XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.89K subscribers
14.4K photos
2.88K videos
120 files
5.31K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
"Qahramonlar nomi barhayot"

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan biriktirilgan yoshlarga vatanparvarlik ruhini singdirish va yod g'oyalardan himoyalash maqsadida yong‘in-qutqaruv qismlari va ta’lim muassasalarida “Qahramonlar nomi barhayot” mavzusida davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida qahramonlik, fidoyilik, burch va jasorat haqida so‘z yuritilib, yosh avlod qalbida yurtga sadoqat tuyg‘usi yanada mustahkamlanmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
#MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Урганч туманида KAMAZ ёниб кетди” sarlovhali xabar yuzasidan birlamchi ma'lumot.

Joriy yilning 22-aprel kuni soat 18:16da “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasini Urganch tumani “Turkmanlar” mahallasi hududidan o‘tgan D214 Urganch-Yangiariq yo‘lining 4km.da harakatlanib borayotganida, old g‘ildiragi shinasi havo qo‘yib yuborishi natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, old g‘ildiragi yo‘l chetidagi ariqqa tushgan. Natijada yuk avtomobilining elektr simlarida qisqa tutashuvi yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lgan. Mazkur yong‘in Urganch tumani 12-yong‘in-qutqaruv qismi tomonidan 18:40da to‘liq bartaraf etilgan. Yuk avtomashinasi kabina qismi yonib zararlangan.

Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


⚡️Shu o‘rinda barchadan texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga, tadbirkorlik subektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasidagi ayrim normalar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Deputatlar taklifidan kelib chiqib, mazkur normalar takomillashtiriladigan bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#live

Ayni damda, Tuproqqalʼa tumanida “Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash”   mavzusidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqilariga start berildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
#live

Ayni damda  Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani Hokimligi binosida “Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari''da ishtirok qilayotgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi barcha karxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрига келди.

Давлатимиз раҳбари Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири Сергей Лавров ҳамда бугун мамлакатимизга ташриф билан келадиган Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов билан учрашувлар ўтказади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд.

Глава государства проведет встречу с министром иностранных дел Российской Федерации Сергеем Лавровым, а также с Национальным лидером туркменского народа, Председателем Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедовым, который сегодня прибудет в нашу страну с визитом.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X