MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.28K videos
1.88K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
👆👆👆 Parametrli tenglamar haqida batafsil
ESLATMA !!!

-Tarixda birinchi marta futbolkalarga nomer qo’yishni Londonning Arsenal klubi tomonidan joriy etilgan ekan 😎💪😎💪 (Futbolchilarni nomeri bilan ajratib olishi uchun)
@math_solver
✅Useful

Town 🆚 City

🔶 Town is the urban area larger than village but smaller than city, whereas city is the largest urban area than town and village, which has best facilities.

🔷 Cities also have larger population and economical stability than the towns.

🔹 Better roads, schools, job opportunities, sanitation system, transport are few of the salient features of the cities.

🔹 Cities have more facilities than the towns.

🔹 Generally, city is larger than town area wise.

@math_solver
Rasmlar ichidan O’t o’chirish mashinasini topingchi?
Inersiya kuchi haqida
BEST MOTIVATION:
Ҳозир ухласанг, албатта, орзуларингни тушингда кўрасан. Агар уйқунинг ўрнига ўқишни танласанг, орзуларингни ҳаётда кўрасан.
Қачонки сен ҳаммасига жуда кеч бўлди деб ўйласанг, аслида ҳали эрта бўлади.
Ўқиш азоби — вақтинчалик. Билмаслик азоби — абадий.
Ўқиш — бу вақт сарфлаш эмас. Ўқиш — ҳаракат қилиш.
Ҳаёт фақат ўқишдан иборат эмас. Ҳаётнинг мана шу қисмини ҳам босиб ўта олмасанг, нимага ҳам қодир бўла олардинг?
Қийинчилик ва тинимсиз ҳаракатдан роҳатлан.
Кимки ҳаммасини эрта қилса, ўзининг муваффақиятидан ҳаққоний роҳатлана олади.
Ҳаммасига улгуриш имконияти барчага берилмаган, лекин муваффақият ўз устида ишловчи ва муаммоларни тезда ҳал қиладиганларга келади.
Вақт учади. Ҳозирги сўлагинг эртага кўз ёши бўлади.
Агар сен бугун пиёда юришни хоҳламасанг, эртага югуришга мажбур бўласан.
Келажаги учун нимадир қиладиган одам реалистдир.
Сенинг топадиган пулинг – олган билиминг даражасига пропорционал.
Бугун ҳеч қачон қайтиб келмайди.
Ҳозир хатто душманларинг очларча китобларни варақламоқда.
Қийинчиликларсиз мақсадга етиб бўлмайди.
BEST MOTIVATION:
Лампочкани ихтиро қилган Эдисон болалик пайтида уйига қайтиб, «Ойи, мана бу хатни мактабдан бериб юборишди», деб онасига бир конверт узатди. Она хатга тезгина кўз югуртирди, сўнг кўзи жиққа ёшга тўлиб, мактубни жажжи ўғлига ўқиб бера бошлади:
«Хоним! Ўғлингиз жуда иқтидорли. Бироқ, бизнинг мактабимиз унинг қобилияти учун кичиклик қилади. У мустақил таълим ола қолсин!».
Орадан йиллар ўтди. Эдисон инсоният тарихидаги энг улкан ихтироларни қилди. Онаси вафот этгач, Эдисон унинг шкафини титкилаб ўтириб, ўша хатни топиб олди. Не кўз билан кўрсинки, мактубда бутунлай бошқа гаплар ёзилган экан: «Хоним! Ўғлингизнинг ақли паст, эртадан бизнинг мактабга бормасин!»
Эдисон узоқ йиғлади. Анчагача ўзини тўхтата олмади. Ниҳоят, хотиралар дафтарига қуйидаги сатрларни битди: «Эдисон ғирт калтафаҳм бола эди. Лекин онасининг гўзал хизмати сабабли ноёб талант соҳибига айланди»
👆👆👆Universitetlarda shu kabi so’rovnoma o’tkazilmoqda !!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz shar shaklida deb o'laydigan yerning asl ko'rinishi.
#MOTIVATION

Dushanba kuni, 10 sentabrda milliarder va Alibaba group asoschisi Jyek Ma 54 yoshga to‘ldi. Xitoylik tadbirkor va uning kompaniyasi to‘g‘risidagi eng qiziq materiallarni to‘pladik.

Jyek Ma tamoyillari

«Men oddiy xitoy oilasida tug‘ildim. U qadar yaxshi o‘qimasdim. Harakat qilardim, ammo har doim ham o‘xshayvermasdi. Balki, gap mening maktabim eng yaxshi maktab bo‘lmaganidadir. Shu sabab maktabni tugatgach, ancha vaqtgacha ish topolmadim. Uch marta imtihonlardan yiqildim va universitetga kira olmadim. Biroq hech qachon yengilmadim. Muvaffaqiyatga erishmagan odamdan muvaffaqiyatsizligining sababini so‘rab ko‘ring. Agar u bunda kimnidir ayblasa, uning imkoniyati yo‘q. Omadsizlar ana shunday gapirishadi. Imkoniyati borlar esa boshqacha so‘zlaydilar…

Alibaba’ga Xitoyda asos solingan, biroq u Xitoy kompaniyasi bo‘lib qolmasligi zarur. Uning hatto nomi ham xitoycha emas, u arab tilidan olingan. Axir yodingizda-ku, bu so‘z “1001 kecha” to‘plamida uchraydi. Men uni ataylab tanladim. Xitoyda yaratilgan kompaniya butun dunyodagi kichik kompaniyalar va yoshlarga yordam berishini istadik.

Agar kelajakka tayyor bo‘lishni istasangiz, kecha qilgan ishlaringizni bajarmang. Xotirani mashq qildirish kerak emas, baribir kompyuterdan ko‘prog‘ini yodda saqlay olmaysiz. Tezroq o‘qishga harakat qilmang, chunki kompyuterlar buni tezroq amalga oshiradi. Siz ijodkor, novator bo‘lishga harakat qilishingiz kerak, konstruktiv bo‘lishingiz lozim. O‘rganayotganlaringizning bari sizni ana shunday odamga aylantirishi zarur.

O‘z-o‘zimga doim mana bunday maslahat beraman. Hech narsa oddiy va bekorga bo‘lmaydi. Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun haq to‘lash kerak bo‘ladi.

O‘z-o‘zimga har kuni beradigan yana bir maslahat. Men har kuni mana bunday deyman: «Bugun bari murakkab, ertaga bundan-da murakkab bo‘ladi, indinga bari ajoyib bo‘ladi, biroq ko‘pchiligimiz ertaga kechki payt vafot etamiz». Aynan shuning uchun qo‘lni-qo‘lga tekkizmay ishlash kerak.Har bir yangi kun muammolar keltirishi mumkin, biroq murakkab vaziyatda chiniqasiz. O‘z-o‘zingizga ishonishingiz kerak, ana o‘shanda kelajakdagi har qanday muammoni yecha olasiz.

Agar to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotgan bo‘lsangiz, pulning o‘zi sizni topadi. Bu aynan shunday ishlaydi. «Agar pulim bo‘lganida, mana bunday qilgan bo‘lardim» deydiganlarga men har doim shunday javob beraman: «Sizda hech qachon pul bo‘lmaydi. Agar biror narsani haqiqatan ham amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, buni pulsiz bajaring. Natijaga erishsangiz, sizga pul keladi».

Alibaba siri

2002 yilda Alibaba.com o‘zining ilk daromadini topgan kunda Jyek Ma bir necha xodimlarni o‘z xonasida to‘plab, unda sirli loyiha borligi va to‘planganlar mazkur loyihada ishtirok etishlari mumkinligini aytdi. Biroq buning uchun Alibaba’dan ketishlariga, sirli joyda ishlab, do‘stlari, qarindoshlari, firmaning boshqa xodimlariga o‘zlari ishlayotgan yangi startap haqida aytmaslikka to‘g‘ri keladi.

Bu qaror – kompaniyani avvalgi biznesdan yangi va a'lo darajada bo‘lishi uchun umid bo‘lib, Jyek Ma tomonidan bosilgan ilk qadam edi. Biroq keyinchalik bunday taktika firma strategiyasidagi «ko‘p qirrali tosh»ga aylandi.

Alibaba qanday tuzilgan?

Ma o‘zining Jyek Uelch muxlisi ekanini tan olgan. Shuning uchun kompaniyasining ayrim jihatlari GE’ni yodga solishi bejiz emas.

«Bo‘lim rahbarlari bizneslari uchun zarur bo‘lgan narsani amalga oshirish uchun yetarli erkinlikka ega bo‘lishlari lozim. Men ular bir-biri bilan musobaqalashishi va o‘z faoliyatlarida eng yaxshisi bo‘lishga intilishlarini istayman», - deya aniqlik kiritadi Jyek Ma.

So‘z yakunida

Bir necha kun ilgari The New York Times Ma kompaniyani o‘zining 54 yoshga to‘lgan tug‘ilgan kunida tark etishi, bundan keyin xayriya va ta'lim loyihalari bilan shug‘ullanishini aytgandi. Biroq keyinchalik Alibaba vakili bu ma'lumotni inkor etdi. 10 sentabr kuni Ma Alibaba Group boshqaruvidan 2019 yil kuz faslida u tomonidan yaratilgan kompaniyaga 20 to‘lishidan avval ketmasligini ma'lum qildi.

@math_solver