Math_Master
264 subscribers
1.34K photos
165 videos
248 files
471 links
Matematiklar kanali
Ustoz Aminov Akobir
Download Telegram
-2-
👍9
🥇O'quvchilarimiz ABDIYHAMIDOVA SABINA, PARDAYEV FERUZ va JO'RAYEVA FERUZA eng yuqori natijalarni qayd etishdi. Bu safar 3 nafar o'quvchmiz 100% lik natijaga erishdilar.
🏆TABRIKLAYMIZ🎉🎉🎉👏👏👏
Kelgusi o'qishlarida omadlar tilaymiz👍👍👍
👍13🔥6👏2👎1
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
Milliy sertifikat boʻyicha asosiy va umumiy maʼlumotlar!

🔹 Milliy sertifikat bu qisqacha nom. Toʻliq nomi esa umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikat.

🔹 Milliy sertifikatni quyidagi fanlardan qoʻlga kiritish mumkin: ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix.

🔹 Milliy sertifikat oʻz sohiblariga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
— Abituriyentlar sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga qarab maksimal yoki maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) balga ega boʻladilar.

— Oʻqituvchilar oylikka qoʻshimcha ustama haqqa ega boʻladilar.

🔹 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish pullik. Hozirgi kunda sertifikat testida qatnashish narxi 405 ming soʻm.

🔹 Testlarga roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda my.dtm.uz saytida amalga oshiriladi. Davlat test markazi tomonidan maʼlum vaqt davomida roʻyxatga olish ishlari davom etadi va maʼlum belgilangan kunlarda Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida imtihonlar boʻlib oʻtadi. Testlarga roʻyxatdan oʻtish muddati Davlat test markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

🔹 Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar:
1. shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;
2. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda

🔹 Milliy sertifikat imtihonlarda 60% va undan yuqori natija qayd etgan nomzodlarga 3 yil muddatga elektron tarzda taqdim etiladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
⚡️ 8-fevral ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

2023-yil 30-yanvar kuni matematika va biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

🖥 Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 8-fevral (to‘lov qilish 9-fevral) ga qadar davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-fevral kuni (shu kuni ham) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

📆 Test sinovi esa 2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi va o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

📍 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

❇️ Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

Bilimni baholash agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хар бир сониянгизни қадрланг...

🇹🇷 Туркиялик қардошларимизга Аллоҳ таоло сабр берсин.

Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун
👍2
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha yangi qaror ishlab chiqish taklif etilmoqda

Davlat dasturi loyihasida 2023-yil sentabriga qadar nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyatiga oid quyidagilar nazarda tutiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda:

nodavlat OTTlarni litsenziyalash talabalarini takomillashtirish;

nodavlat OTTlarda davlat buyurtmasini shakllantirishda natijadorlikka asoslangan moliyalashtirish tizimini joriy etish;

oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingida nodavlat OTTlar ishtiroki uchun imkoniyat yaratish;

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlariga qoʻyiladigan malaka talablarini kuchaytirish;

xorij tajribasi asosida nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini, shu jumladan, talabalarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlashtirish tartibini muvofiqlashtirish.

👉 Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish:
https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Ma’lumot uchun, nodavlat universitetlarga litsenziya berish talablari va shartlari Vazirlar Mahkamasining 80-son qarori (21.02.2022) bilan tasdiqlangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Forwarded from O'zbekiston 24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Кун_Видеоси

"Дардинг дардим бўлди Туркия"😢

Турк халқини йиғлатган Абдукарим Мирзаев

Турк телевиденияси Абдукарим Мирзаевни шеъридан таъсирланиб уни кўрсатмоқда👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFZ5VnYLLjHurlyC4w
Endilikda eksternat tartibida imtihon topshirishda ariza berish uchun maktabga borishning hojati yo‘q

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan soha faoliyatiga oid qator jarayonlarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratishda muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada yurtdoshlarimiz maktablarga borish, turli ko‘rinishdagi hujjatlarni arxiv maskanlaridan qidirib topish kabi ortiqcha ovoragarchilikdan xalos bo‘lmoqda.

Bugungi kunga qadar turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan fuqarolarning eksternat tartibida imtihonda ishtirok etish uchun ariza topshirishi uzoq va hujjatbozlik talab etadigan jarayon hisoblangan.

☝️O‘tgan o‘quv yilida 11 mingdan ortiq fuqaro eksternat tartibida ariza topshirish uchun kamida 3 marotaba maktabga borishga majbur bo‘lgan.

👨🏻‍💻Arizalar 2023-yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) o‘z uyidan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn topshiriladi, natija 2 kunda fuqaroga ma’lum qilinadi. Eng muhimi, davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek:

📱 fuqaro faqat baholar tabeli va ma'lumotnomani elektron shaklda topshiradi (avval hujjatlar soni 5 ta bo‘lgan);

📲 arizalar 2 kunda ko‘rib chiqilib, natijasi fuqaroga onlayn yuboriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

☝️Eslatib o‘tamiz:
ushbu davlat xizmati joriy yilning 1-martidan ishga tushiriladi va 1-mayga qadar davom etadi.

Joriy o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🔰Ma’lumot uchun: hozirda maktab ta’limiga oid quyidagi davlat xizmatlari mavjud:

🔹 dublikat shahodatnoma olish;

🔹chet elda umumiy o‘rta ta’lim ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish (nostrifikatsiya) uchun ariza berish;

🔹 chet el va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga joylashtirish uchun ariza berish.
Assalomu alaykum. Bugungi MATEMATIKAdan kurslar qoldiriladi. Bugun kurslar ayrim sabablarga ko'ra o'tilmaydi.
🤣2
Math_Master pinned «Assalomu alaykum. Bugungi MATEMATIKAdan kurslar qoldiriladi. Bugun kurslar ayrim sabablarga ko'ra o'tilmaydi.»
Forwarded from O'zbekiston 24
#Диққат

⚡️Битирувчилари иш тополмаган олий таълим муассасалари фаолияти тугатилиши мумкин

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги бу ҳақда барча ОТМ раҳбарларини огоҳлантирган.

Пс: Ўқишни битирган талабаларга қаердан бўлса ҳам ишлаяпти деган "справка" олиб кел деган "тадбирлар" бошланмаса бўлди))👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFZ5VnYLLjHurlyC4w
Forwarded from Ta'lim nazorati
Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi, boshqa yo‘nalishlar uchun 5 yillik pedstaj talab qilinadi

Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining quyidagi 14 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:

60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — O‘zbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60111600 — O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60112000 — Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Yuqoridagi koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

🧑‍💻Bunda, pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Assalomu alaykum.
💥19.02.2023yil yakshanba kuni soat 8.00 da Bilimlar Dunyosi o'quv markazimizda  MATEMATIKA fanidan o'tilgan mavzular bo'yicha sinov testlari bo'lib o'tadi.
👍O'quv markazimiz o'quvchilaridan tashqari boshqa o'quvchilar ham o'z bilimlarini sinab ko'rishi mumkin.
🔥Testlar 3 xil darajada olinadi: O'RTACHA, MURAKKAB va QIYIN
📃Testlarning natijasi ertaning o'zida kanalda e'lon qilinadi.
🤝Sog'lom raqobat muhiti.
😱Barchasi mutlaqo BEPUL.
💪O'zingizni bilimingizni qay darajada ekanligini sinash uchun ajoyib IMKONIYAT
🤝Barchani testga TAKLIF QILAMIZ.
☎️Murojaat uchun tel: 973057700
Oldindan qatnashmoqchi bo'lganlar bemalol murojaat qilishingiz mumkin. IMKONIYATNI QO'LDAN BOY BERMANG.
https://t.me/mathmasterAAA
👍5
Assalomu alaykum
👌3
Test jarayonidan lavhalar
👍16👌2