4.2K subscribers
1.17K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FrontLoops #10-1 - Apple Watch sayti. Menyu | Mayoq
Video haqida ma'lumot: https://t.me/mayoquz/53
#frontLoops @mayoquz
Hozirgacha kanalimizga joylangan hamma videolarning yuklab olsa bo'ladigan holida joyladik πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰
Bundan keyingi videolar chiqarilgan payt video haqidagi matn bilan biriktirilgan holda yuboramiz. Kuningiz xayrli bo'lsin.

Kanaldagi ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang 😊
MJ pinned Β«πŸ”₯🎬 freeCodeCamp 003 - HTMLda havola, rasm va ro'yxatlar bilan ishlash Assalomu alaykum. Bugungi videoda freeCodeCampning navbatdagi 9 ta mashqini birga bajaramiz. Videoda sahifaga havola β›“, rasm πŸ–Ό va ro'yxat πŸ“‹ joylashni o'rganib olishingiz mumkin. Keyingi…»
Assalomu alaykum. Bugungi videoni yozib bo'ldik. Xudo xohlasa, tahrirlab, chirrrroyli qilib hali soat 21:30 da kanalga joylaymiz. Video davomida nafaqat dizaynni kodga o'tkazishni, balki kod yozishdagi samaradorlikni oshirish uchun ishlatiladigan ba'zi imkoniyatlarni ham o'rgatib o'tdik (SnippetMaker, AdvancedNewFile paketlari). Videodarsda o'zingiz uchun ko'p foydali narsalarni topasiz, degan umiddamiz. Ko'rishguncha! πŸ˜ƒ
β€‹β€‹πŸŽ¬ FrontLoops #10-2 - Apple Watch sayti. Promo 🍏.

Bu videoda Apple Watch lending sahifasining promo qismini tuzishni ko'rib chiqamiz. Videoda quyidagilar bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin:

πŸ“Œ HSL rang formati
πŸ“Œ BEM uslubi bo'yicha CSS kod yozish
πŸ“Œ Sublime Text 3 matn muharririda samaradorlikni oshirish, vaqtni tejash (SnippetMaker va AdvancedNewFile paketlari bilan ishlash)
πŸ“Œ CSS kodni bir necha fayllarga bo'lib yozish
πŸ“Œ absolute joylashtirish yordamida elementlarni surish
πŸ“Œ Chrome DevTools yordamida saytni turli ekranlardagi ko'rinishini tekshirish

VIDEOGA HAVOLALAR
Mover:
https://mover.uz/watch/lTWIqZtm/
YouTube: https://youtu.be/CIgx5t1UAqE

Videoda eslab o'tilgan onlayn manbalar:
https://www.bradhussey.ca/ - kanadalik veb dasturlovchi va onlayn instruktor Brad Husseyning shaxsiy blogi
https://codecollege.ca/ - Brad Hussey jamoasining videokurslari joylanadigan sayt
https://www.sarasoueidan.com/blog/hex-rgb-to-hsl/ - Sora Suvaydan (Sarah Soueidan)ning HSL rang formati haqidagi maqolasi

Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin.

10-mashq kodi: https://codepen.io/Muhammadjavohir/pen/rroJZJ
Hamma mashqlar kodlari: https://codepen.io/collection/AEWJkO/

Oldingi video - "FrontLoops #10-1. Apple Watch sayti. Menyu":
Mover: https://mover.uz/watch/x8hQIitm/
YouTube: https://youtu.be/kv9MSjgtlQI

Kanallarimizga obuna bo'ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#frontLoops @mayoquz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FrontLoops #10-2 - Apple Watch sayti. Promo qismi | Mayoq
Video haqida maΚΌlumot - https://t.me/mayoquz/95
#frontLoops @mayoquz
Assalomu alaykum. Kechagi video Sublime Textda ba'zi amallar bilan samaradorlikni oshirishni ko'rdik. E'tibor bergan bo'lsangiz, ko'p qismlarda qisqa yozuv bilan kattaroq kod yozayotgan edik. Misol uchun .feature kodimiz <div class="feature"></div><!-- /.feature--> ko'rinishiga kelayotgan edi. Aynan shunday kod yozish tartibi haqida savollaringiz bormidi?

Unday bo'lsa, tajribali dasturlovchi Alisher aka Mahmudovning yangi videolarini ko'rib chiqishni tavsiya qila olamiz. Video o'zbek tilida. Unda Sublime Textdagi Emmet paketi bilan ishlash ko'rsatilgan. Videodan o'rgangan narsalaringiz kelajakda ko'p vaqt tejashingizga xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Videoga havola: https://www.youtube.com/watch?v=HdkVCPIqFAY

Alisher akaning YouTubedagi kanallarida bundan boshqa o'zbek tilidagi videodarslar ham bor. Ular yordamida HTML va CSS bilash ishlash va hatto bir saytni boshidan oxirigacha tuzilishini o'rganib chiqishingiz mumkin.

Alisher akaning YouTube kanallari: https://www.youtube.com/channel/UC8st6HmY7EpgR7BaQnMvutQ
MJ pinned Β«β€‹β€‹πŸŽ¬ FrontLoops #10-2 - Apple Watch sayti. Promo 🍏. Bu videoda Apple Watch lending sahifasining promo qismini tuzishni ko'rib chiqamiz. Videoda quyidagilar bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin: πŸ“Œ HSL rang formati πŸ“Œ BEM uslubi bo'yicha CSS kod yozish πŸ“Œ Sublime…»
​​Assalomu alaykum. Shu kunlarda o'quv markazidagi guruhimiz bilan Bootstrap kutubxonasini o'rganib chiqyapmiz. O'quvchilarga biroz qulaylik bo'lsin, deb, Bootstrapdagi komponentlar haqidagi kichik qo'llanma tuzmoqchi edik. Hali oxiriga yetmadiku, lekin siz ham bir ko'rib, baho bering, demoqchi edik. Nima deysiz, shu ko'rinishdagi qo'llanma foydali bo'larmikin?
Bootstrap qo'llanmasi haqidagi fikrlaringizni quyida izohlarda qoldirishingiz mumkin. Sizlarning fikringiz yordamida qo'llanmani yanada takomillashtirishimiz mumkin bo'ladi. Nima uchun foydali yoki foydasiz bo'lishi haqidagi fikrlaringizni ham kutib qolamiz.
Assalomu alaykum, yaxshilar. Bugun, Xudo xohlasa, freeCodeCamp turkumidagi 2 ta yangi videoni chiqaramiz. Birinchi videoda Sodda HTML qismidagi mashqlarni tugallasak, 2-videoda bir nechta sodda CSS xususiyatlari bilan tanishamiz. Videolarda aynan nimalar ko'rsatilgani videolarga oid postlarda sanab o'tiladi. Videolar foydali bo'ladi, degan umiddamiz. Ha, aytgancha, veb dasturlash sohasini endi o'rganishni boshlayotgan tanishlaringiz bo'lsa, kanalimizni ham bir eslatib o'ting-a 😊

Esimdan chiqay depti: freeCodeCampdagi mashqlar matni tarjimasi bilan ko'maklashmoqchi bo'lganlar bo'lsa, mana bu formada tarjimalarni qoldirishlari mumkin:
https://goo.gl/forms/f8gZXB3QppQB5ssb2

#freeCodeCamp #anons
​​πŸ”₯🎬 freeCodeCamp 004 - Shakl va unga bog'liq elementlar

Assalomu alaykum. Ushbu videoda navbatdagi 11 ta mashqni birga bajarib ko'ramiz. Videoda quyidagi mavzularni o'rganib chiqishingiz mumkin:
πŸ“Œ input tegi yordamida ma'lumot kiritishga mo'ljallangan maydonlar yaratish
πŸ“Œ input ga matn yozilguniga qadar vaqtincha ko'rinib turuvchi matn joylash - placeholder atributi
πŸ“Œ ma'lumot kiritiluvchi maydonlarni to'ldirishni majburiy yoki ixtiyoriy qilish - required atributi
πŸ“Œ bir necha variantlardan faqat bir donasini va cheklanmagan sondagisini tanlash imkonini beruvchi input turlari bilan ishlash - radio va checkbox
πŸ“Œ radio va checkbox maydonlarini avvaldan tanlangan holga keltirish
πŸ“Œ bir nechta elementlarni div elementi yordamida guruhlash
πŸ“Œ sahifadagi asosiy tuzilma teglari bilan ishlash - DOCTYPE, html, head, title, body

‼️ ESLATMA ‼️
Faqat videonigina ko'rib, umuman mashq qilmaslik veb dasturlashni o'rganishdagi samaradorlikni ancha-muncha pasaytirib yuboradi. Shuning uchun biron mashqning ta'rifi va o'tiladigan yangi mavzu haqida ma'lumot berilganda videoni to'xtatib, mashqni mustaqil bajarishga harakat qilib ko'ring.

YouTube: https://youtu.be/CgW4ClJEbX4
Mover: https://mover.uz/watch/FmZWhEtm/

Matnlar tarjimasida yordamlashmoqchi bo'lganlar uchun: https://goo.gl/forms/f8gZXB3QppQB5ssb2

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling. Yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashish ham esdan chiqmasin-a πŸ˜‰

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#freeCodeCamp #html
​​πŸ”₯🎬 freeCodeCamp 005 - Ranglar, shriftlar, element o'lchami va chegaralar bilan ishlash

Assalomu alaykum. Ushbu videoda navbatdagi 15 ta mashqni birga bajarib ko'ramiz. Videoda quyidagi mavzularni o'rganib chiqishingiz mumkin:
πŸ“Œ yozuv va fon rangini o'zgartirish - color va background-color
πŸ“Œ CSS tanlovchilari (selector) bilan ishlash - element, sinf va ID tanlovchilari
πŸ“Œ
shrift o'lchami va turini o'zgartirish - font-size, font-family
πŸ“Œ Google Fonts shriftlar kutubxonasidan shriftni ulab ishlatish
πŸ“Œ elementlar enini o'zgartirish - width
πŸ“Œ elementlar chegaralarini o'zgartirish - border-width, border-style, border-color, border-radius

‼️ ESLATMA ‼️
Faqat videonigina ko'rib, umuman mashq qilmaslik veb dasturlashni o'rganishdagi samaradorlikni ancha-muncha pasaytirib yuboradi. Shuning uchun biron mashqning ta'rifi va o'tiladigan yangi mavzu haqida ma'lumot berilganda videoni to'xtatib, mashqni mustaqil bajarishga harakat qilib ko'ring.

YouTube: https://youtu.be/0IL-pf5jE5Q
Mover: https://mover.uz/watch/QL8i4Ltm

Matnlar tarjimasida yordamlashmoqchi bo'lganlar uchun: https://goo.gl/forms/f8gZXB3QppQB5ssb2

Video yoqqan bo'lsa, layk bosing va kanalga obuna bo'ling. Yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashish ham esdan chiqmasin-a πŸ˜‰

Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq @mayoquz
#freeCodeCamp #css
MJ pinned «​​πŸ”₯🎬 freeCodeCamp 004 - Shakl va unga bog'liq elementlar Assalomu alaykum. Ushbu videoda navbatdagi 11 ta mashqni birga bajarib ko'ramiz. Videoda quyidagi mavzularni o'rganib chiqishingiz mumkin: πŸ“Œ input tegi yordamida ma'lumot kiritishga mo'ljallangan maydonlar…»
Assalomu alaykum. Kanalimiz logotipi Googledan qidirib, oΚ»zgartirishsiz joylashtirilgan bir rasm edi. Shu bugun Dilshod ismli obunachimiz (@Aristocrat55) logotip uchun oΚ»zlari tuzgan rasmni taklif qildilar. Hozirgisidan yaxshiroq koΚ»rinishda, deb oΚ»ylayman. Qalay, yaxshi ekanmi?

P.S. Boshqalar ham kanal faoliyatiga oΚ»z hissalarini qoΚ»shishlari mumkin. Buning bir yoΚ»li - freeCodeCamp saytidagi mashqlar matnini oΚ»zbek tiliga tarjima qilish. Tarjima matnlarini mana bu havola orqali qoldirishingiz mumkin:
https://goo.gl/forms/f8gZXB3QppQB5ssb2

Oldindan katta rahmat πŸ˜ƒ
Assalomu alaykum. Bugun soat 21:30 da #frontLoops turkumidagi navbatdagi video chiqariladi. Xudo xohlasa, sizlarga yoqadi, degan umiddamiz ☺️
β€‹β€‹πŸπŸŽ¬ FrontLoops #10-3 - Apple Watch sayti. Imkoniyatlar.

Bu videoda Apple Watch lending sahifasining imkoniyatlar qismini tuzishni ko'rib chiqamiz. Videoda quyidagilar bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin:

πŸ“Œ psevdoelementlar yordamida turli xil shakllar yasash
πŸ“Œ elementning hover holatida uning ko'rinishini o'zgartirish
πŸ“Œ bir qatorda yonma-yon joylashgan 3 element orasini ajratishning CSSdagi 3 uslubi
πŸ“Œ bir necha elementlarda takrorlanuvchi bezaklarni bir tanlovchi (selector)ga jamlash

VIDEOGA HAVOLALAR
Mover:
https://mover.uz/watch/hC4rcutm/
YouTube: https://youtu.be/a7KT4re4JSg

Video yoqqan bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va do'stlaringiz bilan ulashing :) Video bo'yicha savol va takliflarni video izohlarida qoldirishingiz mumkin.

10-mashq kodi: https://codepen.io/Muhammadjavohir/pen/rroJZJ
Hamma mashqlar kodlari: https://codepen.io/collection/AEWJkO/

Oldingi video - "FrontLoops #10-2. Apple Watch sayti. Promo":
Mover: https://mover.uz/watch/lTWIqZtm/
YouTube: https://youtu.be/CIgx5t1UAqE

Kanallarimizga obuna bo'ling.
Telegram: https://t.me/mayoquz
Mover: https://mover.uz/channel/mayoq/
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Mayoq
#frontLoops @mayoquz
Assalomu alaykum. Salomatmisizlar? Birmuncha vaqt oldin Bootstrap 4 kutubxonasidagi komponentlar haqida kichik qo'llanmani chiqargan edik. O'sha qo'llanmaga oz-moz yangi ma'lumot kiritildi. Hozirgi holatida Bootstrapdagi 15 ta komponent haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Bir ko'rib baho bering ☺️

Ha, aytgancha, kechagi video foydali bo'ldimi? Sababini bilmadimu, Telegramdagi postni 500 dan ortiq foydalanuvchi ko'rgan bo'lsa-da, negadir videoning ko'rishlar soni atigi 16 ta bo'libdi. Kamchiliklarimiz bo'lsa, iltimos, @Muhammadjavohirbek profiliga yozib yuboring 😊 Biron takliflaringiz bo'lsa ham tortinmay yozavering.

@mayoquz #bootstrap