4.2K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
​​Soʻrovnoma

Assalomu alaykum, hormanglar. Kanal huvillab qoldi-a? 😅 Odatdagi FrontLoops va freeCodeCamp turkumidagi videolarni tuzishga imkon boʻlmayapti. Lekin bu umuman video yozmayapmiz, degani emas. PDP oʻquv kursidagi oʻquvchilarimiz uchun jQuery asosida ishlaydigan kichik onlayn doʻkon tuzishni oʻrgandik. Shu mavzuda qoʻshimcha yordam boʻlsin deb onlayn doʻkonning tuzilishini alohida videolarga jamlab, guruh oʻquvchilariga videolarni bergan edik (Mover va YouTubeda turibdi, faqat toʻgʻridan-to'g'ri havola orqaligina kirib koʻrsa boʻladi 😁😊). Videolar soni 7 ta boʻldi va davomiyligi 4 soatdan oshdi, lekin yana qiladigan ishlari bor. Shu videolarni ommaga ochiqlab qoʻyaylikmi, deb oʻylayotgan edik. Nima deysizlar shunga?

Kamida 150 kishi shu videolarga qiziqadigan boʻlsa (layk bossa), videolarni chiqaramiz 😊

Qiziquvchilar boʻlsa, tanishlaringizga ham tavsiya qiling. Qancha tez layk yigʻilsa, shuncha tez vaqtda videolarni koʻra olishingiz mumkin boʻladi 😉

Bu postni yaqinlaringizga ulashmoqchi boʻlsangiz, ular ovoz bera olishlari uchun postga havola: https://t.me/mayoquz/125
MJ pinned «​​Soʻrovnoma Assalomu alaykum, hormanglar. Kanal huvillab qoldi-a? 😅 Odatdagi FrontLoops va freeCodeCamp turkumidagi videolarni tuzishga imkon boʻlmayapti. Lekin bu umuman video yozmayapmiz, degani emas. PDP oʻquv kursidagi oʻquvchilarimiz uchun jQuery asosida…»
​​Assalomu alaykum. Bugun deyarli 10 daqiqalik kodni tayyorlash videosini ko'rib chiqishingiz mumkin. Ertaga 21:30 da 1-turdagi onlayn do'kon tuzishning 1-videosi chiqariladi.

Videoga havolalar
YouTube:
https://youtu.be/Gai4qaPwcvo
Mover: https://mover.uz/watch/BnyZhGtm/

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling. Yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashish ham esdan chiqmasin-a 😉

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#jquery #online_shop #css
jQueryda do'kon tuzish videolari posteri yoqdimi?
MJ pinned «​​Assalomu alaykum. Bugun deyarli 10 daqiqalik kodni tayyorlash videosini ko'rib chiqishingiz mumkin. Ertaga 21:30 da 1-turdagi onlayn do'kon tuzishning 1-videosi chiqariladi. Videoga havolalar YouTube: https://youtu.be/Gai4qaPwcvo Mover: https://mover.u…»
🌐🛒 jQuery online shop 2 - 1-talqinni to'liq tuzib chiqish

Assalomu alaykum. Bugungi videoda bitta-bittadan mahsulotlarni tanlab, sotib olish imkoniyati bo'lgan onlayn do'konni tuzib chiqamiz. O'rganishingiz mumkin bo'lgan mavzular:
Bootstrap 4 yordamida mini onlayn do'kon ko'rinishini tuzish
elementlarga BEM uslubi asosida nom berish
HTML elementlariga data- yordamida yangi xususiyatlar (attribute) qo'shish
rasmlarni LoremPicsum.com saytidan to'g'ridan-to'g'ri saytimizga joylash
jQuery yordamida elementlar class larini o'zgartirish
jQuery yordamida sahifadagi elementlarni topish, ularning xususiyat va matnlarini o'zgartirish
sahifadan yuz beradigan hodisa ro'y berganda (masalan, biron elementni bosish - click) biron amalni bajarish
JavaScriptdagi if shart operatorlari bilan ishlash
ma'lumot kiritiladigan maydonlar (input) qiymatini olish

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanallarimizga obuna bo'lishni unutmang.

Videoga havolalar
YouTube: https://youtu.be/WiLu3oynbNQ
Mover: https://mover.uz/watch/8YtZkGtm/

Kanallarimiz:
Telegram:
https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#jquery #online_shop #html #css #bootstrap
👍1
🌐🛒 jQuery online shop 3 - 2-talqin ko'rinishini tuzish

Assalomu alaykum. Bugungi videoda nisbatan murakkabroq bo'lgan mini onlayn do'konning ko'rinishini tuzib chiqamiz. Videoda Bootstrap 4 stillari yordamida yuqoridagi rasmdagi kabi interfeysni tuzishni o'rganib olishingiz mumkin. HTML elementlarimizni JavaScript kodda ishlatishga deyarli tayyor holga keltiramiz. Video qiziqarli va foydali bo'ladi, degan umiddamiz.

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanallarimizga obuna bo'lishni unutmang.

Videoga havolalar
YouTube: https://youtu.be/CmFfjAaDgK4
Mover: https://mover.uz/watch/8n85kGtm/

Kanallarimiz:
Telegram:
https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#jquery #online_shop #html #css #bootstrap
Assalomu alaykum. Hormanglar. Gapni qisqa qilib jQueryda onlayn doʻkon tuzish boʻyicha navbatdagi 2 videoni ommaga chiqaryapmiz. Bu videolarda nisbatan murakkabroq koʻrinishdagi onlayn doʻkonni tuzishda davom etamiz. Quyidagi havolalar boʻyicha koʻrishingiz mumkin.

4-qism
YouTube
: https://youtu.be/il5z-e3XfLM
Mover: https://mover.uz/watch/eUoBpGtm/

5-qism
YouTube:
https://youtu.be/_gHcIAshBTI
Mover:
https://mover.uz/watch/2pAP3ftm/

Yaqinlarga ulashish esdan chiqmasina :)

Mayoq
@mayoquz
#jquery #online_shop #html #css #bootstrap
Assalomu alaykum. Sublime Text 3 matn muharriri haqida videolar tayyorlamoqchimiz. Xudo xohlasa, yaqin kunlarda ommaga chiqaramiz.
Boshqa video turkumlarimiz ham Xudo xohlasa, oxiriga yetkaziladi. Oradagi tanaffus paytida ham birga bo'lganingiz uchun katta rahmat.
MJ pinned a photo
Assalomu alaykum. E'tiboringizga Sass yordamida maket tuzish videolar turkumini havola qilamiz. Bu videolar o'quv markazidagi guruhga mo'ljallangan edi. Sizlarga ham qiziqarli bo'ladi, degan umidda ulashyapmiz. Foydali bo'lsa, yaqinlarga ulashishingizni so'rab qolamiz. Bu turkumda 18 ta video bo'lib, jami davomiyligi 6 soatdan oshadi.

https://www.youtube.com/playlist?list=PLAKCCNBxrHkSxkaIRc38UIToyLHrcCHQv

@mayoquz
MJ pinned «Sass preprocessori bilan ishlab ko'rganmisiz?»
Assalomu alaykum. Yaqin kunlarda, Xudo xohlasa, Sublime Text 3 matn muharririni sozlash mavzusidagi videolar turkumini chiqaramiz. U vaqtgacha oʻzim tuzgan videodarslarimdan oʻzimga eng yoqqanini koʻrib chiqishni tavsiya qilaman. Bu videoda Sublime Textni sozlangandan so'ng qanday koʻrinishdagi ish muhitiga ega boʻlishingiz mumkinligini koʻra olasiz. Bundan tashqari HTML va CSS boʻyicha bilimlaringizni ham boyitib olishingiz mumkin.

https://t.me/mayoquz/36

@mayoquz
​​Assalomu alaykum. Ingliz tilini biladigan obunachilarimizga bir onlayn manbani tavsiya qilmoqchimiz - https://learnjavascript.online/ . Bu saytda siz onlayn tarzda JavaScript asoslari, DOM bilan ishlash, promiselar haqida ma'lumot olishingiz, brauzerning o'zidayoq kod yozib ko'rishingiz mumkin.
Kanalda o'zimiz tuzgan videolardan tashqari o'zbek va chet tillaridagi foydali manbalar haqida ma'lumotlar bilan o'rtoqlashishimizni xohlaysizmi?
Anonymous Poll
18%
Farqi yo'q
71%
Yaxshi bo'lar edi
10%
Yo'q, faqat o'zingiz tuzgan ma'lumotni joylang
Assalomu alaykum. Sizlar uchun zo'r xabar bor. Hozir soat 03:26, 8-yanvar va Sublime Text 3 dasturini sozlash bo'yicha videodarslarimizni yozishni tugatdik 😃😃😃🎉🎉🎉

Videolar turkumida jami 30 ta video bor va undagi bilimlar bilan o'z ish samaradorligingizni bir necha barobarga oshirishingiz mumkin bo'ladi. Xudo xohlasa, videolarni Moverga joylab, kerakli kod va matnlarni tayyorlab qo'yishimiz bilan ularni sekin-sekin e'tiboringizga havola qilamiz.

Aytgancha, siz o'zingiz Sublime Text dasturida qanday paketlardan foydalanasiz? Iltimos, izohlar (комментарии) bo'limida bu haqda yozib o'ting. Biron yaxshi paketni esdan chiqargan bo'lsak, ular bo'yicha ham keyinroq video tayyorlashimiz mumkin bo'ladi.

Keyingi postgacha xayr.

@mayoquz