MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT pinned «#asiancup_2019 ЎЗБЕКИСТОН ТЕРМА ЖАМОАСИ ДУБАЙГА ЕТИБ БОРИБ, МЕҲМОНХОНАГА ЖОЙЛАШДИ Ўзбекистон миллий терма жамоаси Осиё кубоги мусобақасида иштирок этиш учун БААнинг Дубай шаҳрига етиб борди ва “Roda Al Bustan Roda Al Bustan” меҳмонхонасига жойлашди. Ўзбекистон…»
Ommaviy ruslashib ketamizmi?

So’nggi paytlarda farzandlarini rus guruhida o’qitish istagidagi ota-onalar juda ko’payib ketdi, ayniqsa bu holat xususiy maktablar negizida yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Hozirda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan xususiy maktablar soni yuzga yaqinlashib qoldi, lekin aksariyat xususiy maktablarda ta’lim rus tilida, deyarli birorta ham maktabda o’zbek guruhlari yo’q, borlari ham nomiga tashkil qilingan va maktabning asosiy ish olib borish tili ham rus tilida.

Bilamizki, xususiy maktablarning aksariyat qismida o’ziga to’q, ijtimoiy ahvoli ancha yaxshi bo’lgan fuqarolarimizning farzandlari ta’lim olishadi, shunga yarasha xususiy maktablar yaxshi ta’lim sifati bilan nom qozonib ulgurdi, balki shuning uchundir davlat maktablarida dars berayotgan yaxshi o’qituvchi kadrlar xususiy maktablarga o’ta boshladi, har holda o’qituvchi ham odam, unda ham moddiy ehtiyoj bor.

Xalqimizda olmaning tagiga olma tushadi degan ajoyib naql bor. Xuddi shu maqolga amal qiladigan bo’lsak, ijtimoiy ahvoli nisbatan yaxshi bo’lgan fuqarolarimiz orasida o’z farzandlariga rus tilida ta’lim berib, ularni nufuzli oliygohlarda o’qitib kelajakda davlat boshqaruv organlarida ishlatish niyatida yurganlari ham talaygina topiladi.
Xo’sh, biz farzandlarimizga rus tilida ta’lim beraversak, ularga Avloniy emas Pushkindan ta’lim bersak nima o’zgaradi? Farzandlarimiz borib-borib ruslashib ketmaydimi? Balki o’zbek guruhlarida rus tilini mukammal o’qitish tizimini yo’lga qo’yishimiz kerakdir.

Bu holatning yana bir jihati bor, ba’zi ota-onalardan farzandim 4 sinfgacha rus guruhda ta’lim olsin, keyin o’zbek guruhiga o’tkazib qo’yaman degan gaplarni eshitib qolamiz, nima emish, farzandining tarbiyasi buzilib ketishi mumkin emish. 4 sinfgacha “Букварь” o’zlashtirgan bola 5 sinfga borib qaytadan “Alifbe”ni o’zlashtiradimi?

Farzandini rus sinfda o’qitish istagida bo’lgan ko’pchilik ota-onalarning o’zlari rus tilini bilishmaydi, o’zlari rus tilini bilishmaganliklari uchun hayotda ko’p qoqilishgan, ana shu xato farzandlarida takrorlanmasligi uchun ularni rus guruhlarida o’qitish istagida bo’lishmoqda, lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor, bola uyda ota-ona bilan dars qilishi kerak, undan nimadir so’rashi, ota-ona esa o’z navbatida farzand so’ragan savolga javob topib berishi kerak. Farzand bir-ikki marta ota-onadan aniq javob ololmagach borib-borib ota-onadan so’ramay qo’yadi va uni bola tili bilan aytganda “ikkichi”ga chiqarib qo’yadi.

Sizningcha biz qaysi yo’ldan borishimiz kerak?

👍 Rus guruhlarini ko’paytirib ruslashishimiz kerakmi?
👌O’zbek guruhlarini tashkil qilib rus tili darslarini kuchaytirish kerakmi?

@math_solver (do’stlarga ham ulashing)
#Grammar time

Forget 🆚 Leave

🔶 Agar biror narsani olib kelishni unutganimizda "forget" fe'lini ishlatamiz:

🔹 I’ll have to go back; I’ve forgotten my car keys. 🙁

🔸 Men uyga borib kelishimga to'g'ri keladi; mashinamni kalitlarini unutibman. 🙁

🔷 Biz "leave" fe'lini ham shu ma'noda ishlatamiz lekin bunda qoldirib ketgan narsaning joyini ham aytib o'tish kerak bo'ladi:

🔸 Jahongir, you’re always leaving your car keys on your desk.😒

🔹 Jahongir sen nuqul mashinangni kalitlarini stolingda qoldirib ketasan.😒

❌ Not: forgetting your car keys on your desk.

❌Not: You’re always leaving your car keys.

🔹 Jamshid left his homework at home. 😥

🔸 Jamshid uy vazifasini uyda qoldiribdi. 😥

❌ Not: Jamshid forgot his homework at home.

🔷 Biz shuningdek "leave" fe'lini biror narsani ataylab qoldirgan holatga ham ishlatamiz:

🔸 As it was raining, we decided to leave the dog at home. ☺️

🔹 Yomg'ir yog'ayotgani sababli, biz kuchukni uyda qoldirishga qaror qildik. ☺️

@math_solver
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT pinned «Ommaviy ruslashib ketamizmi? So’nggi paytlarda farzandlarini rus guruhida o’qitish istagidagi ota-onalar juda ko’payib ketdi, ayniqsa bu holat xususiy maktablar negizida yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Hozirda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan xususiy…»
#Биласизми

Таълим муассасаларида таълим олувчиларга қуйидагилар қатъиян тақиқланади:

👉 телефонини бўйнига осиб олиш, кўкрак чўнтакларида, шим, юбкалари чўнтакларида ва шу кабиларда сақлаш;

👉 телефон аккумуляторини зарядлаш учун таълим муассасаси электр тармоқларига улаш;

✅ телефони ёрдамида:

👉 атрофдагиларга зўравонлик, шафқатсизлик, порнографияни тарғиб қилувчи видео ва суратларни намойиш қилиш;

👉 таълим муассасасининг нуфузига, шу жумладан зўравонлик ва вандализм ҳолатларини суратга олиш ва кейинчалик уларни атрофдагиларга намойиш этиш йўли билан зарар етказиш;

✅ ўқув машғулотлари вақтида:

телефон орқали сўзлашиш ҳамда SMS (ММS) ва бошқа турдаги хабарларни жўнатиш;

👉 телефонни стол устига қўйиш;
мусиқа, шу жумладан наушниклар орқали тинглаш;

👉 сурат ва видео тасвирларни кўрсатишда телефондан фойдаланиш (ўйинлар билан шуғулланиш), тасвир (матн, расм, видеоёзув ва фотосуратлар) кўриш, диктофон, калькулятор, календарь, блокнот, ён дафтарча кабилар сифатида фойдаланиш;

👉 суратга олиш ва видео тасвирга тушириш;

👉 телефон (GPRS, Bluetooth, Интернет) орқали бошқа хизматлардан фойдаланиш.

@math_solver
#MANTIQIY

Savollarni boshlaymiz yechimini admin: @Bobur_Normatov ga yo’llang

@math_solver
#Mavzu Geometrik yasashlar
Forwarded from Deleted Account
👆👆👆👆Ozovni tanidingizmi 😂😂😂
#MANTIQIY

Yechimni Izohi bilan adminga yo’llang
@math_solver
2019 yilgi MAQSADLAR

@math_solver (do’stlarga ham ulashing)
👆👆👆👆

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallaridan futbol muxlislari uchun yangi yil tuhfasi. Yanvar oyidan boshlab bizning telekanallarda Angliya Kubogi uchrashuvlarini ham jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

UZREPORT axborot agentligi Oʻzbekiston hududida Angliya Kubogi uchrashuvlarini eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qoʻlga kiritdi.

Bir asrdan oshiqroq tarixga ega mazkur musobaqada Angliyaning 700dan ziyod jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib borishadi. Bizning telekanallarda esa siz eng qiziqarli uchrashuvlarni jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

Shaxsiy fikr:
-Shu UZREPORT va FUTBOL TV kanalining egalariga ham qoyil qolamanda, mana sizga tomoshabinni jalb etish. O’zi shundoq ham bu kanallarning muxlislari boshqa barcha O’zbekiston kanallari muxlisidan ham ko’p (Zor tv dan ham😜)

-SPORT kanalini ko’radiganlar ham bormi deb o’ylab qolaman ba’zida, axir u yerdagi jurnalistlar ham oylik olishadi, shunga yarasha mehnat qilishar axir (yoki kun uyoqqa pul buyoqqa o’tdi qabilidamikin). Men bu kanalni ko’rib turaman (haligi muz bo’lagining yo’lini ikki farrosh tozalab yuradigan o’yin borku)

-Davlat TVlarini xususiylashtirish vaqti keldi meningcha, xususiy kanal o’rtasida raqobat bo’lsa, tomoshabinga aaaancha foyda bo’ladide

@math_solver (do’stlarga ham ulashing)
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
#MANTIQIY Yechimni Izohi bilan adminga yo’llang @math_solver
Ziyodillo Xushvaqtovdan to’g’ri javob : -2
Yo’l:
9-4+10=15
12-7+3=8
7-14+9= -2

(Qolgan o’quvchilarimizdan qandaydir qonuniyatga tayanmagan holdagi javoblar kelmoqda)
#MASALA

60, 61- savollarga to’liq yechim yo’llang va “FLESH”ni qo’lga kiriting

@Bobur_Normatov

@math_solver (do’stlarga ham ulashing)
Ҳарбий тавсияномалар учун имтиёзларни бекор қилиш режалаштирилмоқда

«Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили» Давлат дастури лойиҳаси жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди:
http://2019.strategy.uz

Унда кўп қизиқарли таклифлар ва режалар битилган.

Масалан, ана шундай таклифлардан бири ҳарбий тавсияномага эга абитуриентлар учун бериладиган имтиёзлар билан боғлиқ.

Давлат дастури лойиҳасининг 204-бандига биноан, жорий йилги тест синовларида:
- ҳарбий хизматни ўтаган абитуриентларга тегишли ўқув йили учун тасдиқланадиган олий таълим муассасаларига қабул квоталари доирасида алоҳида квоталар ажратиш ва тест синовларини ўтказиш;
- ҳарбий қисм командирининг тавсияномаси фақат ҳарбий олийгоҳлар учун имтиёзга эга бўлиши назарда тутиш режалаштирилмоқда.

Бу нима дегани?

Матндан тушунишимча, қуйидаги ўзгаришлар кутиляпти:

1) ҳарбийлар учун бериладиган тавсиянома фақат ҳарбий олийгоҳлар учун имтиёз беради. Қандай имтиёз берилиши (балл қўшиб берадими ёки имтиҳонсиз оладими) ҳозирча аниқ эмас;

2) ҳарбий бўлмаган ОТМлар учун энди имтиёзли тавсиянома берилмайди;

3) тавсиянома бор ёки йўқлигидан қатъий назар, ҳарбий хизматга борган барча (!) абитуриентлар алоҳида мақомга эга бўлади ва улар алоҳида квота доирасида тест топширади.
Масалан, қайсидир ОТМнинг бир йўналишига 10 нафар ҳарбий хизматни ўтаган талаба қабул қилиш белгиланади ва шу ўрин учун ҳарбий абитуриентлар курашади. Бунда курашга қўшилиш учун махсус тавсиянома шарт бўлмайди, хизматни ўтаган бўлса бўлди. Натижада улар ҳарбий хизматни ўтамаган бошқа абитуриентларга халақит бермайди;

4) Барча ОТМларга ҳам бундай алоҳида квоталар берилмайди. Айнан қайси ОТМнинг қайси йўналишига ҳарбий абитуриентлар учун қўшимча квота берилиши олдиндан тасдиқланади. Фақат шу йўналишга топширганларгина алоҳида тест синовидан ўтишади.
Масалан, ЎзМУнинг тарих йўналишига ҳарбий хизматни ўтаган абитуриентлар учун алоҳида квота берилди, лекин ЎзМУнинг математика йўналишига берилмади, деб тасаввур қилайлик. Агар ҳарбий хизматни ўтаган абитуриент “тарих”га топширса, алоҳида квота бўйича курашади. Агар “математика”га топширса, унда ҳеч қандай имтиёз ва мақомга эга бўлмайди, эл қатори тестга киради.

Эслатиб ўтаман, юқоридаги талқин фақат менинг тушунганларим холос, аслида бошқача бўлиши ҳам мумкин.

Ҳарбий тавсиянома асосида имтиёз бериш адолатсиз тизим эканлиги ҳақида кўп бора ёзганман. Масалан, мана бу - https://t.me/xushnudbek/727
Ниҳоят ўзгариш бўлаётганидан хурсандман. Шунақа имтиёзлар бекор бўлиб, адолат тарозисининг паллалари тенглашаверсин.

@math_solver (do’stlarga ham ulashing)
Maqsadga erishishning 7 bosqichi:

1. Qog'ozlarda o'ylang.
Qog'ozga tushirilmagan maqsad - bu xaritasiz safarga chiqish demak.
2. O'zingizga aniq savollar bering. Nima? Qachon? Qanday?
3. Maqsadga erishish uchun muddat belgilang.
Agar unday qilmasangiz siz shunchaki maqsadga erishaman deb orzu qilayotgan bo'lasiz.
4. Erishgan maqsadingiz sizdan boshqa yana kimlarga foyda keltirishi haqida o'ylang.
5. Maqsadingizni kunlik, xaftalik(va h.k.) qismlarga bo'lib chiqing.
6. Bu yo'lda barcha ma'suliyatni o'z zimmangizga oling.
Bu maqsad sizniki, unga faqatgina siz erishishingiz kerak.
7. Maqsadingiz haqida ko'p o'ylang.
Kelajakda unga erishganingizda qanday bo'lishini faraz qiling.

@math_solver
Bir kuni bir aqilli professor institutda talabalarga savol berdi. U o'ziga juda ishongan edi:

👨‍🏫Professor: Xudo yaxshimi ?
👨‍🎓Talaba: Ha.
👨‍🏫Professor: Shaytonchi ?
👨‍🎓Talaba: Yo'q.
👨‍🏫Professor: To'g'ri... O'g'lim aytingchi, yerda yomonlik mavjudmi ?
👨‍🎓Talaba: Ha.
👨‍🏫Professor: Yomonlik hamma yerda bor, shunday emasmi ? Va hamma narsani Xudo yaratgan to'g'rimi ?
👨‍🎓Talaba: Ha.
👨‍🏫Professor: Unda yomonlikni kim yaratgan ?
👨‍🎓Talaba: ......
👨‍🏫Professor: Sayyoramizda xunuklik, mutakabbirlik, kasallik va jaholat bor. Bularning bari bor narsalar, to'g'rimi ?
👨‍🎓Talaba: Ha, janob.
👨‍🏫Professor: Xo'sh, ularni kim yaratdi ?
👨‍🎓Talaba: .....
👨‍🏫Professor: Fan inson o'z atrofidagi dunyoni kashf etishi uchun 5 tuyg'u bor deb aytadi. Aytingchi, siz hech Xudoni ko'rganmisiz ?
👨‍🎓Talaba: Yo'q janob...
👨‍🏫Professor: Aytingchi, siz hech Xudoni tinglaganmisiz ?
👨‍🎓Talaba: Yo'q janob...
👨‍🏫Professor: Siz hech Xudoni his qilganmisiz ? Uni ta'mini tatib ko'rganmisiz ? Hidini hidlab ko'rganmisiz ?
👨‍🎓Talaba: Bunday emas deb qo'rqaman janob...
👨‍🏫Professor: Va siz shunda ham unga ishonasizmi?
👨‍🎓Talaba: Ha!!!
👨‍🏫Professor: Olingan tajribalarga asoslanib, fan Xudoni yo'q deb da'vo qilishi mumkin. Sizni bunga qandaydir qarshiligingiz bormi ?
👨‍🎓Talaba: Yo'q professor, menda faqat ishonch bor!
👨‍🏫Professor: Gap ham aynan shunda... Ishonch- bu fanning eng katta muammosi!
👨‍🎓Talaba: Professor, sovuqlik mavjudmi ?
👨‍🏫Professor: Bu qanaqa savol ? Albatta mavjud... Nima sen hech qachon sovuqqotmaganmisan ?
(Talabalar yigitning savolidan kulishdi)
👨‍🏫Talaba: Aslida esa, professor sovuqlik mavjud emas... Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydiganimiz aslida issiqlikning yo'qligidir. Demak sovuqlik yo'q... Biz bu so'zni faqat issiqlik yo'q paytda his qilayotgan narsamizni tasvirlash uchun o'ylab topganmiz...
(Auditoriya jim bo'lib qoldi)
👨‍🎓Talaba:Professor aytingchi, zulmat (qorong'ulik) mavjudmi ?
👨‍🏫Professor: Albatta mavjud, zulmat bo'lmasa tun bo'ladimi?
👨‍🎓Talaba: Siz yana nohaqsiz! Janob... Zulmat ham mavjud emas. Zulmat aslida yorug'likning yo'qligi hisoblanadi. Biz yorug'likni o'rganishimiz mumkin, lekin zulmatni emas. Oddiy nur zulmat dunyosiga kirib uni yoritishi mumkin. Siz bir joyning qanchalik qorong'u ekanligini bilmoqchi bo'lsangiz nima qilasiz ? U yerda qancha miqdorda yorug'lik borligini o'lchaysiz, shunday emasmi ? Zulmat- yorug'lik yo'q vaqtda inson nimani his qilayotganini tasvirlash uchun o'ylab topilgan tushunarsiz atamadir... Ana endi aytingchi o'lim mavjudmi?
👨‍🏫Professor: Albatta mavjud... Hayot bor va o'lim ham bor. Uning teskarisi.
👨‍🎓Talaba: Siz yana nohaqsiz professor. O'lim- bu hayotning teskarisi emas, uning yo'qligidir. Sizning ilmiy nazariyangizda jiddiy yoriq paydo bo'libdi.
👨‍🏫Professor: Bu bilan nima demoqchisiz?
👨‍🎓Talaba: Professor siz barcha talabalarga biz maymunlardan paydo bo'lganmiz, deb o'qitasiz. Siz bu evolitsiya jarayonini o'z ko'zingiz bilan ko'rganmisiz?
Professor gap nima haqida ketayotganini tushunib, kulimsirab boshini chayqadi.
👨‍🎓Talaba: Bu jarayonni hech kim ko'rmagan. Demak bu sizni olim emas, ko'proq ruhoniy ekanligingizni anglatadi.
(Auditoriya kulgudan baqirib yubordi)
👨‍🎓Talaba: Ana endi aytinglarchi, bu xonada professorni miyasini ko'rgan bironta inson bormi? Uni tinglagan, hidlagan va unga tegib ko'rgan inson bormi ?
(Auditoriyadagilar kulishni davom ettirishdi)
👨‍🎓Talaba: Ko'rinishidan hech kim ..! Demak ilm-fan nazariyasidan va olingan tajribalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, professorning miyasi yo'q. Hurmatli professor, biz bunday holatda qanday qilib sizning maruzalaringizga ishonishimiz mumkin ?
(Auditoriya sukunatda)
👨‍🏫Professor: Men faqatgina sizlar menga ishonishingiz kerak deb o'ylayman.
👨‍🎓Talaba: Xuddi shunday ! Xudo va inson o'rtasida bitta aloqa vositasi bor Bu-ISHONCH Professor joyiga o'tirdi.

Bu talabaning ismi Albert Eynshteyn edi...
☝️☝️☝️☝️
@math_solver
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT pinned «Bir kuni bir aqilli professor institutda talabalarga savol berdi. U o'ziga juda ishongan edi: 👨‍🏫Professor: Xudo yaxshimi ? 👨‍🎓Talaba: Ha. 👨‍🏫Professor: Shaytonchi ? 👨‍🎓Talaba: Yo'q. 👨‍🏫Professor: To'g'ri... O'g'lim aytingchi, yerda yomonlik mavjudmi ? 👨‍🎓Talaba:…»