Math_Master
265 subscribers
1.34K photos
165 videos
248 files
470 links
Matematiklar kanali
Ustoz Aminov Akobir
Download Telegram
#ибрат

Энг қисқа филм

"Дунёнинг энг яхши 10 дақиқалик фильми" унвонини олган қисқа метражли филмни кўриш учун кинотеатрга одамлар йиғилди. Фильм бошланди ҳамки катта экранда уйнинг оппоқ шифтидан бошқа ҳеч нима кўринмасди. Тўртинчи дақиқада ҳам шу аҳвол, бешинчида ҳам.

Саккизинчи дақиқада ҳам шифтдан бошқа ҳеч нарса йўқ эди, одамлар бетоқатлана бошлади, баъзилари кинотеатрни тарк этди, баъзилари кетган вақтига ачинди. Тўққизинчи дақиқада экранда ҳасталик туфайли бир умр фалажликка маҳкум бўлган бола ва унинг ётоғи кўринди.

Экрандаги ёзув: "Бу болакай яна неча йилларни шу зайлда давом эттиради, сиз эса 8 дақиқа чидолмадингиз... "

P.S.: Сиз-чи, сиз! Оёқ-қўлингиз саломатлиги учун шукрона айтдингизми!?

Ибрат учун биродарларимизга улашамиз!

https://t.me/mathmasterAAA
👍3
⚡️Zo'r yangilik👏👏👏
🔥7
⚡️ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

🔰
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.

Mazkur qaror asosida 2022-yil 25-27-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

📆 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 24-oktabrdan 12-noyabrga qadar amalga oshiriladi.

📍 Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlashlari va mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

📚 Shuningdek, talabgorlar test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish imkoniyatiga ega.

📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:

🔹 eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plaganlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball to‘plaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball;

🔹 tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4🔥3
⚡️Endi o'quvchilarimiz MATEMATIKAdan sertifikatga tayyorlanadi💪
Juda zo'r imkoniyat🔥
👏5🔥2
⚡️MATEMATIKAdan miliy sertifikat guruhi ochiladi. Milliy sertifikat sizga nima beradi:
1. 104 BALL 🔥(asosiy fan bo'lsa 30×3,1=93 va majburiy fan uchun 10×1,1=11 Jami 93+11=104) bu ball ko'p o'quv yurtlari yo'nalishlari uchun hattoki kirish balli 😱hisoblanadi.
2. 3-yil muddat uchun sertifikat.📄
3. Sertifikat olgandan so'ng boshqa fanlarga ko'proq vaqt sarflash imkoniyati
💪Salohiyatli o'quvchilar guruhga qabul qilinadi ya'ni sinov asosida
💥Ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
📚Sertifikat uchun imtihon 1 yilda 2 marta o'tkaziladi. 1-siga ulgurmasangiz 2-siga hozirdan tayyorlanishni boshlang.
Murojaat uchun tel: 973057700
👍6🔥1
Math_Master pinned «⚡️MATEMATIKAdan miliy sertifikat guruhi ochiladi. Milliy sertifikat sizga nima beradi: 1. 104 BALL 🔥(asosiy fan bo'lsa 30×3,1=93 va majburiy fan uchun 10×1,1=11 Jami 93+11=104) bu ball ko'p o'quv yurtlari yo'nalishlari uchun hattoki kirish balli 😱hisoblanadi.…»
Forwarded from Ta'lim nazorati
Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлардаги педагоглар учун малака (тест) синовларини ўтказиш жадвали

🗓 Синовлар 2022 йилнинг 25 октябрдан бошлаб 25 ноябрга қадар ҳудудлар марказларидаги ахборот коммуникация тизимлари билан жиҳозланган йирик ҳажмли биноларда ўтказилади.

🏠 Педагоглар аттестациясининг малака (тест) синовлари ўтказиладиган бинолар: https://t.me/uztdi/5603

🔰 Аттестацияга жалб қилинган педагогларга ортиқча оворагарчилик ва кутиб қолишнинг олдини олиш мақсадида аттестация синовларига шахсни тасдиқловчи ҳужжатлар (ПАСПОРТ ва мурожаат юборишда тўлдирилган сўровнома) билан ўзингиз учун белгиланган вақтдан ярим соат олдин етиб келишингиз етарли эканлиги эслатиб ўтамиз.

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

1⃣ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;

2⃣ 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda).

Ariza berish online tarzda my.dtm.uz saytida amalga oshiriladi.
⚡️ 21 октябр - Ўзбек тили куни

Барчангизга байрам муборак бўлсин!
👍4
📄Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot

Matematika fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 45 ta savol mavjud boʻlib, ular 5-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 45 ta savol oʻz oʻrnida 3 turga boʻlinadi:
Yopiq – 20 ta;
Qisqa ochiq – 23 ta;
Batafsil ochiq – 2 ta.

❗️Ushbu savollarni bajarish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi (3 soat)

Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovi topshiriqlari yordamida quyidagi aqliy faoliyat turlari baholanadi:
tushunish (bilish);
qo‘llash;
mulohaza yuritish.

Baholash esa quyidagicha tartibda boʻladi: 
📌 Yopiq turdagi savol: agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, murakkablik darajasiga ko‘ra 1 yoki  2 ball;
📌Qisqa ochiq: agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, maksimal ball (1, 2, 3 ball);
💥 Batafsil javobli ochiq testni baholash mezoni har bir topshiriq uchun alohida ishlab chiqiladi.
Maksimal ball – 100 ball
❗️Мактаб ўқувчилари учун 4 ноябрдан кузги таътил бошланади.

Ўқувчилар учун таътил кунлари қуйидагича белгиланган:

▪️Кузги таътил - 4 ноябрдан бошлаб, 6 календар кун.

▪️Қишқи таътил - 28 декабрдан бошлаб, 14 календар кун.

1 синф ўқувчилари учун эса февраль ойи давомида қўшимча бир ҳафталик таътил белгиланади.
🤩3👏2
⚡️ Assalomu alaykum.
💥Ertaga 23.10.2022yil soat 8.00 da Bilimlar Dunyosi o'quv markazimizda barcha ASOSIY FANlardan o'tilgan mavzular bo'yicha sinov testlari bo'lib o'tadi.
👍O'quv markazimiz o'quvchilaridan tashqari boshqa o'quvchilar ham o'z bilimlarini sinab ko'rishi mumkin.
🔥Testlar 3 xil darajada olinadi: OSON,  O'RTACHA va QIYIN
📃Testlarning natijasi ertaning o'zida kanalda e'lon qilinadi.
🤝Sog'lom raqobat muhiti.
😱Barchasi mutlaqo BEPUL.
💪O'zingizni bilimingizni qay darajada ekanligini sinash uchun ajoyib IMKONIYAT
🤝Barchani testga TAKLIF QILAMIZ.
☎️Murojaat uchun tel: 973057700
Oldindan qatnashmoqchi bo'lganlar bemalol murojaat qilishingiz mumkin. IMKONIYATNI QO'LDAN BOY BERMANG.
https://t.me/mathmasterAAA
👍4🎉1
SAVOL. Abiturentlar bilan oqituvchilarni milliy sertifikat testi bir xil darajada bo'ladimi?

❇️JAVOB. Umumtaʼlim fanlaridan milliy test tizimi boʻyicha imtihonlar formati abituriyentlar uchun alohida qiyinlik darajada, oʻqituvchilar uchun boshqa qiyinlik darajada boʻladi degan gap yoʻq. Hammaga bir xil spetsifikatsiya va format boʻyicha test topshiriqlari beriladi.

Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/mathmasterAAA
👍7
2_5377663516926812330.pdf
616.4 KB
⚡️MATEMATIKA FANIDAN MILLIY TEST TIZIMI UCHUN TEST SPETSIFIKATSIYASI
https://t.me/mathmasterAAA
👍4
💳 Milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdori (300 ming soʻm) ning 1.5 barobari miqdorida toʻlov undiriladi (450 ming soʻm)

ℹ️ TOʻLOV SHARTLARI

🔸 To‘lov talabgor tomonidan amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi.
To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali biladi.

🔸 Agar ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, Davlat test markaziga test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma va elektron shaklda murojaat etishi lozim.

🔸 Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Davlat test markaziga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim.
Bunda talabgorning arizasiga muvofiq navbatdagi test sinovlariga kiritilishi ta’minlanadi yoki to‘langan to‘lov to‘liq miqdorda talabgorga qaytariladi.

🔸 Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning 50 foiz miqdori qaytariladi.

🔸 Ertadan ariza topshirish boshlanadi.
👍2
🔥 Assalomu alaykum. Bugungi SINOV TESTimiz boshlandi. 🏆Barchaga omad yor bo'lsin.
👍9