⚡️JavaScript 4-dars
Ertaga: 25.11.2021
soat: 21:00 da
Zoom linki tashlanadi

@master_javascript
⚡️Kelajakdagi rejalarimiz
📌 HTML, CSS, Javascript chuqurlashtirilgan holda ko'rib chiqish
📌 Qiyin mavzularni yoritish
📌 Amaliyotlar
📌 Mock-Interviewlar
📌 Meetuplar, davra suhbatlari

@master_javascript
⚡️JavaScript Hard-Parts: OOP
Ertaga: 25.11.2021
vaqti
: JS 4-darsdan keyin
Zoom linki tashlanadi
@master_javascript
📌Navbatdagi darslarimiz kelasi hafta bo'ladi!

Vazifalarni bajarishni, praktika qilishni unutmang!

@master_javascript
Forwarded from Bir Hikoya
IT yo'lidagi mashaqqatlarim.
Hikoya
Universitetni budjetni tashab ketdim, 3 oydan beri dasturlash o'qiyapman, lekin hali ishga kira oladiganga o'xshamayman. Mablag'im tugab, biroz qarz oldim, ishga kirsam qaytaraman deb.

Ammo, har joydan dasturchi sifatida ish qidirib topolmayapman, junior (boshlang'ich) dasturchilar uchun ish beradiganlar topilmayapti. Ustiga ustak shu ayon bo'lib boshladiki men junior emas ekanman, hali u darajaga chiqishimga bor ekan. Menga stajirovka kerak ekan. Buni tushunishim uchun 10ga yaqin (balki undan ko'p) korxonalarga ish izlab borishim, dasturchi akalardan maslahat so'rashim sabab bo'ldi. Kamiga ko'chaga chiqishga ham pul yetmay qoladi shekilli, lekin shukurki Alloh bergan oyoq bor va jamoat transporti arzon, metro va avtobus bor, 1400 so'm.

O'zi aslida, ish qidirib ko'chaga chiqishga qo'rqqan edim, xonadoshim qattiq gapirdi: universitetni tashab ketding, ish qidir bor chiq, ish top ishla, bunday yurma. O'sha qarz bergan bola shu, lekin u qarzini so'rash uchun bu gaplarni aytmadi, u menga yaxshilikni ravo ko'rdi. Bu uning gaplaridan bilinib turar edi. Taqvodor, namozxon, o'zini kontragini to'lash uchun ishlar edi, mehnatkash bola edi. Alloh shunday insonlarga yaqin qilganiga shukur aytaman.


Bu voqealar fevral oyida bo'layapti. Usti boshim yaxshi edi, faqat oyoq buyiyim biroz eski, va qishki oyoq buyum emas edi. Uydagilarga aytsam olib berishar edi lekin, bu narsa ko'ngilga sig'armidi. 3 oyda ishga kiraman deb jar solgan edim, bunday jar solishimga sababchilar yetarlicha, 3 oyda bir taksichi dasturchi bo'lib ketdi hozir palon oylik oladi degan edi bir tadbirkor. Qayda deysiz, do'stim, ehtimol 3 oyda yaxshi natija qila olmaganimga ustozsiz o'zim video kurslar ko'rib shug'ullanganimdir, boshqalar bunday natija ko'rsata olayotgandir ? Yoki tadbirkor bu gaplarni qiziqtirish uchun to'qib chiqardimikan ? Ochig'i hali ham shu savolga aniq javob berolmayman, tadbirkordan so'rab ko'rish kerak yana balki bordir 3 oyda ishga kirib ishlaganlar.

Hikoyani davomini eshiting, akamni oldiga bordim, yuqa kiyingan edim, fevral kun issiqroq edi. Akamni oldiga borsam, u yoq Toshkent shahriga qaraganda sovuq ekan, qor aralash yomg'irmidi (aniq eslay olmadim) yog'ib yubordi. O'sha aytgan tuflim oyog'imda, akam menga qarab nima bu yurush ahvolingga qara dedi, ustidagi qalin kurstkasini menga berdi (juda sovuq edi, yuqa kiyingan edim). Va menga oyoq buyum olishim uchun pul berdi, nega ertaroq aytmading oyoq buyumim yo'q deb, dedi. Boshimda malla chet elni qalin kepkasi bor edi, dadam rossiyadan olib kelgan edilar, menga juda yoqar edi, lekin u yoshi kattalarniki edi.
Keyin asta orqamga qaytdim, gazelda ketayapman, tanishim bir korxonada ishlaydigan odam haqida aytib qoldi, u dars berar ekan va yaxshi bollarni korxonasiga ishga olar ekan.
Allohga shukur, men qidirgan narsaku, do'stimdan u kishini nomerini oldim, gaplashdim, shukurki, suhbat bo'ladigan bo'ldi.

Suhbat.
Suhbatga bordim, bergan savollarini ko'piga javob bera olmagan ekanman, buni oradan ancha vaqt o'tib bildim.
Suhbatni olib boradigan dasturchi mendan universitet haqida so'radi.
Tashab ketganman, dedim.
Bekor qilibsan, dedi.
Ichim ezildi, ahh dedim. Chunki u kishi senior (katta) dasturchi edi.
Savollar berdi, g'irt ahmaqona javob berdim, hozir eslaman kulgim keladi.
Qilgan ishlarimni ko'rsatdim, (atigi 2 dona). Kod arxitekturasi, test va production kodlar yoq ekanligini aytdi. xech narsa tushunmadim.

Lekin stajirovka (amaliyotga) qabul qilindim, nega eknligini bilmayman, ehtimol, imkoniyat berib ko'rishgandir, yoki nimadir ko'rgandir menda.

Natijalar chiqqandan keyin, xonadoshlarim ham, uydagilarim ham menga ishona boshlashdi. ( Aytmoqchi oyim universitetni tashagnimni hali ham bilmas edi, yaxshi o'qiyapsanmi desalar, men ha yaxshi o'qiyapman deb ichimda dasturlashni nazarda tutardim, oyim esa universitetni tushunardilar).

Amaliyot boshlandi, qattiq kirishdim, tinimsiz o'qidim, o'rganishga bergan vazifalarini qunt bilan bajardim.
Davomi pasta:

@birHikoya