4.21K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Assalomu alaykum. O'zbek tilida AT sohasiga oid yana bir sifatli Telegram kanal ochilibdi - @AlgorithmUz
Kanalda algoritmlarga oid darsliklar, mashqlar va videodarslar ham berilayotgan ekan. Kanal yuritilishi va undagi ma'lumotlar havas qilgulik ekan 👍
Git va GitHubni oʻrganishni xohlagan, lekin atamalarning koʻpligi bu yoʻlda toʻsqinlik qilganlar boʻlsa, mana bu qoʻllanma foydali boʻladi
Goal-Oriented Git, книга-руководство по Git с фокусом на решении распространённых задач без погружения в сложную терминологию и внутрениие детали работы (PDF, 300 КБ) → https://books.thoughtbot.com/assets/goal-oriented-git.pdf
Assalomu alaykum. Yaqinda yangi turdagi postlarni joylashni boshlaymiz.
Rasmga qarab ular nima haqida bo'lishini topa olasizmi? 😊 Javoblaringizni izohlarda qoldiring.
Yuqorida berilgan savolga to'g'ri javob topilmadi 😁 E'lon qilmoqchi bo'lgan rasmimizning to'liq ko'rinishi quyida ko'rsatilgan. Nasib bo'lsa, shu formatdagi bir nechta rasmlar bilan o'rtoqlashamiz. Ularda HTML, CSS va JSda ko'p uchrashi mumkin bo'lgan xatolar va ularni to'g'rilash yo'llari ko'rsatiladi.
Fikrlaringiz bilan o'rtoqlashasiz, degan umiddamiz.
+ 1-punktdagi sayt so'zini sahifaga o'zgartirilsa, yanada to'g'riroq bo'ladi :)
Tuzilmaviy xatolar.jpg
238.8 KB
Yaxshiroq sifatda.
MJ pinned «Assalomu alaykum. Kanalimizda berilgan videodarslarning qulay ko'rinishdagi ro'yxatini mana bu yerdan ko'rishingiz mumkin. Hozirda 74 ta videolarga havolalar berilgan. Yangi videolar chiqarilishi bilan to'ldirib boriladi. https://bit.ly/Mayoqdagi_videolar…»
Odatda biron yangi narsa (sayt, mahsulot, mobil ilova, banner) uchun dizayn tuzilayotgan bo'lsa yoki frontend dasturlovchi o'zining HTML va CSS bo'yicha bilimini tekshirmoqchi bo'lsa, u ilhomlanish uchun biron dizayn qidirishi mumkin. Men odatda o'zim va o'quvchilarim uchun vebsayt dizaynini tuzmoqchi/topmoqchi bo'lsam, collectui.com saytidagi dizaynlarni ko'rib chiqaman. Unda turli dizaynlar ko'plab turlarga bo'lingan holda jamlangan. Bundan tashqari, dribbble.com saytida ham dizaynerlar o'zlarining ishlarini joylab borishadi. O'sha yerda turli dizayn sohalari bo'yicha ilhomlanish uchun materiallar juda ko'p.

@mayoquz
Dasturlovchi va dizaynerlarga kichik tavsiya

Ba'zida internetdan o'zingizga kerakli qandaydir faylni yuklamoqchi bo'lsangiz, saytlar elektron pochta manzilingizni kiritishingizni va fayl elektron pochtangizga yuborilishini aytishadi. Bu ish ketidan siz o'zingiz uchun unchalik ham qiziq bo'lmagan biron xabarnomaga obuna bo'lib qolasiz va har doim ham hafsala qilib o'sha xabarnomaga obunani to'xtatmasligingiz mumkin. Shu hollarda sizga vaqtinchalik elektron pochta xizmati qo'l kelishi mumkin.
Temp-mail.org siz uchun ixtiyoriy nomdagi elektron pochta manzilini ochib berib, undan vaqtinchalik foydalanib turish imkoniyatini beradi. Asosiy emailingiz tozaligicha qolaveradi
;)

@mayoquz
👍1