MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.57K subscribers
15.1K photos
1.11K videos
1.72K files
1.82K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤥 Info Inside : Xitoyda 2020 yil o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra bolalikda qiziquvchan bo`lgan insonlar balog`atga yetganida depressiyasiga kamroq uchrashadi.

💃 Ayniqsa kelajakka ishonchi yuqori bo`lgan ayollarda bolalikdagi qiziquvchanlik va balog`atdagi ruhiy tushkunlik o'rtasidagi munosabat yaqqolroq namoyon bo`lishi aniqlangan.

🔗 Manba: Chengbin Zheng, Leilei Liang, Tongshuang Yuan, Junsong Fei, Xixi Zhao, Huimin Wang, Jiaying Gao, Xiaoying Liu, Songli Mei, Does childhood curiosity influence depression in adulthood?, Journal of Psychiatric Research, Volume 183, 2025, Pages 79-85, ISSN 0022-3956, https://doi.org/10.1016/j.jpsychires.2025.02.003.
#bola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
VARIANT TO'PLAMI [2021--2023]_2.pdf
3.1 MB
#variant

Guruhlarimiz bilan shu kunga qadar 2003-yildan boshlab 2020-yilgacha barcha variantlardan 5 tadan ko'rib, tahlil qilib tugatdik. (aprelda boshlngan edi, iyun oyida darslarni 6 kunlik rejimda o'tganimiz hisobiga). Endi navbat 2021-2024-yillar variantlarini tahliliga yetib keldi. Ushbu variantlarni sizga ham yordami tegib qolar degan umiddaman.


Eng muhim maqsadlaringizni biling !
♻️ @math_solver
3👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 Bollar MONITORING EXAM da test topshiryapti.


Men esa o’zimcha bir nimalar kashf qilib o’tiribman……
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤯1
Soat 13:00 da bugungi monitoring exam tahlili promax educationda Muhammadyusuf ustoz tomonidan Tahlill qilib beriladi
👍51🔥1
Azizlarim sizlarni 19:00 da FUTBOL da kutamiz…..
Manzil Parlament kafesi yonginasida (Chilonzor 19-mavze, kimdur 18-kvartal deydi, ishqilib commentda location borde)
3
#variant

Shu savol esingizdami, yechim qilamizmi?


Fikrlaringizni commentda asoslang!

@math_solver
2🎄2
#sat

🔹 SAT QUESTION : Data ma'lumotlari asosida ushbu jadvalli savolga yechim izlab ko'ramiz.


Yechimlaringizni commentda asoslang!
😎 @math_solver
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Har bir Davlat va nodavlat OTMlarida qo’shma dastrular borligi haqida xabaringiz bormi?
Anonymous Poll
21%
Ha, albatta😎
67%
Yo’q, bilmasdim😇
13%
Manga vushshim qizumas😅
🔥21
🥏 Sizningcha, qaysi usulda chet el OTMlarda tahsil olgangiz kam xarajatliroq ?

Bakalavr (Foundation) darajasidanoq chetda o’qish;
2+2 yoki 3+1 ko’rinishidagi qo’shma ta’lim dasturi orqali chetda o’qish arzonroqqa aylanadi;

🟥 Nima uchun bunday qarorga kelgan bo’lardingiz, sabablarini ham commentda bildirib ketishingiz mumkin!

😎 @math_solver
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hammaning oʼz haqiqati bor, deyishadi. Menimcha, bu notoʼgʼri.

Haqiqat bitta — hammaning oʼz yolgʼoni bor, xolos.

✏️ Jahongir Аhmedov.
💯83🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rostan ham shu monolog yaxshi chiqqan…..
❤‍🔥7👍3🕊3💯1
⚡️Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6-iyul kuni boʻlib oʻtadi


Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

🗓 Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

@math_solver
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#inha

🔴 INHA RESULTS : Zahro Madrimova tabriklation va qutlations. Yomon emas



Eng muhim maqsadlaringizni biling !
@promax_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😱2😍21🔥1
Ispancha uyat.......

Bugun – Yoshlar kunida prezident yoshlar bilan uchrashdi, takliflarini eshitdi, bir guruh yoshlarni davlat mukofotlari bilan shaxsan taqdirladi.

Tadbirda men ham qatnashdim, davlat rahbari yoshlar uchun bir qancha yangiliklarni e’lon qildi. Koʻpchiligingiz ulardan allaqachon xabar topgansiz, yangiliklardan oʻqigandirsiz. Takrorlab chiqmoqchi emasman, zalda oʻzim kuzatgan, his qilgan holat haqida bir ogʻiz yozgim keldi.

Prezident ma’ruzadan keyin yoshlarga yuzlandi, kimda qanday fikr, taklif bor, eshitishga tayyorman dedi. Yoshlar turib aytayotgan taklif, gaplarni eshitib tengdoshlar, uka-singillar oʻrniga men “ispancha uyat”ni his qildim.

Respublika, davlat rahbari qanday muammolar bor, takliflar aytinglar deganda: kimdir meni chet elga olib boring, kurs tashkil qilib bering, oʻqishimga imtiyoz bering, meni duo qiling, yoningizda ishlay-yuray va hattoki meni falon lavozimga qoʻying dedi.

Qayerdan paydo boʻldi bunday ta’magirlik? Bugun davlat rahbari e’lon qilgan aksariyat imkoniyatlar chet elda oʻqish, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha edi. Tan olish kerak imtiyozli kreditgacha ajratamiz deyildi. Yana nega qoʻshimcha imtiyoz soʻrash kerak? Ozgina oʻqish, shu talablarga javob ham berish kerak-da. Darrov menga, menga demasdan.

Faqat Karantin agentligidan kelgan qiz bergan taklif jiddiy, sohasiga oid konkret masalani hal etish yuzasidan edi. Qolganlariniki “oltin tuyoqli ohu” ertagidagi boyning ahvoli: yana, yana…

Albatta, prezident hech bir yoshni xafa qilmadi, yoʻq demadi (bilmadim, balki yoʻq javobi ham kerakdir). Lekin koʻngilga tegmaydigan qilib ishoralar bilan tushuntirdi. Lavozim soʻrash uchun avval unga munosib boʻlish, oʻqishga kirish talablari ham uzoq oʻylab keyin joriy etilishi, uni bir iltimos bilan oʻzgartirib tashlab boʻlmasligi, gapni choʻzmay arzirli taklif aytish kerakligi kabi. Aqlli yoshlar buni tushundi nazarimda.

Bu holat bitta yoshlar bilan uchrashuvda emas, boshqa tadbirlarda ham koʻp kuzatiladi. Har kim istagan masalasini aytishi mumkin, lekin davlat rahbari tilla baliqcha yoki qorbobo emas. Uni olib bering, men rahbar boʻlmoqchiman deb soʻraydigan. Taklif soʻralganda faqat oʻzingizni oʻylamang, koʻpchilik manfaatini oʻylab fikr bildiring. Joʻyali taklifingiz boʻlmasa jim turing, ishoning bu sizni aqlliroq koʻrsatadi.

Bugun yangi avlod, OLTIN AVLOD jumlalari koʻp ishlatildi. Nazarimda oltin avlod boʻlish uchun avvalo koʻpchilik manfaati uchun harakat qilishni oʻrganishimiz kerak. Oʻz manfaatinigina oʻylagan, oʻz nafsiga oʻralashgan, maishiylikdan ortmagan, lavozim dardidagi avlod hech qachon oltinga aylana olmaydi.

P/S: Men bugun turib gapirmadim, biror taklif bildirmadim. Vaziyatni kuzatib oʻtirdim. Agar sen oʻzing nima masala aytarding deyishsa: hududlar, ayniqsa, chekka joylarda jamoat kutubxonalari tashkil qilaylik derdim. Chunki har safar qishloqqa borsam yangi chiqqan kitoblardan olib kelishimni soʻrashadi. Hamma oʻqisin deb olib borish mumkin boʻlgan kutubxona esa yoʻq. Buni avval tarmoqlar, davralarda mendan boshqalar ham aytgan. Hozircha amalga oshmadi lekin.


Siz-chi? Zalda boʻlganingizda soʻz olarmidingiz, nima haqida gapirardingiz?

*Wikipedia izohi: Ispancha uyat (shuningdek, empatik uyat, yashirin uyat, bilvosita uyat va boshqalar) boshqa odamning uyatli harakatlarini kuzatishdan uyalish hissi. Oddiy sharmandalikdan farqli oʻlaroq, biror bir noqulay hodisaning aynan ishtirokchisi boʻlmasdan, balki oʻzini boshqa odam duch kelgan noqulay vaziyatning guvohi yaʼni tinglovchisi yoki tomoshabini sifatida ishtirok etish bilan yuzaga keladigan hissiyot.

©pozitsiya

😎 Normatovmind
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3😢3