MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.68K subscribers
15.7K photos
1.31K videos
1.89K files
2.05K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
Allo MILITSIYA devor ortida kimdur bor ....(shubhali shaxslar)😂😂😂😂


Bu kamerachilarni to’yxonaga taklif qilinsa bo’larkan
Sharda: simmetriya õqi cheksiz, simmetriya tekisligi ham;
Silindrda: simmetriya õqi bitta, simmetriya tekisligi cheksiz;
Konusda: simmetriya õqi bitta, simmetriya tekisligi cheksiz;
Silindr va konusda simmetriya õqlari balandliklari hisoblanadi va shu balandliklar orqali õtgan tekisliklar simmetriya tekisliklari bõladi. Sharda esa diametrlar orqali õtgan har qanday tekislik simmetriya tekisligi bõladi.
Imtihon shaffof tarzda ammo xir kameralar yordamida bo’lib otyapti manimcha !!!
📡📡📡 Bugun yuqori statusdagi Institut imtihonlari bo`lib otdi. Tamom endi buyog`iga kirish Imtihonlari aniq SHAFFOF va ADOLATLI o`tadi. Mana ertaga ko`rasiz va gapim 100% tog`riligiga amin bo`lasiz !!!
Imtihonda tuushgan nazariy savoldan :
-KUB— barcha yoqlari "teng" kvadratlardan tashkil topgan ko`pyoqdir
ONA TILI VA TARIXDAN yodlab olib chiqilgan savollar @GETedu kanalida !!!
Forwarded from GET- Chmolar maktabi
[Переслано от SHERZOD RAXMON]
1)Rustamxon oftoboyni birinchi marta korganda bog'liq holda korgani tasviri, 2)2000-yil qaysi shoir navoiy kabi umri davomida yozganlarini 4ta kitob qilgani, 3)aslonbobga salom berib o'tgan inson, 4)bizning qishloqlar orni hozirlar paxtazor degan shoir, 5)maxbub ul-qulbda "o't xas xashakni yoqib yuborsa ham baribir quyosh nuriga teng kela olmaydi" deb qanday odamlar nazarda tutilgan, 6)xudo haliyam meni it qilib yaratgan qozi emas degan jumla qaysi asardan, 7)qaysi dostonda shoh hayvonga o'xshagani un hayvonlar turadigan joyda qo'lga olingan(og'ilxonada), 8)bita she'riy sanat o'liklik bn tiriklik solishtirilgan Xizr bor talmeh bn tazod, keyin 9)ortidamas ichida bo'lganman degan shoir adashmasam shuxrat edi 7sinf tamom hamma adabiyotini aynan yodlagandim
kasrga oid mantiqiy savol
Tushlikdan so`nggi qaytarilgan savollar
SAVOLLAR DAVOM ETADI ......!!!!
5/(|x+2|+2)>|x+2|-2


Trapetsiyaning asoslari 50 va 36 hamda diogonallari perpendikular, yuzini toping.

Uchburchak uchlarining koordinatalari A(-4;2) ; B(6;5) ; C(1;-4). A uchidan tushirilgan balandligi orqali o'tuvchi to'g'ri chiziq tenglamasini tuzing.

Uchta son berilgan bo'lib, uchinchi son ikkinchi sondan qancha ko'p bo'lsa , ikkinchi son birinchi sondan shuncha ko'p. Shu sonlardan ikkita kichigining ko'paytmasi 108 ga, ikkita kattasining ko'paytmasi 180 ga teng. Shu sonlardan ikkinchisini toping.

A{3;4;5;6;7;8;9;10;11} va B{5;6;7;8;9;11} to'plamlar berilgan bo'lsa, A va B to'plam kesishmasining qism to'plamlari sonini toping.


Aylanaga o'tkazilgan urinmalarning uzunliklari bir xil ya'ni 15 sm. Urinish nuqtalari orasidagi masofa 24 sm ga teng bo'lsa, aylananing uzunligini toping.


To'g'ri burchakli uchburchakning bir burchagi 60 gradus. Unga tomoni 6sm bo'lgan romb shunday ichki chizilganki 60 gradusli burchak umumiy. Uchburchakning perimetrini toping.


a ning qanday eng katta qiymatida 4x^2-4x+1-a>0 tengsizlik x ning barcha qiymatlarida o'rinli.


Nazariy savollar soni 3 ta. Bittasi modulli tengsizliklar haqida; Ikkitasi uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar markazining qayerda joylashgani haqida(masalan: uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusi balandlikning o'rtasida yotadimi?).
Forwarded from GET- Chmolar maktabi
⏳⏳⏳TEST NATIJALARI ⏳⏳⏳
CLICK kompaniyasi Davlat test markazi bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda CLICK kompaniyasi vakili ILM.UZ’ga ma’lum qildi.

Mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bu yil bir qator o‘zgarishlar bilan o‘tkaziladi: ular 1-avgustdan 15-avgustga qadar 2 smenada topshiriladi. Shu bilan birga natijalar imtihonning ertasi kunida e’lon qilinishi ma’lum qilingan.

Davlat test markazi bilan hamkorlikda tushirilgan xizmat yordamida bugungi kundan boshlab test natijalarini bilib olish maqsadida so‘rov yuborilishi mumkin. Test natijalari ma’lum qilinganidan so‘ng, javoblar darhol foydalanuvchiga yuboriladi. Diqqatingizni shunga qaratamizki, natijalar oshkor qilinishidan avval qabul qilingan so‘rovlarga birinchi navbatda ishlov beriladi.

So‘rovlar Telegram bot, CLICK Uzbekistan ilovasi yoki USSD-menyu orqali yuborilishi mumkin.

Xizmat narxi 2300 so‘m va CLICK tizimiga ulangan kartalaridan bevosita undiriladi.

Telegram orqali javoblarni olish uchun @clickuz botiga /start buyrug‘ini yuborish lozim. Ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, “DTM-2018 natijalari” punkti chiqadi. Bu yerga javob varaqasining raqamlarini kiritish lozim.

USSD-menyu orqali natijalarni bilish uchun, *880# ni terib, paydo bo‘lgan menyudan “DTM-2018” qismini tanlagan holda, tizimning ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim.

Qayd etish joiz, Beeline mijozlari ushbu xizmatdan USSD-menyu orqali foydalana olmaydilar va ular yuqorida ko‘rsatilgan tizimning boshqa interfeyslari orqali foydalanishlari mumkin.

Diqqat! Natijalar so‘rov yuborgan foydalanuvchiga Davlat test markazi tomonidan e’lon qilinishi bilan avtomatik ravishda yuboriladi.

Quyida *880# USSD komandasi bilan so‘rov yuborish tartibi keltirilgan.