4.2K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
MJ pinned «Sass preprocessori bilan ishlab ko'rganmisiz?»
Assalomu alaykum. Yaqin kunlarda, Xudo xohlasa, Sublime Text 3 matn muharririni sozlash mavzusidagi videolar turkumini chiqaramiz. U vaqtgacha oʻzim tuzgan videodarslarimdan oʻzimga eng yoqqanini koʻrib chiqishni tavsiya qilaman. Bu videoda Sublime Textni sozlangandan so'ng qanday koʻrinishdagi ish muhitiga ega boʻlishingiz mumkinligini koʻra olasiz. Bundan tashqari HTML va CSS boʻyicha bilimlaringizni ham boyitib olishingiz mumkin.

https://t.me/mayoquz/36

@mayoquz
​​Assalomu alaykum. Ingliz tilini biladigan obunachilarimizga bir onlayn manbani tavsiya qilmoqchimiz - https://learnjavascript.online/ . Bu saytda siz onlayn tarzda JavaScript asoslari, DOM bilan ishlash, promiselar haqida ma'lumot olishingiz, brauzerning o'zidayoq kod yozib ko'rishingiz mumkin.
Kanalda o'zimiz tuzgan videolardan tashqari o'zbek va chet tillaridagi foydali manbalar haqida ma'lumotlar bilan o'rtoqlashishimizni xohlaysizmi?
Anonymous Poll
18%
Farqi yo'q
71%
Yaxshi bo'lar edi
10%
Yo'q, faqat o'zingiz tuzgan ma'lumotni joylang
Assalomu alaykum. Sizlar uchun zo'r xabar bor. Hozir soat 03:26, 8-yanvar va Sublime Text 3 dasturini sozlash bo'yicha videodarslarimizni yozishni tugatdik 😃😃😃🎉🎉🎉

Videolar turkumida jami 30 ta video bor va undagi bilimlar bilan o'z ish samaradorligingizni bir necha barobarga oshirishingiz mumkin bo'ladi. Xudo xohlasa, videolarni Moverga joylab, kerakli kod va matnlarni tayyorlab qo'yishimiz bilan ularni sekin-sekin e'tiboringizga havola qilamiz.

Aytgancha, siz o'zingiz Sublime Text dasturida qanday paketlardan foydalanasiz? Iltimos, izohlar (комментарии) bo'limida bu haqda yozib o'ting. Biron yaxshi paketni esdan chiqargan bo'lsak, ular bo'yicha ham keyinroq video tayyorlashimiz mumkin bo'ladi.

Keyingi postgacha xayr.

@mayoquz
MJ pinned «Assalomu alaykum. Sizlar uchun zo'r xabar bor. Hozir soat 03:26, 8-yanvar va Sublime Text 3 dasturini sozlash bo'yicha videodarslarimizni yozishni tugatdik 😃😃😃🎉🎉🎉 Videolar turkumida jami 30 ta video bor va undagi bilimlar bilan o'z ish samaradorligingizni…»
Assalomu alaykum. Sublime Text haqidagi videolarimizning matnlari tayyor bo'lgunicha e'tiboringizga 🇺🇿 o'zbek tilidagi foydali o'quv manbalar ro'yxatini havola qilmoqchimiz.

Maqolaga havola: https://telegra.ph/Ozbek-tilidagi-foydali-oquv-manbalar-01-09

Biz sanab o'tmagan biron o'zbek tilidagi o'quv manbalarni bilsangiz, iltimos, izohlarda (https://t.me/mayoquz/155 ) qoldiring. Bu bilan boshqalar ham o'sha manbalardan foydalanishimiz mumkin bo'ladi 😊

@mayoquz
Assalomu alaykum. Kutib oling:
🛠💻 Sublime Textni sozlash videokursi 😃😃 🎉🎉🎉

Bu qisqa videodarslar turkumida siz Sublime Text matn muharririning tabiiy imkoniyatlarini va qo'shimcha paket va dasturlar bilan ishlashni o'rganib, kod yozishdagi samaradorligingizni bir necha barobarga oshirishingiz mumkin.

Bu turkum hozircha 30 ta videodan iborat. Vaqt o'tishi bilan tahminan 1 oyda bir marta Sublime Textni biron dasturlash tili, masalan, JavaScript, PHP va Python uchun ham moslashtirish bo'yicha videolar joylanadi. Bu endi biroz keyinroq.

Hozircha kunora bu videokursning bir nechtadan videosini chiqarib boramiz. Videolar yoqadigan bo'lsa, videolarga layk bosish, kanallarimizga obuna bo'lish hamda yaqinlaringizga ulashish esdan chiqmasin-a 😊
🛠💻 Sublime Textni sozlash 01 – Sublime Text 3 ni o’rnatish

Bu videoda o’z kompyuteringizga eng ommabop matn muharrirlaridan biri bo’lgan Sublime Text 3ni qanday o’rnatishni ko’rishingiz mumkin. Keyingi videoda Sublime Textni dastlabki holatga keltirish uchun nima qilish mumkin ekanligi ko’rsatiladi.

YouTube: https://youtu.be/Qu1CQthWS04
Mover: https://mover.uz/watch/HXgMde8m/

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
🛠💻 Sublime Textni sozlash 02 – Sublime Text 3 ni boshlang’ich holga qaytarish

Sublime Textni qanday qilib dastlab o'rnatilgan holatiga qaytarish yo'lini bilasizmi? Katta ehtimol bilan "Mening kompyuterim qismidan dasturni o'chirib tashlash buyrug'i yordamida o'chiriladi" deyishingiz mumkin. Lekin bu amal Sublimening bir nechta sozlamalariga ta'sir ko'rsatmagan bo'ladi, aniqrog'i o'zingizga moslagan sozlamalaringizga. Bu videoda qaysi yo'l bilan Sublime Textni onadan tug'ilgandek yangi ko'rinishga keltirishni ko'rib chiqamiz.

YouTube: https://youtu.be/vLxFDl5lUtc
Mover: https://mover.uz/watch/AYicde8m/

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
🛠💻 Sublime Textni sozlash 03 – Fayl va papkalar bilan ishlash. Sodda maslahatlar

Bu videoda o’rganiladigan amallar:
- yangi fayl ochish – Ctrl + N
- muharrir shrifti kattaligini o’zgartirish – Ctrl + +/-
- loyiha papkasi bilan ishlash
- yangi papkani ochishning oson yo’li – Ctrl + Shift + N
- ochiq fayllar ro’yxatini ko’rish

YouTube: https://youtu.be/jMj49vVAW9c
Mover: https://mover.uz/watch/hBNKde8m/

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
🛠💻 Sublime Textni sozlash 04 – PackageControl va SideBarEnhancements paketlari

Sublime Textda bir necha qulayliklar bor, lekin siz ular bilan cheklanmasdan unga qo'shimcha imkoniyatlar qo'shishingiz mumkin. Bu videoda Sublime Textga paketlar boshqaruvchisini va u yordamida SideBarEnhancements paketini o'rnatish va ishlatishni ko'rib chiqamiz. Katta ehtimol bilan yangi paketlarni o'rnatish sizga yoqadi, deb ayta olaman.

YouTube: https://youtu.be/moY8gxx6Quk
Mover: https://mover.uz/watch/tDYpde8m/

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
Buguncha 4 ta video bilan cheklanib turamiz. Xudo xohlasa, indinga soat 21:00 da navbatdagi 4 ta video chiqariladi. Videolarni yaqinlaringizga ham ulashishingizni so'rab qolamiz. Keyingi postgacha 😊👍
MJ pinned «🛠💻 Sublime Textni sozlash 01 – Sublime Text 3 ni o’rnatish Bu videoda o’z kompyuteringizga eng ommabop matn muharrirlaridan biri bo’lgan Sublime Text 3ni qanday o’rnatishni ko’rishingiz mumkin. Keyingi videoda Sublime Textni dastlabki holatga keltirish uchun…»
🛠💻 Sublime Textni sozlash 05 – Sodda loyiha tuzilmasi. Fayllarni ulashdagi noqulaylik

Sublime Text 3 da tabiiy holda HTML va CSS kod yozishni osonlashtiruvchi bir qancha qulayliklar bor. Ular sizning ishingizni qaysidir darajada osonlashtirib berishi mumkin. Masalan, sichqonchani ishlatmasdan loyiha ichidagi biron faylga o’tish, HTML teglarini avtomatik tarzda ochib-yopib berish va shunga o’xshash imkoniyatlar. Lekin bularning orasida bir qulaylik yo’q ekanligi odamni xafa qiladi – Sublime Textda qo’shimcha paketsiz fayllar nomini avtomatik tarzda yozib bo’lmaydi. Biron HTML, CSS, JavaScript, rasm yoki boshqa turdagi faylni ulash uchun ungacha bo’lgan yo’l va fayl nomini qo’lda yozib chiqish kerak. Bu videoda aynan shu ikki mavzu – tabiiy imkoniyatlar va fayllarni bog’lashdagi kamchiliklar ko’rib chiqiladi. Keyingi videoda esa AutoFileName paketi qay darajada tashqi fayllarni ulashni osonlashtirib berishini ko’rishingiz mumkin.

YouTube: https://youtu.be/o9lrvXmHUh8
Mover: https://mover.uz/watch/7LiBse8m/

Loyihani to'g'ri tartiblash haqida Alisher Mahmudovning videolari - https://www.youtube.com/watch?v=PHRY_dMoUbA

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
🛠💻 Sublime Textni sozlash 06 – AutoFileName paketi

Oldingi videodagi fayllar nomini qo’lda yozib chiqish esingizdami? Aynan o’sha nisbatan noqulay bo’lgan ishni qay tarzda avtomatlashtirish mumkin ekanligini ko’rib chiqamiz. Nasib bo’lsa, bu paket doim sizga yordamchi bo’lib qoladi.

YouTube: https://youtu.be/wA9TEpApSVY
Mover: https://mover.uz/watch/hji8se8m/

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
🛠💻 Sublime Textni sozlash 07 – GoToAnything. Fayllarni bir zumda ochish

Odatda loyihamizdagi biron faylni ochish uchun u fayl turgan bir nechta papka ichiga kirib, keyingina uni ocha olamiz. Sublime Textda fayl nomini aytsangiz, darrov u faylni topib bera oladigan imkoniyat bor. Bugun ana shu imkoniyat haqida gaplashamiz.

YouTube: https://youtu.be/xisEHPPti7g
Mover: https://mover.uz/watch/vI1C0e8m/

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
🛠💻 Sublime Textni sozlash 08 – ColorHighlight paketi. Ranglarni ko’rsatish

Biron sayt tuzayotganingizda undagi ranglarni siz RGB (qizil, yashil, ko’k), HEX (16 lik sanoq tizimida) yoki HSL (rang, to’yimlilik, yorug’lik) ko’rinishida yozasiz. Uning natijasini ko’rish uchun brauzerga o’tish zarur bo’ladi. Bugun ko’rib chiqadigan paketimizda ranglar ko’rinishini Sublime Textning o’zidayoq ko’ra olish imkoniyatini tatbiq qilamiz.

YouTube: https://youtu.be/j77LmCcLqQE
Mover: https://mover.uz/watch/GP7n0e8m/

Kanallarimizga obuna bo’ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

@mayoquz
​​Assalomu alaykum. Bugun chiqarilgan videolarni ko'rishga ulgurdingizmi? Videolar bo'yicha savol, taklif va tavsiyalaringizni izohlarda qoldirsangiz, juda xursand bo'lar edik 😊