Math_Master
267 subscribers
1.34K photos
165 videos
248 files
470 links
Matematiklar kanali
Ustoz Aminov Akobir
Download Telegram
Math_Master pinned «#Qabul2025 #Abituriyent2025 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.…»
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana so'nggi chora

Imtihonga juda oz qoldi. Agar siz ham hamma mavzularni o'qishga ulgurmagan bo'lsangiz unda bu usulni qo'llang.
😁11🔥1
⚡️Telegram glavniy uchun maxsus!
🤣13🔥32
Testga nimalar olib kirish mumkin?

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
abituriyent ruxsatnomasi;
kepka yoki panama;
oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
pul;
dastroʻmol;
kalit.

Quyidagilar mumkin emas:

telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
shpargalka, kalkulyator; va h.k.
ruchka (ichkarida beriladi);
suv (ichkarida beriladi);
qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
mashina pulti (kirish postida)
Nos va sigaret
#Qabul2025

Buni koʻrmasdan testga kirmang!

Test sinovlarini oʻtkazish va test materiallaridan foydalanish tartibi
#Qabul2025 #Abituriyent2025

DIQQAT! DIAGNOSTIK TESTLAR ISHGA TUSHIRILDI

📌 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi asosida onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi.

🧾 Diagnostik testlar quyidagi fanlar bo‘yicha:
▪️ tarix
▪️ matematika
▪️ fizika
▪️ biologiya
▪️ kimyo
▪️ geografiya
▪️ ona tili va adabiyot
▪️ chet tili
▪️ davlat va huquq asoslari
▪️ majburiy fanlar

📥 Testlarda ishtirok etish uchun havola:
👉 https://my.uzbmb.uz/service/43

📊 Test natijalari yechilgan zahoti onlayn tarzda ko‘rsatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati
Ким нима қилса, ўзи учун қилади.
Қилган иши ҳох яхшилик бўлсин, ҳох ёмонлик, оқибатини албатта кўради ва тортади...
Унутманг!
Бир нарсага эришиш учун бутун бир умр керак бўлади. Бир нарсани қўлдан бой бериш учун эса, бир лаҳзалик ғафлат кифоя...

© Жалолиддин Румий
7🔥3
Hurmatli abituriyentlar!

Ertadan barcha hududlarda 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari har kuni ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📝 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Barchangizga omad!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
🔥5