Mathematics ( Shuhrat Ulashev )
47 subscribers
164 photos
24 videos
33 files
22 links
𝗕𝗶𝘇 𝗧𝗮𝗻𝗹𝗮𝗻𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮𝗿𝗱𝗮𝗻𝗺𝗶𝘇 !

Milliy sertifikat: A daraja (100% 2025 28-dekabr)
DTM: 29/30 (2023)
DTM: 29/30 (2025)

Trainer in Math and Mental Arithmetic @shuxrat_ulashev
Kamina xodimingiz.
Download Telegram
Yil yakuni:

Yana bir yil tugadi. 365 kun ishlar, rejalar, quvonchlar va charchoqlar bilan to‘ldi.

Har yil oxirida esa bir xil savol tug‘iladi: “Bu yilni qanday o‘tkazdim?”

Javob ko‘pincha bitta: band edim, ishladim, intildim, o‘qidim.

Ammo yilning haqiqiy qiymatini vaqt emas — tajriba belgilaydi.

Tajriba nima?

Shunchaki darsga borib, ishga qatnab o‘tilgan kunlar tajriba bo‘lavermaydi.

Tajriba — bu qayerda xato qilganimiz, qayerda to‘xtab o‘ylaganimiz va qayerda o‘zimizni tan ola bilganimizdir.

Ikki o‘quvchi bir joyda bir yil o‘qishi mumkin: biri haqiqiy bir yillik tajriba to‘playdi, ikkinchisi esa shunchaki qatnaydi — keladi va ketadi.

Tajriba ko‘pincha og‘riqli bo‘ladi.

Haqiqiy tajriba xatolar, muvaffaqiyatsizliklar va qiyinchiliklardan saboq olinganda paydo bo‘ladi. Aks holda yillar o‘tadi, kalendar almashadi, lekin inson o‘zgarmaydi.


Shu bois yil oxiridagi eng muhim savol: “Men nimani tushundim?”

Sabrliroq bo‘ldimmi? Tinglashni gapirishdan ustun qo‘ydimmi? Bir xil xatoni takrorlamaslikni boshladimmi?


Har bir yil, har bir tajriba — hayotimiz mozaikasining bir bo‘lagi. Vaqt baribir o‘tadi.
Tajriba esa shu vaqtga qiymat beradigan yagona narsa.


Tajriba — seni sen qiladigan narsa.


2025-yildan oxirgi post.
4
2026-yil.
4🏆3🎄1
"Raqobatga kirmagan, raqobatda yutadi."

Aziz Rahimov
🔥4
2026-yil 2-yarim yillik uchun matematika imtihoni.
🔥31
Katta akalar

Ular bilan bir dasturxon atrofida yig‘ilsang, ovqat uchun. to‘lamaysan. Lekin sen fikrlar uchun to‘laysan, nigohlar uchun to‘laysan, akalar umri bilan to‘lagan xatolarni qayta qilmaslik uchun to‘laysan.

Har bir inson — yangi o‘zingni kashf qilish imkoniyati.

Ustozlardan ilm olish ham shunday: sen faqat bilim uchun emas, mehnat uchun to‘laysan,
mas’uliyat uchun to‘laysan,
o‘z vaqtida kelish, so‘zida turish,
boshlangan ishni oxiriga yetkazish uchun to‘laysan.

Ba’zan esa sen
— sabr bilan,
— sukut bilan,
— tanqidni ko‘tara olish bilan to‘laysan.

Chunki haqiqiy ustoz faqat
o‘rgatmaydi, u seni inson sifatida shakllantiradi.
🔥511
MS (5-savollar).pdf
138.7 KB
#MS Milliy sertifikatga tushgan 5-savollar.
🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🔥10
🚩 Shaxsiy natijam: A daraja (100%)
Alhamdulillah
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🏆134👍3🔥22😎1
“Jim qolgan erkak yutqazmagan bo‘ladi, u vaziyatni yenggan bo‘ladi.”


Rasululloh ﷺ aytganlar:
“Kuchli odam kurashda g‘olib keladigan emas, balki g‘azab paytida o‘zini tiyadigan kishidir.”
(Imom Buxoriy va Imom Muslim)
6🔥2🏆2221
Yomon xulq bilan ulug‘likka erishib bo‘lmaydi,

Yaxshi xulq esa kambag‘alni ham aziz qiladi.


Sa'diy Sheroziy. "Guliston".
42🏆211
RASMIY TUSHUNTIRISH

🔎 Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Ushbu model turli test variantlari hamda turli vaqtlarda o‘tkazilgan imtihonlar natijalarini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi. Bunda ankor (langar) savollar muhim ahamiyat kasb etadi. Agar ankor savollar mavjud bo‘lmasa, turli variantlarda olingan natijalarni solishtirish imkonsiz bo‘ladi.

📚Ankor savollar bir nechta test variantlarida o‘zgarishsiz takror beriladi. Ular yordamida har bir variantning qiyinlik darajasi aniqlanadi hamda variantlar o‘rtasidagi farqlar nazorat qilinadi. Ankor savollarning asosiy vazifasi test variantlari qiyinligining ishtirokchilar natijalariga ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlashdir. Bu esa barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratishga xizmat qiladi.

📝 Xulosa qilib aytganda, milliy sertifikat imtihonlarida avvalgi imtihonlarda qo‘llangan test savollarining (ankor savollarning) takrorlanishi natijalarni xolis, adolatli va ishonchli baholashni ta’minlaydigan muhim metodik vosita hisoblanadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
17 yoshdan o‘tgandan yigitdan - 17 yoshga

Menda 17 yoshimda bunday post yo‘q edi.

Senda esa bor.
Aytadigan gaplarim balki juda chuqur tuyulmas.Lekin ma’nosiz ham emas.

Agar yana 17 yoshli Shuhrat bo‘lganimda, bir gapga nuqta qo‘yardim:
“Boshqalar fikri muhim emas.”
Chunki o‘sha “boshqalar” kim?
— Ota-onang.
— Ustozlaring.
— Seni yaxshi ko‘radigan insonlar.


Biz — Z avlodmiz.
Bizni qiziqtirish qiyin. Hatto o‘zimizni ham. Lekin sen yashayotgan hayot abadiy emas.
Buni anglaganingda esa, kech bo‘lishi mumkin.

Bugun qo‘lingda: — Eng chiroyli kiyimlar
— 5 yil oldin orzu bo‘lgan telefon
— Ta’lim imkoniyati (Ota-onangdan so‘ra — ular o‘qigan paytda sharoit qanday edi?)

Lekin ichingda bir o‘y:
- Dars tezroq tugasin.
- Uy vazifa tekshirilmasin.
- Ko‘chaga chiqay.
- PUBG akkaunt FULL bo‘lsin.
- Oson boy bo‘lay.
- O‘ldirishi aniq yozilgan karobka tugamasin.
- Qalamqosh bir qarab qo‘ysin…
- Chiroyli gaplar gapiradigan ahmoq so‘zlari tugamasin...
Va bu xohishlar hech qachon tugamaydi.

Motivatsiyani reelsdan qidirma.
Uni ertalab tongda ishga ketayotgan otangning qadamidan qidir.
Onangning charchagan ko‘zidan qidir.

Maqsading bo‘lsin:
Bir kun kelib oilangni xohlagan narsasi bilan xursand qilish.

Bunga o‘qishsiz erishish qiyin.


“Faqat o‘qi” demayman.
Muallif ham 24 soat o‘qimagan...
Lekin yetarlicha o‘qi.
Aks holda:
Bir kuni qaysidir kompyuter xonada tutun orasida, ko‘zing qizarib chiqasan. (Akam bor 4000$ topadi va kompyuter ham o'ynaydi, lekin unga ham 17 yoshda mishka orzu bo‘lgan)

Aks holda:
Bugun qaysi filtrda rasmga tushsam ekan, deb o‘ylab yurasan. ( Katta ehtimol sen bu postni oxirigacha ham o‘qimaysan )

5 yildan keyin balki “Shuhratjon Ulashev” esdan chiqar.
Lekin bugun aytilgan to‘g‘ri so‘z unutilmaydi.

P.s (Unutiladi faqat bitta holatda —
hammasiga erishganingda)
16🏆3🔥2🕊1
🔥 Matematika va chet tilidan tayyorlanayotganlar mana shu yo’nalishlarga o’qishga topshirishlari mumkin!

✈️ @math_uzz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32
Bugun.🥳

@Math_uzz kanalimiz 2 yoshga to‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉7🏆21
Imtihon sanalari
21,28-fevral
1,2,7-mart davomi bor.

Davomi bor.
5🏆2
Milliy Sertifikat imtihoni jami 8 smenada boʻlib oʻtar ekan.

1. 28.02.2026 yil 1-smena
2. 28.02.2026 yil 2-smena
3. 1.03.2026 yil 1-smena
4. 1.03.2026 yil 2-smena
5. 2.03.2026 yil 1-smena
6. 2.03.2026 yil 2-smena
7. 7.03.2026 yil 1-smena
8. 7.03.2026 yil 2-smena

@Math_uzz
👍3🔥3🏆1
Forwarded from Aziz Rahimov
Matematikada kuchli bo‘lsangiz, faqat matematikada kuchli emassiz.

Diqqatni bir joyga yig‘a olasiz, uzoq dars qilib o‘tira olasiz, muammolarni hal qilishni yaxshi ko‘rasiz.

Bu qobiliyatlarni qattiq ushlasangiz, katta natijalar keladi, nasib.

Faqat, qobiliyatlarni ushlash hammaga ham oson bo‘lmaydi.

Ba’zilarda o‘z maktabida chuqurlashishga erkinlik yo‘q.

Ba’zilarda kuchli ustozlarga borishning imkoni yo‘q.

Ba’zilarda birga dars qiladigan do‘stlar yo‘q.

Ba’zilarda o‘qishga sharoit yo‘q.

Ro‘yxatda o‘zingizni ko‘rdingizmi?

Sizga yangiligim bor.

Biz 5-8-sinflar o‘rtasida Rahimov Matematika Olimpiadasini o‘tkazyapmiz.

G‘oliblarni bitirgunlaricha eng kuchli ustozlarda bepul o‘qitamiz. Yotoqxona beramiz. Boshqa xarajatlarini ham qoplaymiz.

Maqsad – IMO jamoasini tashkil qilish.

Qatnashish bepul, o‘zingizni sinab ko‘ring. Havola mana bu yerda.

Ha aytgancha, postni yutishi mumkin bo‘lganlar va ularning yaqinlariga jo‘nating.

Tarqatish kichkina ish demang.

Bilib bo‘lmaydi balki, kimningdir muvaffaqiyat kemasiga shamol bo‘lib qolarsiz!
5👍3🕊1
Ramazon muborak bo‘lsin 🌙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
102🎉1
Imtihonga kirayotgan barchaga omad tilayman!
Alloh sinovingizni oson qilsin. Qilgan mehnatingiz va sabringizning ajrini Alloh to‘kis bersin. Nima bo‘lmasin, bu hayot yo‘lingizdagi navbatdagi bir sinov, xolos.

Alloh barchangizga omad va muvaffaqiyat nasib etsin.
43😇21