MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.68K subscribers
15.7K photos
1.31K videos
1.89K files
2.05K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
#fikr

🚩 O'zbek yoshlariga shaxsiy va professional rivojlanishda xalal beruvchi jihatlar (shaxsiy qarash):

- aniq maqsadning yo'qligi yoki noaniqligi; "men nimani istayotganimni bilmayman, lekin juda ham istayapman" qabilida yashashadi. Asosiy maqsading nima deb so'rasangiz aniq javob bera olmaydi, chunki o'sha maqsad ishlab chiqilmagan, bo'lsa ham odatda o'ta abstrakt holatda.

- eksperimentlardan o'lgudek qo'rqish; biror o'qishga kirib, bir yil o'qib o'zini topa olmasa ham oilasi, do'stlari, jamiyat bosimidan qo'rqib o'qishni tashlab keta olmaydi. Tavakkal qilishdan juda qo'rqadi.

- sabrsizlik. Natijaga juda erta erishish shart deb biladi. Natija qanday bo'lishining ahamiyati yo'q, tezroq erishsam deydi.

- juda tez yengiladi. 30 ga kirmasdanoq qarilikni bo'yniga oladi. Hayot hali oldinda, kurashishim, harakat qilishim kerak deb o'ylamaydi. Mening hayotim endi shu deb hamma narsaga rozi bo'ladi. Buni meni tabriklayotganlarning tabrigidan bilsa bo'ladi, o'zi mendan 5-6 yosh kichik, lekin menga qarab "biz yetisha olmadik, farzandlarimizga nasib qilsin" deb tilak bildiradi. Qanaqadir qariyalik sindromi))

- mashhur bo'lish, tanilishga o'chlik, qisqasi shuhratparastlik. Bu eng, eng va eng salbiy illatlarimizdan bittasi. Mukofotlar, faxriy, maqtov yorliqlariga o'lgudek o'chmiz. Bu illat ayniqsa ilm-fanda juda pand beradi. Hali ilmiy tadqiqot qilishga kirib kelmasidan avval maqola chiqarish, kitob, qo'llanma yozish kasaliga chalinishadi.

- ota-onaga moliyaviy jihatdan to'la qaramlik. Bu ham jamiyatdagi stereotiplar bilan bog'liq bo'lsa kerak. Ota-onalar bolaning kindigini uzib, o'zini erkin qo'yib yubormaydi. Uylanib bola-chaqali bo'lsa ham uni nazorat qilishga harakat qiladi. Bolaning o'zi ham bunga rozi bo'lib yashaydi.

Hozircha mening kuzatganlarim, o'ylaganlarim mana shular, siz balki boshqa jihatlarni ham bilarsiz.


©Normatovsmind
4⁶ • 5¹² necha xonali son?
Anonymous Quiz
10%
11
36%
12
40%
13
14%
15
#doska

🚩 VARIANT 2019 TAHLILI (Jahongir O'rozboyev tomonidan tuzilgan savollar jamlanmasi) [1-4 variantlar]

♻️ @math_solver
#uyishi

🚩 UY ISHI (9:30 guruh uchun)

@math_solver
#uyishi

🚩 UY ISHI (11:30 dagi guruh uchun)

Ps: Qiynalinglarchi qani ko'raylikchi😄

@math_solver