MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.28K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
#notes

🚩 Hamma adminstratorga yozyapti : " Monitoring imtihoniga qatnashmoqchiman, tulov naxt"


Bu naxt qanaqa so'z, esiz ona tilim. Ha deb ingliz tili o'qiyvermang, ona tilimiz ham zarur.
Naxt ❌
Naqd ✅

© Normatovsmind
👍10😁4🔥1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dtm

📌 Tez kunlarda kvotalar tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda OTMlarga qabul kvotalari 15-iyunda tasdiqlangandi. Natijada hujjat qabul qilish jarayonlari odatiy 15-iyundan emas, 20-iyundan boshlanadigan bo‘lgan. 2021-yilda kvotalar 22-iyunda tasdiqlangan va shu kundan qabul boshlangan.

@math_solver
😁2👍1
#fizika

🚀💫 Siz hech qachon harakatlanayotgan mashinadan sirena ovozini eshitganmisiz, u sizdan o'tib ketayotganda ovoz balandligini o'zgartiradi?
Bu amaldagi Doppler effekti! 🚨 Bu hodisa astronomiyada ham uchraydi, yulduzlar va galaktikalar chiqaradigan yorug'lik to'lqinlari biz tomon yoki bizdan uzoqlashayotganiga qarab chastotada siljib ko'rinadi.
🔭 Bu qizil siljish yoki ko'k siljish sifatida tanilgan va u bizga koinotdagi jismlarning tezligi va yo'nalishi haqida ko'p narsalarni aytib berishi mumkin.

Eng muhim maqsadlaringizni biling !

♻️ @math_solver
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#formula


🚩 Burchak bissektrissasini aniq o'lchash....


♻️@math_solver
👍5👏1👌1
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
https://m.youtube.com/watch?v=_OnBV5WexEY&fbclid=IwAR19Tf8a8R-npZFryxdMpB78224PHThnvBBgCp3USTMS7w1fa8BImFWdAUY
🚩Opadan shedever intrevyu, Zo'r tahli bo'libdi, muhim ichimdagi gaplarni aytibdilar.

❗️Tavsuyu

©Normatovsmind
👍2
#notes

⭕️ Platonning o‘quvchilari ustozini asirlikdan xalos qilish uchun katta mablag‘ yig‘ishadi. Platonni qul bozoridan sotib olgan zodagon kimga ega chiqqanini bilib, pulni olmay qo‘yib yuboradi. Yig‘ilgan pulni o‘quvchilari Akademiya degan joydan bog‘ sotib olishadi va u yerda ustozlari uchun dars beradigan makon qilib tayinlashadi... Endi ustozlari uchun ilmini amalga oshirish maqsadida uzoq o‘lkalarga ketishiga hojat yo‘q, zolim podshohlar tomonidan qul qilib sotib yuborilmaydi. U o‘z vatanida bemalol shogirdlariga dars o‘ta oladi. Akademiyadan ne-ne afinalik va boshqa sharharlardan kelgan talabalar "akademik" bo‘lib chiqishmadi...

Nizomulmulk degan vazir saljuqlar sultonini oliy darajada ta’lim beruvchi madrasalar tizimini tashkil qilib, davlat g‘azinasidan katta mablag‘lar ajratilishiga ko‘ndira oldi. Madrlasalarga eng zo‘r mudarrislar taklif qilindi, bilimgohlarga noyob qo‘lyozmalarga boy kutubxonalar biriktirildi. Nizomiya madrasalari Bag‘dod, Damashq, Halab, Nishopur, Balh, Mosul, Basra, Hirot, Marv va boshqa shaharlarda ochildi. Ta’lim sifati va qamrovi shunchalik kuchli ediki, musulmon bo‘lmagan yurtlar uchun universitetlarni tashkil qilishda namuna bo‘ldi.

"Platon Akademiyasi yoki nizomiya universtitet-madrasalari nima uchun kerak?" deb so‘ralganda, asoschilarining birontasi "kerakli kadr-hodimlar yetishtirib chiqarish uchun" deb javob berishmagan bo‘lardi. "Mutaxassis kadr yetishtirib chiqarish" maqsadi oliy ta’lim g‘oyasini arzonlashtirish ekanini xaligacha ko‘pchiligimiz tushunmaymiz.

OTM bu olimlar, ilm hodimlari va ilm talabadagilarni to‘playdigan joy, toki ular o‘z jamoasi ichida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishsin. Ular o‘zlariga munosib shogirdlar yig‘ib, ilmiy jarayonlar umrini uzaytira olishsin. Yoshlar esa bu dargohga kirib istagan sohasi, yo‘nalishidan, istagan ustozining "minbar-kafedrasi"ni tanlashsin, o‘qib o‘rganishsin. Albatta talaba ustoz-professorlarning ilm olganlik tasdig‘ini olib muassasada qolishlari shart emas. O‘qishni bitirgan talaba istasa ilmiy izlanishlarga qo‘shilsin, istasa dargoh tashqarisidagi hayotga qaytsin. Endi u boshqa inson. Saviyasi o‘zgargan, keng tafakkurli, asos ma’lumotlarga ega, qiyin masalalar ustida mulohazalar qilib, yechim taklif bera oladigan aqlga ega shaxs.

Oliy ma’lumotlilar sinfiga haqqoniy kirgan inson o‘qigan sohasida kuchli mutaxassis-spetsialist va shuningdek umumiy ishlarda "generalist" darajasida bo‘lgani uchun ham ulardan davlat yoki hususiy tashkilot o‘ziga hodim qilib olgisi keladi. Bu tabiiy. Shuning uchun davlat "kerakli kadrlar yetishtirib chiqarsin" deb OTMlarga buyurtmalar beradi, katta tashkilotlar esa ilmiy dargohlar bilan hamkorlik qilib, u yerni bitiruvchilarni ovlaydi, o‘ziga kerakli malakani berishlarida ko‘maklashadi.

Ammo, yana qaytaraman, asosiy maqsad "diplomli kadrlar chiqarish" emas edi. Yakuniy maqsad kadrlar bo‘lsa o‘sha kadrlar ham chiqmaydi. OTMning vazifasi ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish va mustaqil fikrlay oladigan oliy ma’lumot egalarini tayyorlash bo‘lishi kerak.

Har bir inson o‘zining madaniy saviyasini sivilizatsiyaga monand ko‘tarib olish uchun huquqi bor va bu huquq amalga oshishiga oliy ta’lim dargohidagi imkoniyatlar istaganlarga ochiq bo‘lishi kerak. O‘shandagina xalqning saviyasi ko‘tariladi va haqiqatdan ham jamiyatimiz uchun kerakli "kadrlarni" yetishtira boshlaydi. Ikkilamchi natija asl maqsadga intilgandagina hosil bo‘ladi.


© Jamshid Muslimov
🔥4👍1
⚽️ Futbolni ko'rdinglarmi 3gp formatda ko'dinglarmi bu safar ham?
😁4👍3
#notes

🚩 "Freyming effekti" nima ?

Bu effektni kashf qilgan olimlar 1981-yilda Nobel mukofoti laureti bo‘lganlar. Aslida effekt mohiyati juda oddiy.

✅ Informatsiya yetkazilishiga qarab unga nisbatan munosabat o‘zgaradi. Masalan supermarketda 10% yog‘li qatiq yozuvli maxsulotdan ko‘ra, 90% yog‘siz qatiq mahsuloti ko‘proq sotiladi. Aslida ikkalasida ham bir xil maʼlumot. Bu bir kilo paxta og‘irmi yoki bir kg temirmi degan savolga, ko‘proq temir deb javob berishga moyil bo‘lishimiz bilan bog‘liq.

✍️ Bu qoidani hamisha ishlating! Biror nimani taklif qilayotganda uni salbiy tarafini emas, faqat ijobiy tarafini gapiravering. Bankaning yarimida suv bo‘lsa, bankaning yarmi bo‘sh deb emas, yarmida suv bor deb ayting.

💥 O'quvchilar bilan ham ish yuritishga xuddi shu qoidaga amal qiling! Avval o'quvchilaringizni yaxshi tomonlarini, yutuqlarini va muvaffaqiyatlarini e'tirof eting. Keyin esa bundan keyin nima qilsalar bundan ham yaxshi bo'lishi haqida gapiring! Bu o'quvchilarda nafaqat o'ziga, balki sizga ham ishonch hissini hosil qiladi. Siz aytadigan barcha gaplarni to'g'ri deb o'ylaydi va topshiriqlaringizni doim bajarishga harakat qiladi.


©Normatovsmind
🔥2👍1
2023 yilgi maqsadimiz bir....
👍5😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dtm #Abituriyent2023

❓ Savollar qayta tushishi mumkinmi? O‘tgan yilgi savollar bu yil takrorlanishi mumkinmi?

✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

📚 Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

🗂 Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, har bir smena uchun tegishli fanlar bo‘yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.

📌 Bunda test variantlarining teng kuchliligi ta’minlanadi.

♻️ @math_solver
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #dtm

❓ Texnika yo‘nalishidagi matematika savollari iqtisod yo‘nalishidagi matematika savollaridan farq qiladimi?

✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 Umumtalim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqilib, agentlikning saytida eʼlon qilingan bo‘lib, test topshiriqlari mazkur spetsifikatsiyalar asosida tuziladi.

📚 Test topshiriqlari spetsifikatsiyasi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha emas, fanlar bo‘yicha shakllantirilgan.

▶️ Bir fan doirasida barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun bir xil test topshiriqlari spetsifikatsiyasidan foydalaniladi.

📌 Demak, texnika yo‘nalishidagi matematika savollari iqtisod yo‘nalishidagi matematika savollaridan farq qilmaydi.

©BBA

♻️@math_solver
👍4
#wiut

🚩 Hatto chet el OTM lari ham "O'zbekiston temir yo'llari" monopol ekanini bilarkane


Ps : Yechimlaringizni commentda asoslang!

♻️@math_solver
👍5😁1
#notes

❗️ Bizda futbolning barcha o'yinlari tekin, faqat yarim final va final bahslari pullik, eng qizig'i, o'sha pullik bilet orqali butun chempionat xarajatlari qoplanib ketsa kerak a?

Я в харане 😉

©Normatovsmind
😁4👍2
❗️ Bugundan QABUL BOSHLANDI....

Kayfda yurgan do'stlaringizga jo'natib qo'ying !
😁4🥱4
#masala

🚩 Bo'yalgan soha yuzini toping !

Ps: Yechimlaringizni commentda asoslang !

♻️ @math_solver
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Abituriyentlarning maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini test balliga qo’shish tizimi joriy etilishi ortga suriladi

💡 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ta’kidlashicha, bugungi kunda faqat joriy yilgi bitiruvchilarning 6 yillik maktab baholari elektron bazada mavjud, ammo ancha yil avval, masalan, 15 yil oldin bitirgan abituriyent uchun bunday ma’lumot mavjud emas. Shu sababli kimgadir ball qo’shiladi, kimgadir yo’q. Bu esa o’z navbatida adolatsizlikni keltirib chiqaradi.

📎 Shunga ko’ra, hozirda ushbu tartibni qayta ko’rib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda va katta ehtimol bilan bu keyinroqqa qoldiriladi.

Nima deb o'ylaysiz, maktab baholarini test ballariga qo'shib berish tizimi o'zini oqlaydimi? Maktabda sizga adolatli baho qo'yilganmi?

Fikringizni izohlarda, albatta, yozib qoldiring!

♻️@math_solver
🤔2
📍Ha erkak erkak.....


🚩Jaaaa hamma muammolarni hal qilolmasa kerak a nima deysizlar ?