TATU yangi o‘quv yilidan ta’limning kredit tizimiga o‘tadi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) 2018–2019-o‘quv yilidan ta’limning kredit tizimiga o‘tadi. Bu haqda 22-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev #MITCROADMAP2018 konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
Kredit — talabaga qo‘yiladigan o‘quv yuki hajmini aniqlashning shartli birligi. U talaba tomonidan o‘quv ishlarining bajarilishiga ajratilgan soatlardan iborat. Ta’limning bunday tizimi Toshkent davlat yuridik universitetida joriy etilgan.
Bunda talabalar ayrim fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 18 haftalik yarim yillikdan 15-haftaligiga o‘tish rejalashtirilmoqda.
Tizimning joriy etilishi TATUga chet el oliygohlari bilan talaba, o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashish imkonini beradi.
Talabalar o‘quv jadvalini mustaqil shakllantirish imkoniga ega bo‘ladi, bilimlarni baholash tizimining shaffofligi ta’minlanadi.

Forwarded from ТУРОНБЕКА
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GET- Chmolar maktabi
👆👆👆👆👆👆👆Uraaaaa bizni ZO’RTV da ko’rsatishmoqda 😎😎😎👍👍👍