Math_Master
265 subscribers
1.34K photos
165 videos
248 files
470 links
Matematiklar kanali
Ustoz Aminov Akobir
Download Telegram
Izoh: Tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati 2023-yil iyul-avgust oylarida o‘tkaziladigan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli bo‘lib, umumta’lim maktablari va akademik litseylarning 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilari hamda boshqa abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
Milliy sertifikat test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin e’lon qilinadi.

Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotga o‘zining shaxsiy kabineti orqali ega bo‘ladi. (my.dtm.uz)
#Тезкор  #Ҳушхабар

⚡️Энди мазза қилиб дам оламиз!


🗓Бундан буён Ўзбекистонда дам олиш куни календарь дам олиш кунига (шанба ёки якшанба) тўғри келса, кейинги иш куни (душанба) ҳам расман дам олиш куни ҳисобланади.

Айтайлик, агар 8 март якшанба кунига тўғри келган бўлса, 8 ва 9 март расмий дам олиш кунлари бўлади. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексига шундай ўзгартириш киритилди.
👍4
Болаларингизни тарбия қилишга кўп уринаверманг.
Улар барибир сизга ўхшашга ҳаракат қиладилар.
Сиз ўзингизни тарбия қилинг етади шу...

Ибн  Холду
⚡️ Assalomu alaykum. Ertaga 4-noyabr kuni D-guruhga kurs vaqti kechki soat 17.00dan ertalab soat 9.00 ga ko'chiriladi.
👍3
#тезкор #хушхабар

⚡️Ўзбекистонда энди иш ҳақи кечиктирилган ҳар бир кун учун компенсация тўланади.

Иш берувчи ойлик кечиктирилишида айби бор-йўқлигидан қатъи назар уни тўлаши лозим.

Ўзбекистоннинг янги таҳрирдаги Меҳнат кодексида иш ҳақини кечиктирган иш берувчи жавобгарликка тортилиши белгиланди.
👍4🌭2🔥1
Kitob olishga puli bo’lmagani uchun, egasidan berkinib o’qib olayotgan bolakay.

🌠 Surat 2016-yil Turkiyada yiliga uch martta o’tkaziladigan "kitap fuarı" kitob saylida olingan

❇️ Aslida buyuklik shu yerdan boshlanadi.
👍5
⚡️8 - noyabr seshanba kuni soat 11.00 da MAJBURIY MATEMATIKAdan yangi guruh ochiladi.
📚Kurslar DTM standartlari asosida o'tiladi.
💥Matematika 0 dan boshlab o'rgatiladi.
👨‍🏫Matematikani endi o'rganmoqchi bo'lgan 7-8-9-10-sinflar ham kurslarga qatnashishi mumkin.
📱 Murojaat uchun tel: 973057700
Ustoz: Aminov Akobir
👍2
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
SAVOL. Assalomu alaykum, milliy sertifikat imtihonlarida kalkulyator, mendeleyev jadvali va shunga oʻxshash qoʻllanmalardan foydalanishga ruxsat beriladimi?

JAVOB.Test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Test sinovini o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishni davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hech qachon yomon yashayabman demang...
👍5
#Tezkor #Diqqat

O‘qituvchilarga o‘z ishidan ortiqcha vazifalarni yuklash qat'iyan taqiqlanmoqda.

❗️O‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan barcha ortiqcha vazifalarni inventarizatsiya qilish hamda ularni taqiqlash yuzasidan prezident administratsiyasi tomonidan tegishli ko‘rsatma berildi.
🎉5
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
Bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni

Fanlar boʻyicha quyidagi hududlarda boʻsh joylar qolmagan:

Fizika fanidan birorta hududda joylar toʻlmagan. Hamma hududda hali ham talabgorlar ariza qoldirishlari va toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

Biologiya fanidan Andijon, Navoiy, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida joylar band.

Kimyo fanidan faqatgina Namangan viloyatida kvota toʻlgan.

Matematika fanidan esa Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Qoraqalpogʻiston hududlarida allaqachon joylar toʻlgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari yanvar oyida o‘tkaziladi

👨🏻‍💻 Ma’lumki, 2022-yil 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish 12-noyabrga qadar davom etadi va test sinovlari 4- va 18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hozirda talabgorlar tomonidan ona tili va adabiyot fanidan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladimi degan mazmunda ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini yanvar oyida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

📚 Bunda milliy sertifikat imtihonlari fizika, kimyo hamda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
Matematika.pdf
616.4 KB
❗️MATEMATIKA FANIDAN MILLIY TEST TIZIMI UCHUN TEST SPETSIFIKATSIYASI

1. Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovi sertifikati turi

2.Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovini qamrab olgan matematikaning mazmun sohalari

3. Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovida baholanadigan asosiy matematik tayyorgarlik talablari

4. Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovida beriladigan test turlari

5. Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovi spetsifikatsiyasi (formati)

6. Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovi qismlari bo‘yicha qiyosiy ko‘rsatkichlar

7. Matematika fani sohalari mazmun elementlari kodifikatori

8. Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovida talabgorlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarning kodifikatori

9. Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovi topshiriqlarini baholash mezonlari

@milliy_sertifikat
Forwarded from Buxoroliklar | Расмий канал
#Диққат

❗️👮‍♂Умумтаълим мактабларида 2023 йилдан бошлаб Йўл ҳаракати қоидаларини ўргатувчи алоҳида синф хоналари ташкил этилади

Бизга қўшилинг👇
@Buxoroliklar_uz
👍3
#kun_hikmati

Aslida seni dono qiladigan ikki narsa mavjud — sen o'qiydigan kitoblar va sen uchratadigan odamlar.

©️Djek Kenfild
👍2
Matematika va Biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 18 kun qoldi

Kimyo va Fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga boshlanishiga esa 33 kun qoldi
🔥4
Бугун Халқаро талабалар куни. У қандай келиб чиққан?

80 йилдан
ортиқ вақт ўтган бўлишига қарамай, 17 ноябрь Халқаро талабалар куни сифатида нишонланади. Бироқ унинг тарихий келиб чиқиши ғоят фожиали эканини кўпчилик билмайди.

1939 йил 28 октябрда Прагадаги Чарлз университети талабалари Чехословакия Республикаси мустақиллигининг 21 йиллик байрами муносабати билан митинг ўтказилади.

Ушбу намойиш фашист босқинчи кучлари томонидан шафқатсизларча бостирилади. 15 нафар талаба оғир яраланади ва улардан бири икки ҳафта ўтгач жароҳат оқибатида вафот этади. Бундан қайғуга тушган талабалар 15 ноябрь Прага шаҳри бўйлаб дафн ўтказиш маросимини фашист кучларига қарши намойишга айлантириб юборади.

1200 дан ортиқ талабалар ҳибсга олинади. 1939 йил 17 ноябрда намойишчиларнинг 9 нафари – 8 талаба ва 1 профессор қатл этилади. Депортация қилинган 1200 нафар талабадан камида 20 нафари қамоқда омон қолмайди.

1941 йилда Лондонда Халқаро талабалар кенгаши бўлиб ўтади ва Кенгашда ушбу воқеа муносабати билан талабалар қатл қилинган сана – 17 ноябрь - Халқаро талабалар куни деб эълон қилинган.

Бугунги кунда Чехия ва Словакияда 17 ноябрь “Озодлик ва демократия учун кураш куни” сифатида нишонланади.
👍4
"Талаба ҳам ўқиб, ҳам ишласа бўладими?" деб кўп сўрашади

Жавоб:
Ҳа, талаба меҳнат шартномаси асосида ҳақ тўланадиган ишларда ишлаши мумкин.

Бунинг учун қонунларда чеклов йўқ.

Олий таълим тўғрисида низомнинг 50-бандига кўра кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба дарсдан бўш вақтларида (куннинг иккинчи ярмида) ҳам олий таълим муассасасида, ҳам бошқа ташкилотларда меҳнат шартномаси бўйича ишлашга рухсат этилади.  

Амалдаги Меҳнат кодексининг 248-моддасига кўра таълим муассасаларида ўқиётган ходимларга ишни таълим билан бирга қўшиб олиб боришлари учун иш берувчи зарур шароитлар яратиб бериши шарт.
👍2
⚡️ Milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va test namunalari e’lon qilindi

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kimyo, biologiya, fizika va matematika fanlaridan milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari bilan Davlat test markazining veb-saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bo‘limida tanishishlari mumkin.

🇺🇿 Bunda har bir fan bo‘yicha test namunalari 2 ta tilda (o‘zbek va rus tillarida) e’lon qilingan.

📆 Eslatib o‘tamiz, milliy sertifikat imtihonlari matematika va biologiya fanlaridan — 4-dekabr kuni, kimyo va fizika fanlaridan — 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
Matematika boʻyicha oʻzgarishlar

Test topshiriq turlari: (eski variant)
Y1 - toʻrtta javob variantli, bitta toʻgʻri javobli yopiq test;
O1 - qisqa javobli ochiq test;
O2 - batafsil javobli ochiq test.

Test topshiriq turlari: (yangi variant)
Y-1 – bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i.
Y-2 – moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i.
O – qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshirig‘i.

Shuningdek, eski versiyada har bir toʻgʻri topilgan savollarga qiyinlik darajasiga qarab 1, 2, 3, 6, 8 kabi ballar berilgan boʻlsa, yangi tartib boʻyicha 1.3, 2.2, 3.2 kabi ballar beriladi.

Test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt ham 180 daqiqadan 150 daqiqaga qisqargan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat