Forwarded from For Web — фронтенд, дизайн, программирование
Goal-Oriented Git, книга-руководство по Git с фокусом на решении распространённых задач без погружения в сложную терминологию и внутрениие детали работы (PDF, 300 КБ) → https://books.thoughtbot.com/assets/goal-oriented-git.pdf
CSSda shriftlar bilan ishlash - 1 - font-family xususiyati va umumiy shrift oilalari haqida
YouTube: https://youtu.be/inK08uFrqmE
Mover: https://mover.uz/watch/ZPkDu8Am/
@mayoquz
YouTube: https://youtu.be/inK08uFrqmE
Mover: https://mover.uz/watch/ZPkDu8Am/
@mayoquz
YouTube
CSSda shriftlar bilan ishlash 1
MDNda font-family haqida: https://developer.mozilla.org/en-US/docs/Web/CSS/font-family
Hamma brauzerlarda ishlovchi 15 ta chiroyli shrift: https://websitesetup.org/web-safe-fonts-html-css/
Hamma brauzerlarda ishlovchi 15 ta chiroyli shrift: https://websitesetup.org/web-safe-fonts-html-css/
CSSda shriftlar bilan ishlash - 2 - Google Fontsdan shrift ulash
YouTube: https://youtu.be/KwsNtSVQ1ng
Mover: https://mover.uz/watch/MdJG58Am/
@mayoquz
YouTube: https://youtu.be/KwsNtSVQ1ng
Mover: https://mover.uz/watch/MdJG58Am/
@mayoquz
YouTube
CSSda shriftlar bilan ishlash 2
Google Fonts sayti - https://fonts.google.com
Sahifadagi elementlarga JavaScriptni ishlatmasdan turli effektlar berish
https://proglib.io/p/html-css-tricks/
https://proglib.io/p/html-css-tricks/
Библиотека программиста
ТОП-6 рецептов на чистом HTML и CSS без использования JS
Не нужен JS для создания крутых эффектов. Доказываем и показываем трюки на чистом HTML и CSS, чтобы сэкономить время на разработку.
Yuqorida berilgan savolga to'g'ri javob topilmadi 😁 E'lon qilmoqchi bo'lgan rasmimizning to'liq ko'rinishi quyida ko'rsatilgan. Nasib bo'lsa, shu formatdagi bir nechta rasmlar bilan o'rtoqlashamiz. Ularda HTML, CSS va JSda ko'p uchrashi mumkin bo'lgan xatolar va ularni to'g'rilash yo'llari ko'rsatiladi.
Assalomu alaykum. Kanalimizda berilgan videodarslarning qulay ko'rinishdagi ro'yxatini mana bu yerdan ko'rishingiz mumkin. Hozirda 74 ta videolarga havolalar berilgan. Yangi videolar chiqarilishi bilan to'ldirib boriladi.
https://bit.ly/Mayoqdagi_videolar
@mayoquz
https://bit.ly/Mayoqdagi_videolar
@mayoquz
Telegraph
Mayoq kanalida berilgan barcha videodarslar ro'yxati
FrontLoops turkumidagi HTML va CSSda turli dizaynlarni tuzish videolari Bu videodarslarda turli xil chiroyli dizaynlarni HTML va CSS yordamida tuzish ko'rsatilgan. HTML va CSSdan tashqari siz Adobe Photoshop dasturida dizayn maketini ko'rish, unda masofalarni…
Odatda biron yangi narsa (sayt, mahsulot, mobil ilova, banner) uchun dizayn tuzilayotgan bo'lsa yoki frontend dasturlovchi o'zining HTML va CSS bo'yicha bilimini tekshirmoqchi bo'lsa, u ilhomlanish uchun biron dizayn qidirishi mumkin. Men odatda o'zim va o'quvchilarim uchun vebsayt dizaynini tuzmoqchi/topmoqchi bo'lsam, collectui.com saytidagi dizaynlarni ko'rib chiqaman. Unda turli dizaynlar ko'plab turlarga bo'lingan holda jamlangan. Bundan tashqari, dribbble.com saytida ham dizaynerlar o'zlarining ishlarini joylab borishadi. O'sha yerda turli dizayn sohalari bo'yicha ilhomlanish uchun materiallar juda ko'p.
@mayoquz
@mayoquz
Dasturlovchi va dizaynerlarga kichik tavsiya
Ba'zida internetdan o'zingizga kerakli qandaydir faylni yuklamoqchi bo'lsangiz, saytlar elektron pochta manzilingizni kiritishingizni va fayl elektron pochtangizga yuborilishini aytishadi. Bu ish ketidan siz o'zingiz uchun unchalik ham qiziq bo'lmagan biron xabarnomaga obuna bo'lib qolasiz va har doim ham hafsala qilib o'sha xabarnomaga obunani to'xtatmasligingiz mumkin. Shu hollarda sizga vaqtinchalik elektron pochta xizmati qo'l kelishi mumkin.
Temp-mail.org siz uchun ixtiyoriy nomdagi elektron pochta manzilini ochib berib, undan vaqtinchalik foydalanib turish imkoniyatini beradi. Asosiy emailingiz tozaligicha qolaveradi
;)

👍1
Dasturlash bo'yicha biron ish joyiga rezyume yuborayotgan bo'lsangiz, quyidagi rasmda aytilgan xatoni takrorlamang. Bu ish o'ta noprofessionaldir. Buning o'rniga siz o'zingiz bilgan dasturlash tili va texnologiyalari yordamida nimalar tuzganingiz va unda qanday imkoniyatlardan foydalanganingizni yozishingiz mumkin. Yana ham yaxshiroq yo'l - tuzgan loyihangizni internetga joylab, uning havolasini rezyumengizga qo'shish. Quyidagi misol aynan rezyumeda yozishga emas, portfolio sahifasi uchun ko'proq mos keladigan matn bo'ladi.
"JavaScript dasturlash tilida offlayn ishlovchi kinolar haqida ma'lumotlar kutubxonasini tuzganman. Uning dizayni uchun Bootstrap 4 kutubxonasidan foydalanilgan. JavaScript qismida DOM ustida amallar bajarish, Promiselar yordamida serverga asinxron so'rovlar yuborish, serverdan olingan ma'lumotni localStorage yordamida offlayn muhitda ishlatsa bo'ladigan holga keltirish, klaviatura bosilishi asosida ishlovchi sodda qidiruv tizimi, kinolarni janr va yillariga qarab filtrlash va kinolar reytingiga asosan saralash imkoniyatlari tatbiq qilingan."

👍2
Assalomu alaykum. Salomatmisizlar? Kanaldagi oldingi ma'lumotlardan biroz chetga chiqib, noldan boshlab o'zbek tilida hammasi birda frontend veb dasturlash videokursini tayyorlashga qaror qildim. Urreee 😃😄🎉🎉🎉
Unda HTML, CSS, Sass, Bootstrap 4 (3-talqin bilan farqlari), JavaScript, jQuery, Git, Gulp va frontendga oid boshqa texnologiya va dasturlar o'rgatiladi. Videokursning qoralama rejasi tayyor. Bu post bilan sizlarning fikrlaringizni bilmoqchi edim. Mana bu savollarga izohlarda javob qoldirsangiz, juda xursand bo'laman:
1. Videokursni Telegramda o'tish siz uchun qulaymi?
2. 1 oyda necha soat davomiyligidagi videodarslar chiqarilishi mo'tadil bo'ladi, deb o'ylaysiz?
3. Sizning fikringizga ko'ra o'quv kursining narxi qancha bo'lishi "six ham, kabob ham kuymasin" o'xshatmasiga mos bo'ladi? (iltimos, barcha o'rganiladigan texnologiyalarning ko'lami katta ekanini hisobga olib fikrlaringizni bildiring)
4. Videokurs doimiy davom etadigan ko'rinishda bo'lsinmi yoki guruhlarga bo'lingan holda har yarim yilda? (umuman shu haqdagi fikrlaringiz)
5. Videoqaroqchilikning (pirat) oldini olish uchun nimalarni tavsiya qilasiz?
6. O'quv kursda yana nimalar o'rgatilishini xohlaysiz?
Savollar ko'payib ketdi. Hozircha shu yetarli bo'lsa kerak. Izohlarda fikrlaringizni intiqlik bilan kutib qolaman. Ramazon oyingiz xayrli o'tsin.
Hurmat bilan, Muhammadjavohir 😊

Assalomu alaykum. Oldingi postda e'lon qilingan o'zbek tilidagi frontend dasturlash bo'yicha videokurs masalasida yozyapman. O'zbek tilidagi o'quv kurs bo'yicha takliflar ichida kursning boshlang'ich qismini hammaga bepul ko'rinishda chiqarish taklifi ham bo'ldi va bu taklif meni qiziqtirib qoldi (katta rahmat, Akrom aka :) ). "Bu boshlang'ich kursda nimalarni o'rgatsam bo'ladi, qanday ko'rinishda kursni rejalashim kerak?" degan savollar o'ylantirib qo'ydi. Xullas, boshlang'ich kurs uchun blog ko'rinishidagi sodda saytni tuzishga kerakli bo'ladigan mavzularni ajratishga qaror qildim.
Bu boshlang'ich qismda ham tayinli amaliy mashqlar bo'lishi va uning oxirida tugal bir sayt tuza olish kerak bo'ladi, albatta. Shu maqsadda boshlang'ich kursdagi asosiy loyiha - sodda, lekin bejirim blog bo'ladi. Uning tahminiy ko'rinishi huddi Dan Abramovning shaxsiy blogidek bo'ladi (Redux kutubxonasi muallifi, React JS jamiyatida salmoqli ish qilgan mutaxassis). Blogga havola: https://overreacted.io/
Saytni ko'rib chiqdingizmi? O'ziga xos chiroyli-a?
Nasib qilsa, yaqin kunlarda videolarni yozib chiqarishga harakat qilaman. Ora-orada biron yangiliklar bo'lsa, sizlar bilan ulashib turaman.
Iltimos, fikr, taklif va tavsiyalar bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring. Bular asosida o'quv kursni yanada rivojlantirishim mumkin bo'ladi. Oldindan katta rahmat.