Math_Master
265 subscribers
1.34K photos
165 videos
248 files
470 links
Matematiklar kanali
Ustoz Aminov Akobir
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Fanlar majmuasi Yangi yo'nalishlar 2023.pdf
266.9 KB
Joriy yilda 97 ta yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi
#abituriyent

Ularga qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?

Yangi tashkil etilgan yo’nalishlarga mos test sinovi yoki kasbiy/ijodiy imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi yuqoridagi faylda ko’rsatilgan.

Barcha fanlar majmuasi bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бу йилги Абитуриентлар учун😂
🤣13
🌙Қурбон Хайити Айёмингиз Муборак булсин!

🍃Сизга энг яхши тилаклар хамроҳ бўлсин, Қурбон хайитида қилган эхсону савобларингиздан Аллоҳ рози бўлсин🤲
👍8
2023 Variantlar Matematika.pdf
29.4 MB
⚡️2023-yil variant📚
👍1🔥1
matematika 2022.pdf
1.4 MB
DTM 2022 BAZA📚
(Kalitlari bilan)
TEST 2021 O'RAZBOYEV JAHONGIR.pdf
2 MB
DTM 2021 BAZA📚
(Kalitlari bilan)
Barcha DTM baza test savollarini ishlab chiqing
⚡️ 2024-2025-oʻquv yilidan test natijasidan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi

🔰 2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–200-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

1️⃣ OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

2️⃣ Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

📌 Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥1
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ RASMAN: so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar joriy yilgi imtihonlarda qo’shilmaydi
#abituriyent

Prezidentning tegishli farmoniga asosan, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Joriy yilgi qabulda maktab bitiruvchilariga o’rtacha bahosi qo’shimcha ball sifatida qo’shilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kvota_Kunduzgi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
942.9 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KUNDUZGI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

JAMI: 127 ming 259 ta;
Byudjet: 34 ming 930 ta;
Kontrakt: 92 ming 329 ta.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Sirtqi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
359.9 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

SIRTQI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 49 ming 078 ta;
O’zbek tili: 42 ming 577 ta;
Rus tili: 6 ming 501 ta.

Izoh: sirtqi ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Kechki_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
220.5 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KECHKI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 11 ming 125 ta;
O’zbek tili: 9 ming 455 ta;
Rus tili: 1 ming 670 ta.

Izoh: kechki ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Masofaviy_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
191.1 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

MASOFAVIY
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 2 ming 825 ta;
O’zbek tili: 1 ming 995 ta;
Rus tili: 830 ta.

Izoh: masovafiy ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
👍2
Forwarded from O'zbekiston 24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тезкор #Хушхабар

⚡️Педагогика йўналиши фақат давлат гранти асосида бўлади

Шавкат Мирзиёев 2024-2025-ўқув йилидан бошлаб педагогика йўналишига ўқишга кирган барча талабалар давлат ҳисобидан грант асосида ўқишини айтди.

Талаба бўламан деганларга бу видеони юбориб қўйинг.

👉 @Uzbekistan24 - энг тезкор хабарлар каналига аъзо бўлинг!
🔥5
#Тезкор #Хушхабар

Энди мактабда китоблар учун ижара пулини болаларга давлат тўлаб беради‼️

Президентнинг тегишли фармони билан бюджетдан ташқари Республика мақсадли китоб жамғармаси фаолияти расман тугатилади.

2022/2023 ўқув йилидан бошлаб мактаб дарсликларининг ижара тўловини тўлиқ Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан қоплаш ҳамда ўқувчиларга дарсликларни бепул фойдаланишга бериш тизими жорий қилинди.

Ота-оналардан энди бу йилдан бошлаб болалар китоблари учун пул йиғилмайди.

Хабарни барча ота-оналарга етказиб қўйинглар ‼️
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

Eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

👨🏻‍💻 Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zi tanlaydi:

👉 foydalanaman deb tanlansa — abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etmaydi va unga tegishli (maksimal yoki proporsional) ball beriladi;

👉 sertifikatdan foydalanish rad etilsa — sertifikatdagi ball inobatga olinmaydi va abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etadi.

📌 Sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash yoki rad etish faqatgina mutaxassislik fanlari uchun tegishli. Buni majburiy fanga hech qanday ta’siri yo‘q.

❇️ Abituriyentda majburiy fanlardan biri bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikatdagi foizidan va undan foydalanishni tasdiqlagani yoki rad etganidan qat’iy nazar unga ushbu majburiy fandan maksimal ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Qabul tugashiga 10 kun qoldi: cho‘g‘i kam
#abituriyent

OTMlar uchun qabul boshlanganiga bugun roppa-rosa 20 kun bo‘ldi. Vazirlikning maʼlum qilishicha, 10-iyul kuni soat 09:00 holatiga atigi 331 ming abituriyent hujjat topshirgan.

O‘tgan yilgi qabulning dastlabki 20 kunida (yo'nalish tanlash imkoni ochilganidan keyin) 822 ming abituriyent hujjat topshirgan edi. Joriy yil o‘qishga hujjat topshirganlar 2 baravardan ham kamroq bo‘lib turibdi, ya'ni salkam 500 ming nafarga kam.

Bu nima bilan bog‘liq, ochig‘i bilmadim. Balki kvotalarning kechikib eʼlon qilinishi bilanmi (unaqa desak, o‘tgan yili bu yilgidan ham battar bo‘lgandi), balki xususiy OTMlarning soni ko‘paygani bilanmi (lekin bu ham 500 ming kam ko‘rsatkich chiqishiga sababchi bo‘la olmasa kerak), yoki boshqa sababmi, aniq aytolmayman🤷‍♂️

Qabul tugashiga yana 10 kun qoldi. Shu 10 kunda abituriyentlar soni 1 mlnlik marradan o‘tarmikin yoki joriy yilda millionni ko‘rmaymizmi, buni birgalikda kuzatamiz.

ℹ️ Maʼlumot uchun, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 214 ming nafar bo‘lgandi.


👉 @xushnudbek 👈
👍5
​​#Qabul2023   #Abituriyent2023   #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 12-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 465 393 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 402 742 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 50 336 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 10 844 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 471 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 311 097 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 11 848 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 139 154 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 294 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 18 023 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 14 220 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 14 217 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 14 199 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 13 808 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 55 169 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 51 167 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 43 916 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 42 152 nafar;
5️⃣ Andijon viloyati — 40 523 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Xushnudbek.uz
Abituriyentlar soni 465 ming 393 nafarga yetdi (2023-yil 12-iyul 18:00 holatiga).
#abituriyent

Hujjat topshirayotganlarning kunlik soni sekin-asta oshib bormoqda. So'nggi kunlarda o'rtacha 20-30 ming atrofida abituriyentlar ro'yxatdan o'tishgan bo'lsa, oxirgi 2 kunda kunlik raqam 50 mingdan oshdi.

Bizda doimgidek oxirgi kunlarga taqab hujjat topshirish an'anaga aylangan. Nima uchun bunaqa qilishlarini unchalik tushunmayman.

To'g'ri, ilgari asosiy "tavakkalchilar" qatlami oxirgi kungacha topshirmay yurar edi. Sababi 2 ta:

Birinchidan, qaysi yo'nalishga odam kam topshirayotganiga qarab o'zini o'sha yerga urardi;

Ikkinchidan, ilgari diplom va boshqa hujjatlarini shaxsan borib topshirish shart edi, shu sababli keyin fikri o'zgarib qolsa, yana borib, hujjatlarini qaytarib olish ortiqcha byurokratiya va ovogarchilik bo'lardi.

Bugungi kunda ikkalasi ham yo'q. Ya'ni bir necha yildan buyon qaysi yo'nalishga necha kishi topshirganini e'lon qilmay qo'yishdi. Bundan tashqari hozir fikri o'zgarib qolsa, boshqa tanlagan yo'nalishini o'zgartirish uchun uzog'i 5 daqiqa vaqt ketadi, hech qanaqa ovogarchiligi yo'q.

Lekin shunday bo’lsa-da, o’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas deganlaridek, bizda haligacha oxirigacha taqab olib borishadi. Qabulning oxirida kunlik topshiruvchilar soni 100 mingdan oshishi kutilmoqda. Natijada kutilmagan texnik xatoliklar ham chiqib qolishi mumkin (masalan, yaqinda Personallashtirish agentligi bazasida texnik uzilish bo’lgani uchun hujjat topshirib bo’lmay qoldi).

❗️
Xullas, maslahatim oxirgi kunni kutib o’tirmasdan shu kunlarda hujjat topshirib qo’yavering. Bunda:

qabul yakunigacha istalgan payti yo’nalishni almashtira olasiz;

hozir hujjat topshirib, to’lovini esa qabul yakunigacha bemalol amalga oshira olasiz.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
My.uzbmb.uz saytida uzilishlar yuzaga kelmoqda

Bunga Personallashtirish agentligi bazasi ishlamayotganligi sabab bo'lmoqda,

BBAning (sobiq DTM) ma'lum qilishicha, ayni vaqtda mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Personallashtirish agentligining abituriyentlarga nima aloqasi bor?

Sababi onlayn ro‘yxatdan o'tish chog'ida abituriyentlarning pasport ma’lumotlari Personallashtirish agentligi bazasidan olinadi. Agar ushbu baza ishlamasa, demak abituriyentlar ham ro'yxatdan o'ta olmaydi.


👉 @xushnudbek 👈