4.2K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
​​🔥🎬 freeCodeCamp 006 - padding, margin, atribut tanlovchisi va CSSdagi o'lchov birliklar.

Assalomu alaykum. Ushbu videoda navbatdagi 9 ta mashqni birga bajarib ko'ramiz. Videoda quyidagi mavzularni o'rganib chiqishingiz mumkin:
📌 elementlar ichki va tashqi hoshiyasini (padding va margin) o'zgartirish
📌 turli tomondan turli qiymatdagi padding va margin tatbiq qilish
📌 qisqa padding va margin xususiyatlari yordamida turli tomondagi hoshiyalarni bir buyruqda o'zgartirish
📌 CSSdagi atribut tanlovchisi (attribute selector) bilan ishlash
📌 CSSdagi o'lchov birliklari bilan tanishish

‼️ ESLATMA ‼️
Faqat videonigina ko'rib, umuman mashq qilmaslik veb dasturlashni o'rganishdagi samaradorlikni ancha-muncha pasaytirib yuboradi. Shuning uchun biron mashqning ta'rifi va o'tiladigan yangi mavzu haqida ma'lumot berilganda videoni to'xtatib, mashqni mustaqil bajarishga harakat qilib ko'ring.

YouTube: https://youtu.be/wA2Jx1dZy7I
Mover: https://mover.uz/watch/g9TyUVtm

Matnlar tarjimasida yordamlashmoqchi bo'lganlar uchun: https://goo.gl/forms/f8gZXB3QppQB5ssb2

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling. Yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashish ham esdan chiqmasin-a 😉

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#freeCodeCamp #css
MJ pinned «​​🍏🎬 FrontLoops #10-3 - Apple Watch sayti. Imkoniyatlar. Bu videoda Apple Watch lending sahifasining imkoniyatlar qismini tuzishni ko'rib chiqamiz. Videoda quyidagilar bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin: 📌 psevdoelementlar yordamida turli xil shakllar yasash…»
Assalomu alaykum. Yodingizda bo'lsa, birmuncha vaqt avval kanalimizda "Qisqa HTML" (#html_shorts) turkumidagi videolarni maqola ko'rinishida tarjima qilib joylayotgan edik. O'sha videolar mualliflaridan biri va boshlovchisi Vadim Makeyev o'z shaxsiy YouTube kanalini yurgiza boshladi. Deyarli 2 soat oldin u yangi video chiqardi. Videoda Vadimning CSS-Minsk-JS konferensiyasining saytini ko'rib chiqib, undagi kamchiliklarni ko'rsatib berar ekan. Menimcha, frontend dasturlovchilar uchun videodagi ma'lumotlar foydali bo'ladi.

Videoga havola: https://www.youtube.com/watch?v=A2O_TbS5TKw

@mayoquz
Assalomu alaykum. Salomatmisizlar? Buguncha video bo'lmaydi. Ertaga men ishlaydigan o'quv markazi PDPda yangi yondashuvli o'quv kursining birinchi haftasi boshlanadi. Shunga tayyorgarlik :)

Yangi yondashuvi darslarni intensiv, jadal tarzda o'tish: kuniga 8:00-16:00 gacha dars o'tiladi. Albatta, orada dam olish uchun ham vaqt bo'ladi. Shu usulda dars o'tib, 1 haftada o'quvchilar HTML, CSS va JS asoslarini va ularda ishlashni o'rganib olishadi, Xudo xohlasa. Undan keyin esa o'qishni davom ettirmoqchi bo'lganlar uchun guruhlar tuzilib, 40 hafta davomida full-stack veb dasturchi bo'lish uchun kerak bo'ladigan texnologiyalar o'rgatiladi, amaliy mashg'ulotlar ham bo'ladi. Shunga haftada faqat 1 tadan video joylanib turishi mumkin. Ora-orada shu o'quv kursda bo'lgan qiziqarli ma'lumotlar bilan ham berib boramiz.

Keyingi postlarda ko'rishguncha 😊🖐
Assalomu alaykum. Salomatmisizlar? O'ziyam rosa dam olib yubordim-a? 😁

Bugundan boshlab videolar joylashda davom etamiz. Xudo xohlasa, soat 21:30 da keyingi post joylanadi. Chiqariladigan videoda freeCodeCamp saytidagi 20 ta mashqni birga bajarib chiqamiz. Video foydali bo'ladi, degan umiddaman. Yana imkoni topilsa, PDPda o'tilgan darslar haqida fikrlarim va Vadim Makeyevning yangi videosi haqida ozgina ma'lumot joylashimiz mumkin.

Keyingi postlargacha xayr. Assalomu alaykum 😊
​​🔥🎬 freeCodeCamp 007 - Kaskadlanish, tanlovchilar ahamiyati, ranglar bilan ishlash va CSS o’zgaruvchilar

Assalomu alaykum. Ushbu videoda navbatdagi 20 ta mashqni birga bajarib ko'ramiz. Videoda quyidagi mavzularni o'rganib chiqishingiz mumkin:
📌 CSS xususiyatlarning meros qolishi
📌 CSSda kaskadlanish qoidalari
📌 CSS tanlovchilarining ahamiyati darajasi
📌 ranglarni RGB va HEX kodlari yordamida tahrirlash
📌 CSS o'zgaruvchilari bilan ishlash

‼️ ESLATMA ‼️
Faqat videonigina ko'rib, umuman mashq qilmaslik veb dasturlashni o'rganishdagi samaradorlikni ancha-muncha pasaytirib yuboradi. Shuning uchun biron mashqning ta'rifi va o'tiladigan yangi mavzu haqida ma'lumot berilganda videoni to'xtatib, mashqni mustaqil bajarishga harakat qilib ko'ring.

YouTube: https://youtu.be/xRaoYHX1DL0
Mover: https://mover.uz/watch/hO90tktm/

Matnlar tarjimasida yordamlashmoqchi bo'lganlar uchun: https://goo.gl/forms/f8gZXB3QppQB5ssb2

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling. Yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashish ham esdan chiqmasin-a 😉

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#freeCodeCamp #css
​​Biron soha o'qituvchisi nafaqat o'rgatish bilan, balki o'zining ham bilimini oshirish bilan mashg'ul bo'lishi kerak. Vadim Makeyevning navbatdagi videosidan yangi-yangi narsalar o'rganyapmiz 😊

Qiziqqanlar uchun videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=y52rtbUeCac
​​Soʻrovnoma

Assalomu alaykum, hormanglar. Kanal huvillab qoldi-a? 😅 Odatdagi FrontLoops va freeCodeCamp turkumidagi videolarni tuzishga imkon boʻlmayapti. Lekin bu umuman video yozmayapmiz, degani emas. PDP oʻquv kursidagi oʻquvchilarimiz uchun jQuery asosida ishlaydigan kichik onlayn doʻkon tuzishni oʻrgandik. Shu mavzuda qoʻshimcha yordam boʻlsin deb onlayn doʻkonning tuzilishini alohida videolarga jamlab, guruh oʻquvchilariga videolarni bergan edik (Mover va YouTubeda turibdi, faqat toʻgʻridan-to'g'ri havola orqaligina kirib koʻrsa boʻladi 😁😊). Videolar soni 7 ta boʻldi va davomiyligi 4 soatdan oshdi, lekin yana qiladigan ishlari bor. Shu videolarni ommaga ochiqlab qoʻyaylikmi, deb oʻylayotgan edik. Nima deysizlar shunga?

Kamida 150 kishi shu videolarga qiziqadigan boʻlsa (layk bossa), videolarni chiqaramiz 😊

Qiziquvchilar boʻlsa, tanishlaringizga ham tavsiya qiling. Qancha tez layk yigʻilsa, shuncha tez vaqtda videolarni koʻra olishingiz mumkin boʻladi 😉

Bu postni yaqinlaringizga ulashmoqchi boʻlsangiz, ular ovoz bera olishlari uchun postga havola: https://t.me/mayoquz/125
MJ pinned «​​Soʻrovnoma Assalomu alaykum, hormanglar. Kanal huvillab qoldi-a? 😅 Odatdagi FrontLoops va freeCodeCamp turkumidagi videolarni tuzishga imkon boʻlmayapti. Lekin bu umuman video yozmayapmiz, degani emas. PDP oʻquv kursidagi oʻquvchilarimiz uchun jQuery asosida…»
​​Assalomu alaykum. Bugun deyarli 10 daqiqalik kodni tayyorlash videosini ko'rib chiqishingiz mumkin. Ertaga 21:30 da 1-turdagi onlayn do'kon tuzishning 1-videosi chiqariladi.

Videoga havolalar
YouTube:
https://youtu.be/Gai4qaPwcvo
Mover: https://mover.uz/watch/BnyZhGtm/

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling. Yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashish ham esdan chiqmasin-a 😉

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#jquery #online_shop #css
jQueryda do'kon tuzish videolari posteri yoqdimi?
MJ pinned «​​Assalomu alaykum. Bugun deyarli 10 daqiqalik kodni tayyorlash videosini ko'rib chiqishingiz mumkin. Ertaga 21:30 da 1-turdagi onlayn do'kon tuzishning 1-videosi chiqariladi. Videoga havolalar YouTube: https://youtu.be/Gai4qaPwcvo Mover: https://mover.u…»
🌐🛒 jQuery online shop 2 - 1-talqinni to'liq tuzib chiqish

Assalomu alaykum. Bugungi videoda bitta-bittadan mahsulotlarni tanlab, sotib olish imkoniyati bo'lgan onlayn do'konni tuzib chiqamiz. O'rganishingiz mumkin bo'lgan mavzular:
Bootstrap 4 yordamida mini onlayn do'kon ko'rinishini tuzish
elementlarga BEM uslubi asosida nom berish
HTML elementlariga data- yordamida yangi xususiyatlar (attribute) qo'shish
rasmlarni LoremPicsum.com saytidan to'g'ridan-to'g'ri saytimizga joylash
jQuery yordamida elementlar class larini o'zgartirish
jQuery yordamida sahifadagi elementlarni topish, ularning xususiyat va matnlarini o'zgartirish
sahifadan yuz beradigan hodisa ro'y berganda (masalan, biron elementni bosish - click) biron amalni bajarish
JavaScriptdagi if shart operatorlari bilan ishlash
ma'lumot kiritiladigan maydonlar (input) qiymatini olish

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanallarimizga obuna bo'lishni unutmang.

Videoga havolalar
YouTube: https://youtu.be/WiLu3oynbNQ
Mover: https://mover.uz/watch/8YtZkGtm/

Kanallarimiz:
Telegram:
https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#jquery #online_shop #html #css #bootstrap
👍1
🌐🛒 jQuery online shop 3 - 2-talqin ko'rinishini tuzish

Assalomu alaykum. Bugungi videoda nisbatan murakkabroq bo'lgan mini onlayn do'konning ko'rinishini tuzib chiqamiz. Videoda Bootstrap 4 stillari yordamida yuqoridagi rasmdagi kabi interfeysni tuzishni o'rganib olishingiz mumkin. HTML elementlarimizni JavaScript kodda ishlatishga deyarli tayyor holga keltiramiz. Video qiziqarli va foydali bo'ladi, degan umiddamiz.

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanallarimizga obuna bo'lishni unutmang.

Videoga havolalar
YouTube: https://youtu.be/CmFfjAaDgK4
Mover: https://mover.uz/watch/8n85kGtm/

Kanallarimiz:
Telegram:
https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#jquery #online_shop #html #css #bootstrap
Assalomu alaykum. Hormanglar. Gapni qisqa qilib jQueryda onlayn doʻkon tuzish boʻyicha navbatdagi 2 videoni ommaga chiqaryapmiz. Bu videolarda nisbatan murakkabroq koʻrinishdagi onlayn doʻkonni tuzishda davom etamiz. Quyidagi havolalar boʻyicha koʻrishingiz mumkin.

4-qism
YouTube
: https://youtu.be/il5z-e3XfLM
Mover: https://mover.uz/watch/eUoBpGtm/

5-qism
YouTube:
https://youtu.be/_gHcIAshBTI
Mover:
https://mover.uz/watch/2pAP3ftm/

Yaqinlarga ulashish esdan chiqmasina :)

Mayoq
@mayoquz
#jquery #online_shop #html #css #bootstrap
Assalomu alaykum. Sublime Text 3 matn muharriri haqida videolar tayyorlamoqchimiz. Xudo xohlasa, yaqin kunlarda ommaga chiqaramiz.
Boshqa video turkumlarimiz ham Xudo xohlasa, oxiriga yetkaziladi. Oradagi tanaffus paytida ham birga bo'lganingiz uchun katta rahmat.
MJ pinned a photo
Assalomu alaykum. E'tiboringizga Sass yordamida maket tuzish videolar turkumini havola qilamiz. Bu videolar o'quv markazidagi guruhga mo'ljallangan edi. Sizlarga ham qiziqarli bo'ladi, degan umidda ulashyapmiz. Foydali bo'lsa, yaqinlarga ulashishingizni so'rab qolamiz. Bu turkumda 18 ta video bo'lib, jami davomiyligi 6 soatdan oshadi.

https://www.youtube.com/playlist?list=PLAKCCNBxrHkSxkaIRc38UIToyLHrcCHQv

@mayoquz