XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2K subscribers
14.9K photos
3.06K videos
126 files
5.55K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Buxoroda “Yosh qutqaruvchi – 2025” sport musobaqasining Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari polkovnik S.T.Zuparov hamda Buxoro viloyati hokimi  B.K.Zaripov ishtirokida viloyatda o'tkazilayotgan Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan kelgan umumta'lim maktablari va kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilaridan iborat 28 ta jamoalar o'rtasida "Yosh qutqaruvchi" musobaqalari Respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli❗️

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vaziyat gazetasi 22-son.pdf
14.7 MB
#VAZIYAT_GAZETASI

"Vaziyat" gazetasining  2025-yilgi 21-sonida chop qilingan maqolalar bilan tanishing.


Unda, Urganch shahar, Yangiariq hamda Bog‘ot tumani FVB xodimlari tomonidan yozilgan maqolalar o‘rin egallagan.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
OCHIQ SUV HAVZALARIDA CHO‘MILISH HAYOTINGIZ UCHUN XAVFLIDIR

🔹Har bir faslning o‘ziga yarasha jozibasi bo‘lgani singari yozning issiq tafti ham insonlarni soya-salqinlik sari chorlaydi. Bunda zamonaviy sovutkich o‘rnatilgan xonada dam olishga, muzdek salqin ichimlik ichishga yoki bo‘lmasa, huzurbaxsh suvda maza qilib cho‘milishga nima yetsin.

🔹Biroq cho‘milishning huzurbaxshligi bilan bir qatorda, mana shu huzur istagida belgilanmagan joylarda cho‘milishlari oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumayotganligi yoki bo‘lmasa, har yili kemalar halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi kishini o‘yga toldiradi.

🔹Bunday vaqtlarda har bir inson “suvda cho‘kish men va mening yaqinlarim bilan sodir bo‘lmaydi” degan befarqlik va beparvolik chulg‘agan fikrdan biroz chekinib, o‘zi, oila a’zolari va yaqin kishilarini ehtiyot bo‘lishga chaqirishi va ogohlantirib turishi uning kundalik vazifasi bo‘lmog‘i lozim.

🔹Yoshlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan suvdagi halokatlarning aksariyati ularning nazoratsiz qoldirilishi va o‘zboshimchaliklari oqibatida sodir bo‘lmoqda. Suvda cho‘kib halok bo‘lgan yoshlarning aksariyati ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilganligi hamda o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milishi oqibatida sodir bo‘lgan. Asosan katta yoshdagi fuqarolarning suvda cho‘kishlariga ularning spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda cho‘milish uchun suvga tushishlari sabab bo‘lmoqda.

Shu bois suv havzalaridagi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:

hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, ko‘l, suv ombori, kanal va ariq) cho‘milmang;

“Cho‘milish taqiqlanadi” deb yozilgan maxsus belgilarga qat’iy amal qiling;

yozgi ta’til davrida bolalarning belgilanmagan joylarda cho‘milishga borishlariga yo‘l qo‘ymang;

yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;

spirtli ichimliklar iste’mol qilib, cho‘milishga bormang;

faqatgina ruxsat etilgan maxsus suv havzalarida cho‘miling.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

TTV telekanali orqali efirga uzatilgan lavha!


🎥 BOLALAR DAM OLISH YOZGI OROMGOHLARI.

⚡️QO‘SHKO‘PIR, BOG‘OT HAMDA URGANCH
TUMANI MISOLIDA.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
"UCH AVLOD UCHRASHUV"LARI O'TKAZILDI.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Urganch, Xiva shahar, Hazorasp, Xiva tuman bo‘limlarida tizimda xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar hamda Otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuv"lari o'tkazildi.

Unda faxriylar tomonidan yoshlarga kasblariga sidqidildan yondashish va o'z xizmat vazifalarini vijdonan o'tashlari, shuningdek, mashaqqati hamda keksayganda o'z kasblaridan tuyadigan faxr-u g'urur tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM