MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
🚩 UMRIBOQIY LOYIHALAR

Ingliz tilida "sustainable" degan soʻz bor va bu soʻzni men aynan umriboqiy deb tarjima qildim.

Amerikadagi aksariyat loyihalarda umriboqiylik koʻrinib turadi, yaʼni loyiha "boschi-bos", "bayramga bitsin!" yoki "mendan ketguncha" qilib emas, yaxshilab oʻylab, ayni loyiha imkon qadar insonlarga uzoqroq xizmat qilsin maqsadi bilan mukammal hisob-kitob bilan qilingan.

Yuqoridagi rasmlarga eʼtibor bering:

Birinchi rasmda suv kraniga it va mushuklar ham icha olishi uchun tovoqcha ulangan;

Ikkinchi rasmda esa yomgʻir va suv toshqinlarida ortiqcha suv uchun yoʻllardagi maxsus suv drenaji;

Keyingi rasmda shunchaki qiz va yigitlar kiyim almashtirish xonasi uchun ilingan belgi. Ammo, belgi dumaloq yogʻochni oʻyib qilingani uchun belgidagi qiz va yigit shakllari umrboqiy; ularni hatto boʻyash ham shart emas.

Koʻring, loyihalar qanchalar detallarigacha ahamiyat bilan, insonlarga uzoq vaqtlar hizmat qilishi uchun qilingan.

Bu loyihalar yuz yillarga moʻljallangan.

Bizdagi loyihalarning ahvoli oʻzingizga ayon. Aksariyat loyihalar umrboqiylik mezonida emas, "soqqa" qilish maqsadida zarur boʻlmasa ham hatto oʻylab topilgan loyihalar. Aynan zarurlari ham imkon qadar arzon va sifatsiz materiallardan qisqa muddatlarda, ortiqcha hisob-kitoblarsiz amalga oshiriladi. Suv omborlari loyihalari hali yodingizdan chiqmagandir....

Obod qishloq dasturlari boʻyicha asfaltlangan yoʻllar va chiqarilgan suvlar hali ham mavjudmi? Men bilgan yangi asfaltlar suv quvuri uchun qayta buzilib yopildi.

Biz umriqisqa loyihalar qilaveramiz, ular buzilaveradi, biz yana byudjetdan millionlar sarflab qayta qilaveramiz va ular buzilaveradi....

© Normatovsmind
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT pinned «🚩 UMRIBOQIY LOYIHALAR Ingliz tilida "sustainable" degan soʻz bor va bu soʻzni men aynan umriboqiy deb tarjima qildim. Amerikadagi aksariyat loyihalarda umriboqiylik koʻrinib turadi, yaʼni loyiha "boschi-bos", "bayramga bitsin!" yoki "mendan ketguncha" qilib…»
#masala

🚩 Sanoq sistemalariga oid mashqlarni ishlay olasizmi?

Ps; To'liq yechimlaringizni Comment da qoldiring !

♻️ @math_solver
Mantiqiy savol:
2007-yilda Seylon davlati moliya vazirligi tangalar yetishmay qolganligi sababli katta iltimos bilan chiqishdi.
Savol: Moliya vazirligi bu sabab bo'yicha kimlardan iltimos qilgan?

♻️ @math_solver
"Kalish Red Line 2021 Orzu-Havas Edition" New modification

©raisbuva
🔥 SUNDAY EVENTS

🏛 ProMax Education da yakshanba kungi bepul tadbirlarimiz rejasi:


🔹 IELTS Practicum (MOCK EXAM) at 09:00 (4 sections)
🔹 Elementary and Pre-Intermediate level o'quvchilar uchun "LEVEL EXAM" at 13:00 (grammar and reading section).

📌 Ingliz tili o'rganayotgan yoshlar uchun yakshanba kunini unumli o'tkazish maqsadida qo'shimcha tadbirlar tashkil qildik.

🎯 Qatnashish barcha uchun bepul !!!

📞 95-513-77-76

🌐 Ijtimoiy sahifalarimiz.
Telegram asoschisi Pavel Durov o'z kanalida qiziq maslahatlar berib turadi. 37 yoshga to'lgan kunida muxlislar bilan ba'zi o'gitlarini baham ko'ribdi.

Yetarli qadrlanmaydigan 3️⃣ narsa

1. Uyqu. Uyqu immunitetni kuchaytiradi, ijodkorlik va psixologik sog'likni yaxshilaydi.

2. Tabiat. Tabiat biz biologik jihatdan o'zimizni yaxshi his qiladigan muhitdir.

3. Yolg'izlik. Yolg'iz bo'lish odamga ruhiy va intellektual kashfiyotlar qilish uchun erkinlik beradi.

Keragidan ortiq qadrlanadigan 7️⃣ narsa

1. Katta shaharlar. Ulardagi resurslardan foydalanish yaxshi, lekin ulardan tashqarida yashash tavsiya qilinadi.

2. Restoranlar. Restoranlar eng sekin va samarasiz ovqatlanish yo'li hisoblanadi. Uyda ovqat qilish sog'lom turmush tarzi va ovqat tarkibini nazorat qilish imkonini beradi.

3. Issiq ob-havo. Quyoshli havo nafaqat odamni dangasa qiladi, balki tez qarish va saratonga chalinish xavfini ham oshiradi. Sovuqroq harorat, aksincha, ruh, badan va aqlni tozalaydi.

4. Moda. Doim o'zgarib boradigan trendlarga ergashish qimmat va keraksizdir. Qulay kiyinishga e'tibor berish hayotni osonroq qiladi va muhim narsalar uchun joy qoldiradi.

5. Ko'chmas mulk. Ko'chmas mulk sotib olish odamning tanlov imkoniyatini cheklaydi va savol ostidagi sarmoyadir. Ijara esa erkin harakat qilish va turli hududlarni ko'rish imkoniyatini beradi.

6. Ijtimoiy tarmoqlar. Ijtimoiy tarmoqlardan miyamizga tinimsiz oqib kirayotgan axlat baxtni va ijodkorlikni kamaytiradi. Bunday internet xizmatlaridan uzilish istalgan bir kunda biz qilishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi narsadir.

7. Mashhurlar maslahati. Mashhur odamlar ko'pincha o'zlarining sohasi bo'lmagan yo'nalishlarda maslahatlar beradi. Hayotdagi muhim mavzularda ilm-fanga va ekspertlar fikriga ergashish kerak.
#doska

🚩 Abituriyent 1-6 : Modulli tenglama va tengsizliklar hamda Irratsional tenglamalar mavzusi tahlili.


♻️ @math_solver
Eng muhim maqsadlaringizni biling !
#masala

🚩 1996-2007 to'plam : EKUB va EKUK, Oxirgi Raqam mavzularining tahlili....

♻️ @math_solver