Math_Master
265 subscribers
1.34K photos
165 videos
248 files
470 links
Matematiklar kanali
Ustoz Aminov Akobir
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
My.uzbmb.uz saytida uzilishlar yuzaga kelmoqda

Bunga Personallashtirish agentligi bazasi ishlamayotganligi sabab bo'lmoqda,

BBAning (sobiq DTM) ma'lum qilishicha, ayni vaqtda mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Personallashtirish agentligining abituriyentlarga nima aloqasi bor?

Sababi onlayn ro‘yxatdan o'tish chog'ida abituriyentlarning pasport ma’lumotlari Personallashtirish agentligi bazasidan olinadi. Agar ushbu baza ishlamasa, demak abituriyentlar ham ro'yxatdan o'ta olmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
​​#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 15-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 605 879 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 525 770 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 62 611 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 15 818 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 680 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 397 807 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 15 311 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 188 571 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 4 190 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 23 552 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 18 218 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 18 192 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 18 165 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 17 511 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 69 926 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 69 079 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 57 331 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 53 487 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 49 674 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2023-yil 20-iyul — OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, mazkur jarayon 20-iyul kuni 23:59 da to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang. Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting. Yaqinlaringiz bilan maslahatlashib, tezroq bir qarorga keling.

Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

🖥 20-iyul kuni 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng tanlovingizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni va ma’lumotlaringizni sinchiklab tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: t.me/BaholashUz/5835

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😇2
Forwarded from Xushnudbek.uz
Abituriyentlar soni 700 minglik dovondan oshdi
#abituriyent

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 711 ming 653 nafarga yetdi (2023-yil 17-iyul 18:00 holatiga).

Kechagi xuddi shu vaqt bilan solishtirganda, 24 soat ichida 65 ming abituriyent hujjat topshirgan. Bu qabul boshlangandan buyon rekord ko'rsatkich. Albatta, oxirgi 3 kunlikda bu raqam yana ham oshishi tabiiy.

Agar kelgusi 3 kunlikda har kuni o'rtacha 100 ming abituriyent topshirsa, unda abituriyentlar soni milliondan oshishi mumkin.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili qabul tugashiga 3 kun qolganda abituriyentlar soni 1 milliondan oshgan edi. Yakunda esa umumiy soni 1 mln 214 ming nafarga yetgandi. Ko'ramiz, bu yil qanaqa bo'larkin.


👉 @xushnudbek 👈
😇3
​​#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

👨🏻‍🎓 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 890 304 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 95 456 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 330 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
👉 Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Онангиз билан ёмон муомалада бўлманг, чунки у қайта топилмас, она ягона.
👍4
#Statistika   #Qabul2023   #Abituriyent2023

⚡️ Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 828 699 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 88 830 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 28 718 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 239 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔸 O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
🔸 Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
🔸 Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
🔸 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
🔸 Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
4️⃣ Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️RASMAN: test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustgacha bo’ladi

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
#Qabul2023 #Abituriyent2023

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Айни пайтда абитуриентлар 😂

Ўқишга тайёрланаётган абитуриентларга юбориб қўямиз)
🤣5👍2
Forwarded from Abituriyent OFF | Rasmiy
⚡️Qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘lish aniq bo‘ldi!

@Abituriyent_Off kanalidagi post izohlariga ko‘ra, qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘lishining sanalari oydinlashdi. Unga ko‘ra:

📙Huquq+Ingliz tili (1-avgust)
📙Kimyo+Biologiya (1-2-avgust)
📙Kimyo+Matematika (1-2-avgust)
📙Matematika+Kimyo (2-avgust)
📙Biologiya+Kimyo (1-2-3-4-avgust)
📙Biologiya+Ona tili (6-avgust)

📗Matematika+Fizika (5-6-10-11-12
📗Matematika+Ingliz (5-6-7-8-11

📕Tarix+Geografiya  (7-avgust)
📕Geografiya+Matematika (7-avgust)
📕Tarix+Ingliz (7-avgust)

📔Ona tili+Ingliz (8-9-
📔Ingliz+Ona tili (8-9-10-11-avgust)
📔Ingliz +Rus tili (8-9-10-11-avgust)

📕Rus+Ona tili (9-avgust)
📕Ona tili+Matematika (9-10-avgust)

📘Fizika+Matematika (10-11-12-avgust)

🔥 Imtihonni Huquq + Ingliz, Biologiya + Kimyo hamda Kimyo + Matematika yo‘nalishlari 1-avgust kunidan boshlab berishadi. Eng yomoni, ular mandatni boshqalarga qaraganda uzoqroq kutishga majbur!

😎 Barcha abituriyentlarga omad!

Abituriyent Off | Rasmiy👇
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Абитуриентлар диққатига
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Фойдали
❗️Абитуриэнтлар учун энг керакли маслаҳатлар!
Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat'iy formada kelish shartmi?
JAVOB:
yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.

Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
JAVOB:
Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog'ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya.

Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
JAVOB:
Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi.

Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.

O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
JAVOB:
yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 165 ming so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.
👍2
Cos3x cos kub x + sin3x sinkub x =0 shu tushgan bugun
👍1
👍3