MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.68K subscribers
15.7K photos
1.31K videos
1.89K files
2.05K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
Kecha olingan Yakuniy Test sinovi javoblari e`lon qilinmoqda. Manzil: @OliyMaktabUzBot
ALBATTA O'QING!

Atrofimizda o'qishga tayyorlanib, halol yo'l bilan talabalikka tayyorlanayotganlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Lekin atrofimizda X-varyant orqali, yoki telefon orqali, yoki pora berish orqali, yoki tanish-bilish orqali harom yo'l bilan talabalikka "tayyorlanayotganlar"ni ham uchratamiz.

Ularning ba'zilariga "bu ishing noto'g'ri, bu ko'pchilikka, xususan o'z kuchi bilan tayyorlanayotganlarga xiyonat" deyilsa, ular "EPLASANG QANDINGNI UR, HOZIR HAMMA SHUNDAY QILYAPTI, HALOLLIKDAN FALSAFA SUQMA, ZAMON OLG'IRLARNIKI, QOLGANLARDAN YUQORIDA BO'LISHLIK UCHUN SHUNDAY QILYAPMAN" degan javobni berishadi.

Ularga aytiladigan gaplar:

1) Hammaning nomidan javob berilmaydi, chunki abituriyentlarning 90% dan ko'pi (tahminan) o'z kuchi bilan imtixon topshiradi, hamma ham harom yo'lga bormaydi.

2) Boshqalarning qilayotgan jinoyati bizga ham jinoyat qilish huquqini bermaydi.

3) Halol bo'lishga chaqirishlik FALSAFA SUQISHLIK EMAS.

4) Qing'ir yo'l bilan imtixon topshirmoqchi bo'lganlarning "Boshqalar ham shunday qilyapti baribir" deyishi o'zining jinoyatini xaspo'shlash hisoblanadi.

5) Har kim bu dunyoda ham, u dunyoda ham o'zi qilgan ishi uchun o'zi javob beradi.

6) EPLAGAN QANDINI URSIN deb X-varyant yoki shunga o'xshash yo'l bilan oliygohga kirishni to'g'ri deb hisoblashlik, huddi EPLAPDIMI, O'G'IRLIK BILAN TIRIKCHILIK QILISH MUMKIN degan bilan bir xil.

7) Nohalol yo'l bilan imtihonda qatnashib talaba bo'lgan odam halol yo'l bilan imtihon topshirib talaba bo'la olmaganlarning haqqini yegandek bo'ladi.

8 ) To'g'ri yoki noto'gri ish odamlarning nuqtai nazariga bog'liq emas. Vaqt o'tsa ham, odamlarning dunyo qarashi o'zgarsa ham, halol halolligicha, harom haromligicha qolaveradi.
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT pinned «ALBATTA O'QING! Atrofimizda o'qishga tayyorlanib, halol yo'l bilan talabalikka tayyorlanayotganlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Lekin atrofimizda X-varyant orqali, yoki telefon orqali, yoki pora berish orqali, yoki tanish-bilish orqali harom yo'l bilan talabalikka…»
‼️DIQQAT ‼️👇👇👇2018-yil variant
Fizikadan ushbu variantni javoblari bilan o'rganib chiqing.