MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
1.69K subscribers
15.6K photos
1.29K videos
1.89K files
2.04K links
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba;
🎯 8 000+ natijalar;
🔗 Variantlar va uning yechimlari;
♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Download Telegram
Soatning soat mili 14⁰ga burilsa, minut mili necha gradusga buriladi ?
Anonymous Quiz
23%
150⁰
45%
168⁰
25%
154⁰
7%
145⁰
#majburiyfan

❗️ESLATMA USHBU HAFTA ICHIDA
MATEMATIKA va ONA TILIdan fanlar tashkil etilmoqda.
Kirish imtihonlariga oz qoldi otni qamchilash vaqti yetdi. Ustozlarimiz sizlarga 4 oy muddatda Majburiy fanlarga oid zaruriy bilim va ko'nikmalarni berib boradilar.

⏰ Darslar haftada 2 marta 2 soatdan davom etadi

💰 Oylik tulov 200 000uzs

+998(95) 513 7776 yoki +998(99) 813 7776 raqamlariga qo'ng'iroq qilib guruhlarga yozilishingiz mumkin.

ENG MUHIM MAQSADLARINGIZNI BILING !!!

@promax_edu
Forwarded from ADMINSTRATOR
#logika

❓o'rniga yondagi shakllardan qay biri mos...


Ps: Javoblaringizni (albatta isboti bilan) Comment da qoldiring.

@math_solver
https://www.facebook.com/watch/?v=462000298219331

👆👆👆👆
🎯Komil Allamjonov : "Ilm Trendga chiqishi zarur "

❗️E yashang K. Allamjonov....
(Yoshlar eshitinglar sizlarda ham boshqacha motiv paydo bo'lsa ajab emas...)
​Yerning massasi:
5,972,000,000,000,000,000,000 tonna.

Hisob kitoblarga ko’ra kosmosdan har yili jami 40,000 tonnaga teng meteoroid, mikrometeoridlar va shu bilan birga kosmik chang zarralari
atmosferamizga kirib, Yerga kelib tushadi.

Demak, bundan kelib chiqadiki Yerning massasi har yili 40ming tonnaga oshib bormoqda, to’g’rimi?
Yo’q, bu masala sal chigalroq.
Yer aslida muntazam ravishda o’z massasini yo’qotib bormoqda. Har yili 95,000 tonna vodorod va geliy o’ta yengil elementlar bo’lganligi uchun Yer atmosferasidan ochiq kosmosga qochib ketadi. (3kg/sekund)
Xo’sh, 95 ming tonna yo’qotamiz, 40 ming tonnaga ega bo’lamiz. Demak, 50 - 55 ming tonnaga Yer massasi har yili kamayib boradi.
Lekin xavotirga o’rin yo’q, Yerning massasi deyarli 6 septillion tonnaga teng.
Yiliga yo’qotilgan 55 ming tonna massa Yerning umumiy massasidan bor yo’g’i 0.000000000000001% ni tashkil etadi.

@math_solver
#topishmoq

"K" ning o'rnida nima bor ?

Ps : Yechimlaringizni Comment da qoldiring ...


♻️@math_solver
#formula #isbot

‼️Ko`pchilik so`ragan formula isboti....

@math_solver
Eng muhim maqsadlaringizni biling !!!
#geometriya

❗️A square with a diagonal and a right angle. Two areas are given. How large is the pink area?

(Kvadrat dioganal yordamida rasmdagi bo'laklarga bo'lingan. Ushbu shakllardan biri "A" uchburchakning yuzi qancha ?)

@math_solver
❗️ Bugun 2-mart, elektr fizikasi sohasida eng dastlabki ilmiy ishlar mualliflaridan biri, italyan fizigi va kimyogari Allesandro Volta tug'ilgan sana.
Alessandro Volta (1745 - 1827) Italiyaning Komo shahrida tug‘ilgan. 18 yoshidayoq, zamonaviy fizika masalalari borasida yirik olimlar bilan yozishmalar olib borgan. Shunisi qiziqki, Volta aniq fanlarga ham, badiiy did bilan yondoshgan. Misol uchun u 19 yoshida, o‘z zamonasida yuz bergan kimyoviy va fizik kashfiyotlar hamda, ixtirolar haqida, lotin tilida qasida yozgan ekan.

Voltaning birinchi ilmiy ishi 1764-yilda nashrdan chiqqan bo‘lib, unda "leyden bankasi" haqida so‘z yuritiladi. 1771-yilda esa, Voltaning nisbatan mukammalroq ilmiy risolasi - "Elektrni qo‘zg‘atish usullarining empirik tadqiqotlari va mashina konstruksiyasini takomillashtirish" nomi ostida chop etildi. 1774-yildan boshlab Volta ona shahridagi maktablarning birida fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlaydi. 1777-yilda u avval, elektroforni, keyinroq kondensatorni ixtiro qiladi. Bu hammasi emas: Voltaning ixtirolari qatoriga yana elektr to‘pponcha, vodorod lampasi, hamda evdiometr1larni kiritish joiz. Ko‘rinib turibdiki, Volta nafaqat yuksak zehnli nazariyotchi, balki, amaliy ixtirolar borasida ham ancha samarador ijod qilgan ekan.

Yuqoridagi kabi ilmiy kashfiyot va ixtirolar, jamoatchilik va ayniqsa davlat rahbarlarining nazaridan chetda qolmadi. 1777-yilda Alessandro Volta Pavia universitetida fizika professori unvoni bilan ishga tayinlandi. Taxminan 1780 yilda u olovli zondni ixtiro qildi. U shaxsan Napoleon tomonidan qo‘llab quvvatlanar edi va Pavia instituti faxriy a'zosi etib saylandi. Volta jonivorlarda elektr toki masalasida Luiji Galvani olib borgan tadqiqotlarni o'rganib chiqib, aslida elektr hodisalari jonivor tanasida emas, balki, unga ta'sir qilayotgan metallardan kelib chiqayotganini aniqlagan.
Biz bugungi kunda elektr kuchlanish birligi sifatida qo'llaydigan volt birligi ham aynan Volta sharafiga nomlangandir.
#doska

❗️ Trigonometrik tenlamalar : B,C,D boblar tahlili

@math_solver
​​❗️URISH TARBIYAMI? (mulohaza)

Boshlangʻich sinflarda ustozlarimiz qattiq urar edi. Toʻgʻrirogʻi, aslida kamina boshqalarga nisbatan salgina yaxshiroq oʻzlashtirganim uchunmi, koʻp ham kaltak yemaganman. Ammo, maktabdagi sinfdoshlarim qattiq kaltak yeyishardi. Ustiga-ustak boʻyniga qogʻozga ikki baho osib qoʻyib, peshonasiga ikki baho qoʻyib bir chetga tik turgazib qoʻyishlar boʻlar edi.

Bularning barchasi pedagogikaga zid amaliyotlar! 7-10 yoshdagi bolani urish uni ruhiyatini sindirish bilan barobar!

Shaxsan oʻzim farzandimni shu yoshgacha urmadim, urmayman ham. Shu bilan birga, uni ustozlari urishiga ham qarshiman.

Yosh bolaga oʻrganishida ragʻbat berish lozim. Misol uchun, oʻgʻlimni bir necha bor chet elliklar bilan uchrashuvlarga olib borishim uni ingliz tiliga qiziqishiga jiddiy turtki boʻlganini aynan sezdim.

Koʻp kaltak yegan sinfdoshlarimga kelsak, ularning aksari Rossiyada! Yaxshi pedagog boʻlganda, shu bolalarni urib ruhiyatini choʻktirish, "mol, sen odam boʻlmaysan!" deyish oʻrniga, ularga ragʻbat berib, hayotlarini boshqacharoq shakllanishida koʻmakchi boʻlishi mumkin edi.

Zero, yetarlicha koʻmak va ragʻbat berilsa, hamma bola bir xilda iqtidorli, faqat Ustozlar turlicha!

Ayolni urish erkakning, bolani urish ustozning kuchsizligidan!

Siz qanday fikrdasiz?

@math_solver
matem.pdf
1.1 MB
#milliysertifikat

❗️MATEMATIKADAN O'TKAZILADIGAN MILLIY SERTIFIKAT UCHUN TEST NAMUNASI..


PS: Eslatib o'tamiz, Matematikadan o'tkaziladigan sertifikat uchun imtihonlar aprel oyining birinchi 10 kunligida bo'lib o'tadi..

@math_solver
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT via @like
matem.pdf
matem_ru.pdf
1.3 MB
‼️ Bu esa rus tilidagi variantidan namuna....

@math_solver
Eng muhim maqsadlaringizni biling !!!
The first dormitory of Inha University opened in Tashkent

March 1 this year with the support of the Ministry for the Development of Information Technologies and Communications of the Republic of Uzbekistan, the first dormitory of Inha University in Tashkent opened its doors to students.
The dormitory has 200 places, 150 of which are for boys and 50 for girls.

https://inha.uz/content/news/1217
➖➖➖
Тошкент шаҳридаги Инҳа университетининг биринчи ётоқхонаси очилди

Жорий йилнинг 1-март куни Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги кўмагида Тошкент шаҳридаги Инҳа университетининг биринчи ётоқхонаси талабалар учун ўз эшикларини очди.

https://inha.uz/content/news/1217
➖➖➖
Первое общежитие Университета Инха открылось в Ташкенте

1 марта т.г. при поддержке Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан первое общежитие Университета Инха в Ташкенте открыло свои двери для студентов.

https://inha.uz/content/news/1217