MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
❗️ Bugundan QABUL BOSHLANDI....

Kayfda yurgan do'stlaringizga jo'natib qo'ying !
😁4🥱4
#masala

🚩 Bo'yalgan soha yuzini toping !

Ps: Yechimlaringizni commentda asoslang !

♻️ @math_solver
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Abituriyentlarning maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini test balliga qo’shish tizimi joriy etilishi ortga suriladi

💡 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ta’kidlashicha, bugungi kunda faqat joriy yilgi bitiruvchilarning 6 yillik maktab baholari elektron bazada mavjud, ammo ancha yil avval, masalan, 15 yil oldin bitirgan abituriyent uchun bunday ma’lumot mavjud emas. Shu sababli kimgadir ball qo’shiladi, kimgadir yo’q. Bu esa o’z navbatida adolatsizlikni keltirib chiqaradi.

📎 Shunga ko’ra, hozirda ushbu tartibni qayta ko’rib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda va katta ehtimol bilan bu keyinroqqa qoldiriladi.

Nima deb o'ylaysiz, maktab baholarini test ballariga qo'shib berish tizimi o'zini oqlaydimi? Maktabda sizga adolatli baho qo'yilganmi?

Fikringizni izohlarda, albatta, yozib qoldiring!

♻️@math_solver
🤔2
📍Ha erkak erkak.....


🚩Jaaaa hamma muammolarni hal qilolmasa kerak a nima deysizlar ?
🚩 Yana o'sha Xavier, ex sen bola....
🤣5😁1😢1
#nazm

Mehnatsiz turmushga ko`ngil boylagan,
Elim deb ko`ksiga mushtin urmagan,
To`rtta jo`jasiga katak qurmagan,
Otaning qadrini qaydan ham bilsin?

Labda qizil bo`yoq, egnida nimcha,
Kiygani uzun kun tor-tajang shimcha,
Chiroyiga bino qo`ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin?

Ishq bu – kimlar uchun bir umr armon,
Kimga hasrat, kimning dardiga darmon.
Ro`zg`or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydan ham bilsin?

Dasti baland bo`lar deydilar sherning,
Qadri baland bo`lar tug`ilgan yerning.
Xotinlar tavakkal topilgan erning
Mardu-nomardini qaydan ham bilsin?

Oh, bu inson zoti aqldan tongan,
Mol-dunyo xirsida yongani-yongan.
Xudo oldidagi uzolmay qolgan
Bir dunyo qarzini qaydan ham bilsin?
👍5😢2
VARIANT TO'PLAMI [2003--2020].pdf
85 MB
#variant

🎯 Variantlar saylanmasi


Ps: 2016 yilga qadar Har biy yildan 5 tadan variant, 2017-yildan boshlab variantlar sonini 10 taga oshirilgan.

♻️ @math_solver
👍3
🚩 Egnim 22, etagim 33, oyog' razmerim 40, uzim esa 26-raqamda o'ynayman
🤣11🤔1
#notes

🚩 Just comment

©Normatovsmind
👍1
#inha


🚩Bugun (23.06.23) INHA (Grant uchun) exam bo'lib o'tdi.

Ushbu savollar bugungi examdan olingan.

@math_solver
👍4
#notes

🚩Jinoyat va Klip


©Normatovsmind
👍5😁5
#nazm

Hayot – o'rmon tulkisi och bo'riga oxshaydi.
Tiz cho'kib yo'lbarslari, najot so'rab yig'laydi.
Hayot – hayot, odamlar, goh odamga o'xshamas.
Xokisor qalb yig'laydi,  yetim nodon to'xtamas.

Hayot – osmon yulduzi,  armon deydi eskilar.
Shohni ham, gadoni ham, mehmon deydi eskilar.
Hayot – karvon tuyasi,  sahrodan suv soraydi.
Sabrning kosasiga,  o'rgimchak tor o'raydi.

Hayot – sharob,  quyilib,  kayf yarmida tugaydi.
Bagirlar kabob bolib,  kir korada tutaydi.
Hayot – bevafo gozal, hech kimga qilmas vafo.
Bandang bilib bandangni, asragin qodir, Xudo.

Hayot – bekat,  keladi va ketadi qanchalar.
Kimdir magrur yashaydi, Kimlar ostona yalar.
Hayot – achchiq haqiqat, u kimga ham yoqardi.
Haqni haq bilganlarning, gorda sochi oqardi.

♻️ @yasirabookshop
👍1
#notes

Sabr qil!

Gar nasibing bo'lsa, qismat bo'ladi,
Imtihoning bo'lsa, jannat bo'ladi.

©Mavlono Rumiy
👍8🔥4
#masala

🚩 Ertalabdan ketma-ketlikka oid masala yechamiz.

Ps : yechimlaringizni commentda asoslang !

♻️@math_solver
🔥6
#piima

3 ta tishli charxlar bir biriga tegib turgan bo'lib, 1-charxdagi 10-raqam 2-charxdagi qaysi raqamga, 2-charxdagi 9 raqami esa 3-raqamdagi qaysi songa tegib aylanadi ?


ps : Yechimlaringizni commentda asoslang !

♻️@math_solver
👍2
#notes
Hozir bir ajoyib tendensiya ketyapti, xorijiy ingliz tili o'qituvchilarini ishga jalb qilish. Asosan Toshkent shahridagi maktablarga.
Ularga va'da qilinayotgan narsa esa yuqori maosh, uy va bir qancha imtiyozlar.
Lekin bilasizlarmi nima!? Chet eldan hech zo'r mutaxassis kelmaydi, kelganlar ham o'zida yaxshi ish topa olmagani, afsuski. Keyin ular "native speaker" ham emas, mana Hindistondan tibbiyot yo'nalishiga o'qigani kelganlarni ham "native speaker" deb biznikilar hiyla qilib o'quv markaz va xususiy maktablarda olib yurishibdi.
Bechora hindlarni ham aldashyapti, o'zimizning qoro ko'zlarni ham.
Ey baraka topgurlar, o'zimizda ham aqlli, kuchli o'qituvchilar va yoshlar ko'p. Shularni topib, moliyaviy qo'llansa hamma foydasi o'zimizga bo'ladi.
Men ingliz tilini, rus tilini zo'r bi'ladigan, tarix, va boshqa aloqador fanlarni chuqur o'zlashtirgan, Jahon va o'zbek adabiyotini yaxshi biladigan o'zbek ingliz tili o'qituvchilarini bilaman.
Bizdagi kam oylik sabab ular dars o'tishga boshqa ishlarni, qurilish, santexnika, taksislik kabi ikkilamchi ishlarni qilib yurishibdi.
Yangi tashkil qilgan vazirlik o'zimida "talent hunting" usulida shunaqa noyob kadrlani topinglar.
Ularni ko'pini daladan, bozorlardan, yo'llardan topasizlar. Chunki ko'pi qo'shimcha ish deb shu narsalar bilan yuribdi.

©Normatovsmind
👏7🔥4👍1
🚩 Barchangizga arafa muborak bo'lsin
👍9❤3
Barchangizga Iyd Al-Adha muborak, barcha o'ylagan niyatlaringizga yeting!

©️Normatovsmind
👍10🐳1
🚩 Аrafotdagi vido xutbasi

Paygʼambar alayhissalom soʼnggi bor haj qilishlarida vidolashuv xutbasini aytdilar. Oʼshanda Makkada 124 ming musulmon toʼplangan edi. U zot Qasvo degan tuyalariga minib, Аrafot vodiysida musulmon ummatiga tarixiy vasiyatlarini bayon qilganlar. Bu xitob faqat oʼsha joyda toʼplangan hojilargagina emas, qiyomatga qadar keladigan butun insoniyatga qaratilgan. Paygʼambar alayhissalom ummatga bunday vasiyat qildilar:

“Ey insonlar! Soʼzlarimni diqqat bilan eshiting. Bilmayman, balki bu sanadan keyin siz bilan bu yerda yana bir bor birga boʼlolmasman.

Ey insonlar! Bu kunning qanday kun ekanini bilasizmi? Bugun Yavmunnahrdir (qurbon kuni). Bu oyning qaysi oyligini bilasizmi? Bu oy Shahri haromdir (muqaddas oy). Bu joyning qanday joyligini bilasizmi? Bu yer Baldai xaramdir (muqaddas shahar). Bu kuningiz qanday muqaddas boʼlsa, bu oyingiz qanday muqaddas boʼlsa, bu shahringiz qanday muqaddas boʼlsa, bilingki, jonlaringiz, mollaringiz ham to Аllohning huzuriga chiqqunga qadar bir-birlaringizga bu muqaddas kun, bu muqaddas oy, bu muborak shahar kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir.

Ey ashobim! Hushingizni yigʼib oling! Bilingki, ertaga Аllohingizga qovushajaksiz. Bugungi har turli hol va hatti-harakatlaringizdan albatta soʼroqqa tutilasiz. Zinhor-bazinhor mendan keyin eski zalolatlarga (adashuvga) qaytib, bir-birlaringizning boʼyningizga tigʼ urmang! Ushbu vasiyatimni bu yerda boʼlganlar boʼlmaganlarga bildirsin. Balki bildirilgan kishi bu yerda turib eshitgandan yanada yaxshiroq tushunar va buni muhofaza etar?!

Ey ashobim! Eski johiliyat davridan qolgan hamma qon daʼvolari batamom bekor qilindi. Bekor qilganim ilk qon daʼvosi esa Аbdulmuttalib nevarasi Robianing qon daʼvosidir.

Ey ashobim! Johiliyat davrining har turli ribosi (foiz, sudxoʼrlik) bekor qilindi. Ilk bekor qilganim ribo Аbdulmuttalib oʼgʼli Аbbosning foizidir. Аllohning ajri bilan bundan keyin sudxoʼrlik taqiqlangandir. Eski davrlardan qolgan bu chirkin odatning har turlisi oyogʼim ostidadir. Qarzdorlar qarz bergan kishilarga faqat ulardan olgan pulnigina toʼlaydilar. Zulm ham qilmang, zulmga ham uchramang!

Ey ashobim! Kimning yonida bir omonat boʼlsa, uni egasiga qaytarib bersin. Hadyalarga hadya bilan javob beriladi. Boshqalarga kafil boʼlganlar kafolatning masʼuliyatini oʼz ustiga olgan hisoblanadi.

Ey insonlar! Bugun shayton sizning shu yurtingizda qaytadan nufuz va saltanat qurish qudratini bundan keyin abadiy yoʼqotgan. Biroq siz bu bekor qilganlarim narsalardan boshqa, koʼzingizga kichik koʼringan ishlarda shaytonga ergashsangiz, uni sevintirgan boʼlasiz. Diningizni asrash uchun bulardan ham saqlaning!

Ey insonlar! Xotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shafqat, mehr bilan muomalada boʼlingiz. Ularning haqlari xususida Аllohdan koʼrqingiz! Xotinlar sizga Аllohning omonatidir. Ularni Аlloh nomiga soʼz berib oldingiz, ular amri Ilohiy bilan sizga halol boʼldi. Sizning xotinlar ustida haqlaringiz boʼlgani kabi, xotinlarning ham sizda haqlari bordir. Sizning xotinlardagi haqlaringiz ularning oila sharafini siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoq osti qildirmasliklaridir. Xotinlaringizning har turli yemak va kiyim ehtiyojlarini taʼminlashingiz esa, ularning sizning ustingizdagi haqlaridir. Ular sizning haqlaringizga rioya etishlari kerak. Siz ham ularga nazokat bilan muomala etishingiz lozim. Bir xotin erining ruxsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas.

Ey moʼminlar! Soʼzlarimni yaxshilab eshiting, yaxshi anglab oling va yaxshi muhofaza eting. Shu narsa haqiqatki, Robbingiz birdir. Otangiz birdir, barchangiz Odamdansiz, Odam (alayhissalom) esa, tuproqdandir. Hech kimning boshqalardan ustunligi yoʼqdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat bilandir. Shuni yaxshi bilingki, musulmon musulmonning birodaridir, barcha musulmonlar bir-birlarining birodarlaridir. Ular ayni (teng) haqlarga egadirlar. Din birodaringizga oid boʼlgan har qanday haqqa tajovuz etish, koʼngil rizosi boʼlmaguncha, boshqa birov uchun halol boʼlmas.
👍3
Haqsizlik qilmang, haqsizlikka boʼyin ham egmang, odamlarning haqlarini yemang! Zinhor mendan keyin kofirlarga oʼxshab bir-biringiz bilan boʼgʼishmang!

Ey ashobim! Nafslaringizga ham zulm qilmang! Nafslaringizning ham sizda haqlari bor.

Ey insonlar! Аlloh har kimga tushgan haq sohibining meros haqqini Qurʼonda bildirgan. (Binobarin), meroschilar uchun vasiyatning keragi yoʼq.

Ey insonlar! Har bir jinoyatchi aybiga faqat oʼzi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi. Hech bir farzandning gunohiga otasi ham masʼul boʼlmas.

Ey insonlar! Toʼxtovsiz aylanib turgan zamon Аllohning osmonlarni, yerlarni yaratgan kungi holatiga qaytgan. Bir yil oy oʼlchovi bilan oʼn ikki oydir. Bulardan toʼrttasi harom oylardir. Bularning uchtasi-zulqaʼda, zulhijja, muharram ketma-ket keladi, toʼrtinchisi (rajab) esa, jumodil-oxir bilan shaʼbonning orasidadir Bu yilning harom oylari eski joyiga keldi. Haj mavsumi zulhijjaning oʼninchi kuniga toʼgʼri keldi.

Ey moʼminlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bogʼlanganingiz sari yoʼlingizda aslo adashmaysiz. Bu omonat Аllohning kitobi Qurʼondir.

Ey insonlar! Аllohga ibodat qiling! Besh vaqt (namoz)ingizni ado eting, shunda Robbingizning jannatiga kirasiz.

Ey insonlar! Ifrotdan (haddan oshishlikdan) saqlaning! Sizdan oldin oʼtganlarning halokatga uchrashlariga dindagi ifrotlari sabab boʼlgan edi”.

Xutba oxirida sahobalarga: “Sizdan men haqimda soʼraydilar, shunda nima deysizlar?” degan savol berdilar. Ular “Аllohning amrlarini bizlarga yetkazdingiz, vazifangizni bajarganingizga guvohlik beramiz”, deyishdi. Shunda u zot (sollallohu alayhi va sallam) koʼrsatkich barmoqlarini osmonga qaratdilar, keyin odamlarga qarata tushira turib: “Ey Аllohim, Oʼzing guvoh boʼl!” deb uch marta takrorladilar.

Oʼsha paytda Аlloh taoloning: “Bugun sizlarga diningizni komil qildim, neʼmatimni benuqson, toʼkis qilib berdim va sizlar uchun Islomni din qilib tanladim” (Moida, 3) oyati karimasi nozil boʼldi.

©️Islom. uz

Qurbon Hayit bayrami muborak boʼlsin!
👍5😢1