MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
O’ylaymanki siz ham shubhasiz ko’p marta “Nil Armstrong oyda azon tovushini eshitgan ekan, Yuriy Gagarin kosmosga chiqqanida azon tovushini eshitgan ekan” kabi konspirologik gaplar guvohi bo’lgansiz va balki bu haqida chuqurroq o’ylab o’tirmasdan ishonib ham qo’ygandirsiz.

Lekin keling bu haqida jiddiyroq o’ylab ko’ramiz. «Tovush» o’zi nima? Bu haqida fizika nima deydi;
“Tovush mexanik energiyaning materiya bo‘ylab to’lqinlar yordamida tarqalishidir. Tovush chastota, to’lqin uzunligi, davr, amplituda va tezlik bilan xarakterlanadi”.
Tovush - keng maʼnoda - gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati.
Ya’ni - tovush to’lqinlari bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga yetib borishi uchun ular faqatgina molekulalardan tashkil topgan materiya bo’ylab harakatlana oladi. Agar materiya bo’lmasa tovush to’lqinlari ham bo’lmaydi.
Bu konsepsiyani tushunishingiz osonroq bo’lishi uchun buni ko’l va uning yuzasiga otilgan tosh yaratadigan to’lqinlar misolida tasavvur qiling; agar ko’lda suv mavjud bo’lmasa uning yuzasida suv to’lqinlari ham mavjud bo’la olmaydi.
Tabiiy ravishda bundan kelib chiqadiki vakuumda ovoz mavjud bo’la olmaydi. O’ylaymanki, siz kosmik muhit vakuum ekanligini anglashga yetadigan darajada bilimga egasiz. Endi o’zingizga savol berib ko’ring; Nil Armstrong yoki Yuriy Gagarin kosmosda azon tovushini eshita olishi mumkin edimi?

©ilmfankoinot
🚩 @math_solver
ESLATMA !!!

-Tarixda birinchi marta futbolkalarga nomer qo’yishni Londonning Arsenal klubi tomonidan joriy etilgan ekan 😎💪😎💪 (Futbolchilarni nomeri bilan ajratib olishi uchun)
@math_solver
10-11_yechilishi.pdf
751.4 KB
#olimpada #yechim

❗️Qo'qon Olimpiadasida 10-11 sinflar uchun berilgan savollarga yechimlar....

♻️@math_solver
#qiziqarli #fact
⚡️⚡️⚡️Katta sonlarni o’qishni bilasizmi?❓❓❓

10 – o’n
100 — yuz
1 OOO — ming
1 OOO OOO — million

👉Oddiy misol: mln bilan mlrd orasidagi farq nafaqat oddiy nol sonlarining farqida emas, mln soniya 11 kunga teng bo’lsa, mlrd soniya 32 yilga teng, sonlar orasidagi farqni ana shunday ajratish mumkin‼️

1 OOO OOO OOO — milliard
1 OOO OOO OOO OOO — trillion
1 OOO OOO OOO OOO OOO — kvadrilon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO — kvintilon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO — sekstilon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO — septilon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO — oktalon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO — nonalon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO — dekalon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO —- endekalon
1 OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO OOO — dodekalon
…………………….
1 OOO OOO OOO OOO …..100ta nol…….OOO OOO OOO OOO OOO OOO — gugol

👉Ba'zi manbalarga ko'ra, mashhur google qidiruv tizimi mana shu son nomiga atab qo’yilgan va tizimning maqsadi internet tarmog’ida 10 ning 100-darajasiga teng bo’lgan axborotni tahlil qilishdir
#Dolzarb
Ko'pchilik hosila mavzusiga kelganida katta muammoga duch keladi. Funksiyaning o'sish va kamayish oraliqlarini aniqlashda e'tibor beradigan JIDDIY o'zgarishlar esdan chiqmasin. E'tiborli bo'ling!

1. Avvallari funksiyaning o'sish va kamayish oraliqlarini aniqlashda uning hosilasini noqatiiy tengsizlik (katta yoki teng, kichik yoki teng) ishlatilar edi. Xatto 10-sinf darsligida va akademik litseylar kitobida funksiyaning o'sish va kamayish oraliqlarida noqatiiy deb olingan (1-4 - rasmlar, rasmlar ilova qilinadi)

2. Yangi nashr qilingan 11-sinf matematika kitobi 1-qismining (2018-yil) 42-43-betlarida funksiyaning o'sish va kamayish oraliqlari haqida alohida mavzu sifatida shu masalaga to'xtalib o'tilgan. Unga ko'ra funksiyaning o'sish va kamayish oraliqlarini aniqlashda, uning hosilasiga nisbatan qatiiy tengsizlik ishlatilishi takidlangan.(5-6 - rasmlar, rasmlar ilova qilinadi).

DEMAK XULOSA:
Agar yangi DTM teslarida funksiyaning osish va kamayish oraliqlari haqida misol kelsa, katta ehtimol bilan QATIIY tengsizliklarni ishlating. SHu 2 ta to'g'ri variantlar ichida TO'G'RIROQ qaror hisoblanadi. Chunki dalili kuchli va keyinroq o'tilgan mavzu avvalgisini zaiflashtiradi degan norasmiy qoida ham mavjud. Men ham qatiiy olinishini to'liqligicha qo'llab-quvvatlayman. Stansionar nuqtalar kamayish va o'sish oralig'iga kirmasligi lozim. Ular kritik nuqalar sifatida tasniflanishi kerak.

Ammo noqatiiy tengsizlikni ham qo'llash aslida xato emas, chunki rasmiy tasdiqlangan darsliklarda ham bu haqida ma'lumotlar bor, Bunday vaziyatda, DTM rasmiylari biror izoh berib o'tishlari mantiqan to'g'ri bo'lar edi.
Ana shunday ba'zi noaniqliklar darsliklarda uchrab turadi, bularni rasmiylarga takidlab qo'yamiz, keyingi nashrlarda bu kabi xatolarni to'g'rilab qo'yishsa muammoli holatni oldini olishga bo'lishadi.

© Hasankhoja Muhammad Sodiq

🚩@math_solver
👍1
🤞🤞🤞

Rasmlar va ularning manbalari:

1-2 - rasm, Matematika kitobi (2017-yil), 10-sinf, 2-qism, 9-10 - betlar

3-4 - rasmlar, Algebra va matematik analiz asoslari 1-qism (2014-yil), 326-327-betlar

5-6- rasmlar, Matematika kitobi (2018-yil), 11-sinf, 42-43 - betlar
Kakulyatorda x² tugamasi bor. U sonning kvadratini hisoblab beradi. Masalan 000003 soni turgan bo'lsa, 000009 sonini chiqarib beradi. Ekranda 000002 soni turgan bo'lsa, kamida necha marta x² ni bosib ekranda 500 sonidan ortiq sonni hosil qilish mumkin ?
Anonymous Quiz
7%
2
17%
3
26%
4
36%
5
14%
6
O'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgab Respublika Olimpiadasi savollariga yechimlar......

🚩@math_solver
#doska

❗️Harakatga oid masalalar mavzusiga oid chizmalar....

@math_solver