MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
#doska


🚩 2-dars : Bo'linish belgilari, Qoldiqli bo'lish va Sonning butun darajalari mavzusini o'rgandik.

♻️@math_solver
👍3👏1
⭕️ Diqqat savol : Ushbu pul egalari kim ?



PS: Pikrlaringni maneyga yozib ketaverasizlar vey


©️ Normatovsmind
👍4
#logika

⭕️ Ajoyib Logika : ❓ o'rniga kerakli sonni qo'ying !

PS: Yechimlaringizni commentda asoslang !

♻️ @math_solver
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

❌ Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

✔️ Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

✔️ Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

💬 Ijarada yashayotganlar, ijara pulini to'lab berish haqida OTM bilan gaplashdingizmi?

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
@edu_news_official
👍2🔥1
Taʼlim boʻyicha bugun eʼlon qilingan yana bir "ajoyib" yangilik (oʻzi mantiqsiz qarorlar soni boʻyicha "eski" yoki "birinchi maʼmuriyat" deya taʼrif beriladigan davrni ham ortda qoldirdik shekilli): O‘qishga kira olmagan abituriyentlarga tanlagan 5 yo‘nalishidan birida super kontrakt asosida o‘qish imkoniyati beriladi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan keyingi qadam - shunchaki diplomlarni sotish amaliyotini yoʻlga qoʻyishni kutib qolamiz. My.gov.uz portali orqali ham qilsa boʻladi. Ishonaman, bunday xizmatga talab katta boʻladi.

Oliy taʼlim muassasalari top-1000talikka kirgan Buyuk Britaniyaning QAA (Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash ahentligi) eʼlon qilgan "Sifat kodeksi"ga koʻra, OTM taklif qilinayotgan taʼlim dasturini muvaffaqiyatli tamomlay olish salohiyati bor abituriyentlarni oʻqishga qabul qilishi lozim. "Alif"ni "kaltak" deydiganlarni oʻqishga qabul qilish - taʼlim dargohi obroʻsiga ham, taʼlim sifatiga ham ijobiy taʼsir qilmaydi.
😁6🔥1🤯1
Forwarded from MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT (ADMIN - PROMAX EDUCATION)
ALGEBRA TO'PLAM (1996-2003).pdf
1.8 MB
#kitob

❗️ Matematikadan testlar To
plami (oq Toplam 1996-2003)


@math_solver
👍3🔥2
#masala


⭕️ Uchburchakda berilgan shakllarga ko'ra x=?


Ps: Yechimlaringizni commentda asoslang !

♻️ @math_solver
👍1
#notes

🚩Bugun — Dasturchilar kuni.

Aslida dasturchilar kunining aniq sanasi yoʻq. Bayram qachonligini aniqlash uchun yil boshidan boshlab aniq 256-kunni hisoblashingiz kerak. Bu yil u 13-sentyabrga toʻgʻri keldi.

Lekin nega aynan yilning 256-kuni? Chunki dasturlash tilida 256 raqami muhimdir. Shunday qilib, 256 — 8 bitli kodlash bilan har qanday tizim elementlarining maksimal mumkin boʻlgan soni.

2002-yilda bu gʻoya veb-studiyada dasturchi Valentin Balt tomonidan ilgari surildi. Mutasaddilarga murojaat tuzib, tashabbusni qoʻllab-quvvatlash uchun kerakli miqdordagi imzo toʻpladi. Besh kun ichida oʻn ming kishi murojaatni imzoladi.

Bu kuni dasturchilar mukofotlar, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, dasturlash musobaqalari oʻtkaziladi, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etiladi.

Bayramingiz muborak ATchilar !

Oramizda ATchilar bormi ?

©xabar.uz
👍6
#masala


⭕️ Masalalar hayotga ko'chganda: Yasiraxon har kuni maktabga ketayotib, yo'l chetidagi bordyor ustida qirg'oq bo'ylab K nuqtadan M nuqtaga qarab harakatlanib boradi
|NR|=320m
|KN|=160m
|MR|=80m bo'lsa, K va M nuqtalar orasida eng kamida qancha uzunlikdagi bordyor bor?


Ps: Yechimlaringizni commentda asoslang !
♻️ @math_solver
👍5
#notes

Bir davlat: 2 xil ko'rinishdagi maktab.
Fikringizcha qaysi rasmdagi avlod, davlatga ko'proq manfaat keltiradi?

Man uchun 2-rasmdagilar ko'proq manfaatli, sababi......


Normatovsmind
👍9
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
#notes Bir davlat: 2 xil ko'rinishdagi maktab. Fikringizcha qaysi rasmdagi avlod, davlatga ko'proq manfaat keltiradi? Man uchun 2-rasmdagilar ko'proq manfaatli, sababi...... Normatovsmind
❗️2 kundam beri shu mavzu hayolimdan ketmayapti:
Nahotki, barcha sharoitlarga ega, eng so'nggi texnologiya bilan hamda interaktiv usullarda dars o'tadigan, o'qisang yorvoradigan maktabga OTM uchun kirish imtihonlaridan ozod qilinsada, lekin 70-yillar binosida, kerak bo'lsa devorga yozib (o'z ko'zim bilan ko'rganman, ko'k partani birini ikkinchisiga chiqarib qo'yib, ustidagi partani doska qilib ishlatayotgan holatni) ilm olayotgan yoshlarga hech vaqo yo'q....

Aslida zo'r sharoit yaratilgan maktab o'quvchisiga : "Mana senga yaxshi sharoit, endi sen bilan imtihonda, olgan ilming yuzasidan gaplashamiz"-deyilishi kerak emasmi?!

Abgor holdagi maktab o'quvchilariga : "Senga sharoit qilib berolmadik, shu sharoitda o'qiganing uchun senga mana bunaqa imtiyoz bor"- deyish kerak aslida.

Oy chiqsa ham shularga kun chiqsa ham shulargami, qani bu yerda inson qadri, qani adolat.....

Keyin yuramiz, qora daftar, oq daftar, uyushmagan yoshlar, yoshligida satang yurgan yoshlar deb tabaqaga ajratib....

Shu holatlarni o'ylayverib, 2 kundan beri qo'lim ishga ham bormay qoldi.
Bu holdagi ilm olgan yoshlarning Vatan ravnaqi, buyuk kelajak degan gaplar kimni ham qulog'iga kirardi nima qilsada farovon hayot izlab boshqa makonga intiladi .

Anavi imkoniyatlar ummonidagi maktab yoshlari esa hech qachon Vatan tuyg'usini tuymaydi, fikri yanada yaxshi sharoitni xohlaydi va chet el orzusida bo'ladi.

Natijada 2 xil tabaqadagi yosh avlodni ham qo'ldan boy bermaymizmi?
👍10🔥2❤1
#nazm

Vaqt!

Uning dastidan dunyo dod deydi. U oliy hakam. Men yana siz bilan. Vaqt o`tayapti.

Inson o`zi shunaqa:
Doim yo`qotganiga qayg`uradi, topganlari tog`risida esa sira o`ylab ko`rmaydi. Gunohlardan holi bo`lmagan oddiy odam sifatida kimnidir xafa qildim, kimlarnidir xursand. Kimnidir yo`qotdim, kimlarnidir topdim. Kimdir, kimdir meni kechirmadi. Kimlar esa aksincha. Hammasiga jarohat ham, malham ham bu – vaqt.

Ulug` bobomiz Sa’diy Sheroziy shunday degan ekan:

Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemor-chi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi…

Shundan asrasin. Nima bo`lganda ham sizlarni yaxshi ko`raman.
Topganlarim ichida men uchun eng qadrlisi bu – sizlar.
Va men sizlar bilan baxtliman!

Dunyo, senga bitta o`tinchim: Hech yo`q bir bor omadim kulsin.
Nomardga bosh egkandan ko`ra, Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Izlab-izlab topganlarim – dard, Insonlaring shaytonga ulfat,
Topolmasam bitta do`stu mard, Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Yig`layverma yig`loqi ko`nglim, Bizning dardni anglamas hech kim,
Mard bo`l, kulib kelsa ham o`lim, Tikka turib o`lganim bo`lsin.


Sherman, deydi sherligi yo`qlar, Zo`rman, deydi erligi yo`qlar,
Yashasa gar zo`r bo`lib ular, Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Akalar ko`p, akalar bisyor, Biri ayyor, birisi xushyor,
Tanim g`ajib tashlashga tayyor, Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Ko`rib to`ydim sitamlaringni, Butlolmadim hech kamlaringni,
Yelkamga qo`y bor g`amlaringni, Tikka turib o`lganim bo`lsin.
👍6
#qabul

🚩MATEMATIKADAN YANGI GURUH (YUQORI LEVELDA):

📆Seshanba | Payshanba | Shanba
⏰ 16:30
👨‍💼 Bobur Normatov


❗️ Ushbu guruhda darslar Abituriyent 1-6 kitobidan o'tiladi, shuningdek o'quvchidan yaxshigina baza ega bo'lishi talab qilinadi.

🚩 Batafsil : (95)5137776 • (99) 5127776 yoki @promax_admin ga murojaat qilish orqali kursga yozilishingiz mumkin.

♻️@math_solver
👍5🎉1
#masala

❗️ Eshitdinglarmi Imron Imtihon Markazida imtihon topshiryapti ekan, "prava" uchun.

Ps : Yechimlaringizni commentda asoslqng!

♻️@math_solver
👍3