📌 Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib dasturchilarga maslahat:

#maslahat #rivojlanish #dasturchilarga

1-Nazariyani va amaliyotni yaxshi qiling
* "Nazariyani chuqurroq qilish uchun o'qish va amaliyot qilish kerak, amaliyotni yaxshi qilish uchun amaliyot va nazariya kerak" - faylasuf o'zim 😁

* Ko'proq kod o'qing - googleda yoki githubni qidirsangiz open-source projectlar talaygina, bemalol kodini kochirib olib, kodini o'rgansangiz bo'ladi

* Turli xil loyihalar qiling - masalan: todo-app, 2048 game, landing page, blog site, e-commerce site, social networking site

2-Sohangiz bo'yicha konferensiyalar ko'ring va maqolalar o'qing
* bu juda ham muhim. Kimdir o'nlab yillik tajribasini siz bilan ulashadi, rivojlanish uchun katta turtki

* Youtubeda yaxshigina search qilgansiz ko'plab manbalar topasiz
masalan: JSConf, React Conf, NDC Conference

* Maqolalarni dev.to , Medium, dmitri pavlutin larda va google orqali qidirib o'qiganman

4-Ingliz tilini o'rganing - ingliz tilini foydalarini hamma biladi.
Qisqa so'z bilan aytganda dunyo kutubxonasi, dunyodagi ilm sizni qo'lingizda

5-Computer science va Data structures, Algorithmni o'rganing:
Men foydalanadigan manbalar:
* edx.org (tekin va pulli) - MIT, Harvard, Berkeley va boshqa universitetlar tomonidan ko'plab kurslar

* teachyourselfcs.com - Computer scienceni o'zi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun yo'l xarita

* hackerrank.com - Ko'plab dasturlash tillarini o'z ichiga olgan, Data structures and algorithm bo'yicha ko'plab mavzular, turli xil dasturlash tillar bo'yicha testlar bor platforma

* leetcode.com - dasturlashdan turli xil algoritmik masalalar mavjud platforma


@master_javascript
Master Javascript #StandForJustice pinned «📌 Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib dasturchilarga maslahat: #maslahat #rivojlanish #dasturchilarga 1-Nazariyani va amaliyotni yaxshi qiling * "Nazariyani chuqurroq qilish uchun o'qish va amaliyot qilish kerak, amaliyotni yaxshi qilish uchun amaliyot va nazariya…»
Assalomu alaykum, bazi sabablarga ko'ra darslarimiz kechikdi. Bugun birozdan so'ng navbatdagi darsimizni yuklayman. (Internet yaxshi bo'lib tursin 😅 qishloqdaman)

Hamda darslarni zoom orqali emas videoga olib tashlashni maqul deb ko'rdim. Agar sizda mavzu tushuntirilishi bo'yicha savol tug'ilsa, kanalda so'rashingiz mumkin.

Sizga video sifatida joylashtirishimiz maqulmi ? ikkalasi o'rtasida sizda qanday farqlar bor ? kommentda albatta qoldiring, video darsliklarni rivojiga hissa qo'shadi. Yoki zoomga yana qaytamiz 😁

@master_javascript
Forwarded from Stajirovkalar
Internship front-end (React kutubxonasi bo'yicha)

nomi:
IntFrontReactOliS1
malumot: Haftada 2 kun meeting bo'lib o'tadi. Har bir meetingda o'tgan topshiriqlarni qabul qilib olinadi va yangi topshiriqlar beriladi.
qatnashish uchun shartlar:
*bilishi kerak:
Texnologiyalar - HTML, CSS, JS, React
*bilishi kerak: Til - Ingliz tili. minimum: IELTS-5 yoki instruktor tomonidan imtihondan o'tish.
*loyihalari: kamida 5ta loyihasi bo'lishi kerak. shundan 2tasi React bo'yicha.
guruhga qabul qilinadi: 8-10 kishi
narxi: tekin

@internships_uz
Assalomu alaykum, men boshqa joyga ko'chdim, yangi project boshlandi, yana wifi o'rnatib oldim.
Shu tufayli darslarimizda uzulish bo'ldi. Nasib qilsa, yaqin kunda boshlab olamiz. Duo qilib turungizar

@master_javascript
Alhamdulillah, kanal faoliyati tiklanmoqda 🤩.
Ertaga navbatdagi darsni kanalga va youtubega joylashtiraman.

@master_javascript
😐Sizlarni ancha kuttirib qo'ydim.
😧Oxirgi vaqtlarda, vaqtimni to'g'ri taqsimlash bo'yicha muammolarga duch keldim. Offisga bormay remote ishlashda, vaqtni to'g'ri taqsimlash yanada muhim masalaga aylanar ekan.
Shuning uchun alohida kunlar belgilab oldim:
@master_javascript, @internships_uz kanallari uchun chorshanba va shanba kunlari vaqtimni ajrataman.
Forwarded from MohirDev.uz
​​Vanihoyat Mohirpool loyihamiz uchun birinchi, sinov qabulni boshlayapmiz.

Loyiha maqsadi ish qidiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi tafovutni yopish. Gap shundaki, aksar bitirvuchilar ishlash uchun yetarli bilimga ega boʻlsada, real loyihalarda ishlab koʻrmagani uchun yetarli tajribaga ega boʻlmaydilar.

Mohirpool loyihasining maqsadi 14 haftalik intensiv trening yordamida dasturchilarni ishga tayyorlash.
Mohirpool dasturi tarkibida talabalar 5 kishilik kichik guruhlarga boʻlinib, har bir guruhga uzoq yillik tajribaga ega, kuchli dasturchilar mentorlik qiladi.

Dastur davomida talabalar bir nechta bosqichdan oʻtadilar:

1. Dasturchining ish qurollari bilan tanishuv — 2 hafta

Ikki haftalik intensiv kursda talabalar ish jarayonida koʻp qoʻllaniladigan Git, Maven, Docker, Jira, Confluence, IDE va boshqa texnologiyalar bilan yaqindan tanishadilar.

2. Real va Mock loyihalarda ishlash — 12 hafta

- Talabalar mentor boshchiligida 1 ta individual va 1 ta katta, jamoaviy loyiha ustida ishlaydilar.
- Ish jarayoni har kuni mentor tomonidan nazorat qilib boriladi.
- Yozilgan kodlar taqriz (code review) jarayonidan oʻtadi.
- Har hafta mentor bilan stand-uplar oʻtkaziladi.

3. Ishga tayyorlash — 2 hafta

- Ish qidirish jarayoni (job hunting)
- Rezyume va portfolio tayyorlash.
- Rezyumelarni tahlil qilish.
- Texnik suhbatga tayyorgarlik (dasturlash texnologiyalari, OOP tamoyillari, kod yozish)

4. Mock suhbatlar — 1 hafta

Bu bosqichda dastavval talabalar oʻzaro suhbat uyushtiradilar. Keyin esa tajribali ustozlar tomonidan ishga kirish jarayonidagi kabi suhbatdan oʻtadilar.

Dastur davomida mentorlar va turli tajribali dasturchilar bilan haftalik suhbatlar va yopiq vebinarlar oʻtkaziladi.

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar, Mohirdev bilan hamkorlik qilayotgan kompaniyalarga tavsiya qilinadilar. Hozirda bir nechta kompaniyalar bilan memorandumlar imzolangan.

FAQ:

Savol: Mohirpool qaysi yoʻnalisslarda dasturchilarni tayyorlaydi?
Javob: Birinchi qabulda faqatgina Frontend yoʻnalishida talabalar qabul qilinadi. Keyingi bosqichda dasturlashning boshqa yoʻnalishlari ham qoʻshiladi.

Savol: Mohirpoolga kimlar qabul qilinadi?
Javob: Mohirpoolga mohirdev praktikumi yoki boshqa dasturlash kurslari, oʻquv markazlari va universitet bitiruvchilari qabul qilinadi.

Savol: Dastur qachondan boshlanadi?
Javob: Qabul jarayoni bugundan boshlab 15-Aprelga qadar davom etadi.

Savol: Joylar chegaralanganmi?
Javob: Ha, 1-qabulda faqatgina 10 kishi saralab olinadi.

Mohirpoolga qabul qanday boʻladi?

1. Roʻyxatdan oʻtish

@mohirpool_jbot orqali roʻyxatdan oʻtasiz va barcha kerakli maʼlumotlarni toʻldirasiz.

2. Onlayn test.

Roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 2 bosqichli test yuboriladi.

3. Jonli suhbat (zoom yoki telegram orqali)

Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan video/telefonda suhbat oʻtkaziladi.

Barcha bosqichlardan oʻtgan talabalar Mohirpoolga qabul qilinadi.

Mohirpoolda oʻqish narxi: $300

Roʻyxatdan oʻting va Mohirpool bilan keyingi bosqichga chiqing: @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from Umidzhon Karabaev
Assalomu Alekum azizlar!
Biz jamoamiz bilan birgalikda, avvalroq sizlarga xabar qilganimizdek, "Ramazon Oyi" uchun bepul online va offline shakilda Front-end Web Dasturlash kurslarini tashkil qilmoqdamiz.

Kurslarimiz haqida:
Bizning fullstack Front-end kurslarimiz online hamda offline (Toshkent shahridagilar uchun) shakilda bo'ladi. Kursning davomiyligi 6 oy deb belgilandi. Agar sizning Ingiliz tili bilish darajangiz pastroq bo'lsa " IT uchun Ingiliz tili" kurslarimiz ham mavjud (IELTS sertifikati borlar uchun Ingiliz tili kursi shart emas).

Sizlardan Talab Qilinadigan Narsalar:
1. O'z shaxsiy kompyuteringiz (PC yoki Laptop)
2. Internet (online dars o'tish uchun yetalicha tezlikda)
3. Darslarga muntazam qatnashishlik (Ma'suliyat)
4. Berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarish

Azizlar ushbu xabarni iloji boricha ko'p do'stlaringizga ulashing va kimningdir porloq kelajagi uchun sababchi bo'ling. Zero bir yaxshilikni ulashish ham savobli amaldir.

Murojaat uchun:
@goahead09
Assalomu alaykum, javascriptdan dasrlar DevQuiz kanali tomonidan:
https://youtube.com/playlist?list=PLryM7sqqf9QpBlRZGrE2ygnnc4MCF0bu7
Forwarded from Lazizbek Ergashev | IT Blog (Лазизбек Эргашев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilaman hamma subyektivni ko'rdi. Endi buniyam ko'ramiz:

👉 @lazerg