bu havola orqali bemalol kanalimizni ko'rishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/MuhammadjavohirSuratov
Frontend dasturlash o'quv kursi rejasini tuzishda hissangizni qo'shing

Assalomu alaykum. Videokursning o'quv rejasini tuzib chiqyapman. Videokurs avvalida kirish qismi bo'lib, undan so'ng dasturlash sohasida haqidagi ma'lumotlar beriladigan bo'lim keladi. Unda quyidagi mavzular haqida videolar bo'lishi reja qilinyapti. Bu reja tahminiy, darslarning ketma-ketligi o'zgarishi, yana qo'shimchalar qo'shilishi mumkin.

- dastur va dasturlash nima?
- dasturlovchi kim va kimlar dasturlovchi emas?
- dasturlash sohalari haqida
- dasturlash tillari va ularning vazifalari
- veb dasturlash sohasi haqida batafsil
- saytlar qanday ishlaydi?
- frontend va backend
- frontend dasturlovchi qancha oylik olishi mumkin?
- o’quv kursda qanday texnologiyalar o’rgatiladi va ularning vazifalari
- dasturlovchi bo’lmoqchi bo’lganlarga tavsiyalar
- veb dasturlashni qancha vaqtda o’rganish mumkin?
- dasturlashni o'rganishda ko'p uchraydigan xatolar

O'quv kursning dasturlash yoki ixtiyoriy boshqa bo'limlarida nimalar haqida ma'lumot berilishini xohlaysiz? Quyida izohlar bo'limida qoldirishingiz mumkin. Izohlarning har birini shaxsan o'zim o'qib chiqaman, e'tibor berilmaydi, deb o'ylamang :)

Postga link: https://t.me/mayoquz/237

@mayoquz
Assalomu alaykum. Xudo xohlasa, ertaga dasturlash haqidagi umumiy videolarni yozamiz. Videolarni Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) kutubxonasida yozish niyati bor. Videolar yozilgandan so'ng tez orada Telegram va YouTube kanallarimizga joylaymiz. TXVU kutubxonasini ko'rmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havola bo'yicha o'tishingiz mumkin:

https://www.google.com/maps/@41.3070819,69.2823108,3a,75y,17.43h,95.65t/data=!3m6!1e1!3m4!1sAF1QipNFYpFFBG8fFWECejG2yt2N_qfZ7nWwkXc4lym5!2e10!7i10724!8i5362
Hozirgina bir manbada zo'r yangiliklarni ko'rib qoldim.
- Firefox brauzerida Flexbox uchun yangi tekshiruvchi (inspector) imkoniyatlari qo'shilibdi. Firefox ba'zi imkoniyatlari bilan Chromeni ortda qoldirishga harakat qilyapti.
- CSSdagi 2D va 3D formatidagi o'zgarish (transform) xususiyatlarining o'zgarishini jonli va qulay tarzda ko'rsatib beruvchi sayt - https://css-transform.moro.es/ . Effektlarni juda zo'r ko'rsatar ekan 👍.

Shularga o'xshash kichik yangilik, turli qo'shimcha va instrumentlar bo'yicha tavsiyalar beriladigan postlar joylanishini xohlaysizmi?

P.S. Ertaga dasturlashga oid videolarni olamiz, oz qoldi :)
​​Bugun umumiy dasturlash mavzusida 6 ta video oldik. Montajdan soʻng chiqaramiz. Katta yordam bergan Shoxruh Halilov doʻstimizga katta rahmat. Quyida videolar introsi koʻrsatilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intro videosi kichikroq hajmda
Texnomanda keyingi haftada navbatdagi vebinar boʻlib oʻtar ekan.
Assalom alaykum.
29-may chorshanba kuni soat 17:30 da Texnoman.uz'ning YouTube kanalida D:CODE kompaniyasi asoschisi, BILLZ asoschisi va rahbari Rustam Khamdamov bilan "Jamoa mahsuldorligini qanday oshirish mumkin? - Texnoman Vebinar #7" mavzusida onlayn vebinar o'tkaziladi. Vebinarda AT kompaniyani boshqarish, jamoani shakllantirish, jamoa mahsuldorligini oshirish, jamoadagi muommolarni yechish yo'llari haqida so'z boradi.
Vebinarda Siz o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz, ularga javob olishingiz mumkin.
Esingizda bo'lsa, yaqinda turli chiroyli dizaynlar jamlangan sayt CollectUIni tavsiya qilgan edik. Kecha shunga o'xshash yana bir yaxshi manba chiqib qoldi. Manzili - https://pages.xyz. Bu saytda ham turli bejirim dizaynga ega bo'lgan saytlar yig'ilgan ekan. Bundan tashqari, https://refactoringui.com/ saytida ham sayt dizaynini yaxshilash bo'yicha maqola va videodarslar berilgan. Foydali bo'ladi, degan umiddamiz.
Foydali manbalar va yangilik

MetaTags - HTML sahifadagi ba'zi `meta` teglarining Google, Facebook va Twitterda qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rish uchun. Bundan tashqari, turli `meta` teglari haqida ingliz tilida qo'shimcha ma'lumotlar ham berilgan.
Trianglify - uchburchaksimon shakllardan iborat bo'lgan chiroyli fon rasmini tayyorlab beruvchi sayt.
Particles.js - turli chiziq va nuqtalar asosidagi fon tayyorlab beruvchi kutubxona.
CSSGradient.io - CSS uchun gradient fonlarni tuzishda yordam beruvchi sayt.
CoolBackgrounds - yuqorida aytilgan fon rasmiga oid 3 ta xizmatni birlashtirgan sayt.
FlatUIColors - yassi ko'rinishdagi dizaynga mos ranglar jamlanmalari. Ishlatish juda oson.
MaterialPalette va MaterialUIColors - material dizayn uslubiga oid rang va ikonkalar berilgan saytlar.

Siz ham o'zingiz bilgan rang va rasmlarga oid turli manbalarni izohlarda o'rtoqlashsangiz, xursand bo'lamiz. Ham ko'pchilikka (deyarli 1000 kishiga) foyda bo'ladi.

Yangilik: Kecha video yozish va montaji uchun kerakli uskunalarni (kompyuter, yaxshi kamerali telefon va mikrofon) oldik. Yaqin kunlarda dasturlash sohasi haqidagi videolarimizni tahrirlab, kanalga joylaymiz. Undan keyingi videolarimiz ham yanada sifatli va qiziqarli bo'ladi, Xudo xohlasa.

Yaqinlaringizga ham kanalimizni tavsiya qiling.
@mayoquz
Ingliz tilidagi "programmer" so'zini o'zbek tiliga qanday ko'rinishda tarjima qilgan ma'qul deb o'ylaysizlar?
Final Results
29%
Dasturlovchi
71%
Dasturchi