Math_Master
264 subscribers
1.34K photos
165 videos
248 files
471 links
Matematiklar kanali
Ustoz Aminov Akobir
Download Telegram
Math_Master pinned «⚡️ Assalomu alaykum. Ertadan 31.01.2023 yildan boshlab, seshanba-payshanba-shanba kungi MATEMATIKAdan kurslarimiz vaqtlari o'zgaradi. A-guruh vaqtlari 12.00-15.00 B-guruh vaqtlari 15.00-18.00 ga o'zgartiriladi. Vaqtlarini barcha o'quvchilarga yetkazing.»
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
⚡️ Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-yil 30-yanvar kuni matematika va biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 8-fevral (to‘lov qilish 9-fevral) ga qadar davom etadi.

📆 Test sinovi esa 2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi va o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

📚 Bunda talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlaydi.

📍 Shuningdek, talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

❇️ Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
👍1
2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni oldini olish, shuningdek, o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.

Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.

Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.

Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?

Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zaxotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Assalomu alaykum.
💥05.02.2023yil yakshanba kuni soat 8.00 da Bilimlar Dunyosi o'quv markazimizda MATEMATIKA fanidan o'tilgan mavzular bo'yicha sinov testlari bo'lib o'tadi.
👍O'quv markazimiz o'quvchilaridan tashqari boshqa o'quvchilar ham o'z bilimlarini sinab ko'rishi mumkin.
🔥Testlar 3 xil darajada olinadi: O'RTACHA, MURAKKAB va QIYIN
📃Testlarning natijasi ertaning o'zida kanalda e'lon qilinadi.
🤝Sog'lom raqobat muhiti.
😱Barchasi mutlaqo BEPUL.
💪O'zingizni bilimingizni qay darajada ekanligini sinash uchun ajoyib IMKONIYAT
🤝Barchani testga TAKLIF QILAMIZ.
☎️Murojaat uchun tel: 973057700
Oldindan qatnashmoqchi bo'lganlar bemalol murojaat qilishingiz mumkin. IMKONIYATNI QO'LDAN BOY BERMANG.
https://t.me/mathmasterAAA
👍6
#Биласизми
Ўқитувчи бўлиб ишлаётган халқаро олимпиадалар ғолибларига ҳар ой 150 фоиз устама тўланади

Таълим муассасаларида ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган нуфузли халқаро олимпиадалар ғолиблари лавозим маошига ҳар ой 150 фоиз, асосий олимпиадалар республика босқичи ғолиблари лавозим маошига ҳар ой 100 фоиз миқдорида устама ҳақи тўланади.

🔰Бунда:

устамалар нуфузли халқаро олимпиадалар ва асосий олимпиадалар ўтказиладиган фанлар бўйича айнан ғолибликни қўлга киритган фанидан дарс бераётган олимпиада ғолибига берилади;

таълим муассасаларида ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган нуфузли халқаро олимпиадалар ва асосий олимпиадалар республика босқичи ғолиблари томонидан ғолибликни тасдиқловчи ҳужжат ёки сертификат тақдим қилинади.


Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇

https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Assalomu alaykum.
🏆O'quv markazimizda SINOV TESTLARI bo'lib o'tmoqda
🔥11👏1
Barchaga omad yor bo'lsin.
👍10🔥31
Yaqin vaqtlar ichida bugungi MATEMATIKA dan test natijalari e'lon qilinadi
👍5👏1
Bugun Matematika fanidan SINOV TESTLARI bo'lib o'tdi. 💪Testlar 4 ta variantdan iborat edi va 3 ta darajaga bo'lingan.📑
👍9🔥2🥰1
🔥Testlar quyidagi darajalarga bo'lindi:
1-darajali - QIYIN
2-darajali - MURAKKAB
3-darajali - O'RTACHA
BULAR DARAJALAR VARIANT NOMERI EMAS.
📌Test natijalarni ko'rganda mana shu darajalarga ham e'tibor berasiz. Darajalar ham test natijasiga ta'sir ko'rsatadi.
👍6👏3
📄Bugun MATEMATIKAdan test sinovida 96 kishi ishtirok etishgan.
👍7
🏆05.02.2023 yil MATEMATIKAdan sinov test natijalari👇👇👇
👍8
-1-
👍9👎1
-2-
👍9
🥇O'quvchilarimiz ABDIYHAMIDOVA SABINA, PARDAYEV FERUZ va JO'RAYEVA FERUZA eng yuqori natijalarni qayd etishdi. Bu safar 3 nafar o'quvchmiz 100% lik natijaga erishdilar.
🏆TABRIKLAYMIZ🎉🎉🎉👏👏👏
Kelgusi o'qishlarida omadlar tilaymiz👍👍👍
👍13🔥6👏2👎1
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
Milliy sertifikat boʻyicha asosiy va umumiy maʼlumotlar!

🔹 Milliy sertifikat bu qisqacha nom. Toʻliq nomi esa umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikat.

🔹 Milliy sertifikatni quyidagi fanlardan qoʻlga kiritish mumkin: ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix.

🔹 Milliy sertifikat oʻz sohiblariga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
— Abituriyentlar sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga qarab maksimal yoki maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) balga ega boʻladilar.

— Oʻqituvchilar oylikka qoʻshimcha ustama haqqa ega boʻladilar.

🔹 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish pullik. Hozirgi kunda sertifikat testida qatnashish narxi 405 ming soʻm.

🔹 Testlarga roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda my.dtm.uz saytida amalga oshiriladi. Davlat test markazi tomonidan maʼlum vaqt davomida roʻyxatga olish ishlari davom etadi va maʼlum belgilangan kunlarda Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida imtihonlar boʻlib oʻtadi. Testlarga roʻyxatdan oʻtish muddati Davlat test markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

🔹 Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar:
1. shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;
2. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda

🔹 Milliy sertifikat imtihonlarda 60% va undan yuqori natija qayd etgan nomzodlarga 3 yil muddatga elektron tarzda taqdim etiladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat