MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.28K videos
1.88K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
#sat


🎯 Ushbu savol iyun oyida WIUT EXAM da tushgan savol hisoblanadi, Bugun o'quvchilarim uchun SAT 2023 PRACTICE GUIDE BOOK ni ko'rib chiqayotganda ko'zim tushdi va darhol screenshot qilib oldim.


🚀 Shu masalaga yechim izlab ko'ramiz, yechimlaringizni commentda asoslang !


♻️
@math_solver
👍1
Insonning muvaffaqiyatga erishish yoʻlida oila aʼzolarining ahamiyati kattami ❓

📅Tugʻilgan sananing ahamiyat:

Bu juda katta ahamiyatga ega boʻlmasa ham insonga ustunlik beradi, Masalan Oʻzbekiston 2024-yil tugʻilgan bolalar 2031-yil sentyabrda maktabga chiqisha, yaʼniki dekabrda tugʻilgan bola oʻsha yili yanvar va fevralda tugʻilgan bolalar bilan bitta sinfda oʻqiydi bu sal kam bir yosh farq degani bu bolalarni ulgʻayish, oʻsish, oʻzlashtirishda farq boʻlib, yanvar, fevral, martda tugʻilgan bolalarda kichik ustunlik boʻladi lekin bola toʻgʻri katta qilib tarbiyalansa bu farq yoʻqalib ketadi


❤️Oilaviy muhitning ahamiyati:

Farzandlari muvaffaqiyatga etishishida ota-onaning ahamiyati juda katta eʼtiboringizga bir tadqiqotni taqdim etaman, 1965-yil Vengriyada Laslo va Klara ismli insonlar turmush quradi, ular tugʻma isteʼdod degan tushunchaga ishonishmasdi va qunt bilan ishlab hamma maqsadlarga erishsa boʻladi deb hisoblashardi va buni farzandlarida sinab koʻrishmoqchi boʻlishadi.

🔹Ular buni shaxmatda sinab koʻrishadi. Ularning rejasiga koʻra ular uyida shaxmatga oid kitoblar, buyuk shaxmatchilarning suratlarini yigʻishadi, bolalariga shaxmatdan saboq berishadi, va bolalari shaxmat oʻynab katta boʻlishlari kerak edi.

🔹Ular Suzan, Sofiya, Yudit ismli uchta qiz koʻrishadi.

🔹Suzan 4 yoshda shaxmat oʻynashni, yoydan soʻng kattalarni yutishni boshlaydi.

🔹Sofiya yanada yuqoriroq natijalarga erishadi. U 14yoshda dunyo chempioni bir necha yildan soʻng grossmeyster unvonini oladi.

🔹Kenja qizi Yudit hammasidan oʻtib tushadi, u 5 yoshda otasini yuta olardi, 12yoshda dunyodagi eng yaxshi yuzta shaxmatchilar roʻyhatiga kirgan eng yosh oʻyinchiga aylandi, u 15yoshu 4oylik boʻlganida tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylanadi. 27yil davomida dunyoning eng yaxshi ayol shaxmatchilar unvonini saqlab qoladi. Shunday qilib ota-ona oʻz maqsadiga yetadi



💠Ota-onaning farzandi muvaffaqiyatga ahamiyati judayam katta yana Stiv Jobs, Bill Gates, Cristiano Ronaldo, Leonal Messi hayotiga nazar tashlasak bu yaqqol namoyon boʻladi. Ularga keyinroq toʻxtalamiz.

♻️
@math_solver
👍3
❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.
iq-ru.pdf
747.2 KB
#piima

📥 Ixtisoslashgan maktabga topshirivchi o'quvchilar uchun IQ-dan imtihon namunasi


♻️ @math_solver
Matematikaning iqtisodiyot oʻrganishdagi oʻrni.

Oxirgi payt mendan koʻp soʻrashadi, iqtisodiyot oʻrganishim uchun nima qilishim kerak, Oʻzbekistonda qayerda oʻqishim kerak deb. Koʻpchilikka shaxsiy bergan tavsiyamni shu yerda yozib qoʻysam. Agar siz ilmiy yoʻnalishdan ketmoqchi boʻlsangiz, yoki deylik chet el universitetlarida aynan iqtisodiyotdan magistratura va ayniqsa doktoranturada oʻqimoqchi boʻlsangiz, universitetda bakalavr darajasida matematika oʻqishni tavsiya qilgan boʻlar edim. Matematika — hozirgi iqtisodiyot fanining tili. Matematikani bilish iqtisodiy tadqiqotlar va ilmlarni oʻrganishlik uchun mutlaq muhim. Barcha iqtisodiy tadqiqotlardagi gʻoya matematik formulirovkalar orqali yoziladi. Shuning uchun, matematik analiz, statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra kabi fanlarni yaxshi oʻzlashtirish, iqtisodiyotda ilm qilish va oʻqish uchun asosiy talablardan biri. Albatta universitetda iqtisodiyotni oʻqib, qolgan vaqtda matematikani oʻqib olib, yetib olsa boʻladi, imkonsiz emas. Lekin matematika fakultetida oʻqish sizga iqtisodiy gʻoyalarni tez tushunish va oʻzlashtirishda juda koʻp yordam beradi.

Bu nafaqat meni bir shaxsiy fikrim, balki qabul kommissiyalarini fikri ham. Ixtiyoriy doktorantura programmasiga kirish kommisiyalari, albatta shartli ravishda boʻlajak doktorantlarni “matematik tayyorgarligini” koʻrishadi. Nechta matematik fan olganini qarashadi, qanday fanlar, baholar necha boʻlganligini.

Xullas, boʻlajak iqtisodchilarga tavsiyam — matematikani oʻqing, chunki iqtisodiy fakultetlarga kirish va tadqiqot qilish uchun bu narsa muhim shartlardan. Albatta matematik bilim yaxshi iqtisodiy tadqiqot qilish uchun, yetarli emas, lekin shart.

Oʻzbekistonda bir nechta yaxshi matematika fakultetlari bor — ulardan eng eskisi va mashhuri milliy universitet qoshida. Bir necha avlod zoʻr matematiklarni chiqargan. Eng mashhur Oʻzbekistonlik iqtisodchi — Londondagi Imperial Kollej professori Rustam aka Ibragimov ham, oʻsha matematika fakulteti bitiruvchisi. Yaqinda yangi ishga tushgan New Uzbekistan University — Yangi Oʻzbekiston universitetining matematika fakulteti ham diqqatga sazovor, men u yerda ishlaydigan domlalarni va programmani koʻrib chiqdim. Juda zoʻr ekan. Agar Oʻzbekistonda boʻlsangiz va deylik kelajakda iqtisodiy ilmiy karyera qilmoqchi boʻlsangiz shunday yaxshi fakultetga kirishingizni tavsiya qilgan boʻlar edim.
👍3