MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
🎯 Hullas 2 kun (Shanba va Yakshanba kunlari) mazza qilib dam olib keldik jamoamiz bilan.
Ham xordiq, ham To'y shodiyonasi bo'ldi. Ingliz tili ustozlarimizdan biri Mr. Boboyorni uylantirib qaytdik.

Endi navbat yana ishga.....
👍3❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tupolik faqat bizga xos emas ekanu bollar. Hafa bo'lmasak ham bo'ladi....
🙊5🗿4👍2🤣2
#gmat

🎯 GMAT QUESTION: P aylanada ikkita vatar o'tkazilgan bo'lib o'zaro X nuqtada kesishadi, uzunliklari rasmda ko'rsatilgan. Agar a va b butun sonlar bo'lsa, qaysi a va b uzunliklarning yig'indisi bo'lishi mumkin emas?

📥 Yechimlaringizni commentda asoslang!

♻️ @math_solver
👍2
🔥 Minimalizm haqida bilasizmi?

Minimalizmni tushunarli tarzda aytadigan bo‘lsak, bu oddiylikdir. Ilmiy kitoblarda bu atamaga turlicha tar'if berishadi.

🟢 Bir misol orqali ko‘rib keta qolamiz. San'atda minimalizm noyob va oddiy ko‘rinish yaratish uchun kam miqdordagi ranglar va bezaklardan foydalanishni anglatadi. Hozirgi kunda hech kimga bo‘rttirilgan holatdagi obyektlar yoqmaydi.

💡Umumiy ma'noda, minimalizm - bu bizda mavjud bo‘lgan va foydalanadigan narsalarning sonini soddalashtirish va kamaytirish.

Minimalizmning afzalliklari:

1. Vaqt va pulni tejash.
Siz minimalist bo‘lsangiz kam miqdordagi ya'ni yetarli narsalarni sotib olasiz. Anchagina vaqtingiz ham tejaladi.

2. Hayotingiz sifati keskin oshishi. Minimalizm sizga hayotdagi muhim narsalarga, masalan, sog'liq, shaxsiy rivojlanish va oddiylikga e'tibor qaratishga yordam beradi.

⏺ Xulosa qilib aytganda:
Baxt oddiylikda



📥 Xo'sh aytingchi, siz ham minimalistik sharoitda yashaysizmi yoki minimalizmning yana qanday uslublaridan xabardorsiz ?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Bu mavsuda Real Madridga Carvajalning o'zi yetarlimi deyman. Bugungi kundagi Real taktika sxemasi
👍2
#masala

⭐️ Rasmda berilganlardan foydalanib bo'yalgan soha to'plamini aniqlang


📥 Fikrlaringizni commentda asoslang !

🔵 @math_solver
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
♨️ “Oʻzbekcha yoz” deydigan odam yoʻqmi?

Ruscha matnda sof ruscha yozar ekan-u, oʻzbekchaga kelganda oʻzbekcha soʻz topilmay qolar ekanmi?

Demak:
Ovoz berish bosqichiga 22-avgustdan start beriladi ❌
Ovoz berish bosqichi 22-avgustdan boshlanadi ✅
👍5
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116

❓4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?

Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.

❓Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

❓56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21132


👉 @xushnudbek 👈
👍1
#inha


🚩Yana bir limitga oid INHA QUESTION savollaridan biriga javob berishga harakat qildik.

📥 Fikrlaringiz va reaksiyalaringiz bizni yanada mehnat qilishga chorlaydi

🔵 @math_solver
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from YASIRA BOOKSHOP
#nazm

⭕️ SHE'R VAQTI :

Oshiqdurman senga janon, guvoh olam nigohboni
Manzilingni so'rsam aytdi, go'zalliklar gulistoni.
Sening darding shirin g'amdur, orom bermas bir lahza ham
Ayro qolsam, vayron bo'lg'ay, muhabbatim oshiyoni

Termulsa ko'z qamashgaydur, jamoling bir zarrasiga
Tur tog'i ham oti shamdur, lol qoldirar ul Musoni
Hush insonlar ichra tanho, hush zabon ham o'zindursan
Muttaqiylar aro bo'lsam, kaloming hush suhandoni

O'kinchim shu zor etmagil, yetay Shirin diydoriga
Menga jondan azizdursan husn mulkining sultoni
👍1
🚩 Yoshligimizda svet o'chganda dadam (umrlari uzoq bo'lsi) shunday animatsiyalar ko'rsatar edilar, mana san'at asariga aylantirishibti azamatlar...
👍7😍1
Digital SAT test.pdf
1.9 MB
#sat

⭕️ SAT MOCK TEST : Xabaringiz bo'lsa 24.08.2024 kuni SAT navbatdagi test imtihonlari o'tkaziladi. Ushbu exam oldidan SAT savollaridan yechim ko'rishga nima deysiz. Ushbu test savollarini commentariyaga qoldiring!


O'z bilimingizni, xato kamchiliklaringizni aniqlab olishda yordam beramiz. Ushbu savollarga yechimlarni kechki 23:00ga qadar yo'llaymiz

♻️ @math_solver
👍4
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
Digital SAT test.pdf
🚀 Ushbu PRACTICE savollariga yechimlarni Shu post commentida keltirib o'tamiz....


📥 Yechimlarga fikrlaringizni berishingiz mumkin bo'ladi.

♻️ @math_solver
Eng muhim maqsadlaringizni biling !
👍1
Forwarded from NORMATOV | BLOG
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#otm #kontrakt

📌 Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️

⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.


🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

❇️ @normatovuz
👍1
#otm

🧨To'lov-kontraktlar haqida infolar o'qiyotib Oliy ta'lim va Innovatsiyalar Vazirligi saytida qiziq ma'lumot o'qib qoldim:


📩 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt miqdorlari 7 400,0 ming so‘mdan – 11 250,0 ming so‘mgacha bo‘lgan oraliqda belgilangan.

Natijada, amaldagi kontrakt to‘lovlari bitta talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarining o‘rta hisobda 65,5 foizini qoplamoqda.

Yetishmagan mablag‘lar oliy ta’lim muassasalarining tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanishi kutilmoqda.

Texnika, madaniyat va san’at hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi aksariyat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun yetishmayotgan mablag‘larning bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilmoqda.


📌 Shaxsiy fikrim : Demak, bitta talabaning kontrakt to'lovi o'z xarajatining 65% qoplayotgan, qolgan qismi esa tabaqalashgan to'lov-kontrakt asosida o'qishdan tushadigan mablag'larga shakllansa, u holda qattiq o'qimsangiz imtihonlardan o'tolmagan va yozda qayta to'lov qilib o'qiladigan ta'lim yoki grantdagi talabaning kontraktga tushib qolishi hisobidan amalga oshiriladi degan ma'noni beradi. Xullas endi yaxshi o'qiydigan yaxshi o'qishni istamagan esa kontrakt to'lab yuradigan zamonlarga ham yetib keldik. Bu normal holat aslida, gap endi haqiqatan diplom olishda emas, shu diplomga loyiq ilm olishga borib taqaladi.



Eng muhim maqsadlaringizni biling!
👍2