MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
#geometriya #masala

❓ Doira yuzasining 15%ini tashkil qiluvchi sektorning burchak kattaligini toping?

Ps: Yechimlaringizni Comment da izohlang !

♻️
@math_solver
👍3
#joke

👩‍💼 Sizni qanday tanib olaman ?
👨‍💼 Men qop-qora mers da boraman


© Normatovsmind
😁6🤩2
#formula

❗️Mukammal son haqida...

@math_solver
👍6❤1
#formula

✒️ Matematika fanida foydalaniladigan terminlar va belgilar, ularning kelib chiqishi hamda lug’aviy ma’nosi

1. Matematika – yunoncha so’z bo’lib, fan, bilim ma’nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan(e.o.VI asr).

2. Arifmetika – yunoncha “ a r i t h n i o s ” so’zidan olingan bo’lib,son san’ati degan ma’noni bildiradi.

3. Algebra – al-Xorazmiyning “Al – jabr va al – muqobala” asaridagi al – jabr so’zining evropacha talaffuzi bo’lib, o’zbek tilida tiklash, to’ldirish ma’nosini bildiradi.

4. Geometriya – yunoncha “geometreo” so’zidan olingan bo’lib , yer o’lchash ma’nosini bildiradi.

5. Trigonometriya – yunoncha so’z bo’lib, uchburchallarni o’lchash, yoki uchburchaklarni yechish degan ma’noni bildiradi.

6. Aksioma – yunoncha so’z bo’lib, isbot talab qilinmaydi degan ma’noni bildiradi.

7. Gipoteza – yunoncha so’z bo’lib, faraz qilish degan ma’noni bildiradi.

8. Teorema – yunoncha so’z bo’lib, mulohaza yuritlgan degan ma’noni bildiradi.

9. Formula – yunoncha so’z bo’lib, ma’lum qonun degan ma’noni bildiradi.

10.Figura – yunoncha so’z bo’lib, rasm, shakl degan ma’noni bildiradi.

11.Koordinatalar metodini 1637 yil Dekart  kiritgan. Klero XVIII asrda fazoda uch o’lchovli to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasini kiritdi.

12.Funksiya – yunoncha so’z bo’lib, bo’ladigan, bajariladigan degan ma’noni bildiradi. Atamani 1673 yilda Leybnis kiritgan. Eyler “Analizga kirish”(1748) asarida to’liq klassifikatsiyasini beradi va y=f(x) yozuvni kiritadi.

13.Algoritm – al – Xorazmiy nomining evropalashtirilgan ko’rinishi bo’lib,qadam – baqadam degan ma’noni bildiradi.

14.Piramida – yunoncha so’z bo’lib, olov shaklidagi jism degan ma’noni bildiradi.

15.Parallelepiped – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yonma – yon boruvchi tekisliklar degan ma’noni bildiradi.

16.Tetraedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, to’rt yoqli degan ma’noni bildiradi.

17.Geksaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, olti yoqli degan ma’noni bildiradi.

18.Oktaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, sakkiz yoqli degan ma’noni bildiradi.

19.Dodekaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, o’nikki yoqli degan ma’noni bildiradi.

20.Ikosaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yigirma yoqli degan ma’noni bildiradi.

21.Katet – yunoncha so’z bo’lib, shoqul degan ma’noni bildiradi.

22.Gipotenuza – yunoncha so’z bo’lib, tarang tortilgan degan ma’noni bildiradi.

23.Radius – yunoncha so’z bo’lib, nur degan ma’noni bildiradi.

24.Diametr – yunoncha so’z bo’lib, ko’ndalang degan ma’noni bildiradi.

25.Diagonal – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, ikki burchak orqali o’tuvchi degan ma’noni bildiradi.

26.Koeffisient – Dekart koeffisientlarni a , b , c , . . . harflar bilan , no’malumlarni esa x , y , z , . . . harflar bilan belgilagan .

27.Qo’shish “ + ” va ayirish “ – ” Ya. Vidman 1489 yilda kiritdi.

28.Ko’paytirish – “ ⋅ ” Regiomontan 1461 yilda kiritdi. “ x ” belgini U.Outred 1631 yili kiritgan.

29.Bo’lish – “ :” arab olimlari kiritgan . Hozirgi ko’rinishni 1684 yilda Leybnis taklif etgan.

30.Tenglik – “ = ” belgini R.Rekard 1557 yilda kiritgan .

31.Qavslar – kvadrat qavslar [] ni R.Bombelli 1550 yilda, doiraviy qavslar () ni Tartal’ya 1552 yilda , figurali qavslarni {} ni F.Viet 1593 yilda kiritgan.

32.Oraliqlar – (a,b) va <a,b> hamda <a,b) va (a,b> ko’rinishlarda Kovalevskiy 1909 yilda kiritgan. [] , ] [ belgilarni Burbaki 1956 yilda kiritgan.

33.Gradus – yunoncha so’z bo’lib, daraja yoki bosqich degan ma’noni bildiradi.Ptolomey graduslarni – qismlar, minutlarni – shtrix, sekundlarni – ikkita shtrix bilan belgilagan . Hozirgi ko’rinish ,, ˚ “ , ,, ‘ “ , va ,, » “ larni 1558
yilda Peletse kiritgan .

34.Parallel – yunoncha so’z bo’lib, yonma – yon boruvchi degan ma’noni bildiradi. ,, // “ belgini U.Outred 1677 yili kirigan.

35.Perpendikulyar – yunoncha so’z bo’lib, tikka turuvchi degan ma’noni  bildiradi. ,, ” belgini Erigon 1634 yilda kiritgan.

36.Katta – kichik – “ > ” , “ < ” belgilarni G.Garriod  1631 yilda kiritgan .

♻️ @math_solver
👍7
#logic

❓ Quyida rebus berilgan:
П>Р>О<Е<К<Т<И<Р>О>В>А>Н<И>Е
bunda bir xil harflarga bir xil raqamlar, turli harflarga turli raqamlar mos keladi. B harfiga qaysi raqam mos keladi?

Ps: yechimlaringizni Commentda asoslang !

♻️
@math_solver
Forwarded from PROMAX EDUCATION LC
Westminster universitetiga tayyorlov kursi

ProMax Education
sizning orzularingizni ro'yobga aylantirish uchun doimo harakatda. Bizda 15-fevral kuni Westminster universiteti uchun tayyorlov kursi boshlanayotganini ma'lum qilmoqchimiz.

Kurs davomida zamonning talabi katta bo'lgan matematika va ingliz tili fanlari o'rgatiladi.

❗️ Ro'yxatdan o'tish istagida bo'lsangiz, izohlarda ➕ belgisini qoldirishingizni so'raymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#formula #mateuro

📌 Проценты.....

♻️ @math_solver
#logika

Oʻzim tomondan tuzilgan mantiqiy savol:

Yaponiyaga borsam hayron xolda kutib oldi,
BAAga borsam ham hayronroq xolda, ammo Yaponiyacha emas
Xitoyda esa yigʻlagandek turibdi,
Oʻzbekistonga kelsam, shunday-oddiy qarab turibdi.
Unga qarab hech qanday hissiyotini tushunmadim.

Hurmatli bolajonlar savolda nima haqida gapiryapman?

Ps : Yechimlaringizni Comment da qoldiring !

♻️@math_solver
#formula

📌 Uchburchakning medianasini topish formulasining isboti...

♻️@math_solver
👍2
#doska

🚩 Asosiy trigonometrik ayniyatlar va Keltirish formulalari haqida batafsil

♻️ @math_solver
#logic #fizika

📌 A large volume of water is gushing through a pipe which narrows at the outlet. At which point, A, B, C or D will the water flow fastest?

Ps: Give your answer on Comments
!!!

♻️ @math_solver
❗️Washington Universitetida o'qiyotgan shogirdim ba'zi fikrlari :

Yoshlari 30dan oshgan ko'plarini, lekin boshlang'ich maktab o'quvchilariga o'xshaydi.

*O'qishdan, o'rganishdan boshqa tashvishlari yo'qdek go'yo. O'rganish, ilm olishga bo'lgan ishtiyoqlari juda kuchli.

*Ustoz aytgan har bir narsani qonundek olib bajarishadi.

*Orqa sumkalarini to'ldirib har bir kitobini, daftar, ruchka va yana laptoplarini ham olib kelishadi.

*Aytilgan topshiriqlar vaqtida bajariladi. Ko'proq bizda (huquq yo'nalishimizda) har bir darsdan oldin o'qib kelish topshiriqlari beriladi.

*Dars vaqtida boshqa narsalarga chalg'ishmaydi. Misol uchun, telefon ishlatish yo'q, telefonga javob berib tashqariga chiqib ketishmaydi.

*Hullas, O'qishadi, Izlanishadi, Ilm olishadi.

Balki shuning uchun ham rivojlangan davlatdir, chunki uning aholisi o'zini, ilmini rivojlantirishda to'xtamas ekan.

Ps : Rasm shunchaki internetdan olindi hamda shogirdim, Project Management yo'nalishda tahsil oladi

©Normatovsmind
👍6❤3