MATEMATIKA | Mehriddin Ahmedov | KITAB |
262 subscribers
1.61K photos
168 videos
247 files
190 links
Ⓜ️Ustoz: Mehriddin Ahmedov
Tel: +99893 749 27 00
Milliy sertifikat darajam A+
👉 @Mehriddin_Ahmedov


MATEMATIKA KURSLARIGA TAYYORLOVLAR👇

🏢 PREZIDENT, IXTISOSLASHTIRILGAN va
AL-XORAZMIY MAKTABLARI
🏢 OTM
♻️ MILLIY SERTIFIKAT
♻️ TANQIDIY & MANTIQIY
Download Telegram
Prezident maktabi 1-bosqich javoblari bugun chiqadi(mi)?

Uzog’i bilan 20 kunda chiqishi kerak. Keling qachon qancha vaqtda chiqqanini ko’rib chiqamiz.

👉2019-yil 29-iyundan 2-iyulgacha iimtihon bo’lgan va 16-iyulda javoblar e’lon qilingan. 📅14 kun

👉2020-yil karantin

👉2021-yil
26-28 iyulda imtihon bo’lgan va 7-avgustda javoblar e’lon qilingan. 📅9 kun

👉2022-yil
1-iyulda imtihon bo’lgan va 15-iyulda javoblar e’lon qilingan. 📅14 kun

👉2023-yil
15-iyulda imtihon bo’lgan va 25-iyulda javoblar e’lon qilingan. 📅10 kun

👉2024-yil
7-iyulda imtihon bo’lgan va 22-iyulda javoblar e’lon qilingan. 📅15 kun

👉2025-yil
6-iyulda imtihon bo’lgan va 23-iyulda javoblar e’lon qilingan. 📅17 kun

👉2026-yil
25-iyunda imtihon bo’lgan.
Bugun 📅14 kun bo’ldi. Javoblar bugun yoki ertaga chiqib qolishi ehtimoli juda yuqori.

Barcha do’stlaringizga
yuboring👨🏻‍🎓🧑🏻‍🎓
🔔Kanalga obuna bo’lib qo’ying.

Telegram kanal👇👇👇

@math_kitab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏822
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Prezident maktabi 1-bosqich natijalarini kutayotgan o'quvchilar va ayniqsa ota-onalar❗️❗️❗️

📣 NATIJALAR tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda✔️

📌 Bizni kuzatishda davm eting...
🌐 @math_kitab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏21
⁉️ Prezident maktabi Saralash imtihoni natijalari qachon chiqadi⁉️

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Saralash, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.

Prezident maktabi Saralash imtihoni 2026-yildan 25-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Imtihon topshirilgan kundan 18 kun vaqt o'tdi!!


Oldingi yillarda Prezident maktabi Saralash imtihoni natijalari:

2023-yilda 10 kunda, 2024-yilda 15 kunda, 2025-yilda 17 kunda e'lon qilindi.

2026-yilda Natijalar eng kech chiqadigan yil bo'lmoqda. Imtihon o'tganiga 18 kun bo'ldi va hali chiqishi bo'yicha Cambridge saytida ham, agentlikda ham yangilik yo'q. Natijalar katta ehtimol bilan ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda.

👉 @math_kitab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6
Bugun aniq chiqmas ekan natijalar 1206 dagilar aytishi bo’yicha va berayotgan javobi 15-gacha aniq chiqadi emish

Biz ham bilamiz 15-gacha aniq chiqishini sababi 15-dan keyin chiqishi mumkin emas

Lekin bu safar juda kuttiryapti hech bunaqa kechikmagan edi
#Imtihon_natijalari_2026
#Birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣BUGUN YOKI ERTAGA (14-15)IYUL KUNLARI) PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINISHI KUTILMOQDA!

✔️ Joriy yilning 25-iyun Payshanba kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini "Camnridge Assessment International Education" ta’lim tashkiloti tomonidan e'lon qilinishi eslatib o'tamiz.

‼️Saralash imtihoni natijalari anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.

Imtihon natijalarini quyidagi 2 ta holatda bilishingiz mumkin:

"Cambridge Assessment International Education" tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
👉👉https://www.cambridgeinternational.org/J26-preselection-results/

Portal.piima.uz saytining "Qabul 2026" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktablari Saralash imtihonlari natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin:
👉👉 https://ariza.piima.uz/pm-1

📌Bizni kuzatishda davom eting!
Natijalar e’lon qilinishi bilan sizga ushbu rasmiy kanalimizda birinchilardan bo'lib xabar beramiz!
🙂

🔰Ustoz: Mehriddin Ahmedov

👉🏻
@math_kitab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#qabul_2026
#imtihon_natijalari

🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!

🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!

Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/

Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
760715-results-kashkadarya-grade-5.pdf
654.6 KB
🟢 Qashqadaryo viloyati Prezident maktabi SARALASH bosqich imtihoni natijalari✔️

👉 @math_kitab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mehriddin Ahmedov
📈 Prezident maktablariga qabul bo’yicha viloyatlar kesimidagi o’tish ballari (2026-yil)
1
Forwarded from "МИТТИ АКАДЕМИЯ" хусусий мактаби
Bizni kuzating yangiliklar ko'p...😊😊😊
6👏43
Forwarded from "МИТТИ АКАДЕМИЯ" хусусий мактаби
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SUPER_10
#super_rekord

🏆 Prezident maktabi 2-bosqichga yo’l olgan super 10 ta o’quvchilarimiz!

👨‍🏫Ustozlar:
- Mehriddin Ahmedov
- Ramziddin Axatov

🔥O’quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz! Hamda 2-bosqich imtihoniga omad tilab qolamiz.

🔖 Siz ham xuddi shunday yuqori natijalarni qo’lga kiritmoqchimisiz-?! Unda MITTI AKADEMIYAGA keling

🟢 Kurslarga yozilish uchun:
🔴 +99897 618 33 12
🔴 +99893 749 27 00

Bizning kanal:
👉🏻 @mittiakademiyasds
👉🏻 @math_kitab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12421
#Imtihon_2026

🔴 DIQQAT, E’LON!

PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🖌 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 17-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:

🖱️ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;

🖱️ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

🔴 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.


Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

🔴 Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so‘raladi. Kirish imtihonini qayta topshirish yoki boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas.

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.


📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Hamma oʻz kamchiligi ustida ishladi degan umiddaman!

Kayfiyatni ko’targan holatda yaxshi kayfiyat bilan imtixonga kiring siz albatta uddalaysiz

Ertangi imtihonda hammaga omad yor boʻlsin!
2111
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Bugun 17-IYUL juda muhim kun!

⚡️Prezident maktablariga kirish imtihonlari ASOSIY BOSQICHI o'tkaziladi.
Bu imtihonda barcha o‘quvchilarga, shu o‘rinda o'quvchilarimga ham faqat va faqat o‘zlariga ishonch va omad tilayman!

🔥Ishoning, bu sizning qo'lingizdan keladi, raqiblaringiz ham oydan tushgan odamlar emas, har qanday odam bilan bellashish mumkin!

⚡️O'zingizga ishonsangiz, maqsadingiz yo'lida qatʼiy harakat qilsangiz, HAMMASIGA ERISHA OLASIZ!!!

Men MEHRIDDIN AHMEDOV
sizlar bilan birgaman va eng yuqori natijalar qayd etgan holda Prezident maktabi ASOSIY bosqichidan a‘lo darajada o‘tishingizga ISHONAMAN!

⚡️Hurmatli bolajonlar, avvalo barchangiz Prezident maktabi o'quvchisi bo'lishga loyiqsiz, muhumi o'zingizga bo'lgan ishonch, bu sizning hayotingizdagi ilk katta imtihonlardan biri, umid qilamizki siz bu vazifani A‘LO DARAJADA UDDALAYSIZ!
!!

😊Sizlar bilan birgaman, OLG‘A!!!👍

🔰Sizlarga omad tilab ustoz:
Mehriddin Ahmedov

👉🏻 @math_kitab
👏7311
🌿 Imtihonlar ortda qoldi.

Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari ham yakunlandi. Uzoq davom etgan tayyorgarlik, mehnat va hayajonli kunlar endi ortda qoldi.

Endi esa bolajonlarimiz munosib dam olishlari, yangi kuch to‘plashlari va yozgi ta'tildan maroqli foydalanishlari uchun ayni vaqt. ☀️🌳

👉🏻 @math_kitab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8311
RASMIY MUNOSABAT

❗️Nukus shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari bo‘yicha rasmiy munosabat

🎓 Respublikamiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi asosiy bosqichi o‘tkazildi. Jumladan, Nukus shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari ham belgilangan tartibda tashkil etildi.

Qabul jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish davomida o‘tgan yillardagi statistik tahlillar asosida Cambridge University Press & Assessment tomonidan test materiallari o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida oldindan shakllantirilib, belgilangan tartibda mamlakatimizga yetkazilgan.


Imtihon o‘tkazilgan binolardan birida o‘zbek tilida topshiruvchi talabgorlar soni dastlabki prognozdan yuqori bo‘lgani sababli mavjud test materiallari yetarli bo‘lmadi. Shu bois, tasdiqlangan yo‘riqnoma talablariga muvofiq, yetishmagan test materiallari imtihon hududidan tashqariga olib chiqilmagan holda, Milliy gvardiya xodimlari kuzatuvida binodagi printer orqali ko‘paytirildi.

Mazkur jarayon davomida ayrim ota-onalar tomonidan test materiallari tashqariga olib chiqilgani yuzasidan e'tirozlar bildirildi.

Shu munosabat bilan ma'lum qilamizki, test materiallari imtihon hududidan tashqariga olib chiqilmagan, uchinchi shaxslarga berilmagan hamda ularning maxfiyligi to‘liq ta'minlangan. Nusxa olish jarayoni mas'ul xodimlar va Milliy gvardiya vakillari ishtirokida belgilangan tartib asosida amalga oshirilgan. Jarayonning barchasi videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.

Mazkur texnik jarayon sababli imtihon belgilangan vaqtdan 54 daqiqa kechroq boshlandi. Bunda barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratildi va imtihon amaldagi tartib hamda belgilangan talablar asosida o‘tkazildi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PREZIDENT MAKTABLARIGA TAYYORLOV
RASMIY MUNOSABAT ❗️Nukus shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari bo‘yicha rasmiy munosabat 🎓 Respublikamiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi asosiy bosqichi o‘tkazildi. Jumladan, Nukus shahridagi Prezident maktabiga…
Maylimi bitta gap aytsam

Qanaqa pragnoz haqida gapirilyapti

Hamma imtihon tilini qanday tanlagan bo’lsa shu tilda beriladi bu aniq tiniq sonlarku oldindan aniq bo’ladi nechta qaysi tilda yechadiganlar borligi

Bu futbol shotimasku oldindan pragnoz qilinadigan

Yana rasmiy munosabat chiqarmikan nima uchun raqamli zamonda pragnoz qilishyapti qatnashuvchilar qaysi tilda topshirishini 🤔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Prezident maktabi asosiy imtihon natijasi 30 kun, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.

Prezident maktabi Asosiy imtihoni 17-iyulda bo'lib o'tdi va natijalar kechi bilan 16-avgustda e'lon qilishi kerak.


Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 29-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari BUGUN 19-iyulda e'lon qilinishi kerak edi. (Ammo, oldingi yillarda Ixtisoslashgan va Al-Xorazmiy imtihon natijalari birin-ketin chiqqan edi. Shuning uchun bu imtihon natijalarini ham 24-iyulgacha kutishimiz mumkin.)


Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 24-iyulda e'lon qilinishi kerak.


Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ammo, bu maktab imtihon natijasi qachon e'lon qilinishi bo'yicha aniq ma'lumot yo'q.


Azizlar, xullas hozircha hech qanday yangilik yo'q.

👉🏻 @math_kitab
👏322
Biz kutayotgan natijalar hali e'lon qilinmadi.

Kecha “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi imtihon natijalari e‘lon qilingan edi.

Bugun IJOD MAKTABLARINING imtihon natijalari e'lon qilindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar, Al-Xorazmiy va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni natijalari hali e'lon qilinmadi.


👉🏻 @math_kitab
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 24-iyul yurtimizda ustozlar maqomini oshirgan, Prezident maktablari va boshqa nufuzli maktablar orqali ota-onalarning farzandlari ta'limiga e'tiborini kuchaytirgan, O'zbek yoshlariga 3-uyg'onish davrini boshlashi uchun zamin yaratayotgan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning tavallud topgan kunlari.

“O‘zbek kelayotir, yo‘l bo‘shat jahon!”

Qo‘shiqni sifatli va to‘liq formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

https://youtu.be/Omsapx-IOrk

👉🏻
@math_kitab