MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.68K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
​​#Qabul2023   #Abituriyent2023   #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 12-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 465 393 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 402 742 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 50 336 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 10 844 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 471 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 311 097 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 11 848 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 139 154 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 294 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 18 023 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 14 220 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 14 217 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 14 199 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 13 808 nafar.

✅ Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 55 169 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 51 167 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 43 916 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 42 152 nafar;
5️⃣ Andijon viloyati — 40 523 nafar.

©️BBA

♻️@promax_edu
👍2
🚩 O'tgan yili PSJ ham so'ragandi...... 🤪

Iya, Lutfullo Toʻrayev, bunaqa fint Neymardayam yoʻq. Mana mana xop....
©️ X.Xamidov
👍3🤣2
Bir o'zbekcha sevimli yegulikda shu uchta shakl nomi turiga qarab aytiladi.

Xo'sh bu qanaqa yegulik ekan a? Siz nima deb o'ylaysiz bu qaysi yegulik ?
Forwarded from ADMINSTRATOR
🚩 Oltiburchakli muntazam prizma eng katta diagonal kesimining yuzi Q, prizmaning qarama-qarshi yon yoqlari orasidagi masofa b bo‘lsa, prizmaning hajmini hisoblang.
Anonymous Quiz
38%
3bQ/4
23%
3bQ/2
31%
4bQ/3
8%
bQ/2
🔥2
#notes

🚩 Dastlab Otaturkning turk yoshlariga xitobiga diqqat qiling:

"Ey turk yoshlari! Birinchi vazifang: turk istiqlolini, turk jumhuriyatini abadiy muhofaza va mudofaa etishdir.

Mavjudliging va kelajagingining yagona asosi mana shudir. Bu asos sening eng qiymatli xazinangdir. Kelajakda ham seni bu xazinadan mahrum qilishni istagan ichki va tashqi dushmanlaring boʼladi.

Bir kun istiqlol va jumhuriyatni mudofaa qilishga majbur boʼlib qolsang ushbu vazifaga kirishish uchun seni kutib turgan holatning imkoniyatlari va sharoitlarini oʼylama. Bu imkon va sharoitlar oʼta noqulay koʼrinishda zohir boʼlishi mumkin.

Istiqlol va jumhuriyatingga koʼz olaytirgan dushmanlar, butun dunyoda misli koʼrilmagan bir nusrat sohiblari boʼlishi mumkin. Jabr va hiyla bilan aziz vatanning barcha qalʼalari bosib olingan, barcha portlar egallangan, barcha qoʼshinlari tarqab ketgan va mamlakatning har burchagi tamoman ishgʼol qilingan boʼlishi mumkin.

Аna shundan ham alamli va qoʼrqinchli holatda, yaʼni mamlakatning ichidagi hukmdor qatlam gʼaflat va zalolat va hatto xiyonatga mubtalo boʼlgan boʼlishi mumkin. Hatto ushbu hukmdor qatlam shaxsiy manfaatlari sabab mustamlakachilarning siyosatiga qoʼshilib ketishi mumkin. Xalq faqir va muhtojlikda, xarob va bechora boʼlib qolgan boʼlishi mumkin.

Ey turk kelajak avlodi! Аna shu ahvol va sharoitda qolgan boʼlsang ham, sening vazifang istiqlol va jumhuriyatni qutqarib qolishdir. Senga zarur boʼlgan qudrat tomirlaringdagi asl qoningdadir."

Vatanparvar, vatanparast millatni tarbiyalash uchun ajoyib xitob.

Аmmo soʼz bu haqda emas. Masala gʼurur va gʼoyaning himoyasi haqida. Hatto butun olam ustingga bostirib kelganda ham, butun qoʼshin taslim boʼlib, shaharlar birin ketin zabt etilganda ham, xatto hukmdorlar sotilib ketsa ham sen, aynan sen, umidingni uzma, sen vataningni himoya qilish chun harakat qil.

Endi mana shu usulni oʼzingizga, oʼz qadriyatlaringizga qoʼllab koʼring.

Butun olam islomofob boʼlib qolsa ham, xatto birin keting sening ulamolaringni qoralashsa ham, sening davringda birorta olim qolmasa ham, qanday vaziyatda boʼlsang ham eʼtiqoding va qadriyatlaringni oʼzing himoya qil. Zero:

"Mavjudliging va kelajagingining yagona asosi mana shudir. Bu asos sening eng qiymatli xazinangdir. Kelajakda ham seni bu xazinadan mahrum qilishni istagan ichki va tashqi dushmanlaring boʼladi."


©️Normatovsmind
🔥2👍1
#news

"Qo'shnimning ayoli erini 2-xotini bilan ushlab olibdi......."

Rasmdagi holatni esa miyyamiz ko'tarolmaydi, o'zimizni ijtimoiy temalardan qo'ymasin .....

©Normatovsmind
😁5👍4😱2😢1
#notes

🚩 Maishiy muammolar ta'limga ham kirib kelganda....

Bu OTM ichkuyovlikka tayyorlaydiyov....

Aytamanku, miyyamiz kuyov/kelin, 2-xotin, Gentralardan boshqa narsalarni ko'tarolmaydi deb.

Qodirilami bu, e Qodirali yo' yo' Odil bu Odil....
(Chingiz tiktoker tilida o'qilsin)


©️Normatovsmind
😁9🤣2👍1🤯1
#notes

Bir litseyni zavuchi menga "bizning o'quvchilar hali litseyni tamomlamasdan o'nlab xorijiy universitetlarga kirib qo'yadi" deydi.
Shunaqa ham qoloq fikrlaydimi a odam!?
Hozir it ham mol ham bilib turibdi dunyoda OTMga unchalik qiziqish qolmayotganini. Bu haqida YouTubeda bir qancha videolarni ko'rish mumkin.
Qolaversa, bizda 5ta OTMga topshirish imkoni bo'lsa chet elda bu cheksiz. Istasangiz 100tasiga topshiring.
Lekin jismonan siz nechtasida o'qish imkoniga egasiz? Faqat bir donasida. Tamom!
Biz hozir nechta universitetga kirish haqida emas, Sun'iy Idrok davrida universitetlarni tamomlab ular qayerda, qanday va qancha maoshga ishlay olish potensiali haqida o'ylashimiz kerak.


Ps : Kamiga o'zi kiritib qo'ygandek, kerilishinichi, uni tayyorlagan repititorlar bir chekkada sigaret chekib o'tiribdi, man nima ish qildim unda deb

©️Normatovsmind
👍5🔥4😁3
#notes

🚩No comment


Sizga qanaqa nima motivatsiya kerak......
👍10👏3😢2
#formula


🚩 Integralga oid ba'zi xulosa va formulalar


♻️@math_solver
🔥3👍1