Forwarded from GET- Chmolar maktabi
⏳⏳⏳TEST NATIJALARI ⏳⏳⏳
CLICK kompaniyasi Davlat test markazi bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda CLICK kompaniyasi vakili ILM.UZ’ga ma’lum qildi.
Mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bu yil bir qator o‘zgarishlar bilan o‘tkaziladi: ular 1-avgustdan 15-avgustga qadar 2 smenada topshiriladi. Shu bilan birga natijalar imtihonning ertasi kunida e’lon qilinishi ma’lum qilingan.
Davlat test markazi bilan hamkorlikda tushirilgan xizmat yordamida bugungi kundan boshlab test natijalarini bilib olish maqsadida so‘rov yuborilishi mumkin. Test natijalari ma’lum qilinganidan so‘ng, javoblar darhol foydalanuvchiga yuboriladi. Diqqatingizni shunga qaratamizki, natijalar oshkor qilinishidan avval qabul qilingan so‘rovlarga birinchi navbatda ishlov beriladi.
So‘rovlar Telegram bot, CLICK Uzbekistan ilovasi yoki USSD-menyu orqali yuborilishi mumkin.
Xizmat narxi 2300 so‘m va CLICK tizimiga ulangan kartalaridan bevosita undiriladi.
Telegram orqali javoblarni olish uchun @clickuz botiga /start buyrug‘ini yuborish lozim. Ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, “DTM-2018 natijalari” punkti chiqadi. Bu yerga javob varaqasining raqamlarini kiritish lozim.
USSD-menyu orqali natijalarni bilish uchun, *880# ni terib, paydo bo‘lgan menyudan “DTM-2018” qismini tanlagan holda, tizimning ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim.
Qayd etish joiz, Beeline mijozlari ushbu xizmatdan USSD-menyu orqali foydalana olmaydilar va ular yuqorida ko‘rsatilgan tizimning boshqa interfeyslari orqali foydalanishlari mumkin.
Diqqat! Natijalar so‘rov yuborgan foydalanuvchiga Davlat test markazi tomonidan e’lon qilinishi bilan avtomatik ravishda yuboriladi.
Quyida *880# USSD komandasi bilan so‘rov yuborish tartibi keltirilgan.